Namoz ibodati
364 subscribers
39 photos
20 videos
141 links
Murojaatlar uchun⤵️

@Murojaatlarni_qabul_qiluvchi_bot




Diniy savollar uchun call markaz raqami va bot manzili ⤵️

+998781503344

@SavollarMuslimUzBot

©Kanaldan maʼlumot olinganda manba koʻrsatilishi shart!!!
Download Telegram
9.Qiyom.

"Alloohu akbar" deb, ikkinchi rakʼatga turib, qoʻllarni bogʻlaydi. "Bismillaahir-rohmaanir-rohiym"ni aytib, "Fotiha", soʻng biror zam sura oʻqiydi.

@Namoz_ibodati
10.Ruku.

Zam suradan soʻng "Alloohu akbar" deb rukuʼ qiladi. 3 marta "Subhaana Robbiyal-'aziym", - deydi.

ﺳُﺒْﺤَﺎﻥَ ﺭَﺑِّﻲَ ٱﻟْﻌَﻈِﻴﻢُ

Subhaana Robbiyal-'aziym.
(Ulug‘ Robbim nuqsonlardan pokdir.)

@Namoz_ibodati
11.Rukuʼdan turish.

Rukuʼdan "Sami'allohu liman hamidah" deb, qaddini koʻtaradi. Tik turgach "Robbanaa va lakal hamd", - deydi.

ﺳَﻤِﻊَ ٱللهُ ﻟِﻤَﻦْ ﺣَﻤِﺪَﻩُ

ﺭَﺑَّﻨَﺎ وَ ﻟَﻚَ ٱﻟْﺤَﻤْﺪُ

Sami'alloohu liman hamidah.
Robbanaa va lakal hamd.

(Kim hamd aytsa, Alloh uni eshitadi.
Robbimiz, Senga hamd bo‘lsin).

@Namoz_ibodati
12.Sajda.

"Alloohu akbar" deb, sajda qiladi. Sajdada 3 marta "Subhaana robbiyal-a'laa" deb aytadi.

سُبْحَانَ رَبِّيَ ٱلْأَعْلَيٰ

Subhaana robbiyal-a'laa.
(Oliy Robbim nuqsonlardan pokdir).

@Namoz_ibodati
13.Jalsa.

"Alloohu akbar" deb sajdadan boshini ko‘tarib, bir tasbeh miqdoricha oʻtiradi.

@Namoz_ibodati
14.Sajda.

"Alloohu akbar" deb, yana sajdaga qaytadi va sajdada 3 marta "Subhaana robbiyal-a'laa" deydi.

سُبْحَانَ رَبِّيَ ٱلْأَعْلَيٰ

Subhaana robbiyal-a'laa.
(Oliy Robbim nuqsonlardan pokdir).

@Namoz_ibodati
15.Qaʼda.

Qaʼdada (oʻtirganda) avval "Tashahhud", soʻng "Salavot" va "Duo" oʻqiladi.
Tashahhud.

ٱلتَّحِيَّاتُ لِلَّـهِ وَٱلصَّلَوَاتُ وَٱلطَّيِّبَاتُ، ٱلسَّلَامُ عَلَيْكَ أَيُّهَا ٱلنَّبِيُّ وَرَحْمَةُ ٱللهِ وَبَرَكَاتُهُ، ٱلسَّلَامُ عَلَيْنَا وَعَلَىٰ عِبَادِ ٱللهِ ٱلصَّالِحِينَ، أَشْهَدُ أَن لَّا إِلَـٰهَ إِلَّا ٱللهُ، وَأَشْهَدُ أَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ.

Attahiyyaatu lillaahi vas-solavaatu vat­-toy­yibaat. Assalaamu 'alayka ayyuhan-nabiyyu va rohmatulloohi va barokaatuh. Assalaamu 'alaynaa va 'alaa 'ibaadillaahis-solihiin. Ashhadu allaa ilaaha illalloohu va ashhadu anna Muhammadan 'abduhuu va rosuuluh.

(Mazmuni:
Salomlar, duolar va pok narsalar Alloh uchundir. Ey Nabiy! Sizga salom va Allohning rahmatu barakotlari bo‘lsin. Bizlarga va Allohning solih bandalariga salom bo‘lsin. Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad Uning bandasi va elchisi deb guvohlik beraman).

Salavot.

ٱللَّهُمَّ صَلِّ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَعَلَىٰ آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا صَلَّيْتَ عَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَعَلَىٰ آلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. ٱللَّهُمَّ بَارِكْ عَلَىٰ مُحَمَّدٍ وَعَلَىٰ آلِ مُحَمَّدٍ، كَمَا بَارَكْتَ عَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَعَلَىٰ آلِ إِبْرَاهِيمَ، إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ.

Alloohumma solli 'alaa Muhammadin va 'alaa aali Muhammad. Kamaa sollayta 'alaa Ibrohiima va 'alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.
Alloohumma baarik 'alaa Muhammadin va 'alaa aali Muhammad. Kamaa baarokta 'alaa Ibrohiima va 'alaa aali Ibrohiim. Innaka hamiidum-majiid.


(Mazmuni:
Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini yaxshilik va rahmatda qilganing kabi Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham yaxshilik va rahmatda qil. Albatta, Sen maqtovga loyiq ulugʻ zotsan. Allohim, Ibrohim alayhissalomni va u zotning oilalarini barakotli qilganingdek, Muhammad alayhissalomni va u zotning oilalarini ham barakotli qil. Albatta, Sen maqtovga loyiq ulugʻ zotsan.)

Duo.

اَللَّهُمَّ اغْفِرْلِي وَلِوَالِدَيَّ، وَلِجَمِيعِ الْمُؤْمِنِينَ وَالْمُؤْمِنَاتِ، وَالْمُسْلِمِينَ وَالْمُسْلِمَاتِ، رَبَّنَا آتِنَا فِي الدُّنْيَا حَسَنَةً وَفِي الْآخِرَةِ حَسَنَةً وَقِنَا عَذَابَ النَّارِ.


Alloohummagʻfirlii vali-vaalidayya vali-jamii'il-muʼminiina val-muʼminaati val-muslimiina val-muslimaat.
Robbanaa aatinaa fiddunyaa hasanah, va fil-aaxiroti hasanah, va qinaa 'azaaban-naar.


(Mazmuni:
"Allohim! Meni, ota-onamni va barcha mõʼmin-mõʼminalarni, muslim-muslimalarni mağfirat qil!".
"Robimiz! Bizga dunyoda ham yaxshilik va oxiratda ham yaxshilik ato et va bizni dõzax azobidan saqla!".

@Namoz_ibodati
16.Salom.

Mazkur duolarni oʻqib boʻlgach avval oʻng tomonga: "Assalaamu 'alaykum va rohmatullooh", soʻngra chap tomonga: "Assalaamu 'alaykum va rohmatullooh" deb salom berib, namozdan chiqiladi.

ٱلسَّلَامُ عَلَيْكُمْ وَرَحْمَةُ ٱللهُ

Assalaamu 'alaykum va rohmatullooh
(Sizga tinchlik-omonlik, Allohning rahmati bo‘lsin).

@Namoz_ibodati
Bomdod namozining avval 2 rak'at sunnati soʻng 2 rak'at farzi huddi shunday ado etiladi, soʻng namozdan keyin oʻqiladigan zikrlarni aytib boʻlgach duo qilinadi.

@Namoz_ibodati
Farzdan soʻng aytiladigan zikrlar.

Namozning farzidan soʻng, ikki yoqqa salom bergach uch marta "Astagʻfirullooh", bir marta "Alloohumma antas-salaam va minkas-salaam, tabaarokta yaa zal-jalaali val-ikroom" deyiladi.

أَسْتَغْفِرُ ٱللهَ، أَسْتَغْفِرُ ٱللهَ، أَسْتَغْفِرُ ٱللهَ.

ٱللَّهُمَّ أَنْتَ ٱلسَّلَامُ وَمِنْكَ ٱلسَّلَامُ تَبَارَكْتَ يَا ذَا ٱلْجَلَالِ وَٱلْإِكْرَامِ.

Astagʻfirullooh, Astagʻfirullooh, Astagʻfirullooh.

Alloohumma antas-salaam va minkas-salaam, tabaarokta yaa zal-jalaali val-ikroom


(Mazmuni:
Allohdan magʻfirat soʻrayman, Allohdan magʻfirat soʻrayman, Allohdan magʻfirat soʻrayman.

Allohim! Sen salomsan salom ham Sendandir. Sen muboraksan, ey, ulugʻvorlik va ikrom sohibi!)

@Namoz_ibodati
Namozdan soʻng aytiladigan zikrlar.

Namozning so'ngida Oyat ul-kursiy oʻqiladi. Soʻngra 33 marta "Subhaanallooh", 33 marta "Alhamdulillaah", 33 marta "Alloohu akbar" deb, soʻng "Laa ilaaha illalloohu vahdahuu laa shariika lahuu, lahul-mulku valahul-hamdu vahuva 'alaa kulli shay'in qodiir", deb tasbehlarni 100 taga yetkazadi. Oxirida qoʻllarini koʻtarib, oʻzi va barcha musulmonlarning haqqiga duo qiladi.

Oyat ul-kursiy

ٱللهُ لَاۤ إِلَـٰهَ إِلَّا هُوَ ٱلۡحَیُّ ٱلۡقَیُّومُۚ لَا تَأۡخُذُهُۥ سِنَةࣱ وَلَا نَوۡمࣱۚ لَّهُۥ مَا فِی ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَمَا فِی ٱلۡأَرۡضِۗ مَن ذَا ٱلَّذِی یَشۡفَعُ عِندَهُۥۤ إِلَّا بِإِذۡنِهِۦۚ یَعۡلَمُ مَا بَیۡنَ أَیۡدِیهِمۡ وَمَا خَلۡفَهُمۡۖ وَلَا یُحِیطُونَ بِشَیۡءࣲ مِّنۡ عِلۡمِهِۦۤ إِلَّا بِمَا شَاۤءَۚ وَسِعَ كُرۡسِیُّهُ ٱلسَّمَـٰوَ ٰ⁠تِ وَٱلۡأَرۡضَۖ وَلَا یَـُٔودُهُۥ حِفۡظُهُمَاۚ وَهُوَ ٱلۡعَلِیُّ ٱلۡعَظِیمُ

Alloohu laa ilaaha illaa huval-hayyul-Qoyyuum. Laa taʼxuzuhuu sinatuv-valaa navvm. Lahuu maa fis-samaavaati vamaa fil-ardz. Manzallazii yashfa'u 'indahuu illaa bi-iznih. Ya'lamu maa bayna aydiihim va maa xolfahum. Valaa yuhiituuna bishayʼim min 'ilmihii illaa bimaa shaaaʼ. Vasi'a kursiyyuhus-samaavaati val-ardz. Valaa yauuduhuu hifzuhumaa vahuval-'aliyyul-'aziim.

(Mazmuni:
Аlloh - Undan oʻzga iloh yoʻqdir. (U) hamisha Barhayot va abadiy Turuvchidir. Uni na mudroq tutar va na uyqu. Osmonlar va Yerdagi (barcha) narsalar Unikidir.(Qiyomat kuni) Uning huzurida kim ham (gunohkorlarni) Uning ruxsatisiz shafoʼat qila olardi?! (U) ulardan (odamlardan) oldingi va keyingi narsalarni bilur. (Odamlar) Uning ilmidan faqat (U) istagan miqdorcha oʻzlashtirurlar. Uning kursisi osmonlar va Yerni (ham) oʻz ichiga sigʻdira olur. U ikkisini muhofaza etish Uni toliqtirmas. U Oliy va Buyukdir).

سُبْحَانَ ٱللهُ

Subhaanallooh (33 marta)
(Allohni pok deya yod etaman)

ٱلْحَمْدُ لِلَّـهِ

Al-hamdu lillaah (33 marta)
(Allohga hamd boʻlsin)

ٱللهُ أَكْبَرُ

Alloohu akbar (33marta)
(Alloh eng ulugʻdir)

لَا إِلَـٰهَ إِلَّا ٱللهُ وَحْدَهُ لَا شَرِيكَ لَهُ لَهُ ٱلْمُلْكُ وَلَهُ ٱلْحَمْدُ وَهُوَ عَلَىٰ كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

Laa ilaaha illalloohu vahdahuu laa shariika lah, lahul-mulku va lahul-hamd, va huva 'alaa kulli shayʼin qodiir.

(Mazmuni:
Yagona Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Uning sherigi ham yoʻq. Podshohlik Unikidir, hamd ham Unga hosdir. U zot har narsaga qodirdir).

@Namoz_ibodati
#Foydali

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh alayhissalom: «Kim har bir namoz so'ngida o'ttiz uch martadan «subhanalloh, alhamdulillah, Allohu akbar», deb yuzinchisini

لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ وَحْدَهُ لاَ شَرِيكَ لَهُ لَهُ الْمُلْكُ وَلَهُ الْحَمْدُ وَهُوَ عَلَى كُلِّ شَيْءٍ قَدِيرٌ

«La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'ala kulli shay`in qodiyr», deb aytsa, gunohlari dengiz ko'pigicha bo'lsa ham, kechiriladi», dedilar. Imom Muslim rivoyatlari.

۞┈┈┈┈┈┈ ✎﷽ ┈┈┈┈┈┈۞
👇Kanalga a'zo bo'lish uchun👇
https://t.me/joinchat/AAAAAETC58m1UCrcO37AMA