Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Raqamli texnologiyalar vazirligi jamoasi goʻzal yurtimizni yanada obod qilish maqsadida “Axlatni men tashlamadim, lekin yurtim meniki” chellenjini boshladi.
🔥 Maqsadimiz – bu xayrli harakatga koʻproq yoshlarni jalb qilib, Oʻzbekistonimizning tabiatini ozoda saqlash va “yashil makon” tashabbusiga oʻz hissamizni qoʻshishdir.
Chellenjga bagʻishlangan 10 ta eng yaxshi videorolik mualliflarining har biri noutbuk bilan mukofotlanadi.
Tanlovda ishtirok etish uchun tayyorlagan videolaringizni ijtimoiy tarmoqlarga joylang va https://t.me/yurtimizniobodqilaylikbot botga yuboring.
Eslatma: chellenj 15-aprelgacha davom etadi, soʻngra tahlillar natijasida gʻoliblar aniqlanadi.
Videoroliklarni topish oson boʻlishi uchun #yurtimizniobodqilaylik heshtegini qoʻyishingizni soʻraymiz.
Chellenjga qoʻshiling va uni ommalashtiring! Yurtimizni birgalikda obod qilaylik!
📌 Telegram|Twitter|Facebook|Instagram|Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM