“HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI” AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI | RASMIY KANAL
13.5K subscribers
26.8K photos
5.01K videos
10 files
7.31K links
@Namangan_Hetk_Murojaat_bot
https://t.me/namenergy
"HUDUDIY ELEKTR TARMOQLARI" AJ NAMANGAN HUDUDIY FILIALI AXBOROT XIZMATI

Facebook https://www.facebook.com/namanganhetk

Yutube https://www.youtube.com/@namanganhetk9958
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Davlatimiz rahbari “NURA Electric” zavodining  ishlab chiqarish jarayonlari va tayyor mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.

📱Facebook | 📱Telegram | 📱YouTube | 📱Instagram | 📱X | 📱 het.uz
❤1
📌📌📌📌📌📌

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “NURA Electric” zavodi faoliyati bilan tanishdi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📌📌📌📌📌📌

Elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun kompensatsiya: kimlar olişi mumkin?

Ehtiyojmand oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çoralari kengaytirildi.

Prezidentimizning 2026-yil 28-oktyabrdagi PF–236-son Farmoniga muvofiq, elektr energiyasi va tabiiy gaz uçun kompensatsiya tayinlaşda oilaning har bir a’zosiga töğri keladigan örtaça oylik daromad mezoni 1 072 500 sömdan 1 430 000 sömga oşirildi.

⚠️ Kompensatsiya oliş tartibi 3 bosqiçdan iborat:
1️⃣Ariza topşiriş — “Baraka” ilovasi, my.gov.uz portali, Davlat xizmatlari markazlari, “Inson” markazlari yoki mahalladagi ijtimoiy xodim orqali.
2️⃣Avtomatik tekşiruv — oilaning daromadi, mulkiy holati va energiya iste’moliga oid ma’lumotlar elektron tizimlar orqali tekşiriladi.
3️⃣Kompensatsiya tölaş — tasdiqlangan mablağ keyingi oyning 27-sanasiga qadar fuqaroning ijtimoiy yoki bank kartasiga ötkaziladi.

⚠️16-sanadan keyin topşirilgan arizalar navbatdagi oyda körib çiqiladi. Ariza bir marta topşiriladi, keyingi oylarda ma’lumotlar avtomatik tekşirib boriladi.

Mazkur tartib davlat yordamini yanada köproq ehtiyojmand oilalarga yetkaziş va ularning kommunal xarajatlarini yengillaştirişga xizmat qiladi.

📹Batafsil ma’lumot videorolikda.

👨‍👩‍👧‍👦 Murojaat uçun: 1140 yoki 1070.

📱 Instagram 📱 Telegram
⚡️ AHOLI MUROJAATLARI IJOBIY HAL ETILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, elektr ta’minoti barqarorligini yaxshilash maqsadida tizimli ishlar davom ettirilmoqda.

Xususan, Namangan tumani Dehqonobod MFY hududida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari olib borilmoqda. Ayni paytda mazkur hududga 25 dona yangi temir-beton tayanch yetkazilib, ularni o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, elektr ta’minoti quvvatini oshirish maqsadida 160 kVA quvvatga ega yangi transformator punkti ham o‘rnatilmoqda.

Amalga oshirilayotgan ushbu ishlar natijasida mahalla aholisining elektr ta’minoti sifati va barqarorligi yanada yaxshilanishi ko‘zda tutilgan.

Aholi farovonligi va sifatli elektr ta’minoti — doimiy e’tiborimizda!
❤1👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
MUROJAATLAR IJOBIY HAL ETILMOQDA

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Namangan hududiy filiali tomonidan aholi murojaatlarini ijobiy hal etish, elektr ta’minoti sifatini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Xususan, Uchqo‘rg‘on tumanidagi Sohil mahalla fuqarolar yig‘inida murojaat asosida 500 metr masofada yangi elektr tarmog‘i qurish ishlari olib borilmoqda. Ayni paytga qadar 30 dan ortiq temir-beton tayanchlar o‘rnatildi.

Shuningdek, hududdagi elektr ta’minoti barqarorligini yanada oshirish maqsadida 250 kVA quvvatga ega yangi transformator punkti o‘rnatilishi ham rejalashtirilgan.

Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida mahalla aholisining elektr ta’minoti yanada yaxshilanadi.
📌📌📌📌📌📌

KUÇLI ŞAMOL VA YOMĞIR VAQTLARIDA EHTIYOT ÇORALARIGA QAT’IY AMAL QILING!


Noqulay ob-havo şaroitlari — kuçli şamol va yomğir kuzatilayotgan vaqtlarda, fuqarolardan şaxsiy xavfsizlikni ta’minlaş maqsadida quyidagi ehtiyot çoralariga rioya qilişlarini söraymiz:

➖Yerga uzilib tuşgan elektr simlariga aslo yaqinlaşmang va ularga tegmang;

➖Elektr tayançlari (ustunlari), transformator punktlari hamda elektr uzatiş tarmoqlari ostida turmang;

➖Avtomobillarni elektr uzatiş tarmoqlari va daraxtlar yaqinida qoldirmang;

➖Kuçli şamol va yomğir vaqtida oçiq maydonlarda uzoq vaqt bölişdan saqlaning;

➖Bolalarni elektr inşoatlari va oçiq elektr jihozlari yaqinida yolğiz qoldirmang.


Agar elektr tarmoqlarida uzilişlar, simlarning uzilişi yoki boşqa favqulodda holatlar aniqlansa, bu haqda zudlik bilan hududiy elektr tarmoqlarining 1154 qisqa raqamiga yoki dispetçerlik xizmatlariga xabar berişingizni söraymiz.

Eslatma: Öz vaqtida berilgan murojaat nosozliklarni tezkor bartaraf etiş hamda aholi xavfsizligini ta’minlaşga xizmat qiladi.

📱 Facebook | 📱 Telegram | 📱 YouTube | 📱 Instagram | 📱 X | 📱 het.uz
❤1