Narxi Qancha? ⚡️
26.6K subscribers
4.9K photos
67 videos
4K links
Eng sara narxlar, iqtisodiy, moliyaviy va statistik ma'lumotlar barchasi kreativ tarzda yoritib boriladi.


Reklama & Hamkorlik 👉 @Mr_Gulomkodirov
Download Telegram
⚡️“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasining hududi qancha kengayadi?

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga ko‘ra, Farg‘ona viloyatida import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil qilish maqsadida, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi jami 210,4 gektar yer uchastkalari hisobiga “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi (“Qo‘qon” EIZ) hududi kengaytiriladi.

“Qo‘qon” EIZ kengaytirilayotgan hududining bosh rejasi ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi, bunda:

“Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi direksiyasi” unitar korxonasi bosh rejani ishlab chiqishda buyurtmachi tashkilot etib belgilanadi;
bosh reja loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha loyiha tashkiloti tender (tanlov) savdolari natijasiga ko‘ra aniqlanadi.

Shuningdek, 2026-yil oxirigacha “Qo‘qon” EIZning kengaytirilayotgan hududida kamida 1 milliard AQSH dollari miqdorida investitsiyalar o‘zlashtirilishi, 11,7 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi, yiliga 965 million AQSH dollari miqdorida qo‘shimcha mahsulot ishlab chiqarish, shundan 313,6 million dollarini eksportga yo‘naltirish bo‘yicha quvvatlar ishga tushirilishi ta’minlanadi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hozirgi kunda web dasturlash kurslari narxi qancha?

Offline ko’rinishdagi kurslar narxi o’rtacha oyiga 1 mln. so’m, bu degani taxminan kursni to’liq yakunlash 6-9 mln so’mga boradi.

Shu bilan birga online kurslar ham mavjud bo’lib, ular ham oyma-oy to’lov asosida yoki bir martalik bo’lishi mumkin. Oyma-oy narxlar deyarli offline kursnikidek. Bir martalik to’lovli kurslar esa o’rtacha 1-1.5 mln. so’mga boradi.

O’zbekistonda yaqinda yo’lga qo’yilgan kurs - fullstack web dasturlash kursi esa chegirmadagi narx - 549 ming so’m evaziga sizniki bo’lishi mumkin! Bu bir martalik to’lov bo’lib, oyma-oy to’lab borish shart emas.

Kurs 8 ta modul, 80 dan ortiq videodarslar, 120 ta testdan iborat. Shu bilan birga o’qituvchi nazoratida bo’lib, o’zizni qiziqtirgan savollarga javob topishingiz mumkin bo’ladi. Kurs uzunligi 2189 daqiqa bo’lib, kurs yakunigacha kamida 3 ta real loyiha qilinadi hamda sertifikat taqdim etiladi.

Yozni bekor o’tkazmang, kursni sotib olib, yangi marralarni zabt eting!

Murojaat uchun: @ugacademyuz
⚡️ Uzum bankning II chorakdagi foydasi qanchaga yetdi?

2024-yilning II choragida Uzum banking sof foydasi 8.4 mlrd so'mga yetdi, 2023-yilning shu davrida banking zarari 4.6 mlrd so'mdan sal ko'proqni tashkil etgan edi.

Bu davrda bankning foizli daromadlari keskin o'sib, 2.2 mlrddan 13.3 mlrd so'mga oshdi, foizsiz daromadlari esa o'tgan yil darajasida saqlanib qoldi.

Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, Uzum bankning kredit portfeli joriy yilning 1-iyun holatiga 85 mlrd soʻmni tashkil etgan va portfelda muddati oʻtgan kreditlar mavjud bo'lmagan.

Manbaa - kapdepo

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentda ijara narxlari qanchaga pasaydi?

Poytaxt ijara bozorida ham may oyida biroz tiklanishdan so‘ng, yana pasayish boshlangan — 1,2 foizga pasayib, bir kvadrat metr uchun 8,3 dollar bo‘ldi.

Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara haqi hamon yuqori bo‘lib, har kvadrat metr uchun o‘rtacha 10,2 dollarga teng bo‘lib turibdi.

Nisbatan arzon uy ijarasi Olmazor, Sergeli va Bektemir tumanlarida saqlanib qolmoqda — 6,4 dollar.

Shu bilan birga, yil boshidan beri ijara narxining 9,8 foizga kamaygani qayd etildi, o‘tgan yilning iyuniga nisbatan esa ijara haqi 5,5 foizga pasaygan.

O‘tgan yilning iyuniga nisbatan ijara haqining eng sezilarli — 12 foizdan ko‘proq pasayishi Yashnobod va Mirzo-Ulug‘bek tumanlarida qayd etilgan bo‘lsa, Yunusobod va Yakkasaroy tumanlarida 8,3 foizlik pasayish kuzatildi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Onix” avtomobili qaysi oyda eng ko‘p ishlab chiqarilgan?

Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2024 yilning yanvar'-may oylarida 14 905 ta “Onix”  avtomobili ishlab chiqarilgan.

2024 yilning 5 oyida oylar kesimida ishlab chiqarilgan “Onix” avtomobillari soni:

• Yanvarda – 836 dona

• Fevralda – 4 521 dona

• Martda  – 2 981 dona 

• Aprelda – 3 242 dona

• Mayda – 3 325 dona

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2024 yil 1 sentyabrdan boshlab pensiyalar va nafaqalar miqdori 15 foizga oshiriladi.

Bunda:

pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 428 000 so‘m;

- yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 834 000 so‘m etib belgilandi.

1 oktyabrdan esa:

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 155 000 so‘m;

- bazaviy hisoblash miqdori – 375 000 so‘m bo‘ladi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yo'l harakati qoidalarini buzganlik jarimalari qanchaga oshadi?

2024-yil 1-oktyabrdan boshlab BHM miqdori taxminan 10 foizga oshadi.

O‘zbekiston Prezidenti BHMni oshirish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi, bu esa yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun soliqlar, yig‘imlar, bojlar, jarimalar miqdori ko’payishiga olib keladi.

Yo'l harakati qoidalarini buzganlik bo'yicha jarima turlari va miqdorini yuqoridagi fotolavhada batafsil ko'rishingiz mumkin.

BHM miqdori so‘nggi marta 2023-yil 1-dekabrda 330 ming so‘mdan 340 ming so‘mga oshirilgan edi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uylar narxi pasayishda davom etadimi?

Tahlillar ko‘chmas mulk bozorida faollik va narxlar pasayishi qisqa muddatli xarakterga ega ekanini ko‘rsatmoqda. Ya'ni kelgusi yillarda narxlar yana o‘sish davriga qaytishi mumkin.

Bunga birinchi navbatda demografik o‘sish sabab bo‘ladi. Ko‘proq odamlarga ko‘proq uylar kerak. 2029 yilgacha O‘zbekistonning doimiy aholisi 41 mln nafarga yetishi kutilmoqda.

•To‘yinmagan talab ham bor

BMT 2015–2025-yillar oralig‘ida O‘zbekistonda yiliga o‘rtacha 150 mingta yangi uy qurilishi kerakligini ta'kidlagan. 2015–2023 yillarda hozircha yiliga o‘rtacha 91 mingta uy qurilgan.

Demak, yillar davomida sezilarli darajada katta to‘yinmagan talab shakllanib ulgurgan. Bu esa yaqin yillarda ko‘chmas mulk bozorida faollikni yangi siklini paydo qilishi mumkin.

•Uy sotib olish — sarmoyaga aylangan.

Narxlar biroz pasayishni boshlagan bo‘lsada, uylarni investision vosita sifatida sotib oluvchilar soni ortib bormoqda.

2024 yilga kelib ipoteka krediti orqali ikki yoki undan ko‘proq uy sotib olganlar sonining jami ipoteka kreditlariga nisbati 6,5 foizga yetdi. 2017 yilda bu ancha kamroq — 3,7 foiz edi.

•Ayrim investorlar foydalanadigan sxema tahminan bunaqa:

1) Dastlabki to‘lov bilan yangi qurilayotgan uylarga to‘lov qilinadi. Ularning qurilishi bir necha chorakda bitishi va ba'zan cho‘zilishi sabab bozorga nisbatan narx ancha arzon bo‘ladi.

2) Uy bitgach mebel-texnika bilan jihozlanadi va ijaraga beriladi. Bunda ijara orqali oylik ipoteka to‘lovini aksariyat qismini, ba'zan to‘liq qoplash mumkin.

Biroq bu yerda ham ijaraga talab pasayishi yoki qurilish kechikishi kabi risklar mavjud. Lekin ijaraga talab pandemiyadan beri pasaygani yo‘q, bu esa sarmoyadorlarga ishonch beradi.

Manbaa: Bankir

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Qaysi hududda avtotransport vositalarini ta'mirlash xizmatlariga talab yuqori?

Statistika agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, 2024 yilning yanvar-iyun oylarida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va mototsikllarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 2,6 trln so‘mni tashkil etgan.

Hududlar bo‘yicha avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta'mirlash va mototsikllarni ta'mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi:

Qoraqalpog‘iston Resp. – 91,6 mlrd so‘m;
Andijon viloyati – 218,3 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati – 145,3 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati – 88,4 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati – 124 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 109,6 mlrd so‘m;
Namangan viloyati – 109,9 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati – 263,9 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati – 94,9 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati – 37,9 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati – 361,6 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati – 306,6 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati – 115,9 mlrd so‘m;
Toshkent shahri – 528,3 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Manbaa: Statistika_rasmiy

@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ iPhone 16 narxlari qanday boʻladi?

— Sotuvlar rasman 20-sentabrdan boshlanadi. Narxlar esa kompaniya saytida narxlar boshlanishi eʼlon qilindi:
• iPhone 16 – $799 dan
• iPhone 16 Plus – $899 dan
• iPhone 16 Pro – $999 dan
• iPhone 16 Pro Max – $1 199 dan

— iPhone 16 Pro sotib olish uchun esa davlatlarda quyidacha ishlash kifoya:
1. Shvetsiya – 4 kun (kunlik $249,75)
2. AQSH, Avstraliya, Singapur – 5 kun (kunlik $198,9)
3. Turkiya – 72 kun (kunlik $13,875)
4. Oʻzbekiston – 90 kun (kunlik $11,1)

— iPhone 16 Proʼning baʼzi davlatlarda qancha boʻlishi haqida maʼlumot:
• AQSH – $999
• BAA – $1 101
• Yaponiya – $1 125
• Britaniya – $1 309

💬 @NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sun'iy intellekt (SI) mavzusiga oid muhim xabarlar

1. AQSHʼlik 17 yoshli maktab oʻquvchisi tana SIʼga taomdagi kaloriyani online aniqlovchi dastur orqali $1,1 mln ishlagan. Ilova hozirda Play market va AppStore orqali 110 000 dan ortiq sotilgan. Dasturda Androidʼlar uchun bir oyga $11,20 boʻlsa, bir yilga $56 dan sotilmoqda!

2. Shuningdek, yana bir AQSHʼlik fuqaro oʻtgan 7 yil davomida Sun'iy Intellekt tizimlaridan foydalanib, soxta musiqalar orqali internetda $10 mln ishlab topgan. Ammo, u bu harakati uchun 60 yilga qamalishi mumkin.

3. Xitoy yaqin oʻtkan 10 yillikdan berib AI tizimlariga jiddiy eʼtibor qaratmoqda. U 2024-yil hozirgacha Sun'iy intellekt tizimlari uchun $12,8 mlrd ajratgan va bu budjet keyingi yilda kamida $16 mlrd boʻlishi kutilmoqda. 2019-yilda esa atiga $2,9 mlrd byudjet edi.

💬@NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chempionlarga sovgʻa qilingan Chevrolet Tahoe Oʻzbekiston va boshqa davlatlarda narxi qancha?

🇺🇿 Oʻzbekiston – $82 262
🇺🇸 AQSH – $76 555
🇨🇦 Kanada – $109 698
🇷🇺 Rossiya – $113 370
🇫🇷 Fransiya – $67 695
🇰🇿 Qozogʻiston – $88 866
🇨🇳 Xitoy – $58 195
🇹🇷 Turkiya – $47 970
🇪🇸 Ispaniya – $67 695
🇮🇳 Hindiston – $57 632
🇵🇰 Pokiston – $76 400
🇮🇱 Isroil – $69 042
🇺🇦 Ukraina – $67 595
🇯🇵 Yaponiya – $60 076
🇰🇷 Janubiy Koreya – $59 151

— Yuqoridagi maʼlumotlar turli manbalardan olindi va ular asl narxlar hamda boshqa manbalardan farq qilishi mumkin.

💬 @NarxiQancha — Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 Asakabank balansida boʻlgan marmar va granit majmuasi qulay shartlarda sotiladi!

📍Ob'yekt Toshkent viloyati Boʻstonliq tumani Gʻazalkent shaharchasida joylashgan. Umumiy yer maydoni 1.8 gektarni tashkil qiladi. Suv va elektr energiyasi mavjud.

Qulay shartlari:
🔥 Boshlang'ich toʻlovi — 30%;
🔥 Muddati - 5 yilgacha;
🔥 Foiz stavkasi -13.5%

👉 Havola orqali auksion sahifasiga o'ting va ob'yekt haqida batafsil ma'lumot oling

📞 (78)-147-64-02 raqamiga qoʻngʻiroq qiling va shaxsiy konsultatsiyaga ega bo'ling!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Zahiralar 40 mlrd dollardan oshdi

O‘zbekiston zahiralari sentyabr oyida 2 mlrd dollar ko‘paydi va 41,1 mlrd dollarga yetdi.

Shunday qilib oltin-valyuta zahiralari ketma-ket uchinchi oy rekord ko‘rsatkichni qayd etdi. Bunga asosiy sabab — oltinning narxining keskin oshishi bo‘ldi.

Ayni paytda xorijiy valyutadagi zahiralar 8,7 mlrd dollarni tashkil qilmoqda. Oltin zahiralari esa 31,9 mlrd dollarga baholanmoqda.

Oltin zahiralari qiymati qariyb 1,5 mlrd dollarga oshgan bo‘lsada, oltinning fizik hajmi o‘zgarmadi — 12 mln troya unsiya.

AQSh qimmatli qog‘ozlar bozoriga kiritilgan 35 mln dollarlik investisiya esa 4 oyda O‘zbekiston uchun 700 ming dollar foyda olib kelgan.

O‘zbekiston oltin narxi qimmat payti uni sotish o‘rniga uni saqlab qolishga harakat qilmoqda. Biroq yil oxiriga kelib, oltin sotuvi yana boshlanishi mumkin.

Manbaa - Bankir

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xitoyning ilk atom bombasi qanchaga tushgan?

1964 yilning 16-oktabrida Xitoy o‘zining ilk yadro quroli sinovini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu Xitoyni dunyodagi beshinchi yadro quroliga ega davlatga aylantirdi.

Sinov mamlakat shimoli-g‘arbidagi Lobnor poligonida, ochiq atmosferada amalga oshirilgan. Ilk yadro quroli boyitilgan uranning uran-235 izotoplari bilan to‘yintirilgan edi. Sinov tariqasida portlatilgan yadro qurolining massasi 1550 kilogrammga teng bo‘lib, portlash kuchi 22 kilotonnani tashkil etgan.

G‘arb davlatlari mutaxascislari hisob-kitoblariga ko‘ra, Xitoy birinchi yadroviy qurol sinovi uchun kamida 4 milliard dollardan oshiqroq mablag‘ sarflagan. Xitoy rasmiylari esa buning uchun qancha mablag‘ sarflanganini oshkor etmagan.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
‼️O’ZBEKISTONDA QABUL DAVOM ETMOQDA!

🔻🔻IMTIHONSIZ QABUL🔻🔻

▪️Shahar: Toshkent va boshqa viloyatlar
▪️Ta’lim tili: O’zbek
▪️Ta’lim turi: Sirtqi, kunduzgi
▪️Bakalavr Diplomi
▪️O’zbekistonda tan olingan diplom

🛑AGARDA SIZ CHET DAVLATLARDA O’QISHDAN CHETLATILGAN BO’LSANGIZ, O’QISHINGIZNI QAYTA TIKLAB O’ZBEKISTONNING NUFUZLI UNIVERSITETLARIDA DAVOM ETTIRISHINGIZ MUMKIN!

✳️ PEREVODCHILAR DIQQATIGA:
Xususiy universitetlarga 2-3-kursdan perevod qilish imkoni ham mavjud❗️

🔰Yo’nalishlar:
▪️Tarix
▪️Biologiya
▪️Iqtisod, Moliya
▪️Buxgalteriya, Bank ishi
▪️Pedagogika va psixologiya
▪️Boshlang’ich ta’lim
▪️Maktabgacha ta’lim
▪️IT, kompyuter injiniringi
▪️Menejment, turizm
▪️Arxitektura
▪️Jismoniy madaniyat
▪️Ingliz tili
▪️Rus tili
▪️Meditsina
Hamma yo’nalishlar mavjud🤩

‼️Shoshiling, kvotalar soni cheklangan!

🔻Kontrakt:
🔹Sirtqi: 9-12 mln
🔹Kunduzgi: 14-16 mln
🧾Batafsil ma’lumot va hujjatlar qabuli uchun telefonlar👇

☎️ Murojaat uchun:
+998(99)658-10-20

💬Telegram: @Leader_Menejer
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Ko‘chmas mulk bozorida narxlar qanaqa?

Sentabr oyida O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida 21,2 mingta uy sotildi. Bu avgustga nisbatan 4,2 foizga kamroq.

Yillik hisobda uy-joy savdosi sezilarli pasayib, o‘tgan yilga nisbatan 9 foizga qisqargan.

Sentyabr oyida uylar savdosining eng katta pasayishi Jizzax, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatildi — mos ravishda 20 foiz, 14 foiz va 13 foizga.

Sotuvlar kamayganiga qaramay, O‘zbekiston bo‘yicha ikkilamchi uylar narxi biroz o‘sdi — 0,1 foizga.

Toshkent sharhida narxlar tushishda davom etmoqda va o‘tgan oy 1 foizga pasaydi.  O‘rtacha narxlar 1 kv m uchun 1117 dollarni tashkil qilmoqda va bu tumanlarga qarab o‘zgaradi.

Ijara narxlari

Bu yerda narxlar yangi o‘quv yili boshlanganiga qaramasdan keskin o‘zgarmadi.

Mirobod, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida ijara narxi nisbatan yuqori bo‘lib, ijara narxi 10 dollar atrofida.

Bektemir va Sergeli tumanlarida ijara narxlari nisbatan arzon shakllanib, kv m uchun o‘rtacha 6 dollarni tashkil etdi.

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Inflyasiya keyingi yillarda qanday bo‘ladi?

Markaziy bank “Pul-kredit siyosatining 2025 yil va 2026-2027 yillar davriga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari”ning konseptual loyihasini ma'qulladi.

Unda 5 foizlik inflyasiya qachon sodir bo‘lishi haqida 3 xil ssenariy ham keltirib o‘tilgan.

Asosiy ssenariy:
• 2025 yil — 6-7 foiz;
• 2026 yil — 5 foiz.

Muqobil ssenariy:
• 2025 yil — 7-8 foiz;
• 2026 yil — 5-6 foiz;
• 2027 yil birinchi yarmida 5 foiz.

Xatarli ssenariy:
• 2025 yil — 8-9 foiz;
• 2026 yil — 7-8 foiz;
• 2027 yil — 5 foiz.

Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonida e'lon qilingan Byudjetnomada 5 foizlik inflyasiyaga to‘liq 2027 yilda erishish kutilayotgan edi.

Ayni paytda yillik inflyasiya 10,5 foiz bo‘lib turibdi.

@Narxiqancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Uorren Baffet xoldingi “Apple“ning katta ulushini sotdi

Uorren Baffetning “Berkshire Hathaway“ moliyaviy konglomerati 2024-yilning III choragidagi savdolar bo‘yicha ma’lumotlarni oshkor qildi. Kompaniya “Apple“ va “Bank of America“ aksiyalarini sotishda davom etdi. Natijada kompaniyaning naqd puli $325,2 mlrdgacha ko'paydi.

Konglomerat egalik qiladigan “Apple“ aksiyalarining qiymati III chorakda deyarli 17% ga kamayib, $69,9 mlrdga yetdi. Iyun oyi oxiriga kelib “Berkshire Hathaway“ portfelidagi “Apple“ paketi $84,2 mlrdga baholangan.

“Berkshire Hathaway“ 2023 yilning IV choragidan boshlab “Apple“dagi ulushini kamaytirmoqda. May oyida boʻlib oʻtgan aksiyadorlarning yillik yigʻilishida Baffet buni soliq sabablari bilan izohladi — hozirda investitsiya foydasiga 21% stavkada soliq solinadi, ammo AQSh hukumati kelajakda oʻsib borayotgan budjet taqchilligini moliyalashtirish uchun uni oshirishi mumkin.

Manbaa - Kapdepo

💬@NarxiQancha - Narxlar haqidagi #1 blog!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM