my.gov.uz
219K subscribers
1.58K photos
116 videos
2 files
2.55K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
🏠Kadastr pasportini uydan chiqmasdan olishni istaysizmi?

📱Bunday imkoniyatni my.gov.uz portali taqdim etadi.

📁«Kadastr pasportini shakllantirish» xizmatidan onlayn foydalanib, vaqtingiz va naqdingizni tejang.

▶️Batafsil xizmatdan foydalanish yo’riqnomasida tanishing:

▶️ https://youtu.be/31Os2XQqGCw

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bizda davlat xizmatlaridan foydalanish 10% arzon❗️

💰 “O‘zbekiston Respublikasi davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, davlat xizmatlaridan my.gov.uz (YIDXP) portali orqali foydalanilganda davlat boji uchun 10% chegirma qo‘llaniladi.

💻 my.gov.uz – davlat xizmatlaridan foydalanishda ishonchli va qulay tanlov!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Пользоваться госуслугами у нас на 10% дешевле❗️

💰Согласно Закону «О государственной пошлине Республики Узбекистан», при использовании государственных услуг через портал my.gov.uz (ЕПИГУ) применяется скидка в размере 10% на госпошлину.

💻my.gov.uz – надежный и удобный выбор для использования государственных услуг!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Eʼlon❗️

🌐Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspektsiyasi server qurilmalarida qoʼshimcha profilaktika ishlari olib borilayotganligi tufayli ushbu tashkilot tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlarda 12-sentyabr soat 6-00gacha uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🔐Profilaktika yakuni boʼyicha maʼlumot taqdim etiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🪪 Biometrik pasportini ID kartaga almashtirganlar diqqatiga!

💻 Agar my.gov.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizda hamon eski pasport ma’lumotlaringiz turgan bo‘lsa, uni istalgan paytda o‘zingiz ham tez va oson yangilab olishingiz mumkin.

▶️ Bu haqda videoqo‘llanmamizda batafsil tushuntirilgan:

🎬 https://youtu.be/rnCsg464ayI

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✈️ Sayohatga chiqishni reja qilayotganlar diqqatiga!

🏖 Xorijga chiqish pasportini arzonga rasmiylashtiring!

📱My.gov.uz portali orqali “Xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirishga ariza berish” xizmatidan onlayn foydalaning va 10% arzon to‘lang!

💰DXM va "pasport stol"ga borib to‘laganda – 330 000 so‘m
📱my.gov.uz orqali – 297 000 so‘m (0,9 BHM).

👨‍💻Xizmatdan foydalanish siz o‘ylagandan ancha oson va qulay:
tegishli xizmatni tanlaysiz
so‘rovnomani to‘ldirasiz
to‘lovni amalga oshirasiz
qo‘l barmoq izlarini topshirish va suratga tushish uchun o‘zingizga qulay DXM yoki Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limiga shaxsan tashrif buyurasiz.
xorijga chiqish pasporti tayyor bo‘lgan kuni (10 kun muddat ichida) uni olishga borasiz.

🧰 Sayohatingiz mazmunli o‘tsin!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕 Bizda yana bir yangi xizmat!

🏆 My.gov.uz portalida “Sportchilar uchun sport pasportini olishga ariza berish” xizmati ishga tushirildi.

🥇Xizmatdan onlayn foydalansangiz, 10% arzon ham to‘laysiz!

📲Masalan:
💸ariza joyiga chiqib berilganda — 55 000 so'm (BHMning 1/6 (oltidan bir) qismi) 
💰my.gov.uz orqali topshirilganda  – 49 500 so‘m (0,15 BHM) davlat boji undiriladi.

🏅Sportchi pasportining amal qilish muddati — 5 yil.

🏛my.gov.uz orqali ariza yuborilgach, sport pasporti 6 ish kunida tegishli sport tashkilotiga yetkazib beriladi.

🏀Sportchi pasporti ikkinchi o‘smirlar sport razryadidan past bo‘lmagan razryadga ega, tegishli sport turi bilan muntazam shug‘ullanib kelayotgan va sport musobaqalarida doimiy ishtirok etuvchi sportchiga beriladi.

💻 Xizmatdan onlayn foydalanish juda oson va qulay!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🆕У нас еще одна новая услуга!

🏆На портале My.gov.uz запущена услуга «Оформление спортивных паспортов для спортсменов».

🥇Если вы воспользуетесь услугой онлайн, вы заплатите на 10% дешевле!

📲 Например:
💸взимается госпошлина при подаче заявления на месте в размере - 55 000 сум (1/6 (одна шестая часть) БРВ)
💰 при подаче через my.gov.uz - в размере 49 500 сум (0,15 БРВ).

🏅Срок действия паспорта спортсмена – 5 лет.

🏛 после отправки заявления через my.gov.uz паспорт спортсмена будет доставлен в соответствующую спортивную организацию в течение 6 рабочих дней.

🏀Паспорт спортсмена выдается спортсмену, имеющему разряд не ниже второго юношеского спортивного разряда, регулярно занимающегося соответствующим видом спорта и регулярно участвующему в спортивных соревнованиях.

💻 Пользоваться услугой онлайн очень просто и удобно!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔄 So‘rovnomada faol qatnashing!

Sizning ishtirokingiz biz uchun juda muhim❗️

💻 Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazi tomonidan aholimizga ko‘rsatilayotgan elektron davlat xizmatlarining qulayligini yanada oshirish maqsadida maxsus so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

⚡️Barcha yurtdoshlarimizni ushbu qisqa so‘rovnomada qatnashishga taklif etamiz!

📁 Mazkur so‘rovnoma natijalari asosida my.gov.uz mobil ilovasini takomillashtirish bo‘yicha yangi takliflar ishlab chiqiladi.

🔔Unutmang, har bir ishtirok va faollik biz uchun juda muhim!

So‘rovnomada qatnashish uchun quyidagi havolaga o‘ting: 💱 https://forms.gle/Fn4pZMb5Pouy1TMC6

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#challenge

📱 Soʻnggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda oʻziga xos chellenj trendga chiqdi.

🧑‍💻Tarmoq foydalanuvchilari ayollarni eʼzozlashga daʼvat qiluvchi ikki qatorlik sheʼr (shior) eʼlon qilishmoqda.

👍 Biz ham ushbu pozitiv kayfiyat ulashayotgan chellenjga qoʻshilamiz!

🤝Yaqinlaringizga yaxshilik ulashing!

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from my.gov.uz
⁉️Agar sizdan ortiqcha hujjat talab qilinsa, qayerga murojaat etishni bilasizmi?

📱 Ijtimoiy tarmoqlarda davlat tashkilotlari hanuzgacha ko‘pchilikdan talab qilinishi taqiqlangan hujjatlarni so‘rayotgani haqidagi shikoyatlar yozib qoldirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz
🗂 Qonunchiligimizda (PF–6191-son, PF–6269-son – to‘liq ro‘yxat) aholidan quyidagi hujjatlarni talab qilish allaqachon bekor bo‘lgan:

▫️shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi;

▫️shaxsning belgilangan shakldagi fotosurati;

▫️diplom ma’lumotlari (oliy ta’lim va o‘rta maxsus);

▫️kam ta’minlanganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

▫️STIR ma’lumotlari;

▫️imtiyozga egalik to‘g‘risidagi ma’lumotlar va boshqalar.

📁Bu turdagi hujjatlar davlat tashkilotlari tomonidan idoralararo hamkorlik yo‘li bilan olinadi.

❗️ Ushbu hujjat va ma’lumotlarning aholidan talab qilinishi davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi qonunchilik talablarining buzilishi hisoblanib, bunday yo‘l tutgan davlat idoralari uchun javobgarlik mavjud.

☎️Hurmatli fuqarolar, agar Siz talab qilinishi bekor bo‘lgan hujjatlarni so‘rash holatlariga duch kelsangiz, Adliya vazirligining 1148 koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

Shuningdek, bu haqda bot manziliga yozib qoldirsangiz ham bo‘ladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻Tadbirkorlar uchun qulayliklar!

⌨️Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tomonidan Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz), shu jumladan portalning mobil ilovasi orqali:

Tashqi iqtisodiy faoliyatga tegishli kontrakt (shartnomalar) ma’lumotlarini Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimiga kiritish;

Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun tanlovda ishtirok etish;

Yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash to‘g‘risida sertifikat olish xizmatlari joriy etilgan.

🧑‍💻 Barcha tadbirkorlar ushbu xizmatlardan onlayn tarzda foydalanishlari mumkin.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qulay_hayot

👨‍💻Maktabgacha taʼlim tizimini raqamlashtirish qanchalik kerak?

💻Hozirgi zamon bolalari ularning ota-onalari ulgʻaygan davrdagidan ancha farq qiladi. Bu esa oʻz-oʻzidan taʼlim tizimiga ham yangidan yangi talablar qoʻyadi.

🔵Endilikda raqamli transformatsiya jarayonlari nafaqat oliygoh va maktablarni, balki maktabgacha taʼlim tizimini ham qamrab olmoqda.

📺 “Qulay hayot” loyihasining navbatdagi sonida maktabgacha taʼlim tizimida olib borilayotgan islohotlar, raqamlashtirish jarayonlari haqida hikoya qilinadi.

🎙Suhbatdoshimiz — Maktabgacha taʼlim agentligining Axborot xavfsizligini taʼminlash va raqamlashtirish boʻlimi boshligʻi Joʻrayev Anvar Ibragimovich boʻldi.

▶️ https://youtu.be/JKXVdcUh_YY?si=q8nooUCTF7YqUClz

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🆓 Nega doʻkondagi vaqtincha chegirmaga qiziqamiz-u, onlayn xizmatlardagi doimiy chegirmaga eʼtibor bermaymiz?

🛒 Biror kiyim do‘konida chegirma e’lon qilinsa, ayollarning oqib borishi turgan gap. Erkaklar esa odatda maishiy texnikaga oid chegirmalarni qo‘ldan boy bergisi kelmaydi. 🆕 Maxsus takliflar kuni hatto ishini tashlab, arzonroq xaridlarga ulgurib qolishga shoshiladiganlar ko‘p. 👨‍💻 Lekin nega yil davomida doimiy chegirmaga ega davlat xizmatlaridan foydalanishni o‘ylamaymiz? Balki bundan xabardor ham emasdirsiz?

👉 https://ict.xabar.uz/uz/22a

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️my.gov.uz portalidagi xizmatlar soni 700 taga oshiriladi

“Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Elektron hukumat tadqiqoti” hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-308, 14.09.2023-y.) qabul qilindi

📝 Qarorga koʻra, 2024-yil 1-iyundan yangi raqamli xizmatlar va servislar, qoida tariqasida, birinchi navbatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining mobil ilovasida joriy etiladi.

📆 2024-yil yakunigacha:

Yagona portalda koʻrsatilayotgan xizmatlar soni 700 taga, ularning avtomatlashganlik darajasi 65 foizga yetkaziladi;

Yagona portalda joriy etilgan raqamli xizmatlar va servislarning kamida 75 foizi mobil ilova orqali koʻrsatilishi yoʻlga qoʻyiladi.

🌐 Shuningdek, quyidagi maxsus portallar ishga tushiriladi:

⌨️2024-yil 1-yanvardan raqamli hukumat tizimi hamda uning aholi va tadbirkorlarga taqdim etadigan imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumot beruvchi;

⌨️2024-yil 1-iyundan respublika hududidagi yashil hudud, bogʻ va jamoat parklari haqida axborot beruvchi;

⌨️2024-yil 1-sentyabrdan Toshkent shahrida jamoat transporti harakati haqida axborot beruvchi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chet tili bo'yicha navbatdagi imtihonlar vaqti e’lon qilindi

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida tashkil etiladi.

👨‍💻Test sinovi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.gov.uz portali orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi tillardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

❗️Oktabr oyidan boshlab chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida har bir bo‘lim uchun alohida vaqt belgilanadi va test materiallari alohida tarqatiladi.

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Ogoh bo‘ling! OneIDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting!

📱One ID – bu nafaqat Yagona portal, balki koʻplab davlat tashkilotlarining maʼlumotlar bazasidan xavfsiz foydalanish imkoniyatini beradigan Yagona identifikatsiya tizimidir.

💻 Shuning uchun ham subsidiya, kredit, koʻchmas mulk, kadastr kabi yuzlab xizmatlarga xavfsizlik nuqtai nazaridan murakkabroq login va parol bilan mustahkamlangan One ID tizimi orqali kiriladi.

👩‍💻Hozirgi kunda shaxsiy ma’lumotlarga befarqlik tufayli identifikatsion raqam begonalar qo‘liga tushib qolishi sabab boshqalar nomidan ro‘yxatdan o‘tish holatlari uchramoqda.

🪪 Agar sizning nomingizdan begonalar ish yuritishini xohlamasangiz, hech kimga JShShIR raqamingizni bermang. OneIDdan shaxsan o‘zingiz ro‘yxatdan o‘ting.

📲 Shaxsni tasdiqlovchi pasport maʼlumotlari va telefon raqamini biriktirgan holda One ID tizimida roʻyxatdan oʻtsangiz, boshqalar sizning nomingizdan ish yuritolmaydi.

▶️One ID tizimidan ro'yxatdan o'tish tartibi bilan quyidagi videorolikda tanishing:

🎬 https://youtu.be/IL7z72X5tPw?si=no-GEwzkHjEKRzZj

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Будьте внимательны! Регистрируйтесь на OneID лично!

📱One ID — это не только Единый портал, но и Единая система идентификации, обеспечивающая безопасный доступ к базам данных многих государственных организаций.

💻 Именно поэтому доступ к сотням услугам, таким как получение субсидий, кредитов, недвижимость, кадастр, осуществляется через систему One ID, которая с точки зрения безопасности защищена сложным логином и паролем.

👩‍💻В настоящее время из-за безразличия к личной информации идентификационный номер попадает в руки посторонних людей, что приводит к случаям регистрации через другое имя.

🪪 Если вы не хотите, чтобы посторонние люди вели дела от вашего имени, никому не сообщайте свой номер ПИНФЛ. Регистрируйтесь на OneID лично.

📲 Если вы зарегистрируетесь в системе One ID, прикрепив свои паспортные данные и номер телефона, другие лица не смогут действовать от вашего имени.

▶️Познакомьтесь с порядком регистрации в системе One ID в следующем видео:

🎬 https://youtu.be/IL7z72X5tPw?si=no-GEwzkHjEKRzZj

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Chet tilini bilish darajasini aniqlash tartibi bilan tanishing❗️

👨‍💻Сhet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashishga ariza my.gov.uz (YIDXP) orqali elektron tarzda qabul qilinadi.

📆 Imtihon o‘tkaziladigan kunlar Bilimni baholash agentligi tomonidan oldindan e’lon qilinadi.

📲QR-kod qo‘yilgan malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma talabgorga my.gov.uz orqali test sinovi natijalari e’lon qilingan kundan boshlab bir ish kuni mobaynida yuboriladi.

▶️Quyida ushbu xizmatdan foydalanish yo‘riqnomasi bilan tanishing:

🎬https://youtu.be/tCCrEFn6anw

🌐  my.gov.uz | egov.uz
🚀Telegram 🔵Facebook  🎬YouTube 📷instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM