my.gov.uz
197K subscribers
1.46K photos
109 videos
2 files
2.34K links
Расмий телеграм канали

Фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱 @eGovUz

Youtube: link.egov.uz/yt
Facebook: link.egov.uz/fb
Instagram: link.egov.uz/mig
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi

“Tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishni muvofiqlashtirish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–374-son, 13.09.2022-y.) qabul qilindi.

🔰Qarorga muvofiq, nazorat qiluvchi organlar tomonidan 2022-yil 1-noyabrdan:

tadbirkorlarni tekshirishlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olinadi (ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlarni o‘tkazish noqonuniy hisoblanadi);
tekshiruvlarning natijalari hamda profilaktika tadbirlari to‘g‘risida ma’lumot tadbirlar tugagan kundan 3 kunda “Yagona davlat nazorati” axborot tizimiga kiritiladi.

📝 “Xavfni tahlil etish” tizimi natijalariga asosan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning boshlanishi haqida tadbirkorlar kamida 10 ish kuni oldin xabardor qilinadi.

❗️2023-yil 1-yanvardan nazorat qiluvchi organlarga “Yagona davlat nazorati” axborot tizimidagi davlat nazorati funksiyalari reyestriga kiritilmagan funksiyalar bo‘yicha tadbirkorlar faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish taqiqlanadi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Imtiyozli transport kartalarini olish uchun my.gov.uz orqali murojaat qilinadi

Hukumat qarori (16.09.2022-y. 507-son) bilan Shahar yo‘lovchilar transportida (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksidan tashqari) ayrim toifadagi fuqarolarga bepul yurish huquqini beruvchi imtiyozli transport kartalarini berish yuzasidan davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Reglamentga muvofiq, quyidagi shaxslarga imtiyozli transport kartasi beriladi:

🔹1941–1945-yillardagi urush qatnashchilari jumlasidan bo‘lmish harbiy xizmatchilar;
🔹1941–1945-yillardagi urush nogironlari va urushning I guruh nogironiga hamrohlik qiluvchi shaxs;
🔹1941–1945-yillardagi urush davrida front ortida fidokorona mehnati va benuqson harbiy xizmati uchun orden va medallar bilan taqdirlangan shaxslar;
🔹Afg‘oniston Respublikasida va boshqa mamlakatlarning hududidagi jangovar harakatlarda qatnashgan sobiq baynalminalchi jangchilar jumlasidan bo‘lmish fuqarolar;
🔹haqiqiy muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilar va kontrakt bo‘yicha oddiy askarlar hamda serjantlar tarkibidagi harbiy xizmatchilar;
🔹Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshdan kechirgan shaxslar;
🔹ko‘zi ojiz nogironlar va ko‘zi ojiz nogironga hamrohlik qiluvchi shaxs.

📝 Imtiyozli transport kartalarini olish uchun hududiy transport boshqarmalariga yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

🗓 Vakolatli organ arizani 2 ish kunida o‘rganib imtiyozli karta berish yoki uning berilishini rad etish haqida murojaat qiluvchiga ma’lumot yuboradi.

⚠️ Davlat xizmatini ko‘rsatganlik uchun yig‘im undirilmaydi, imtiyozli karta cheklanmagan muddatga beriladi.

🔰Qarorga muvofiq, imtiyozli transport kartalarini berish bosqichma-bosqich:

▫️Toshkent va Samarqand shaharlarida – 2023-yil 1-yanvardan;
▫️respublikaning barcha shaharlarida – 2023-yil 1-maydan amalga oshiriladi.

☑️ Eski namunadagi guvohnomalar 2023-yil 1-sentyabrgacha o‘z kuchini saqlab qoladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“Elektron tijorat to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

🔰 Qonunga (O‘RQ–792-son, 29.09.2022-y.) ko‘ra, elektron tijoratda shartnoma taraflar o‘rtasida shartnoma shartlarini elektron hujjatlar va (yoki) xabarlarni tasdiqlash yo‘li bilan kelishish orqali elektron hujjat shaklida rasmiylashtiriladi.

📝 Elektron tijoratdagi elektron hujjatlar qog‘ozda rasmiylashtirilgan va o‘z qo‘li bilan imzolangan hujjatlarga tenglashtiriladi.

🗓 Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

➡️ @MyGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Yana bir faoliyat turi bo‘yicha subsidiya olishga my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi

📝 “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, tadbirkorlar kasanachilikni tashkil etganidan kamida 3 oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida:

🔸 talabgorga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
🔸 tadbirkorlik sub’ektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Ko'chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o'tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi

Qonun (O'RQ–808, 06.12.2022 y.) bilan “Davlat boji to'g'risida”gi Qonunga o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi

🔰 Unga ko'ra, endilikda davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

🔹 ko'chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o'tkazish bilan bog'liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun:

agar ko'chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo'lsa, BHMning 1 baravari (ilgari ko'chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 1 baravaridan 3 baravarigacha);

agar ko'chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo'lsa, BHMning 50 foizi (ilgari ko'chmas mol-mulkning umumiy maydoniga qarab BHMning 50 foizidan 1,5 baravarigacha).

🔹 mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o'zgartishlar kiritganlik uchun:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga – BHMning 10 foizi (ilgari BHMning 25 foizi);

jismoniy shaxslar uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi);

yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa – BHMning 50 foizi (ilgari BHMning 1 baravari).

🔹 mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari BHMning 50 foizi).

🔹 garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

jismoniy shaxslar uchun – BHMning 1 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 1 baravaridan 2 baravarigacha);
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo'lsa – BHMning 2 baravari (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 2 baravaridan 4 baravarigacha).

🔹 qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun – BHMning 25 foizi (ilgari shartnoma summasiga qarab BHMning 25 foizidan 1 baravarigacha).

🔹 avtomototransportni boshqa shaxsga o'tkazish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun davlat boji quyidagi miqdorlarda undiriladi:

avtomototransport vositalari uchun – BHMning 3 baravari (ilgari transport vositasi dvigatelining quvvati, ya'ni ot kuchiga va ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 2 baravaridan 10 baravarigacha);

bitta mototransport, motoaravacha, motoqayiq uchun – BHMning 25 foizi (ilgari ishlab chiqarilgan sanasiga qarab BHMning 10 foizidan 50 foizigacha).

🔹 avtomototransport vositalarini boshqarishga va tasarruf qilishga oid ishonchnomalarni, shuningdek avtomototransport vositalaridan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun:

mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasi, bolalari va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa- singillariga, jiyanlariga – BHMning 50 foizi;

boshqa shaxslarga – BHMning 2 baravari (ilgari BHMning 3 baravari).

🔹 Qarz shartnomasidan kelib chiqadigan pul summalarini undirish to'g'risidagi ijro varaqalarini berganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.

Qonun rasmiy e'lon qilingan kundan e'tiboran kuchga kiradi.

💁🏻‍♂️ Eslatib oʻtamiz, my.gov.uz portalida koʻchmas mulk va avtotransportga oid elektron xizmatlar yoʻlga qoʻyilgan.

my.gov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📲Fuqaro sudlanganlik olib tashlangani haqidagi maʼlumotni bepul oladi

📝Prezidentning tegishli qaroriga (PQ-99, 23.03.2023y) koʻra, 2023-yil 1-sentyabrdan boshlab:

sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanishi haqidagi maʼlumotlar Ichki ishlar vazirligining “Tezkor maʼlumotlar” yagona axborot tizimida avtomatik ravishda onlayn shakllantiriladi;

sudlanganlik muddatining oʻtib ketganligi yoki sudlanganlikning olib tashlanganligi haqidagi maʼlumotnoma sudlanganlik muddati tugagan yoki sudlanganlik olib tashlangan sananing ertasidan kechiktirmasdan tegishli shaxsning Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalidagi (my.gov.uz) shaxsiy kabinetiga avtomatik ravishda bepul yuboriladi.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun my.gov.uz orqali murojaat qilinadi

Hukumat qarori bilan (119-son, 23.03.2023-y.) “Ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim toifadagi shaxslarga nafaqa tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizom” tasdiqlandi.

Unga koʻra, quyidagi nafaqalar tayinlanadi:

nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nogironlik nafaqasi;
parvarishlash nafaqasi;
nogironlik nafaqasi;
boquvchisini yoʻqotganlik nafaqasi;
yoshga doir nafaqa.

🗂 Nogironligi boʻlgan 18 yoshgacha bolalarga nafaqa hamda parvarishlash nafaqasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan “proaktiv shakl”da tayinlanadi.

📱Nogironlik, boquvchisini yoʻqotganlik va yoshga doir nafaqalar tayinlanishi uchun davlat xizmatlari markazlari yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilinadi.

📱 DXM maʼlumot olingandan soʻng 5 daqiqa ichida:

💬 nafaqa tayinlangan taqdirda, nafaqani qachon va qayerdan olish toʻgʻrisida murojaat qiluvchini xabardor qiladi.

📁 Nafaqalar nafaqa oluvchining xohishiga koʻra nafaqani yetkazib berish (topshirish) vakolati yuklangan tashkilot yoki fuqarolarning depozit hisobvaraqlariga pul oʻtkazish yoʻli bilan bank filiali orqali toʻlanadi.

📆 Nafaqalar har oyda belgilangan muddatlarda, biroq joriy toʻlov oyidan kechikmay toʻlanadi.

🏛 Nafaqa oluvchi Oʻzbekiston hududida doimiy yashash uchun boshqa tuman (shahar)ga koʻchganda, nafaqani toʻlash yangi yashash joyi boʻyicha davom ettiriladi. Bunday holatda nafaqa toʻlash avvalgi yashash joyi boʻyicha nafaqa toʻlash toʻxtatilgan vaqtdan boshlab davom ettiriladi.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🔹Telegram 🔹Facebook 🔹YouTube 🔹instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shakli joriy etiladi

📝“Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–76-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi

💻Farmonga ko‘ra, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali raqamli xizmatlar va servislar ko‘rsatish hamda ularning natijasini olishning yagona nuqtasi hisoblanadi.

📱 Yagona portal orqali ko‘rsatiladigan xizmatlardan foydalanish bosqichlari “3 qadam” tamoyili asosida maqbullashtiriladi.

🏛 2023-yil 1-dekabrgacha fuqarolar raqamli xizmatlardan mustaqil foydalanishlari uchun davlat xizmatlari markazlarida birinchi bosqichda 14 ta “Raqamli xizmat nuqta”lari tashkil etiladi.

2024-yil 1-yanvargacha raqamli xizmat va servislar, elektron to‘lovlar, media resurslar imkoniyatini birlashtirishni nazarda tutuvchi Yagona portal orqali xizmatlarni taqdim etishning yangi dasturiy ta’minot shakli joriy etiladi.

📆2023-yil 1-avgustdan davlat organlarida raqamli texnologiyalarni joriy etishga doir loyihalarni amalga oshirish hisobiga iqtisod qilingan mablag‘larning 50 foizi kelgusi moliya yilida mazkur davlat organlari faoliyatida raqamli texnologiyalarni rivojlantirishga yo‘naltiriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari amalga oshiriladi

📝 “Raqamli xizmatlar qamrovi va sifatini oshirish hamda soha, tarmoq va hududlarni raqamli transformatsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–162-son, 24.05.2023-y.) qabul qilindi.

✔️Qaror bilan, jumladan, quyidagilar tasdiqlandi:

“Raqamli hukumat” va “Raqamli hudud” dasturlari doirasida 2023–2024-yillarda amalga oshiriladigan 300 ta ustuvor loyihalar ro‘yxati;

2023-yil yakunigacha Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ko‘rsatilayotgan xizmatlar sonini 570 taga yetkazish doirasida portalda birinchi navbatda joriy etiladigan 95 ta xizmat va servislar ro‘yxati;

2023-yil 1-dekabrdan aholi va tadbirkorlardan talab qilish bekor qilinadigan 47 turdagi ma’lumotlar ro‘yxati;

aholi va tadbirkorlarga xizmatlardan foydalanish holati bo‘yicha yuboriladigan eslatma va xabarnomalar ro‘yxati.

⚪️ 2023-yil 1-iyundan respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan tashqi kredit va beg‘araz ko‘mak mablag‘lari asosida amalga oshiriladigan loyihalarning raqamli komponentlarga yo‘naltiriladigan qismi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan majburiy tarzda kelishiladi.

✔️ Qarorga ko‘ra, “Raqamli geoportal” axborot tizimi va “Xalq nazorati” platformasi:

2023-yil 1-sentyabrgacha Angren, Ohangaron, Yangiyo‘l, Chirchiq va Nurafshon shaharlarida;

2023-yil yakunigacha Jizzax va Urganch shaharlarida ishga tushiriladi.

📆2023-yil 1-oktyabrdan tadbirkorlarga elektron tijorat faoliyati doirasida erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga ruxsat beriladi.

“Bir million dasturchi” loyihasining navbatdagi bosqichi sifatida xorijiy nufuzli ta’lim platformalarida IT-yo‘nalishdagi onlayn o‘quv kurslarda tahsil olish imkoniyati yo‘lga qo‘yiladi.

💰2023-yil 1-oktyabrdan B2 va undan yuqori xorijiy til bilish darajasiga ega fuqarolar tomonidan tegishli yo‘nalishlarda xalqaro IT-sertifikatlarni olish xarajatlarining 100 foiz qismini qoplash tizimi joriy etiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Sport pasportini my.gov.uz orqali berish yo'lga qo'yiladi

📝 Hukumat qarori bilan (309-son, 24.07.2023 y.) “Sportchilarga sport pasportini berish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi.

🥇 Unga ko'ra, Sport pasporti ikkinchi o'smirlar sport razryadidan past bo'lmagan razryadga ega bo'lgan, tegishli sport turi (bir yoki bir necha) bilan muntazam ravishda shug'ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ravishda ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

💻 Davlat xizmati davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP orqali vakolatli organ (Yoshlar siyosati va sport vazirligi) tomonidan ko'rsatiladi.

❗️16 yoshga to'lmagan sportchilar uchun ularning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan murojaat qilinadi.

📆 Sport pasportining amal qilish muddati – 5 yil bo'lib, undan quyidagi maqsadlarda foydalaniladi:

▫️bir jismoniy tarbiya va sport tashkilotidan boshqasiga o'tishda;
▫️sport musobaqalarida ishtirok etish uchun ro'yxatdan o'tishda;
▫️tibbiy tekshiruvdan o'tishda;
▫️sport unvonlari va sport razryadlarini olish uchun zarur bo'lgan normalar hamda talablarning bajarilishida;
▫️qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.

💰 Ariza DXM orqali taqdim etilganda, ariza beruvchidan BHMning 1/6 qismi (55 ming so'm) miqdorida yig'im undiriladi.

Bunda “Ijtimoiy himoya yagona reestri” axborot tizimida ro'yxatga olingan, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo'lgan shaxslardan yig'im miqdorining 50 foizi undiriladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Auditorlik tashkilotlari my.gov.uz orqali reyestrga kiritiladi

📝 Hukumat qarori (387-son, 15.08.2023 y.) bilan Auditorlik tashkilotini Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

💻 Reglamentga ko‘ra, ariza beruvchi davlat xizmatidan foydalanish uchun davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.

📱 So‘rovnoma to‘ldirilib, Iqtisodiyot va moliya vazirligi (vakolatli organ)ga yuboriladi.

📆 Vakolatli organ so‘rovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida auditorlik tashkilotini reyestrga kiritadi yoki uni rad etadi.

Vakolatli organ quyidagi hollarda davlat xizmatini ko‘rsatishni rad etadi:

ariza beruvchi tomonidan tegishli kamchiliklar belgilangan muddatda bartaraf etilmasa;

auditorlik tashkiloti “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunning 27-moddasi talablariga muvofiq bo‘lmasa.

❗️Davlat xizmati ko‘rsatilganlik uchun to‘lov undirilmaydi.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 700 taga oshiriladi

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-308, 14.09.2023-y.) qabul qilindi

📝 Qarorga koʻra, 2024-yil 1-iyundan yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida joriy etiladi.

📆 2024-yil yakunigacha:

Yagona portalda koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi;

Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.

🌐 Shuningdek, quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi:

⌨️2024-yil 1-yanvardan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi;

⌨️2024-yil 1-iyundan respublika hududidagi yashil hudud, bogʻ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;

⌨️2024-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yoshga doir pensiyalarni proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi

💰“Aholiga pensiya tayinlash bo'yicha ko'rsatiladigan davlat xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ–353-son, 31.10.2023-y.) qabul qilindi.

📝 Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan:

fuqarolarga pensiya tayinlash uchun amaldagi tartibga qo'shimcha ravishda ularning xohishiga ko'ra DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ham murojaat qilish huquqi beriladi;

fuqarolar pensiya tayinlanganidan so'ng shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'larini YIDXP yoki AT “Xalq banki”ning mobil ilovasi orqali olishi mumkin bo'ladi.

Bunda, Pensiya jamg'armasi tuman (shahar) bo'limlari tomonidan shaxsiy jamg'arib boriladigan pensiya hisobvaraqlaridagi mablag'larni olish huquqini beruvchi sertifikat berish tartibi bekor qilinadi.

2025-yil 1-martdan fuqarolarga yoshga doir pensiyalarni “Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunda belgilangan yoshga to'lishi munosabati bilan alohida murojaat talab etmagan holda proaktiv shaklda tayinlash tartibi joriy etiladi.

Bunda, yoshga doir pensiyalar Pensiya jamg'armasining axborot tizimi orqali tegishli vazirlik va idoralararo axborot almashinuvi asosida olinadigan fuqaroning ish staji, ish haqi hamda boshqa ma'lumotlariga asosan hisoblanadi va tayinlanadi.

Fuqarolarga pensiya yoshiga yetib mehnat faoliyatini davom ettirgan holda keyinchalik yoshga doir pensiyaga chiqish istagini bildirganida proaktiv shaklda tayinlangan pensiyani rad qilish huquqi beriladi.

📱 2025-yil 1-martgacha fuqarolarga pensiya tayinlanishi yoki pensiya miqdoriga ta'sir qiluvchi qo'shimcha hujjatlarni taqdim etish yuzasidan fuqaroning mobil aloqa vositasiga SMS-xabar yuborish tartibi joriy etiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

💻 Sport maktablariga oʻquvchilarning hujjatlari my.gov.uz orqali qabul qilinadi

📝 “Sport sohasida davlat xizmatlarini koʻrsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (583-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi

🔖 Qaror bilan davlat sport taʼlim muassasalariga hamda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamentlari taqdiqlandi:

📱 Reglamentga koʻra, davlat sport taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:

Olimpia va milliy sport turlari boʻyicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham);

Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustgacha (shu kuni ham).

📆 Soʻrovnoma toʻldirilib, 3 ish kunida koʻrib chiqiladi.

🏊🏼‍♀️Ariza beruvchining yashash manzili boʻyicha sport taʼlim muassasasida tanlagan sport turi boʻlmagan taqdirda, yaqin hududda joylashgan boshqa sport taʼlim muassasasi biriktiriladi.

🏆 Ariza beruvchi murojaati boʻyicha yuborilgan sport taʼlim muassasasiga onlayn navbat boʻyicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Shunga koʻra, qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq koʻrsatgan holda uni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

⚠️ Murojaat rad etilganda ariza beruvchi 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini koʻrsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun ariza beruvchidan yigʻim undirilmaydi.

🗓 Mazkur davlat xizmati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab koʻrsatilishi belgilangan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Chet el fuqarolarini Oʻzbekistonga taklif qilish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi

🔵Hukumat qarori (589-son, 06.11.2023-y.) bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarni Oʻzbekistonga taklif qilish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi

📝Qarorga koʻra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan koʻrsatiladi.

🌐 Buning uchun ariza beruvchi oʻz xohishiga koʻra doimiy yoki vaqtincha roʻyxatdan oʻtgan manzilidan qatʼi nazar, istalgan vakolatli organga oʻzi kelib yoki YIDXP orqali murojaat etadi.

🗂 Soʻrovnoma toʻldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

📆 Vakolatli organ tomonidan soʻrovnomaga kiritilgan maʼlumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.

💰 Ariza beruvchi davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji toʻlaydi.

Soʻrovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan soʻng vakolatli organga 5 ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.

Bunda undan qoʻshimcha yigʻim undirilmaydi.

💻 Maʼlumotlar tekshirilgach, soʻrovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.

🛃 Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxsni Oʻzbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida fikrini bildiradi.

📱 Shunga koʻra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qoʻyilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.

📆 Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️My.gov.uzda daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi

📝 Hukumat qarori (601-son, 15.11.2023-y.) bilan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

📱Reglamentga koʻra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun oʻz xohishiga koʻra YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔵Soʻrovnoma toʻldirilib, unga tegishli zarur hujjatlar ilova qilinadi.

🧑‍💻Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.

📆 Soliq organlari soʻrovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani YIDXP orqali yuboradi.

💰Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi toʻlovlarni amalga oshiradi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

📝 Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

🔖 Qarorga muvofiq, 2024-yil apreldan boshlab:

fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin. Bunda fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali arizalarni yuborish imkoniyati yaratiladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi.

🗂 Shuningdek, mazkur qaror bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezonlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

📆 2023-yil dekabr oyidan boshlab:

bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan soʻng “Yagona reyestr” AT yordamida har oyda oilaning iqtisodiy holati avtomatik ravishda monitoring qilinadi hamda oilaning iqtisodiy holati yaxshilangan (ikkinchi koʻchmas mulk yoki noturar joy, yangi avtotransport xarid qilgan yoki yuqori ish haqi olishni boshlagan) boʻlsa, nafaqa toʻlovi toʻxtatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi

📝 Hukumat qarori (612-son, 20.11.2023-y.) bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti” qabul qilindi.

⌨️ Unga koʻra, ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.

🕰 Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ariza beruvchidan tegishli maʼlumotnoma turi boʻyicha belgilangan maʼlumotlar va hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

💰 Arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.

💁🏻‍♂️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏠My.gov.uz orqali oilaviy mehmon uyi tashkil etish mumkin boʻladi

🔖 Hukumat qarori (622-son, 27.11.2023-y.) mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Bunda mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:

Davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʻzi kelib murojaat etadi;

yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

📝 Soʻrovnoma toʻldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

📆 Turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida koʻrib chiqadi hamda oʻrganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uzʻda sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushi 10 foizga yetkaziladi

🆕 “Sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-358-son, 14.10.2024-y.) qabul qilindi.

👉 Unga koʻra, sunʼiy intellekt texnologiyalarini 2030-yilga qadar rivojlantirish boʻyicha erishish lozim boʻlgan maqsadli koʻrsatkichlar, shu jumladan:

sunʼiy intellekt asosida yaratilgan dasturiy mahsulotlar va koʻrsatiladigan xizmatlar hajmini 1,5 milliard AQSH dollariga yetkazish;

YIDXP (my.gov.uz) da sunʼiy intellekt asosida koʻrsatilayotgan xizmatlar ulushini 10 foizga yetkazish;

sunʼiy intellekt yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy laboratoriyalar sonini 10 taga yetkazish hamda yuqori quvvatli hisoblash serverlarini ishga tushirish;

Hukumatning sunʼiy intellektga tayyorlik indeksida (Government AI Readiness Index) Oʻzbekistonni birinchi 50 ta oʻrindagi davlatlar qatoriga kirishiga erishish.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵 Facebook  ▶️YouTube 📷instagram 🚀 Bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM