my.gov.uz
212K subscribers
1.62K photos
122 videos
2 files
2.61K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
💰Pensiya miqdori qanday hisoblanadi?

📝Davlat pensiyalarini tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisida nizomning 78-bandiga asosan ishdagi tanaffuslar mavjudligidan qatʼi nazar, oxirgi oʻn yillik mehnat faoliyati davomidagi istalgan ketma-ket besh yil uchun (pensiya tayinlashni soʻrab murojaat etgan kishining tanlovi boʻyicha) oylik ish haqi olinadi.

👉 Pensiyani hisoblash uchun pensiyalarning quyidagi bazaviy miqdorlari belgilanadi:

yoshga doir pensiyalar uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;

I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga nogironlik pensiyasi uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 55 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas;

boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun oilaning har bir mehnatga layoqatsiz aʼzosiga — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida, biroq qonunchilik hujjatlarida belgilangan miqdorlardan kam emas;

har ikkala ota-onasini yoʻqotgan bolalarga (chin yetimlarga) boquvchisini yoʻqotganlik pensiyasi uchun yoki vafot etgan yolgʻiz onaning bolalariga har bir bola uchun — pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 30 foizi, biroq yoshga doir eng kam pensiyaning 100 foizidan kam emas.

🧑‍💻Ish staji belgilangandan koʻp boʻlgan taqdirda qanday hisoblanadi?

📆 Masalan, ayollarga pensiyaga chiqish uchun 20 yil staj talab qilinsa, xodimning ish staji 30 yilni tashkil qilsa, bunday holatda pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan oʻrtacha oylik ish haqining 1 foiziga oshirish orqali pensiya hisoblanadi.

🔵Pensiyani hisoblab chiqarish uchun olinadigan ish haqi oʻtgan yillardagi ish haqlarini pensiya tayinlanadigan kundagi ish haqi darajasiga keltirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda qayta hisoblanadi.

📱 Pensiya (nafaqa) haqida my.gov.uz orqali maʼlumot olishingiz mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshiriladi

Prezident farmoniga (196-son, 17.11.2023-yil) ko‘ra, joriy yil 1-dekabrdan ish haqi, pensiyalar va ijtimoiy nafaqalar 7% ga oshirilmoqda, yaʼni:

— pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming so‘m;
— yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming so‘m;
— mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming so‘m etib belgilanmoqda.

Prezidentning farmoni natijasida 4,5 mln kishining pensiyasi va nafaqalari miqdori ko‘payadi va barcha byudjet tashkilotlari xodimlarining oylik maoshlari dekabrdan boshlab 7% ga oshgan holda hisoblanadi.

Shuni alohida taʼkidlash kerakki, bazaviy hisoblash miqdori 1-dekabrdan 3% miqdorda (7% emas) o‘zgarib, 340 ming so‘m etib belgilanmoqda. Umuman olganda yil davomida ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar jami 14,5% ga oshgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdori esa bundan kamroq, yaʼni 13% ni tashkil etdi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️My.gov.uzda daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmati koʻrsatiladi

📝 Hukumat qarori (601-son, 15.11.2023-y.) bilan Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

📱Reglamentga koʻra, ariza beruvchi imtiyozni olish uchun oʻz xohishiga koʻra YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

🔵Soʻrovnoma toʻldirilib, unga tegishli zarur hujjatlar ilova qilinadi.

🧑‍💻Soʻrovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.

Soʻrovnomani koʻrib chiqqanlik uchun toʻlov undirilmaydi.

📆 Soliq organlari soʻrovnoma tushgan kundan boshlab 5 ish kunida ariza beruvchiga daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilgan yoki qoʻllanilmaganligi haqida QR-kod (matrik shtrixli kod) qoʻyilgan xabarnomani YIDXP orqali yuboradi.

💰Daromad soligʻi boʻyicha imtiyoz qoʻllanilganligi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi toʻlovlarni amalga oshiradi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Yangi xizmat!

💻Majburiy sugʻurtalash endi — my.gov.uzʻda!

👮‍♀️Endilikda avtotransport vositalarini majburiy sugʻurtalashni uydan chiqmagan holda my.gov.uz portali orqali amalga oshirish mumkin.

🚕Yagona portalda Alskom sugʻurta kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sugʻurtalash” xizmati orqali ortiqcha ovoragarchiliklardan xalos boʻlasiz.

Xizmat narxi tanlangan sugʻurta turi, imtiyozlar hamda maxsus koeffitsiyentdan (KBM) kelib chiqqan holda belgilanadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕Новая услуга!

💻Обязательное страхование авто теперь доступно на портале my.gov.uz!

👮‍♀️Обязательное страхование автотранспортных средств теперь можно осуществить через портал my.gov.uz, не выходя из дома.

🚕Теперь вы избавитесь от лишних хлопот благодаря услуге «Обязательное страхование гражданской ответственности владельцев транспортных средств», запущенной на Едином портале в сотрудничестве со страховой компанией «ALSKOM».

Стоимость оказания услуги определяется исходя из выбранного типа страхования, льгот и специального коэффициента (КБМ).

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from e-gov.uz
❗️"MY.GOV.UZ – XIZMATINGIZDA!" loyihasi davom etmoqda

💻 2023-yilning 23-24-noyabr kunlari «MY.GOV.UZ – XIZMATINGIZDA!» loyihasi doirasida Jizzax viloyatida aholi, yoshlar va tadbirkorlik subyektlari uchun my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlar, elektron xizmatlardan foydalanish tartiblari bo‘yicha seminar-treninglar o‘tkaziladi.

📍Jizzax shahri

📍Zarbdor tumani

📱O‘quv mashg‘ulotlari barcha uchun ochiq va hammani unda ishtirok etishga taklif qilamiz!

📱Bog‘lanish uchun telefon raqamlari: +998 55 501 36 16, +998 95 222 22 38

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from e-gov.uz
❗️Проект "MY.GOV.UZ - К ВАШИМ УСЛУГАМ!" продолжается

💻 23-24 ноября 2023 года в рамках проекта "MY.GOV.UZ - К ВАШИМ УСЛУГАМ!" в Джизакской области будут проведены семинары-тренинги для жителей, молодежи и субъектов предпринимательства по возможностям, представленным на портале my.gov.uz, процедурам использования электронных услуг.

📍 город Джизак

📍 Зарбдарский район

📱 Тренинги открыты для всех и приглашаем всех принять участие!

📱Телефоны для связи: +998 55 501 36 16, +998 95 222 22 38

📲 egov.uz |Telegram | Facebook | YouTube | instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlash uchun onlayn ariza berish tizimi yoʻlga qoʻyiladi

📝 Vazirlar Mahkamasining “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berishni joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi.

🔖 Qarorga muvofiq, 2024-yil apreldan boshlab:

fuqarolar ortiqcha ovoragarchiliklarsiz onlayn shaklda bolalar nafaqasi va moddiy yordamga ariza topshirishlari mumkin. Bunda fuqarolar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali arizalarni yuborish imkoniyati yaratiladi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarining ijtimoiy xodimlariga fuqarolarning bevosita roziligi bilan “Yagona reyestri” AT orqali kam taʼminlangan oilalarni aniqlash va ularga ijtimoiy nafaqalar tayinlash boʻyicha elektron shaklda ariza berish huquqi beriladi.

🗂 Shuningdek, mazkur qaror bilan ijtimoiy nafaqalarni tayinlash mezonlariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

📆 2023-yil dekabr oyidan boshlab:

bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangandan soʻng “Yagona reyestr” AT yordamida har oyda oilaning iqtisodiy holati avtomatik ravishda monitoring qilinadi hamda oilaning iqtisodiy holati yaxshilangan (ikkinchi koʻchmas mulk yoki noturar joy, yangi avtotransport xarid qilgan yoki yuqori ish haqi olishni boshlagan) boʻlsa, nafaqa toʻlovi toʻxtatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰Pensiya va nafaqa taʼminoti boʻyicha xizmatlar!

📱 Yagona portalda pensiya va nafaqa taʼminoti boʻyicha quyidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati mavjud.

1️⃣ Pensiya va nafaqalar haqida maʼlumot olish

2️⃣ Pensiya jamgʻarmasi hududiy boshqarmalari manzillari haqida maʼlumot olish

3️⃣ Nafaqa tayinlash uchun ariza berish

4️⃣ Kam taʼminlangan deb eʼtirof etilgan oila toʻgʻrisida maʼlumotnoma olish -

🪪 Maʼlumot uchun, bugungi kunda davlat pensiyalarini tayinlash uchun fuqarolardan faqatgina pasport yoki ID-kartasi talab etiladi.

⌨️ 2025-yil martdan boshlab esa pensiya yoshiga yetgan fuqarolarga ortiqcha hujjatlarsiz “avtomatik” pensiya tayinlash tizimi yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

💻 Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan test sinovi sanalari e’lon qilindi.

📆 Unga ko‘ra test sinovining yozma qismi 25-26-noyabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 27-30-noyabr va 1-, 4-7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

👨‍💻Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz portalining Mening arizalarim bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

🪪 Talabgorlardan test sinovi o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan kamida bir soat oldin pasport yoki ID-karta bilan borishlari lozim.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Объявлены даты сдачи экзамена по иностранному языку

💻Объявлены даты проведения теста на определение уровня знания иностранного языка, которое состоится в ноябре.

📆 Соответственно, письменная часть теста пройдет 25-26 ноября, а устная часть - 27-30 ноября и 1, 4-7 декабря.

👨‍💻Претенденты могут узнать место, дату и точное время проведения экзамена в разделе «Мои заявки» на портале my.gov.uz и скачать разрешение.

🪪 Претендентов просят прибыть в зону тестирования с документом, удостоверяющим личность (паспорт или ID-карта) не менее чем за час до назначенного времени.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatiladi

📝 Hukumat qarori (612-son, 20.11.2023-y.) bilan “Jismoniy va yuridik shaxslarga maʼlumotnomalar berish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning yagona maʼmuriy reglamenti” qabul qilindi.

⌨️ Unga koʻra, ariza beruvchilar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markaziga shaxsan kelib murojaat etadi yoki davlat xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish uchun YIDXP (my.gov.uz)da roʻyxatdan oʻtadi.

🕰 Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qatʼi nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

Ariza beruvchidan tegishli maʼlumotnoma turi boʻyicha belgilangan maʼlumotlar va hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

💰 Arizani koʻrib chiqish uchun belgilangan miqdorlarda yigʻim undiriladi.

💁🏻‍♂️ “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida roʻyxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga belgilangan yigʻimning 50 foizi miqdorida chegirma qoʻllaniladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🚓 Avtotransportni onlayn sug‘urtalash tartibi bilan tanishing!

👮‍♀️ Vaqtingizni sug‘urta tashkilotlariga borish, navbatlarda turishga sarflamang.

🧑‍💻 Avtomobilingizni my.gov.uz dagi "Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtalash" xizmati orqali uydan chiqmagan holda sug'urtalang.

📱 Buning uchun sizdan hech qanday hujjat talab etilmaydi.

▶️Xizmatdan foydalanish tartibi bilan tanishing:

▶️https://youtu.be/WqMiX6PL3Ls

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🔍Yo‘qotilgan narsalarni my.gov.uz orqali topish mumkin

👮‍♂️ Avvallari Ichki ishlar vazirligi tizimida “Topilmalar stoli” bo‘lib, u yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bilan shug‘ullanardi. O‘tgan yildan bu faoliyat tugatilib, yo‘qolgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlar Yagona portal (my.gov.uz) orqali qabul qilinadigan bo‘ldi.

📱Ya’ni, yo‘qotilgan narsani topish uchun my.gov.uz dagi “Topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuborish” xizmatidan onlayn foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu o‘rinda savol tug‘iladi: Yo‘qolgan va topib olingan buyumlar taqdiri nima bo‘ladi?

🗳 Ular uchun davlat xizmatlari markazlarida xavfsizlik talablariga javob beruvchi maxsus xonalar tashkil etilgan. Barcha markazlar temir seyflar, zarur moddiy-texnika vositalari hamda tashkiliy texnikalar bilan jihozlangan. “Topilmalar” avtomatlashtirilgan qidiruv tizimi esa my.gov.uz portali bilan integratsiya qilingan.

⌛️Egasini kutayotgan buyumlar, ularni topib olgan va qidirayotgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar muntazam ravishda tizimga kiritib boriladi. So‘rovnomaga yo‘qotib qo‘yilgan ashyoning alohida belgilarini aks ettiruvchi fotosuratlar, elektron ma’lumotlar, agar ashyo hujjat bo‘lsa, uning nusxalari ilova qilinishi mumkin. Topib olingan narsalar Davlat xizmatlari markazida 6 oy davomida saqlanadi.

🆗 Ko‘rib turganingizdek, qonun bo‘yicha “Topgan topaloq” emas. Agar ko‘cha-ko‘yda birovga tegishli nimanidir ko‘rib qolsangiz, uni darhol o‘zingizga yaqin yoki qulay joylashgan DXM idorasiga olib borib topshirishingizni tavsiya qilamiz.

❗️Endi bir tasavvur qiling, yo‘qotib qo‘ygan odam zarur narsasini my.gov.uz orqali ariza berib, uni qo‘lga kiritganida qanchalik sevinishini va sizni duo qilishini!..

Manba

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📣 Diqqat, e’lon!

📶 “O‘zbektelekom” AK telekommunikatsiya tarmoqlarida rejali modernizatsiya ishlari olib borilishi munosabati bilan 2023-yilning 28-noyabr va 1-dekabr kunlari soat 00:00dan 06:00gacha my.gov.uz orqali ko‘rsatiluvchi elektron davlat xizmatlarida uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

my.gov.uz  egov.uz
🕊Telegram 📱Facebook  📺YouTube 📱instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏠 Uyni my.gov.uz orqali ijaraga berish oson va qulay!

💻 Bu qanday amalga oshiriladi?

Ariza beruvchi my.gov.uz da roʻyxatdan oʻtadi.
Koʻchmas mulk ijara shartnomasini soliq organlarida hisobga qoʻyish” xizmatini tanlaydi.
Ijaraga beruvchi sifatida maʼlumotlarni toʻldirgach, ijaraga oluvchiga shartnoma loyihasi uchun identifikatsiya kodini yuboradi.
Ijaraga oluvchi shartnoma loyihasini identifikatsiya kodi yordamida tasdiqlash orqali ariza toʻldirishni davom ettiradi.
Ijara shartnomasi avtomatik ravishda tuziladi va roʻyxatdan oʻtgan shartnomani yuklab olish mumkin.

💰Agar ijaraga turuvchi talaba boʻlsa, ijara toʻlovining 50 foizi qoplab beriladi (lekin qaytariladigan summa 1 BHM dan oshmasligi kerak). Uy egasining esa ijaraga berishdan olinadigan daromadiga soliq solinmaydi.

🌐 my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook 🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️OneIDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting!

📱One ID – bu nafaqat Yagona portal, balki koʻplab davlat tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatini beradigan Yagona identifikatsiya tizimidir.

💻 Shuning uchun ham subsidiya, kredit, koʻchmas mulk, kadastr kabi yuzlab xizmatlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan murakkabroq login va parol bilan mustahkamlangan One ID tizimi orqali kiriladi.

👩‍💻Hozirgi kunda shaxsiy ma’lumotlarga befarqlik tufayli identifikatsion raqam begonalar qo‘liga tushib qolishi sabab boshqalar nomidan ro‘yxatdan o‘tish holatlari uchramoqda.

🪪 Agar sizning nomingizdan begonalar ish yuritishini xohlamasangiz, hech kimga JShShIR raqamingizni bermang. OneIDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting.

📲 Shaxsni tasdiqlovchi pasport maʼlumotlari va telefon raqamini biriktirgan holda One ID tizimida roʻyxatdan oʻtsangiz, boshqalar sizning nomingizdan ish yuritolmaydi.

▶️One ID tizimidan ro'yxatdan o'tish tartibi bilan quyidagi videorolikda tanishing:

🎬 https://youtu.be/IL7z72X5tPw?si=no-GEwzkHjEKRzZj

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚽️ Farzandingiz futbolga qiziqadimi? Unda bu xizmat aynan siz uchun!

💻 Endilikda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga hujjat topshirish juda oson va qulay bo‘ldi. Chunki buni my.gov.uz portali orqali uydan chiqmagan holda amalga oshirish mumkin.

📱Internetga ulangan kompyuter qurilmasi yoki mobil telefon orqali:

my.gov.uz portaliga kirasiz;
“O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga nomzodlarni qabul qilish uchun ariza yuborish” xizmatini tanlaysiz;
so‘rovnomani to‘ldirib, tegishli hujjatlarni ilova qilasiz;
yuborish tugmasini bosasiz, tamom.

❗️Eslatib o‘tamiz!

⚽️ Nomzodlar tanlov asosida futbo‘l akademiyalarining 5-sinfiga qabul qilinadi.

🧑‍💻 Ariza nomzodlarning ota-onasi yoki qonuniy vakili tomonidan topshiriladi.

🗂Hujjatlar har yili 15-iyundan 30-iyulga qadar qabul qilinadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🏠My.gov.uz orqali oilaviy mehmon uyi tashkil etish mumkin boʻladi

🔖 Hukumat qarori (622-son, 27.11.2023-y.) mehmon uylari, xostellar, oʻtovli va chodirli oromgohlarni Reyestrga kiritish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlandi.

Bunda mehmon uyi, xostel, oʻtovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs (ariza beruvchi) davlat xizmatidan foydalanish uchun:

Davlat xizmatlari markaziga shaxsan oʻzi kelib murojaat etadi;

yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali roʻyxatdan oʻtadi.

📝 Soʻrovnoma toʻldirilib, unga tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

📆 Turizm qoʻmitasining hududiy boʻlinmalari (vakolatli organ) hujjatlarni olgan kundan boshlab 3 ish kuni davomida koʻrib chiqadi hamda oʻrganib chiqish natijasi yuzasidan dalolatnoma rasmiylashtiriladi.

Davlat xizmati bepul koʻrsatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💰“Parvarishlash nafaqasi”ni olish tartibini bilasizmi?

👨‍💻 My.gov.uz portalida o‘zgalar parvarishiga muhtoj 18 yoshgacha nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band qonuniy vakillarga (ota-onasiga) nafaqa tayinlash imkoniyati mavjud.

📁 Prezident Farmoni bilan tasdiqlangan ro‘yxatda 34 ta kasallik turi aniq belgilangan. Qonuniy vakillarga (ota-onaga) hozirgi kunda 568 ming soʻm, 1-dekabrdan pensiya, ish haqi va nafaqalar oshishi munosabati bilan 608 ming soʻm miqdorida parvarishlash nafaqasi tayinlanadi.

💻 Buning uchun murojaatchi my.gov.uz dagi “Nafaqa tayinlash uchun ariza berish” xizmatidan foydalanishi va nafaqa turi sifatida “Parvarishlash nafaqasi” bandini tanlab, ariza yuborishi lozim.

❗️ Xizmatdan foydalanishda hech qanday hujjat talab etilmaydi.

📲Fuqaroning nafaqaga bo‘lgan huquqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tegishli vazirlik va idoralarning axborot tizimlaridan elektron shaklda JShShIR (PINFL) orqali tekshiriladi. Murojaatchi nafaqa tayinlanganligi yoki rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qilinadi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM