my.gov.uz
221K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.54K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
my.gov.uz
Sherzod Shermatov: “Ushbu loyiha amalga oshsa, juda ko‘p muammolarga yechim topiladi” Butun dunyoda raqamli texnologiyalar barcha sohalarga va odamlar hayotiga jadal kirib bormoqda. Shuni inobatga olgan holda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini…
Министр ИКТ ознакомился с деятельностью Центра управления проектами электронного правительства

Министр по развитию информационных технологий и коммуникаций Ш. Шерматов ознакомился с деятельностью Центра управления проектами электронного правительства.

В начале Министр ознакомился с деятельностью Центра и созданными условиями для работников. Затем специалистами Центра была представлена презентация об осуществленной работе в рамках развития электронного правительства и намеченных в скором времени к реализации проектах.

Подробно: 👉 link.egov.uz/b725

📲 @MyGovUz
​​🔴 BU QIZIQ❗️
🚇 Yo‘l haqini yuzimiz orqali to‘lashimiz mumkin bo‘ladi?!

🙎🏻‍♂️Kechagina raqamlashtirish tufayli transport kartalari bilan yo‘l haqi to‘lash biz uchun yangilik edi. Endi bu jarayon yuzimiz orqali amalga oshirilsa, qanday bo‘larkan?!

🚇 Toshkent metropolitenining Buyuk ipak yo‘li bekatida sinov tariqasida ishga tushirilgan FacePay qurilmasi mana shunday imkoniyatga ega. Buning uchun yo‘lovchi validatorga qarasa kifoya, yo‘l haqi avtomat tarzida bank kartasidan yechib olinadi.
Agar ushbu amaliyot o‘zini oqlasa, tez orada nafaqat metro, balki avtobus va yo‘nalish marshrutlarida ham yo‘lga qo‘yilsa ajab emas.

💳 Pandemiya tufayli amaliyotga tezkor joriy etilgan ATTO transport kartalari o‘zini oqladi va qisqa fursatda aholimizga ham ma’qul keldi. Buni 10 oyda 415 000dan ziyod ATTO kartalari sotilganidan ham bilish mumkin.

💁🏻‍♂️ Shuningdek, ushbu jarayonda 115 mln.dan ortiq tranzaksiyalar amalga oshirilib, ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 840 foizga oshgan.

💳 Joriy yilda ayrim bank kartalari orqali ham yo‘l haqi to‘lash imkoniyati yaratildi.

🧳 Xalqaro to‘lov tizimlari bilan hamkorlik tufayli O‘zbekistonga kelayotgan sayyohlar Viza, Mastercard, UnionPay, Mir kartalari orqali jamoat transportlarida bemalol to‘lovlarni amalga oshirishi mumkin bo‘ldi.

👉 Bu haqda "O‘zbekiston 24" telekanalida maxsus reportaj qilindi.

📲 @MyGovUz
Forwarded from e-gov.uz
🗓«InnoWeek-2021» Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasida bugun «Sun’iy intellekt — texnologik rivojlanish asosi» mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.

Konferensiyada respublikamizda sun’iy intellekt asosidagi dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish va joriy qilish uchun yaratilgan texnologik sharoitlar hamda sun’iy intellekt sohasida ilmiy-texnik tadqiqotlar va innovatsion ishlanmalarni qo‘llab-quvvatlash, sun’iy intellekt texnologiyalarini sohalardagi muammolarning yechimiga qaratilgan masalalar muhokama etiladi.

⚡️Konferensiyani onlayn kuzating:

https://www.youtube.com/watch?v=Hz9FRQPNs0s
Forwarded from e-gov.uz
“Elektron hukumat”da yangicha hamkorlik

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazida Qozog‘iston Respublikasining “Zerde” Milliy infokommunikatsiya xoldingi vakillari bilan o‘tkazilgan uchrashuvda ham ushbu jihatlarga alohida to‘xtalib, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Batafsil: 👉 link.egov.uz/ee27

🔹🔹🔹

Новое сотрудничество по электронному правительству

В ходе встречи с представителями Национального инфокоммуникационного холдинга Республики Казахстан «Зерде», прошедшего 23 ноября в Центре управления проектами электронного правительства, стороны обсудили вопросы укрепления взаимовыгодного сотрудничества.

Подробно: 👉 link.egov.uz/e07d

👉@eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Endilikda sug‘urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin

O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–730-son, 23.11.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.

⚠️ Ushbu Qonunda sug‘urta tavakkalchiligi, sug‘urta tarifi, franshiza, transchegaraviy sug‘urta va boshqa shu kabi asosiy tushunchalarga taʼriflar berildi.

☑️ Qonunga ko‘ra, sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (sug‘urtalovchilar, sug‘urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar, sug‘urta syuveyerlari, assistans)ning huquq va majburiyatlari aniq belgilab qo‘yildi.

🖥 Qonun bilan sug‘urta qildiruvchi va sug‘urtalovchi o‘rtasida elektron shakldagi axborot almashinuvining o‘ziga xos xususiyatlari belgilandi.

Unga ko‘ra, endilikda sug‘urta shartnomasi internet orqali elektron shaklda tuzilishi mumkin.

▫️ Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy o‘tgach kuchga kiradi.

📲 @MyGovUz
Yangi qulaylik! 👍

🚕 Avtotransportingizni "texko‘rik"dan o‘tkazmoqchimisiz? Manzil shu yerda

📰 “Mashinamning texpasportini yangilash uchun tegishli davlat organiga borganimda, endi texko‘rik xususiy sektorga o‘tgani, uzog‘i soat 17:00 gacha ulgursam, ishim bugunning o‘zida bitishini aytishdi. Soatimga qarasam – 16:10. Ulguraman, dedimu yo‘lga chiqdim. Lekin qayerga borishni bilmay to‘xtab qoldim. Telefon orqali elektron qidiruv berdim, natija yo‘q. Xullas, Toshkentning chorak qismini aylanib, nihoyat topdim. Soat esa allaqachon besh...”

👮🏻‍♀️Bunday vaziyat ko‘pchilikka tanishdir?! O‘sha paytda nafaqat ketkazgan yoqilg‘ing, balki bekor o‘tgan vaqtingga ham achinasan odam, to‘g‘rimi?

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yaratilgan yangi qulaylik esa avtomobil boshqaradiganlarga ma’qul kelishi shubhasiz.

🛃 Endi fuqarolarimiz yuridik shaxslar tomonidan M1 toifadagi avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish laboratoriyalari joylashgan manzillar, lokatsiyalar hamda bog‘lanish uchun telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olish imkoniyatiga ega.

💁🏻‍♂️ Ma’lumot uchun: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-martdagi 125-sonli qaroriga muvofiq, 2021-yil 1-sentyabrdan boshlab jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan M1 toifadagi avtotransport vositalarini tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi belgilangan.

📲 @MyGovUz
​​Новое удобство! 👍

🚕 Хотите провести техосмотр своего автомобиля? Тогда вы по адресу

📰 «Когда я посетил соответствующее госучреждение, чтобы обновить техпаспорт своего автомобиля, мне сказали, что техосмотр теперь проводится частным сектором и если успею до 17:00, процесс будет проведен сегодня. Посмотрел на часы – 16:10. Подумал, что успею и собрался ехать. Но остановился, не зная, куда идти. Поискал по телефону, результатов нет. Обошел четверть Ташкента и наконец нашел. А часы уже давно пробили пять часов...»

👮🏻‍♀️Наверняка эта ситуация многим знакома?! В такое время жаль не только потраченное впустую топливо, но и время, не так ли?

Новое удобство, созданное на Едином портале интерактивных государственных услуг, несомненно, понравится владельцам автомобилей.

🛃 Теперь у наших граждан появилась возможность получить информацию об адресах, местонахождении и контактных телефонах лабораторий, проводящих технический осмотр автомобилей категории М1 на сайте my.gov.uz.

💁🏻‍♂️ Для справки: В соответствии с Постановлением Кабинета Министров №125 от 9 марта 2021 года с 1 сентября 2021 года обязательный технический осмотр транспортных средств категории М1, принадлежащих физическим лицам, проводится субъектами предпринимательства.

📲 @MyGovUz
Forwarded from e-gov.uz
❗️Sherzod Shermatov: «Maqsad faqat reytingni o‘zgartirish emas»

Bugun INHA universiteti binosida «O‘zbekiston – Koreya elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot hamkorlik forumi» bo‘lib o‘tdi.

🌐 Anjumanni ochish uchun so‘zga chiqqan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov, hozirda butun dunyo elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot masalalarini muhim o‘ringa qo‘yayotganini ta’kidlab, BMTning elektron hukumat reytingi bizga nima uchun kerakligiga alohida to‘xtaldi.

Batafsil: 👉 link.egov.uz/acd6

👉@eGovUz
1-dekabrdan nimalar o‘zgaradi?

2021-yil 1-dekabrdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y berdi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.

➡️ Ko‘chma savdo soddalashtiriladi

🔸Tadbirkorlik sub’yektlari tomonidan ko‘chma savdo ob’yektlarini «K–SAVDO» avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi;
🔸Ko‘chma savdo joyi (xususiy mulkdorlarga tegishli joylardan tashqari) ko‘chma savdo ob’yektlarining joylashish sxemalari bo‘yicha «K-SAVDO» AAT orqali elektron auksionda sotiladi.

➡️ Davlat organlari faoliyatining ochiqligi baholanadi

Davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini monitoring qilish va ochiqligini baholash metodikasi asosida har yil yakuni bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining Ochiqlik indeksi aniqlanadi.

➡️ Chet elda yashaydigan yurtdoshlarimiz davlat xizmatlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi

🔸Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkonini yaratiladi. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari ularga ERI kaliti sertifikatlarini beradi;
🔸O‘zbekistonda doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga JShShIR soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida beriladi;
🔸litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlarida milliy valyutada belgilangan to‘lovlarni BHMning 10%igacha miqdorda belgilandi. Qonunchilik hujjatlarida to‘lovlar belgilanmagan yoki BHMning 10%idan kam miqdorda belgilangan hollar bundan mustasno. Bunda QR-kod qo‘yilgan litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatlarini berish uchun to‘lov undirilmaydi.

➡️ Bojxonada – yagona hisobvaraq-faktura asosida oldindan to‘lov

O‘zbekiston Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida:

🔸veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
🔸veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
🔸to‘lanadigan barcha yig‘imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to‘lash amaliyoti joriy etiladi

➡️ Elektron cheklarda – qo‘shimcha ma’lumotlar

Elektron cheklarda elektron to‘lov tizimlari xizmatlari yordamida amalga oshirilgan tranzaksiyalarning («P2P» to‘lovlari bundan mustasno) elektron cheklarida avtomatik tarzda shakllanuvchi fiskal belgilarni majburiy aks ettirish talabi o‘rnatiladi.

👉 @MyGovUz
Hurmatli soliq to‘lovchilar❗️

⚙️ Soliq to‘lovchilarga elektron xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy yil 28-noyabr 10:00dan 23:00gacha Davlat soliq qo‘mitasi Ma'lumotlarni qayta ishlash markazida profilaktika ishlari amalga oshiriladi.

🛠Profilaktika ishlari davomida portaldagi ayrim elektron soliq xizmatlarida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.
__________
Уважаемые налогоплательщики!

⚙️ В целях повышения качества оказания электронных услуг налогоплательщикам с 10:00 до 23:00 часов 28 ноября текущего года в Центре обработки данных Государственного налогового комитета будут осуществляться профилактические работы.

🛠В связи с профилактикой возможны сбои в работе некоторых электронных налоговых услуг портала.