Narxi Qancha? ⚡️
22.5K subscribers
4.95K photos
66 videos
4.02K links
Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.


Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov
Download Telegram
⚡️Telefonni zaryadlash uchun sarflanadigan elektr energiyaning narxi qancha?

• Smartfonlar hayotimizning ajralmas qismiga aylandi, shuning uchun ko'pincha biz ularga qancha pul sarflayotganimizni ham bilmaymiz.

• Masalan, I phone 13 telefonining batareya quvvati 3227 mA/soatni tashkil etadi va buni 1000 ga bo'lib 3,8 (batareyaning ish kuchlanishi 3,8 voltni tashkil qiladi) ga ko'paytiramiz.

((3227/1000) * 3,8)/1000=0,01226

• Natija taxminan 12,26 vt/soat yoki 0,01226 kVt/soat chiqadi.

• Yurtimizda 1 kVt/soat elektr energiya uchun 295 so‘mni tashkil etadi va buni 0,01226 ga ko'paytiramiz:

295*0,01226=3,6167 so'm ekan.

• Demak I Phone 13 telefonini bitta zaryadlash narxi atiga 3 so'mu 61 tiyinga tushar ekan va bu bir yilda (agar kuniga atiga bir marta zaryadlasez) 1 317,65 so'm bo'ladi.

• Shuni unutmaslik kerakki "rozetka"da qolib ketgan zaryadlovchi qurilma doimo elektr energiya sarflaydi. Lekin bu shu darajada kamki sizning elektr energiyaga to'lovingizga ta'sir qilmaydi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Bloomberg Osiyoning ayni paytdagi 20 ta eng boy oilasi reytingini taqdim qildi

Eng badavlat oilalarnig  boyligi 2022 yilda umumiy 17,7 mlrd dollarga qisqargan. Ro'yxatda 5 ta hindistonlik oilalar o'rin olgan.

1. Ambani oilasi (Hindiston) — 79,3 mlrd dollar;
2. Hartono (Indoneziya) — 38,8 mlrd dollar;
3. Kwok (Hongkong) — 34,8 mlrd dollar;
4. Mistriy (Hindiston) — 28,4 mlrd dollar;
5. Cheravanont (Tailand) — 28,2 mlrd dollar;
6. Yuvidhya (Tailand) — 27,4 mlrd dollar;
7. Cheng (Hongkong) — 25,9 mlrd dollar;
8. Pao (Hongkong) — 22,6 mlrd dollar;
9. Sai (Tayvan) — 21,4 mlrd dollar;
10. Lee (Janubiy Koreya) — 18,5 mlrd dollar.

Bloomberg reytingida Alibaba asoschisi Jek Ma kabi birinchi avlod milliarderlari va bitta merosxo'r qo'lidagi boyliklar inobatga olinmagan.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Sariq bola shou" da xomiy boʻlib ishtirok etishning narxi qancha?

Shoumen Jahongir Xo'jayev tomonidan instagram va telegram ijtimoiy tarmog'ida e'lon qilingan "Sariq bola shou" deya nomlangan "give way"da 10 ta Malibu 2 avtomobili qo'yilgan.

O'yinda Intagramda 300 ta homiy telegramda 22 ta homiy ishtirok etmoqda. Instagramda homiylar safida bo'lish narxi $1200 bo'lsa telegramda ushbu summa $4500 ni tashkil qilmoqda va "shou"ning ummumiy qiymati $459'000 ni tashkil etmoqda.

O'yiinda tasodifiy raqamlar generati orqali o'n kun muobaynida har kuni bir nafar g'olibga Malibu 2 avtomobili berib boriladi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Messining otasi «Al-Hilol»dan qancha maosh so‘ragan?

Lionel Messi yozgi transfer oynasida Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tishi mumkin, deya xabar bermoqda ispan nashrlari.

El Chiringuito xabariga ko‘ra, futbolchining agenti sanalmish otasi va boshqa vakillari Saudiya Arabistonida bo‘lib turibdi. Qayd etilishicha, Messi Saudiyada Krishtianu Ronaldudan ko‘proq maosh olsa, ushbu chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkin.

Manbaning yozishicha, futbolchining otasi Xorxe Messi 35 yoshli argentinalik yulduzga qiziqish bildirayotgan «Al-Hilol»dan yillik 300 million yevro, 2 yillik shartnoma uchun 600 million yevro so‘ragan.

Avvalroq, Ronaldu «An-Nasr»da yillik 200 million yevro maosh olishi haqida xabar qilingan edi.

Ma’lumot uchun, Messining «PSJ» bilan kelishuvi yozda yakuniga yetadi. U Parij klubi bilan shartnomani uzaytirganicha yo‘q. Leo joriy mavsum 22 o‘yinda 13ta gol va 13ta assistga mualliflik qilgan.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️FIFA U-20 Osiyo kubogi finaliga kirish biletining narxi qancha?

15-mart kuni U-20 Osiyo kubogida ikkinchi yarim final uchrashuvida mezbon O‘zbekiston jamoasi Janubiy Koreyani penaltilar seriyasida mag‘lub etib, finalga yo‘l oldi.

Endi 18-mart kuni bo‘lib o‘tadigan final uchrashuvida O‘zbekiston Iroq vakillariga qarshi o‘ynaydi.

Oʻyin biletlari iticket.uz saytiga bugun ertalab 7:00 da tekshirganimizda "tez orada" deya berishmoqda, lekin 11:25 dagi tekshiruvda sayt ishlamayitganini koʻrdik, ammo OLX platformasida olib sotarlar tomonida chakana va ulgurji narxlarda eʼlonlar qoʻyilmoqda.

Unga koʻra bilet narxlari donaga 60 ming soʻmdan 600 ming soʻmgacha boʻlsa, ulgurji sotib oluvchilarga 70 ming soʻmdan taklif qilishmoqda.

P/S: Bu boʻyicha batafsil yana yozamiz

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻzbekistonda Tesla elektromobillarini ijaraga olish narxi qancha?

Toshkent shahrida 2 ta joyda shunday xizmat taqdim etilishini aniqladik. Ularni koʻrib chiqamiz:

— Tesla Model Y:
• Yosh cheklovi — 25 yoshdan yuqori;
• Haydovchilik guvohnomasi (5 yildan kam boʻlmagan);
• Mashina uchun “zaklad” — 5 mln soʻm;
• Kunlik yurish limiti — 200 km (undan soʻng har bir masofa uchun qoʻshimcha pul toʻlanadi).
• 1 kunlik narxi — 3 mln soʻm.

— Tesla Model 3:
• Yosh cheklovi — 23 yoshdan yuqori
Haydovchilik guvohnomasi (3 yildan kam boʻlmagan)
• Mashina uchun “zaklad” — 4 mln soʻm;
• Kunlik yurish limiti — 200 km (undan soʻng har bir km uchun qoʻshimcha pul toʻlanadi).
• 1 kunlik narxi — 2 mln soʻm.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkent yashash uchun dunyoning eng arzon TOP-10 ta shaharlari qatoriga kirdi

“Jurnal Tinkoff” saytida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston poytaxtida 4 kishilik oila uchun oylik xarajatlar 18 mlndan oshadi.

O‘rtacha ish haqi esa 3 738 410 so‘mni tashkil qiladi. 1400 so‘m turadigan jamoat transporti ham tilga olingan.

Shuningdek, dunyoning eng arzon shaharlari reytingi va 4 kishilik oila xarajatlari:

— Damashq (Suriya) $1 399,
— Tripoli (Liviya) $1 513;
— Tehron (Eron) $1404;
— Tunis (Tunis) $1 439;
— Karachi (Pokiston) $832;
— Olmaota (Qozog‘iston) $1 707;

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Final oʻyiniga biletlar narxi 6,5 mln soʻmgacha narx bilan savdoga chiqdi

• Oldin xabar berganimizdek, itecket.uz saytida biletlar sotuvga chiqdi va bir necha daqiqa ichida tugadi. Bilet narxlari 25 ming soʻmdan 300 ming soʻmgacha bolani maʼlum holos. Asosiy biletlar olib sotarlar qoʻliga oʻtib ketgan.

• Stadion oldida qoʻlda olib sotarlarda bilet narxlari 20 barobargacha koʻtarilib 550 ming soʻmgacha boʻlgan.

• OLX platformasidagi eʼlonlar tahliliga koʻra, bilet narxlari ancha koʻtarilgan va eng arzon bilet narxi 60 ming soʻmni tashkil etmoqda.

• Yaxshi koʻrinadigan joylarda narxlar 3E sektor 4 qatordagi joylar narxi 500 ming soʻmgacha boʻlsa, VIP kreslodagi joylar 600 ming soʻmdan ekan.

• Shuningdek, 10 kishilik VIP kabinalarda ovqatlanish bilan birga narxlar 6,5 mln soʻmni tashkil etmoqda.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ O'zbekistondagi bank amaldagi kartalari soni qancha?

• Oʻzbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni 2022-yil davomida 27,1 mln donadan 34,2 mln donagacha (+ 7,1 mln dona) koʻpaydi. Oʻtgan yili chakana savdo va pullik xizmatlar koʻrsatish sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlariga oʻrnatilgan terminallari soni 434 ming nafardan ortiqni tashkil etdi.

• Shuningdek, toʻlov terminallari orqali qabul qilingan toʻlovlar summasi 2021-yilga nisbatan 66,5 trln soʻmga oʻsib, 177,7 trln soʻmga teng boʻldi. Avvalgi postlarimizda O'zbekistondagi o'rtacha oylik maosh 4 yil ichida 2 baravarga oshganligi to'g'risida xabar bergan edik.


💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘zbekistonda sotilishi rejalashtirilgan BYD elektromobilarining narxi qancha?

O‘zbekiston ichki bozorida sotilishi rejalashtirilgan BYD elektromobillarining narxlari eʼlon qilindi.

Unga koʻra:

▪️Chazor DM-i (gibrid):

— 55 km Comfort - 285 736 000 so‘m;
— 120 km Comfort - 323 039 000 so‘m;
— 120 km Flagship - 341 660 000 so‘m.

▪️HAN EV:

— 715 km Flagship - 613 581 000 so‘m;
— 610 km Flagship AWD - 655 634 000 so‘m.

▪️SONG PLUS DM-i (gibrid):

— 110 km Comfort - 367 732 000 so‘m;
— 110 km Flagship - 384 145 000 so‘m;
— 100 km Flagship AWD - 444 526 000 so‘m.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Oʻzbekiston iqtisodiyoti 2022-yilda internet cheklovlari tufayli qancha pul yo'qotgan ?

Internetdagi uzilishlar va tarmoqlarning bloklanishi tufayli turli davlatlar miqyosida moliyaviy yo'qotishlar e'lon qilindi. Roʻyxatda 21,59 milliard dollar yo'qotish bilan Rossiya eng koʻp zarar koʻrgan davlat sifatida keltirilgan. Internet cheklanishi tufayli eaa Eron 773 mln dollar va Qozogʻiston 410,7 mln dollar miqdorida yoʻqotishlarga duchor boʻlgan.

Oʻzbekiston bu roʻyxatda 5 - pogʻonani qayd etgan boʻlib, iqtisodiy yoʻqotishlar deyarli 220 mln dollarga baholangan. Yoʻqotishlarni baholash ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish, internetni uzish, internet tezligini pasaytirishni oʻz ichiga oladi. Mutaxassislarning fikricha, Oʻzbekistonda saytlar va ijtimoiy tarmoqlarni blokirovka qilish muddati 5,6 ming soatdan ortiqroq davom etgan.

💬@NarxiQancha- Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Alisher Usmonovning Mercedes-Maybachning narxi necha pul?

Asli Oʻzbekistonlik bilan milliarder Alisher Usmonov qimmatbaho va zirhlangan Maybach S650 Guard VR10 avtomoshinasiga egalik qilar edi.

Afsuski 2022-yilning mart oyida Italiya sanksiyaga uchragan Alisher Usmonovga tegishli O‘rta Yer dengizidagi Sardiniya orolida turgan $670 minglik hashamatli o‘q o‘tkazmaydigan limuzinini musodara qilgan.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Biznes reja: Gul doʻkoni ochish

O'zbekistonda gul biznesi bugungi kunda juda jadal rivojlanmoqda va raqobat ham juda yuqori.

Hujjatlar. Siz yakka tartibdagi tadbirkor yoki MCHJ sifatida roʻyxatdan oʻtish kerak.

Boshlang'ich investitsiya taxminan $6 mingni tashkil etadi (ijarani hisobga olmaganda):

— Sovutgich (birlik) $1000
— Vitrin $1000$2000
— Mebel $2000
— Gul solish uchun maxsus chelaklar $8-10 (har biri);
— Qadoqlash $200;
— Konsultatsiya maxsulotlari $20;
— Binolarni ijaraga olish $500 dan boshlab;
— Kommunal xizmatlar $100$150;
— Ish haqi $200 dan boshlab.

"Okupaemost" va daromad:
Aslida, kichik gul do'koni oyiga taxminan $400 ishlab topishi mumkin. Agar savdo yaxshi boʻlsa unda siz $1000 dan daromad olishingiz mumkin. Pul qaytishining taxminiy muddati bir yildan iborat, ammo barchasi do'kon hajmiga bog'liq.

Mavzuga doir:
Uy sharoitida gul yetishtirish


💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!

#Biznesreja
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sanksiyalar sabab Rossiya kompaniyalari qancha yoʻqotdi?

Rossiyaning ko'plab kompaniyalari uchun 2022-yil yangi xorijiy sanktsiyalar fonida juda qiyin bo'ldi.

VTB Rossiya banklaridan eng ko'p zarar koʻrdi taxminan $7,83 mlrd.

"Gazprom" buyuk Britaniyadagi $5 mlrddan ortiq aktivlarni yo'qotdi.

2022-yilda Rossiya aviakompaniyalarining 1367 samolyotdan atigi 80 ta samolyoti chet elda blokirovka qilindi.

Finlyandiya, Boltiqbo'yi mamlakatlari va Ukrainada vagonlari to'sib qo'yilgan Rossiya temir yo'l operatorlariga omad kulib boqmadi. Hammasi bo'lib chet elda 10 mingga yaqin vagon qoldi.

Rossiyaning ko'plab kompaniyalari uchun 2023-yil 2022-yilga qaraganda ancha muvaffaqiyatli bo'lishi kutilmoqda, chunki yangi sanktsiyalar kiritilgandan so'ng mahalliy biznes to'liq tiklandi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Teatrlarda kirish narxi qancha?

Madaniy xordiq chiqarish borasida teatr oʻziga xos oʻringa ega. Lekin yurtimizda ushbu sanʼat turiga qiziqish unchalik faol emas.

Poytaxtdagi teatrlarga kirish bileti narxlarini koʻrib chiqdik, unga koʻra narxlar quyidagicha ekan:

— Eng arzon narxlar Davlat musiqali komediya teatrida 19 800 soʻmdan 26 400 soʻmgacha ekan.

— Eng qimmat narxlar Rus Akademik drama teatrida ekan va narxlar 143 ming soʻmdan 800 ming soʻmgacha ekan.

Shuningdek, Alisher Navoiy nomidagi akademik katta teatridagi eng qimmat narxlar "Spartak" tomoshasi ekan va narxlar boshlanishi 55 ming soʻmdan 660 ming soʻmgacha ekan.

Teatrga kirishning oʻrtacha narxlari odatda 55 ming soʻm atrofida.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Osiyo chempionlariga qanday sovgʻa topshirilishi aniq boʻldi

Joriy yilning 1-18 mart kunlari O‘zbekistonda futbol bo‘yicha U-20 Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tdi. Turnir yakunlariga ko‘ra mezbon – O‘zbekiston jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Final bahsida Ravshan Haydarov shogirdlari iroqlik futbolchilarni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, tarixiy g‘alabadan so‘ng, Osiyo chempionlariga Lacetti (Gentra) mashinalari sovg‘a qilinadi. Hozirda “Bunyodkor” stadionida 33 ta Lacetti (Gentra) mashinasi o‘z egasini kutib turibdi.

Shuningdek, Osiyo va Parosiyo oʼyinlarida gʼolib va sovrindor sportchilarni tayyorlagan trenerlar quyidagi miqdorda bir martalik pul mukofoti bilan ragʼbatlantiriladi:

— oltin medal $2 500;
— kumush medal $1 500;
— bronza medal — $1 000.


💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Humo Air 2022-yilni katta zarar bilan yakunladi

Humo Air 2022-yilni 5,53 mlrd so‘m zarar bilan yakunladi.

2022-yilning birinchi yarmida kompaniyaning zarari 80,2 mln so‘mni tashkil etgan edi. Shundan so‘ng, olti oy ichida kompaniya yana 5,45 mlrd so‘m zarar ko‘rgan.

Shunday qilib, ikkinchi yarim yillikda Humo Air zarari qariyb 70 barobarga ko‘paygan. Taqqoslash uchun, aviakompaniya 2021-yilni 2,1 mlrd so‘m sof foyda bilan yakunlagan edi.

Shuningdek, 2022-yil yakunida Humo Air kompaniyasining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushi Shveysariyaning Valleyroad Capital S.A’ga 27,2 mlrd so‘m to‘lov hamda 2023—2026-yillarda Humo Air aviaparkini rivojlantirish va mahalliy aviaqatnovlarni oshirish majburiyati bilan sotilgan.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Putinni qamomoqchi boʻlgan sudning iqtisodiy xolati va oylik maoshlari

Kuni kecha Xalqaro Gaaga sudi Rossiya prezidenti Vladimir Putin va bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovani hibsga olish uchun qaror chiqardi.

Xalqaro Sud BMT'ning asosiy sud organi hisoblanadi va unga 123 ta mamlakat aʼzodir (Oʻzbekiston qoʻshilgan lekin ratifikatsiya qilmagan hali). U Gaagadagi (Niderlandiya) Tinchlik saroyida joylashgan.

Sudning yillik budjeti $160 mln ni tashkil etadi va ushbu summaning 22% ni Yaponiya toʻlaydi qolganini aʼzo mamlakatlar.

2018-yil xolatiga koʻra sudda 100 ta davlatdan 800 ta atrofida xodim ishlaydi va shundan 18 tasi 9 yilga saylanadigan sudyalardir. Sudyalarning yillik maoshi $230 mingni tashkil etadi.

Sud qarorini bajarmaslik tarixda yangilik emas, Putindan oldin ham Sudanning sobiq rahbari Umar Al Bashirni hibsga olish boʻyicha qaror chiqqan, lekin mana 10 yildirki ushbu qaror bajarilmaydi. Sababi qarorni bajaruvchi majburlovchi vositalar mavjud emas.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uylanishning narxi qancha?

To'y har bir inson hayotidagi eng katta va eng qimmat voqeadir. Toʻy oʻtkazishning narxi xududga va avallambor insonning oʻziga bogʻliqdir.

Quyida biz turli mamlakatlarda toʻy oʻtkazishning narxi bilan qiziqdik:

— BAA da $157 ming. Narxning qimmatligiga sabab jamiyatning bosimi va yuqori ijtimoiy standartlar sabab.

— Avstraliyada oddiygina "men roziman"ning qiymati $55 ming ekan.

— Buyuk Britaniyada o'rtacha to'y taxminan $30 mingni tashkil qiladi.

— AQSH. Mamlakatdagi oila qurish uchun eng qimmat joy Manxetten bo'lib, o'rtacha narx $76 944;

Boshqalar:
— Ispaniya $15 000;
— Rossiya $13 000;
— Xitoy $11 000;
— Meksika $7200;

Eng arzon toʻy Mavrikiyda boʻlib atiga $450 ekan. Bundan tashqari, Madagaskar sohilidagi bu Orol marosimning o'zi va to'y fotosessiyalari uchun ajoyib joylarga to'la.

P/S: Keyingi postlarda oʻzbek toʻylaridagi xarajatlar xaqida batafsil yozamiz.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ChatGPT ning moliyaviy tomoni qanday ishlaydi?

OpenAI kompaniyasiga 2015-yilda notijorat tashkilot sifatida Sem Altman asos solgan va unga Elon Musk va boshqalar $1 mlrd sarmoya kiritishgan.

2019-yilda kompaniya Microsoftdan yana $1 mlrdlik hayriya olgan. Lekin shunga qaramay 2022-yilda kompaniyaning zarari $500 mlnni tashkil etgan.

OpenAIʼga investitsiya qilingan sarmoyalarning jami $12 mlrdni tashkil etadi va bundan $11 mlrdni Microsoft bergan.

Xozirda Microsoft OpenAIʼning 49%ga egalik qiladi. Yaqinda botning pullik versiyasi ishga tushadi va uning narxi oyiga $20 ni tashkil etadi.

Bugungi kunda kompaniyaning qiymati $29 mlrdni tashkil etadi.

Xozirda maʼlumotlarni qayta ishlash har bir chat uchun narx o'rtacha $0,1 ni tashkil etmoqda

Mavzuga doir:
Suniy intelekt tizimini yaratishning narxi qancha?

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM