Namoz ibodati
364 subscribers
39 photos
20 videos
141 links
Murojaatlar uchun⤵️

@Murojaatlarni_qabul_qiluvchi_bot




Diniy savollar uchun call markaz raqami va bot manzili ⤵️

+998781503344

@SavollarMuslimUzBot

©Kanaldan maʼlumot olinganda manba koʻrsatilishi shart!!!
Download Telegram
Peshin namozining oʻqilish tartibi.

Peshin namozi oʻn rakʼatdan iborat: 4 rakʼat sunnat, 4 rakʼat farz, 2 rakʼat sunnat.

4 rakʼatli sunnat namozining oʻqilish tartibi:
1. Namoz vaqti kirib, azon aytilgandan soʻng namozga quyidagicha niyat qilinadi: "Peshin namozining 4 rakʼat sunnatini qiblam boʻlmish Kaʼba tarafga yuzlanib, xolis Alloh uchun oʻqishni niyat qildim".
Ikki qoʻlning kaftini qiblaga qaratib, barmoqlarni bukmasdan, ularning orasini keng ochmasdan va jipslashtirmasdan, oʻz holicha qoʻyib, bosh barmoqlarini quloqlarining yumshogʻi barobariga koʻtarib, "Alloohu akbar", deb takbir aytadi.
2. Soʻng qoʻllar bogʻlanadi. Qiyomda sajda qilinadigan joyga qarab, sano duosini oʻqiydi.
3. Sanodan soʻng "Taʼavvuz" (A'uuzu billaah...)ni va "Basmala" (Bismillaah...)ni aytib, "Fotiha" surasini, soʻng biror zam sura oʻqiydi.
4. Zam suradan soʻng rukuʼ va ikki marta sajda qilib boʻlgach, "Alloohu akbar", deb ikkinchi rakʼatga turadi.
5. "Basmala"ni aytib, "Fotiha" surasi va zam sura oʻqiydi.
6. Birinchi rakʼatdagi kabi rukuʼ va sajda qiladi. Soʻng qaʼdada (oʻtirganda) "Tashahhud"ni oʻqiydi va "Alloohu akbar", deb uchinchi rakʼatga turadi.
7. Uchinchi rakʼatda ham "Basmala", "Fotiha" va zam sura oʻqiydi.
8. Takbir bilan rukuʼ qiladi, soʻng ikki marta sajda qilib, takbir bilan toʻrtinchi rakʼatga turadi.
9. Toʻrtinchi rakʼatda ham "Basmala", "Fotiha" va zam sura oʻqiydi.
10. Takbir bilan rukuʼ qiladi, soʻng ikki marta sajda qiladi.
11. Takbir bilan chap oyoq ustiga oʻtiradi, oʻng oyoq barmoqlarini qiblaga qaratib, tiklagan holda "Tashahhud" "Salavotlar" va duolarni oʻqib ikki tomonga salom beradi.
Peshin namozining toʻrt rakʼat farzi ham xuddi shu tartibda oʻqiladi. Faqat uchinchi va toʻrtinchi rakʼatlarda "Fotiha" surasidan soʻng zam sura oʻqilmaydi.
Peshin namozining ikki rakʼat sunnati bomdod namozining ikki rakʼat sunnati kabi oʻqiladi.

@Namoz_ibodati
Asr namozining oʻqilish tartibi.

Asr namozi toʻrt rakʼat farzdan iborat boʻlib, oʻqilish tartibi peshin namozining toʻrt rakʼat farzi kabidir. Niyatni quyidagicha qiladi:
"Asr namozining toʻrt rakʼat farzini qiblam boʻlmish Kaʼba tarafga yuzlanib, xolis Alloh uchun oʻqishni niyat qildim".

@Namoz_ibodati
Shom namozining oʻqilish tartibi.

Shom namozi besh rakʼat boʻlib, 3 rakʼat farz, 2 rakʼat sunnatdir.
1. Shom namozining uch rakʼat farziga quyidagicha niyat qilinadi:
"Shom namozining uch rakʼat farzini qiblam boʻlmish Kaʼba tarafga yuzlanib, xolis Alloh uchun oʻqishni niyat qildim".
2. Takbiri tahrima.
3. Sano.
4. "Taʼavvuz" (A'uuzu billaah...) va "Basmala" (Bismillaah...).
5. "Fotiha" va zam sura.
6. Rukuʼ
7. Sajda.
8. Ikkinchi rakʼatga turib, "Basmala", "Fotiha" va zam sura oʻqiydi.
9. Rukuʼ
10. Sajda.
11. Qaʼdada (oʻtirganda) "Tashahhud"ni oʻqiydi va "Alloohu akbar", deb uchinchi rakʼatga turadi.
12. Faqat "Bismillah..." bilan "Fotiha" surasini oʻqiydi. Farz namozlarining uchinchi rakʼatida zam sura oʻqilmaydi.
13. Rukuʼ.
14. Sajda.
15. Oxirgi qaʼdaga oʻtirgan holda Tashahhud, salavotlar va duolarni oʻqib ikki tomonga salom beradi.

Shom namozining ikki rakʼat sunnati bomdod namozining ikki rakʼat sunnati kabi oʻqiladi.

@Namoz_ibodati
Hufton namozining oʻqilish tartibi.

Hufton namozi toʻrt rakʼat farz, ikki rakʼat sunnat va uch rakʼat vitrdan iborat. Hufton namozining toʻrt rakʼat farzi peshin namozining toʻrt rakʼat farzi kabi, ikki rakʼat sunnati esa bomdod namozining ikki rakʼat sunnati kabi oʻqiladi.

Vitr namozining oʻqilish tartibi.

Vitr namozi uch rakʼat boʻlib, uning vaqti hufton namozidan keyin to subhgacha. Vitr namozi vojib ibodat boʻlib, biror sabab ila oʻqilmay qolsa, qazosi oʻqiladi. Vitrning barcha rakʼatida "Fotiha" surasidan soʻng zam sura oʻqiladi. (Birinchi rakʼatda "Fotiha" surasidan keyin "A'la" surasi, ikkinchi rakʼatda "Kafirun" surasi, uchinchi rakʼatda "Ixlos" surasini oʻqish sunnat).
Uchinchi rakʼatda zam suradan soʻng "Alloohu akbar", deb qoʻllarini quloq yumshogʻi barobaricha koʻtaradi va yana qayta bogʻlagan holda "Qunut" duosini oʻqiydi.

Qunut duosi.

ٱللَّهُمَّ إِنَّا نَسْتَعِينُكَ، وَنَسْتَغْفِرُكَ، وَنَسْتَهْدِيكَ، وَنُؤْمِنُ بِكَ، وَنَتَوَكَّلُ عَلَيْكَ، وَنُثْنِي عَلَيْكَ ٱلْخَيْرَ كُلَّهُ، نَشْكُرُكَ وَلَا نَكْفُرُكَ، وَنَخْلَعُ وَنَتْرُكُ مَنْ يَفْجُرُكَ. ٱللَّهُمَّ إِيَّاكَ نَعْبُدُ، وَلَكَ نُصَلِّي وَنَسْجُدُ، وَإِلَيْكَ نَسْعَىٰ وَنَحْفِدُ، نَرْجُو رَحْمَتَكَ، وَنَخْشَىٰ عَذَابَكَ، إِنَّ عَذَابَكَ بِالْكُفَّارِ مُلْحِقٌ.

"Alloohumma innaa nasta'iinuka va nastag‘firuk, va nastahdiika va nu’minu bika va natavakkalu 'alayk, va nusnii 'alaykal-xoyro kullah. Nashkuruka va laa nakfuruk. Va naxla'u va natruku may-yafjuruk. Alloohumma iyyaaka na'bud, va laka nusolliy va nasjud, va ilayka nas'aa va nahfid. Narjuu rohmataka va naxshaa 'azaabak, inna 'azaabaka bil-kuffaari mulhiq".

(Mazmuni:
"Allohim! Sendangina yordam so‘raymiz. Sendan mag‘firat soʻraymiz, Sendan hidoyat soʻraymiz, Senga iymon keltiramiz va Sengagina tavakkul qilamiz. Barcha yaxshi maqtovlarni Senga aytamiz. Senga shukr qilamiz, kufr keltirmaymiz. Senga fojirlik qilganni ajratamiz va tark etamiz. Allohim! Sengagina ibodat qilamiz, Sengagina namoz o‘qiymiz va sajda qilamiz. Sengagina intilamiz va shoshilamiz. Rahmatingni umid qilamiz, azobingdan qo‘rqamiz. Albatta, azobing kofirlarga yetguvchidir").

"Alloohu akbar" deb rukuʼga boriladi va ikki marta sajda qiladi. Qaʼdada oʻtirgan holda tashahhud, salavotlar va duolarni oʻqib ikki tomonga salom beradi.

Izoh: Agar Qunut duosini oʻqishni unutib rukuʼ qilib qoʻysa, uni oʻqish uchun yana orqaga qaytmaydi va rukuʼda ham oʻqimaydi, balki namozini davom ettirib, oxirida oʻng tomonga salom bergach, sahv (unutganlik) sajdalarini bajaradi.

"Fathul-qodir", "Maroqul-faloh" va boshqa fiqhiy kitoblarimizda qunut duosini bilmagan kishi ushbu duoni oʻqishi tavsiya etilgan:

رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ

Robbanaa aatinaa fid-dunyaa hasanah, va fil-aaxiroti hasanah, va qinaa 'azaaban-naar.

(Mazmuni:
Robbimiz, bizga dunyoda ham yaxshilikni, oxiratda ham yaxshilikni bergin va bizni doʻzax azobidan saqlagin. (Baqara surasi, 201oyat.))

Zahiriddin Muhammad Bobur "Mubayyan"da aytadi.
Gar kishi qunutni bilmasa netar?
"Robbano otino"ni oʻqisa yetar.

👆ushbu maqola yani qunut duosini bilmagan kishi qunut duosini yodlab olgunga qadar vaqtinchalik yuqoridagi duoni oʻqib turishi mumkinligi haqida quranuz telegram kanalida Hasanxon Yahyo Abdulmajid qori akaning video darslarida aytilgan.

@Namoz_ibodati
NAMOZ VAQTLARI.

Namozni o‘z vaqtida o‘qish farz va lozimdir. Vaqti kirmasdan o‘qilgan namozlar hisobga o‘tmaydi. Vaqtida o‘qishga ulgurilmagan namozlarning qazosi o‘qiladi. 

Aliy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam u kishiga: «Ey Aliy, uch narsani ortga surmagin. Namozni vaqti kirganda, janozani hozir bo‘lganda va ersiz ayol tengini topganda» – dedilar.
Imom Termiziy rivoyat qilgan. 

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Namozning avvalgi vaqti Allohning roziligidir. Oxirgi vaqti Allohning afvidir», dedilar» (Imom Termiziy rivoyat qilgan). 

Alloh taolo farz qilgan namozlarning o‘qish vaqti quyidagi paytlarda bo‘ladi: 

1. Bomdod namozining vaqti – subhi sodiqdan (chin tong otgandan) kun chiqqunchadir. 

2. Peshin namozining vaqti – quyosh zavolga (og‘ishga) ketganidan so‘ng to narsalarning soyasi quyosh tikkaga kelgan paytdagi soyasidan tashqari o‘z uzunligiga nisbatan ikki baravar ortguniga qadar. 

3. Asr namozining vaqti – har bir narsaning soyasi quyosh tikkaga kelgan paytdagi soyasidan tashqari o‘ziga nisbatan ikki baravar ortganidan boshlab quyosh botgunchadir. 

4. Shom namozining vaqti – kun botgan paytdan boshlab kunbotar tomonda shafaq (qizg‘ish nurlar) g‘oyib bo‘lgunchadir. 

5. Xufton namozining vaqti – shafaq batamom yo‘qolgandan keyin kiradi. 

Vitr namozi vaqti esa xufton o‘qilgandan keyingina kiradi. Xufton va vitr namozlarini subhi sodiqqacha o‘qisa bo‘ladi. 

Bomdod namozini tong yorishganda o‘qish mustahab, a’loroqdir. Soat bo‘yicha hisoblansa, bomdodni kun chiqishidan 40 daqiqacha ilgari o‘qish mustahab vaqtiga muvofiq bo‘ladi. 

Peshin namozini yoz faslida biroz kechiktirib, qish faslida esa vaqti kirishi bilan o‘qish mustahabdir. 

Asr namozini quyosh tig‘ini o‘zgartirmay, nursiz holatga kirishidan oldinroq o‘qish mustahabdir. 

Shom namozini doimo quyosh botishi bilan o‘qish mustahabdir. 

Xufton namozini kechaning uchdan birining oxirida o‘qish afzal va nihoyatda a’lo bo‘ladi. Vitr namozini esa tun oxirida uyg‘onishga qodir bo‘lgan kishilar subh oldidan o‘qisalar, mustahab amal qilgan bo‘lishadi. 

Havo bulutli kunlarda asr va xufton namozlarini avvalgi vaqtlarida o‘qish hamda bomdod, peshin, shom namozlarini esa (vaqti kirgani ma’lum bo‘lmasa) biroz kechiktirib o‘qish maqsadga muvofiqdir. 

Quyidagi vaqtlarda namoz o‘qish, tilovat sajdasi qilish, janoza namozi o‘qish joiz emas (mumkin emas): 

– kun chiqayotgan paytda;

– kun qiyom (tikka)ga kelganida;

– kun botish chog‘ida;

Bu paytlarda namoz o‘qish, Qur’oni Karimdan sajda oyati o‘qilganda sajda qilish, janoza namozini shu vaqtga to‘g‘rilab o‘qish mumkin emas. Ammo shu kungi asr namozi kun botayotgan bo‘lsa ham ado etilaveradi. 

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

«Menga eng rozi bo‘lingan kishilar guvohlik berdilar. Ularning ichida eng rozi bo‘lingani Umardir. «Albatta, Nabiy sollallohu alayhi vasallam bomdod namozidan keyin to quyosh chiqquncha va asrdan keyin (quyosh) botguncha namoz o‘qishdan qaytarganlar», dedi»

Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Termiziy va Nasoiy rivoyat qilishgan. 

Nafl (ixtiyoriy) namozlarni imom xutba o‘qish uchun minbarga chiqqanida, subhi sodiqdan kun chiqqunicha, asrni o‘qigan kishi shom namozini o‘qiguncha ado etishi makruhdir, ya’ni joiz emas.

Manba: Muslim_uz

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
Sajdai sahv.
Sahv (unutganlik) sajdasi.

​​"Sahv" so‘zi lug‘atda "unutish" ma’nosini anglatadi. Namozda ma’lum bir amallar unitilsa, undan hosil bo‘lgan nuqsonni sahv sajdasi qilish bilan to‘g‘rilab olish imkoni bor, bu ham islom yengillik dini ekani, hamda Alloh taolo musulmonlarga mehribonligining yorqin dalili hisoblanadi. Namozda xato qilgan odam uni yana qaytarib o‘qib o‘tirmay ikki marta ortiqcha sajda qilib qo‘yish bilan uni to‘g‘rilab olaveradi.

Sajdai sahv qaysi holatlarda va qanday tartibda qilinadi?

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Sajdai sahv qilish vojib amallardan bo‘lib, namozdagi ma’lum bir tartib-qoida buzilgan paytda bajariladi. Sajdai sahv bilan, namozda qilingan xato tuzatilgan hisoblanadi.

Sajdai sahv qilish tartibi quyidagicha:
– Oxirgi qa’dada tashahhud o‘qigandan keyin o‘ng tomonga salom beriladi;

– so‘ngra ikki marta sajda qilinadi;

– sajdadan qaytib tashahhud, salavot va duo o‘qiladi;

– so‘ngra ikki tarafga salom berib namoz tugatiladi. Bu haqida quyidagi hadisi sharif rivoyat qilingan:

عَنْ ثَوْبَانَ رضي الله عنه عَنْ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَنَّهُ قَالَ "لِكُلِّ سَهْوٍ سَجْدَتَانِ بَعْدَ مَا يُسَلِّمُ" (رواه الإمام أبو داود والإمام ابن ماجة)

Savbon raziyallohu anhudan shunday rivoyat qilinadi, Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Har bir adashish sababli, salom bergandan keyin ikki sajda bor”, dedilar. (Imom Abu Dovud va Ibn Moja rivoyati).

Sajdai sahvni quyidagi hollarda bajarish vojibdir:

– Agar namoz ichidagi farzlardan biri o‘z o‘rnidan oldin bajarilsa. Masalan, qiroat qilmay rukuga ketib, rukudan qaytib qiroat qilsa;

– Bir farz o‘z o‘rnidan kechiktirilsa. Masalan, to‘rt rakatli namozning birinchi qa’dasida tashahhuddan so‘ng uchinchi rakatga turmay salavotni eng kamida “Allohumma solli ala Muhammad”gacha o‘qisa (ammo undan oz bo‘lsa sajdai sahv lozim bo‘lmaydi). Bu yerda namozning farzlaridan biri uchinchi rakatning qiyomi kechiktirilgan hisoblanadi.

– Bir farzni takror qilsa. Masalan, ikki marta ruku qilsa, yoki uch marta sajda qilsa;

– Biror vojib amalni o‘zgartirsa. Masalan, maxfiy qiroat qilinadigan joyda jahriy qiroat qilsa yoki aksi bo‘lsa;

– Biror vojibni bajarmasa. Masalan, to‘rt rakatli namozning birinchi qa’dasida o‘tirmasa (“Fathu babil inaya”) Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi fatvo hayʼati.

@Namoz_ibodati
Musofirning namozi.

Safarda peshin, asr va xufton kabi toʻrt rak'atli farz namozlar ikki rak'at qilib oʻqiladi. Bomdod, shom va vitr namozlari xamda sunnatlar toʻlik oʻqiladi. Agar musofir yoʻl yurib turgan boʻlsa, vaqti tigʻiz, sharoit yoʻqligi uchun sunnatlarni o‘qimasligi afzal. Shunda xam bomdodning sunnatini tark qilmay oʻqiydi. Agar musofir bir manzilga kelib tushsa, sharoit yetarli, vaqt bemalol boʻlsa, sunnatlarni oʻqishi afzal. Musofir uchun namozni qasr qilish vojib. Mabodo, toʻliq qilib oʻqisa, gunoxkor boʻladi. Chunki, u qa’dai oxirdan keyingi salomni kechiktirgan hisoblanadi. Agar oʻrtadagi qa’dani tashahhud miqdoricha oʻtirmasdan, uchinchi va toʻrtinchi rak'atni ado qilgan boʻlsa, farz namozi botil boʻlib, qayta oʻqiydi, chunki musofirning ikkinchi rak'atdan keyin qa’daga oʻtirishi farz edi.

Qasr oʻqish vojib boʻladigan safar.

Uch kunlik piyoda yo‘l yurish masofasi miqdoricha safarga chiqqan kishiga musofir xukmi beriladi. Subhdan to zavolgacha yoʻl yursa, bir kun yo‘l yurgan hisoblanadi. Ushbu yoʻlni o‘rtacha yurish bilan bosib o‘tish e’tiborga olingan. Oʻrtacha yurish deganda, tuya va piyoda kishining yurishi e’tiborga olinadi. Bu masofa taxminan 86 kilometrni tashkil etadi. Ushbu masofadan kam yoʻlga safarga chiqqan kishi musofir hisoblanmaydi. Agar ushbu safar masofasini avtomobilda yoki samolyotda oz fursatda bosib o‘tsa ham, namozlarini qasr qilib o‘qishi vojib.
Musofir oʻzi yashab turgan shahardagi uyning tomlari, daraxtlari ko‘rinmaydigan joydan boshlab namozlarni qasr o‘qiy boshlaydi.
Agar musofir bir manzilga kelib, shu yerda ketma-ket o‘n besh kun yoki undan koʻproq vaqt turishni niyat qilsa, namozlarini toʻliq oʻqiydi. Ammo oʻn besh kundan kam muddat turishni niyat qilsa, musofir xukmida boʻladi. Agar musofir bir yerda o‘n besh kundan kamroq turishni qasd qilsa yoki qancha muddat shu o‘rinda turishini bilmasa, bu kishi oʻsha yerda bir necha yil yashasa xam, musofir hisoblanadi. Namozlarini qasr qilib oʻqiydi.

Vatani asliy va vatani iqomat.

Vatani asliy. Inson oʻzi tugʻilib oʻsgan yoki uylanib, oʻsha joydan oʻziga vatan qilgan yoki oʻzi u yerda tugʻilmagan boʻlsa-da, doimiy ish joyi boʻlib qolgan manzilni vatani asliy, deyiladi. Bir kishi Fargʻonada tugʻilib oʻsgan boʻlsa, bu uning vatani asliysi boʻladi. U kishi Toshkentga borib, oʻsha yerda uylansa yoki biror uy sotib olib doimiy yashashni qasd qilsa, bu yer unga vatani asliyga aylanadi. Qachonki u kishi Toshkentdan Fargʻonaga safar qilsa va oʻn besh kundan kam turishni niyat qilsa, musofir hisoblanadi. Chunki vatani asliyning hukmini keyingi vatan bekor qiladi.
Vatani iqomat (turar joy vatani). Musofir kamida oʻn besh kun turishni niyat qilib safarga chiqsa, u istiqomat qiladigan joy vatani iqomat deyiladi.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
Qazo namozlari.

Farz namozlarini o‘z vaqtida o‘qish qat’iy lozim boʻlib, namozning vaqtini uzrsiz oʻtkazib yuborish katta gunoh hisoblanadi. Ammo ba’zi uzrlar sababi bilan namoz qazo boʻlishi mumkin. Bu uzr ikki xil boʻladi:
1. Qazosi oʻqilmaydigan namozlar:
-Xayz va nifos koʻrgan ayollar namozni tark qiladilar, pok boʻlgandan keyin xam qazo bo‘lgan namozlarini o‘qimaydilar.
-Kamida olti vaqt namoz muddatida hushidan ketib, oʻziga kelmagan kishi o‘ziga kelgach, qazo boʻlgan namozlarini oʻqimaydi. Lekin bundan kam fursatda oʻziga kelsa, qazo boʻlgan namozlarini o‘qishi vojib.
2. Qazosi oʻqiladigan namozlar:
Uxlab qolish, esidan chiqish, gʻaflatda qolish, boshini qimirlata olmaydigan darajada kasal boʻlish kabi uzrlar bilan namoz oʻz vaqtida ado qilinmasa, uning qazosini oʻqish vojib boʻladi. Nafl namozlar oʻrniga qazolarni oʻqish afzal. Lekin sunnati ravotiblarni tark qilmagan yaxshi.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
Xasta kishining namozi.

Kasal kishi agar toqati koʻtarsa, namozni tik turib ado qiladi. Ammo qiyomda turishdan ojiz boʻlsa yoki kasali kuchayib ketishi xavfi boʻlsa, yo shifoning kechikishiga shu qiyom turishi sabab boʻlsa, oʻtirib oʻqiydi. Lekin ruku’ va sajdalarni toʻliq qiladi. Agar ruku’ va sajdaga ham qodir boʻlmasa, xuddi tashahhudda o‘tirgani kabi chap oyogʻini toʻshab, oʻng oyogʻini tik qilgan holda oʻtiradi. Bu eng afzalidir. Agar bunga ham qodir boʻlmasa, xohlagan holatda oʻtiradi va rukuʼ hamda sajdalarni boshi bilan ishora qiladi. Bunda rukuʼ uchun boshini biroz, sajda uchun koʻproq egadi.

Sajdaga ojiz boʻla turib rukuʼga qodir boʻlsa ham, ishora bilan oʻqiydi. Agar sajda qilishga ojiz boʻlsa, undan qiyomda turish ham soqit boʻladi.

Agar kasal kishiga oʻtirish ham mashaqqat boʻlsa, u oʻng tomon bilan qiblaga yuzlangan holda yonboshlab yotadi. Unga ham qodir boʻlmasa, chalqancha yotib, oyoqlarini qibla tomonga uzatadi. Boshni bir oz koʻtarish uchun orqaga yostiq qoʻyiladi. Shu holda imo-ishora qilib namozini oʻqiydi. Agar bunday turishga ham qodir boʻlmasa, oʻziga qulay boʻlgan suratda ishora bilan namozini oʻqiydi. Ishora faqat bosh bilan qilinadi. Agar boshini qimirlata olmay qolsa, koʻz yoki qosh bilan ishora qilmaydi. Ushbu holda namozni kechiktiradi va sogʻaygandan keyin qazosini oʻqiydi. Agar shu holatda kamida olti vaqt namozni oʻqiy olmagan boʻlsa, sogʻaygach, ularning qazosini ham oʻqimaydi. Chunki u bu holatda hushidan ketganning hukmida boʻladi.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
Juma namozi.

Juma namozi farzi ayn boʻlib, ikki rak'atdan iborat. Juma namozining vaqti peshinning vaqtidir. Juma namozining farzidan avval toʻrt rak'at, keyin ham toʻrt rak'at namoz oʻqish sunnati muakkadadir.
Juma namozining farz boʻlish shartlari:
1. Balogʻatga yetgan er kishi boʻlish.
2. Hur – ozod boʻlish.
3. Sogʻlom boʻlish.
4. Muqim boʻlish.
5. Koʻzi ojiz boʻlmaslik.
6. Hech qanday toʻsiqqa duch kelmagan boʻlish.
Juma namozini oʻqish vojib boʻlmagan kishi peshin namozini oʻqiydi.

Juma namozining durust boʻlish shartlari:
1. Shaharda oʻqilishi
2. Barcha uchun ruxsat berilgan jomeʼ masjid boʻlishi.
3. Imom boʻlishi.
4. Jamoat boʻlishi.
5. Peshin vaqtining kirishi.
6. Xutba oʻqish.

Juma namozining sunnat va odoblari:
1. Gʻusl qilish, xushboʻylanib, eng chiroyli va pokiza kiyim kiyish.
2. Jumaga ertaroq borish.
3. Juma kuni Kahf surasini oʻqish.
4. Rosululloh sollallohu alayhi vasallamga salavot va salomni koʻp aytish.

Juma kuni makruh boʻlgan amallar:
1. Oʻtirgan odamlarning yelkalaridan oshib oldinga oʻtish.
2. Xutba oʻqilayotgan vaqtda gapirish, salomga alik olish, aksaga javob qaytarish.
3. Xutba vaqtida namoz oʻqish.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Foydali

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim juma kuni bomdod namozidan oldin:

أسْتَغْفِرُ اللهَ الَّذِي لاَ إِلَهَ إِلاَّ هُوَ الْحَيُّ القَيُّومُ وَأَتُوبُ إِلَيْهِ

«Astag'firullohallaziy la ilaha illa huval hayyul qoyyum va atubu ilayh», deb uch marta aytsa, Alloh taolo uning gunohlarini dengiz ko'pigicha bo'lsa ham, kechirib yuboradi», dedilar.

(Mazmuni:
Hay va qayyum sifatli Zotdan boshqa iloh yo'q va Unga istig'for aytaman, Unga tavba qilaman.) Ibn Sunniy rivoyatlari.

۞┈ ✎﷽ ┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
#Foydali

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday dedilar:

"Kim (namozda) safning ochilib qolgan yerini berkitsa, Alloh uning darajasini ko‘tarib, uning uchun jannatda bir uy quradi", dedilar (Ibn Moja rivoyati).

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
Taroveh namozi.

"Taroveh" lugʻatda "orom oldirish", "dam berish" maʼnolarida kelgan "tarviha" soʻzining koʻplik shaklidir. Istilohda – Ramazon oyida xuftonning sunnati va vitr namozi oʻrtasida oʻqiladigan namozga nisbatan ishlatiladi. Namozning har toʻrt rak'atida toʻxtab, dam olingani uchun "taroveh" deb nom berilgan.

Taroveh namozi yigirma rak'at boʻlib, erkak va ayollarga sunnati muakkadadir. Jamoat bilan oʻqish esa sunnati kifoyadir.

Imom Buxoriy va imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ramazon oyi masjidga chiqib, tarovehni oʻqiganlarida, odamlar masjidda kun sayin koʻpaydi. Uchinchi kun masjidga odam sigʻmay qoldi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ular bilan sakkiz rak'at namoz oʻqidilar, qolgan rak'atlarni hujralariga kirib oʻqidilar. Odamlar ham qolgan rak'atlarni uylarida ado qilishdi. Shundan soʻng rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatga farz boʻlib qolishidan qoʻrqib tarovehga chiqmadilar. U zotning vafotlaridan keyin taroveh namozining farz boʻlib qolish xavfi ketgach, hazrati Umar roziyallohu anhu Masjidi Nabaviyda yigirma rak'at taroveh namozini Ubay bin Kaʼb imomligida jamoat bilan oʻqishni yoʻlga qoʻydilar. Baʼzi sahobalar: "Bu bidʼatku. Sizdan oldin Abu Bakr roziyallohu anhu ham qilmaganlar", deyishdi. Shunda Umar roziyallohu anhu: "Qanday ham yaxshi bidʼat-a? Paygʻambar alayhissalom: "Kim islomda xayrli ishni joriy qilsa, unga bu ishning ajri va shu ishni qilganlarning ham ajri berilur..." deb marhamat qilganlar", – dedilar.

Taroveh namozi ikkinchi halifa Umar roziyallohu anhu davrlaridan boshlab hozirgacha yigirma rak'at oʻqib kelinmoqda.

Taroveh namozi ikki rak'atdan oʻqiladi, har toʻrt rak'at oʻqilgach, bir oz istirohat uchun oʻtiriladi va tasbeh aytiladi. "Taroveh (istirohat) namozi", deb nomlanishining sababi ham shunda.

Bizning diyorlarda quyidagi kabi tasbehlarni aytish odat boʻlgan:

سُبْحَانَ ذِي الْمُلْكِ وَالْمَلَكُوتِ، سُبْحَانَ ذِي الْعِزَّةِ وَالْعَظَمَةِ وَالْقُدْرَةِ وَالْكِبْرِيَاءِ وَالْجَبَرُوتِ، سُبْحَانَ الْمَلِكِ الْحَيِّ الَّذِي لَا يَمُوتُ، سُبُّوحٌ قُدُّوسٌ رَّبُّنَا وَرَبُّ الْمَلَائِكَةِ وَالرُّوحِ، لَا إِلَهَ إِلَّا اللهُ نَسْتَغْفِرُ اللهَ، نَسْئَلُكَ الْجَنَّةَ وَنَعُوذُ بِكَ مِنَ النَّارِ.

Subhaana zil-mulki val-malakuut. Subhaana zil-'izzati val-'azomati val-qudroti val-kibriyaai val-jabaruut. Subhaanal-malikil-hayyillazii laa yamuut. Subbuuhun-qudduusur-Robbunaa va Robbul-malaaaikati var-ruuh. Laa ilaaha illalloohu nastag‘firullooh. Nas-alukal-jannata va na'uuzu bika minan-naar.

(Mazmuni:
Mulk va malakut egasi bo‘lgan, izzat va sharaf, qudrat va kuch quvvat sohibi bo‘lgan, barcha ayb va nuqsonlardan pok bo‘lgan, barcha narsadan g‘olib keluvchi, o‘lmaydigan, doimo tirik Zot, Subbuh va Quddus bo‘lgan, bizning, farishtalar va Jibrilning robbi bo‘lmish Allohni poklab yod etaman. Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir. Unga istig‘for aytamiz. Janatni so‘rab, do‘zahdan panoh tilaymiz).

Taroveh namozlarida Qurʼoni karimni bir marta xatm qilish ham ramazon oyidagi sunnat amallardan.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
Ikki hayit namozi va ularning shartlari.

Ramazon va Qurbon hayiti namozlarining hukmi vojib boʻlib, sharti juma namozining sharti kabidir. Faqat ikkita amalda juma namozidan farq qiladi:
–Hayit namozlarida xutba oʻqish sunnat.
–Hayit namozlarida xutba namozdan keyin oʻqiladi. Xutba oʻqishdan oldin imomning bir oz oʻtirishi makruh. Ammo juma namozi xutbasini boshlashdan oldin uning bir oz oʻtirishi sunnat.

Imom Ramazon hayiti namozining xutbasida namozxonlarga fitr sadaqasi hukmlari haqida, Qurbon hayitida esa qurbonlik, takbiri tashriq hukmlari haqida maʼlumot beradi.

Hayit namozlarining oʻqilish tartibi.

Hayit namozlari ikki rak'atdan iborat boʻlib, masjidda jamoat bilan birgalikda oʻqiladi. Bu namozlarga azon, takbir aytilmaydi, balki bir kishi "Jamoat namoziga" deb nido qiladi. Imom namozda qiroatni jahriy qiladi. Har bir rak'atda uch marta takbir aytish vojib. Bu takbirlar "Takbirotu zavoid" deyiladi. Namozning oʻqilishi quyidagicha:
Imom Ramazon yoki Qurbon hayiti namozini niyat qiladi, qoʻllarini quloq barobari koʻtarib, takbiri tahrima bilan namozga kirishadi. Iqtido qiluvchilar ham namozni niyat qilib takbiri tahrima bilan unga ergashadilar. Boshqa namozlardagi kabi qoʻllar bogʻlanib, kindik ostiga qoʻyiladi, imom ham iqtido qiluvchilar ham sano duosini maxfiy oʻqiydilar. Soʻngra imom uch marta "Alloohu akbar" deb takbirni jahriy aytadi (imomga ergashuvchilar maxfiy aytadilar) va qoʻllarini quloqlari barobarigacha koʻtaradilar, har takbir orasida qoʻllarini ikki yonlariga tushiradi. Uchinchi takbirdan soʻng qoʻllarni bogʻlab, jahriy qiroat qiladi. Keyin rukuʼ va sajda qilib, ikkinchi rak'atga turadi. "Fotiha" va zam suradan keyin, rukuʼ qilishdan avval yana uch marta "Takbirotu zavoid"larni aytadi. Toʻrtinchi takbir bilan rukuʼ va sajda qiladi. Qaʼdada tashahhud, salavot va duolar oʻqib salom beradi.

Agar imomga ergashuvchi imomga qiyom holatida yetishib, takbirlarga yeta olmagan boʻlsa, oʻzi yolgʻiz tik turgan holida takbir aytib qoʻyadi. Agar imomga bir rak'at kechikib yetishgan boʻlsa, u salom bergandan keyin turib, oʻzi qiroat qiladi, soʻngra "Takbirotu zavoid"larni aytib, qoldirgan ruknlarini ado qiladi.

Takbiri tashriqlar.

Zulhijja oyining toʻqqizinchi kuni – Arafa kunining bomdod vaqtidan boshlab, hayitning toʻrtinchi kuni asr namozigacha har bir farz namozdan soʻng takbiri tashriqni aytish vojib. Mashhur takbir quyidagicha:

اللهُ أَكْبَرُ اللهُ أَكْبَرُ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَاللهُ أَكْبَرُ اللهُ أَكْبَرُ وَللهِ الْحَمْدُ

Alloohu akbar, Alloohu akbar, laa ilaaha illalloohu valloohu akbar, Alloohu akbar va lillaahil-hamd.

(Mazmuni:
Alloh ulugʻdir, Alloh ulugʻdir. Allohdan boshqa iloh yoʻq. Alloh ulugʻdir, Alloh ulugʻdir. Allohga hamd boʻlsin.)

Hayit namozlarining vaqti. Quyosh bir nayza boʻyi koʻtarilgandan to quyosh tikkaga kelguncha boʻlgan vaqtdir.

Hayit kunining sunnatlari. Gʻusl qilish, yangi kiyimlarni kiyish, xushboʻylanish, Ramazon hayitida namozga chiqishdan oldin xurmo yoki biror shirinlik yeyish, sadaqai fitrni hayit namozidan oldin berish. Qurbon hayitida esa hayit namozi oʻqilguncha hech narsa yemaslik, namozga bir yoʻldan borib, boshqasidan qaytish.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA
Janoza namozi.

Musulmon kishi vafot etsa, uni yuvish, kafanlash, janozasini oʻqish, dafn qilish farzi kifoya boʻladi.

Janozani insonlarga eʼlon qilish mustahab. Marhumni dafn qilishni tezlashtirish shariatda buyurilgan amallardan

Mayyitni yuvish. Mayyitning barcha badanini bir marta yuvish farz.
Mayyitni yuvish shartlari:
1. Mayyit musulmon boʻlishi.
2. Oʻlik holda tugʻilmagan boʻlishi.
3. Jasadning yarmidan koʻpi mavjud boʻlishi.

Mayyitni gʻusl qildirish odoblari.
Mayyitning barcha badanini uch marta yuvish sunnat.
Mayyitni balandroq, suv suvtoʻplanmaydigan joyga qoʻyish.
Suvga hushboʻy narsalar qoʻshish.
Avval tahorat qildirish. Lekin bunda gʻargʻara qildirish burunga suv tortish tark qilinadi.
Gʻassolning ishonchli kishi boʻlishi.
Gʻusldan soʻng mayitni badanini quritish.
Mayyitni soch soqollarini tarash, moʻylov yoki tirnoqlarini olish, tuklarini yulish makruh.

Kafanlash. Kafanning toza, oppoq mato boʻlishi mahbub.
Erkaklarning kafani uchta boʻladi.
1-qamis.
2-izor.
3-lifofa.
Qamis–boʻyindan oyoqqacha oʻraladigan mato.
Izor–bosh va oyoq qoʻshib oʻraladigan mato.
Lifofa ham izor kabi boʻladi.
Ayollarga koʻkraklarini bogʻlab qoʻyish uchun roʻmol ziyoda qilinadi.

@Namoz_ibodati
Janoza namozida maʼlum shart va ruknlar boʻlib, ular quyidagicha:
1. Tahoratli boʻlish.
2. Kiyim, badan, joy pok boʻlishi.
3. Qiblaga yuzlanish.
4. Mayyit musulmon boʻlishi.
5. Mayyit imomning oldida boʻlishi.
6. Mayyitning boshi bilan birga badanining yarmidan koʻpi boʻlishi.

Janoza namozi farzi kifoya bo‘lib, bundan xabardor bo‘lgan kishilardan bir qismi ado etishi bilan boshqalardan bu farz soqit bo‘ladi. Agar hech kim o‘qimasa, hammalari gunohkor bo‘ladilar. Janoza namozining farzi ikkita: to‘rt takbir (Imomga iqtido qilgan kishi ham takbirlarni ichida aytishi shart.) va tik turib o‘qish. Vojibi – salom berishdir. Sano, salavotlar va duo o‘qish esa, sunnatdir.

Tug‘ilgan chaqaloq ovoz chiqarib yoki qimirlab, so‘ngra o‘lgan bo‘lsa, unga ism qo‘yiladi, yuvilib kafanlanadi va janoza o‘qib ko‘miladi. O‘lik holda tug‘ilgan chaqaloqqa ism qo‘yilmaydi, janoza o‘qilmaydi, yuvib, bir lattaga o‘rab ko‘miladi. Chaqaloqning tirik tug‘ilgani to‘g‘risida tuqqan ona yoki tug‘dirgan doyaning guvohligi qabul qilinadi (Manbalar: “Fatovoi Hindiyya” va “Badoius-sanoi’” kitoblari). Vallohu a’lam.

@Namoz_ibodati
Janoza namozining oʻqilish tartibi.

Janoza namozida azon, takbir, rukuʼ va sajdalar boʻlmaydi. Imom mayyitning koʻkragi toʻgʻrisida turadi. Qolgan namozxonlar esa imomning orqasida saf tortadilar. Imom qoʻllarini quloqlari barobari koʻtarib: "Alloohu akbar", deydi. Iqtido qilganlar ham shunday qiladilar. (Keyingi takbirlarda qoʻllar koʻtarilmaydi). Soʻng maxfiy holda sano duosini oʻqiydilar

Sano duosi.

سُبْحَانَكَ ٱللَّهُمَّ وَبِحَمْدِكَ، وَتَبَارَكَ ٱسْمُكَ، وَتَعَالَىٰ جَدُّكَ، وَلَا إِلَـٰهَ غَيْرُكَ.

Subhaanakalloohumma va bihamdika, va tabaarokasmuka, va ta'aalaa jadduka va laa ilaaha g‘oyruk.

(Mazmuni:
Allohim! Seni poklab hamding bilan yod etaman. Sening noming tabarrukdir, kibriyoing ulug‘dir, Sendan o‘zga iloh yo‘qdir)

Soʻng imom ikkinchi takbirni aytadi. Ikkinchi takbirdan soʻng salavot oʻqiladi.

Salavot.

ٱللَّهُمَّ صَلِّ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَعَلَىٰ آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا صَلَّيْتَ عَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَعَلَىٰ آلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. ٱللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَعَلَىٰ آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا بَارَكْتَ عَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَعَلَىٰ آلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ.

Alloohumma solli 'alaa Muhammadin va 'alaa aali Muhammad. Kamaa sollayta 'alaa Ibrohiima va 'alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.
Alloohumma baarik 'alaa Muhammadin va 'alaa aali Muhammad. Kamaa baarokta 'alaa Ibrohiima va 'alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.


(Mazmuni:
"Ey Alloh, Ibrohim va uning oilasiga salavot yuborganing kabi Muhammad va u zotning oilasiga ham yuborgin. Sen maqtovga loyiq, buyuk Zotsan.

Ey Alloh, Ibrohim va uning oilasiga baraka nozil qilganing kabi Muhammad va u zotning oilasiga ham baraka nozil qilgin. Sen maqtovga loyiq, buyuk Zotsan").

Uchinchi takbirdan soʻng mayyit haqqiga duo oʻqiladi.

Janoza duosi.

ٱللَّهُمَّ ٱغْفِرْ لِحَيِّنَا وَمَيِّتِنَا، وَشَاهِدِنَا وَغَائِبِنَا، وَصَغِيْرِنَا وَكَبِيرِنَا، وَذَكَرِنَا وَأُنْثَانَا. ٱللَّهُمَّ مَنْ أَحْيَيْتَهُ مِنَّا فَأَحْيِهِ عَلَى ٱلْإِسْلَامِ، وَمَنْ تَوَفَّيْتَهُ مِنَّا فَتَوَفَّهُ عَلَى ٱلْإِيْمَانِ.

Alloohummagʻfir lihayyinaa va mayyitinaa va shaahidinaa va gʻooibinaa va sogʻiyrinaa va kabiirinaa va zakarinaa va unsaanaa. Alloohumma man ahyaytahuu minnaa fa-ahyihii 'alal-islaam va man tavaffaytahuu minnaa fatavaffahuu 'alal-iymaan.

(Mazmuni:
Allohim, tirigu oʻligimizni, hoziru gʻoyibimizni, kichigu kattamizni, erkagu ayolimizni magʻfirat qil. Allohim, kimimizni hayotda qoldiradigan boʻlsang, uni Islomda qil, kimimizni oʻldiradigan boʻlsang, uni iymon bilan vafot ettir).

Ushbu duolarni bilmagan kishi yodlab olgunga qadar:

اللَّهُمَّ اغْفِرْ لَهُ وَارْحَمْهُ.

"Allohummagʻfir lahu varhamhu" – dеb aytsa ham kifoya.

(Mazmuni: Allohim bu mayyitni magʻfirat qilgin va unga rahm qilgin).

Agar mayyit balogʻatga yetmagan, yoki majnun boʻlgan boʻlsa, uning jinsiga qarab quyidagi duolardan biri oʻqiladi.

Oʻgʻil bola uchun:

ٱللَّهُمَّ ٱجْعَلْهُ لَنَا فَرَطًا وَٱجْعَلْهُ لَنَا أَجْرًا وَذُخْرًا وَٱجْعَلْهُ لَنَا شَافِعًا وَمُشَفَّعًا.

Alloohummaj'alhu lanaa faroton, vaj'alhu lanaa ajron va zuxron vaj'alhu lanaa shaafi'an va mushaffa'an.

Qiz bola uchun:

ٱللَّهُمَّ ٱجْعَلْهَا لَنَا فَرَطًا وَٱجْعَلْهَا لَنَا أَجْرًا وَذُخْرًا وَٱجْعَلْهَا لَنَا شَافِعَةً وَمُشَفَّعَةً.

Alloohummaj'alhaa lanaa farotov-vaj'alhaa lanaa ajrov-va zuxrov-vaj'alhaa lanaa shaafi'atam-mushaffa'atan.

(Mazmuni:
Allohim! Uni bizga farat (yani: jannatda bizni kutib oluvchi) qilgin, ajru zaxira qilgin va uni bizga shafoatchi va shafoati maqbul etgin).

Kеyin toʻrtinchi takbirni aytib salom beriladi. Janoza namozida qatnashayotganlar namozda boshlarini biroz koʻtarmaydilar.

Janoza namozining boshlanishiga ulgurmagan kishi jamoatga qoʻshilib iftitoh takbirini aytadi va imomga iqtido qiladi. Imom salom bеrganidan kеyin, tobut koʻtarilmasdan avval qolgan takbirlarni oʻzi aytadi.

@Namoz_ibodati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Savol-javob: Janoza namozini o‘qish tartibi

Youtube | Tas-ix | Facebook | Instagram

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞

👇Kanalga aʼzo boʻlish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA