my.gov.uz
219K subscribers
1.58K photos
117 videos
2 files
2.55K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
⚡️Yangi xizmat, yangi qulaylik bilan!

👨🏻‍🎓My.gov.uz da «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi❗️

📜Endi ta’lim muassasasini tamomlagan shaxs diplomi yo‘qolgan yoki shikastlangan taqdirda, uning dublikatini olish uchun onlayn ariza berishi va hujjatni o‘zi ko‘rsatgan manzilda qabul qilib olishi mumkin.

📥Ya’ni xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kuryerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

Dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
❗️“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi davom etmoqda

🚶🏻Joriy yilning 12-14-oktabr kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Xorazm viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlarini o‘tkazishadi.

💁🏻 Navbatdagi manzil – XORAZM VILOYATI❗️

Bizni quyidagi manzillarda kuting:
🔹 Urganch shahri
🔹 Xonqa tumani
🔹 Yangiariq tumani
🔹 Qo‘shko‘pir tumani
🔹 Gurlan tumani
🔹 Xiva tumani

👨🏻‍💻O‘quv mashg‘ulotlari ochiq, barchani seminarlarimizga taklif etamiz!

📲Bog'lanish uchun telefon raqamlari: +998 55 501 36 16, +998 90 739 97 66

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
❗️Проект «МЫ ЕДЕМ К ВАМ» продолжается

🚶🏻12-14 октября текущего года специалисты Центра управления проектами электронного правительства проведут обучающие семинары для населения и представителей широкой общественности Хорезмская области по использованию электронных государственных услуг и my.gov.uz (ЕПИГУ).

Ждите нас❗️

💁🏻Следующий пункт назначения – ХОРЕЗМСКАЯ ОБЛАСТЬ❗️
🔹 Город Ургенч
🔹 Ханкинский район
🔹 Янгиарыкский район
🔹 Кошкупырский район
🔹 Гурленский район
🔹 Хивинский район

👨🏻‍💻Все занятия открыты, приглашаем всех на обучающие семинары!

📲Телефоны для связи:
+998 55 501 36 16, +998 90 739 97 66

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
💬 So‘rang – javob beramiz!

☎️ “1242” qisqa raqamiga eng ko‘p yo‘llangan savollardan biri

🚕 “Haydovchilik guvohnomasi olish uchun xususiy avtomaktablardan biriga o‘qish uchun hujjat topshirmoqchi edim. Tibbiy ko‘rikdan o‘tishda ruhiy kasalliklar va narkologik dispanserdan ma’lumotnoma olib kelish so‘raldi. Menga bu hujjatlar uchun shaharning narigi bir burchagiga ovora bo‘lib borib kelish yoqmayapti. Ma’lumotnomani onlayn tarzda olsam, so‘ralgan joyga o‘tadimi? Buning uchun nima qilishim kerak?”

💻 Ruhiy kasalliklar va narkologiya bo‘yicha dispanser hisobida turish-turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni elektron tarzda olish uchun my.gov.uz portali yoki uning mobil ilovasidagi tegishli xizmatlardan foydalansangiz bo‘ladi.

Buning uchun sizdan hech qanday hujjat ham, elektron raqamli imzo ham talab etilmaydi.

📝 Ma’lumotnoma avtomat tarzida taqdim qilinadi va an’anaviy hujjat bilan teng huquqiy kuchga ega.

💸 Xizmat narxi – 5400 so‘m

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🟢Diqqat!

🔩 “Notarius” AAT server qurilmalarida rejalashtirilgan profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan 2022-yil 11-oktyabr soat 20:00 dan – 12-oktyabr soat 06:00 ga qadar my.gov.uz dagi tegishli faoliyat bilan bog‘liq elektron davlat xizmatlari ko‘rsatilishida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilishi mumkin.

🙏 Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣Ko‘hna Samarqand barchani “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi!

💻 2022-yilning 24-26-oktyabr kunlari Samarqand shahrida yana bir katta tadbir – Axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi bo‘lib o‘tadi.

💱 Tashrif buyuruvchilar haftalik doirasida AKT Sammiti, bir qator dolzarb mavzulardagi forum va seminarlar, shuningdek, “ICTEXPO” xalqaro IT ko‘rgazmasida ishtirok etishlari mumkin.

🌎 Tadbirga AQSh, Yevropa va Osiyo davlatlaridan bir qator ekspertlar taklif etilgan.

🗣Haftalikka tashrif buyuruvchilar AKT sohasidagi so‘nggi yangiliklardan boxabar bo‘lishlari, raqamlashtirish bo‘yicha bugungi kundagi tendensiyalar va BMTning 2022-yilgi elektron hukumat reytingi taqdimoti bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.

💻 Ushbu tadbirda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazining ham o‘ziga xos ishtiroki ko‘zda tutilgan.

Markaz xalqaro hamkorlar bilan birgalikda “Raqamli davlat siyosati asoslari” mavzusida salohiyatni oshirish va “BMTning 2022-yilgi elektron hukumat tadqiqotining natijalari va mintaqaviy tendensiyalari” mavzusidagi seminarlarga mezbonlik qiladi.

📣 Ko‘hna Samarqand barchani yana bir bor “AKT haftaligi”ga chorlab qoladi!!!

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Subsidiya olish boʻyicha ajoyib yangilik

❗️Bu xushxabar nogironligi boʻlgan shaxslar va, ayniqsa, ularni ishga qabul qilgan ish beruvchilar uchun quvonchlidir!

🌐 Endilikda my.gov.uz orqali nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar subsidiya olishlari mumkin!

▫️ Arizalar 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

▫️ Bunda nogironligi bo‘lgan shaxslarni ishga qabul qilgan ish beruvchilar (budjet tashkilotlari, davlat korxonalari, ustav jamg‘armasi (kapitali)da davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‘lgan yuridik shaxslar bundan mustasno) – har bir xodim uchun 6 oy davomida har oy bazaviy hisoblash miqdorining 1,5 baravari miqdorida subsidiya olishlari mumkun.

▫️Bandlikka ko‘maklashish markazi ishga qabul qilingan nogironligi bo‘lgan shaxslarning haqiqatan ishlayotganligini monitoring qilib boradi.

▫️Xizmatdan foydalanish bepul, shuningdek, juda oson va qulay.

➡️ @MyGovUz
⚡️Отличная новость по получению субсидии!

❗️Хорошая новость для лиц с инвалидностью и особенно для работодателей, которые принимают их на работу!

🌐 Теперь работодатели, нанимающие на работу лиц с инвалидностью, могут получить субсидию!

▫️ Завявки будут рассмотрены в течение 3 рабочих дней.

▫️ При этом работодатели, принимающие на работу лиц с инвалидностью (за исключением бюджетных организаций, государственных предприятий, юридических лиц с долей государства 50 и более процентов в уставном фонде (капитале) могут получить субсидию в течение 6 месяцев в размере 1,5 БРВ для каждого работника.

▫️ Центр содействия занятости осуществляет мониторинг за тем, действительно ли работают лица с инвалидностью.

Услуга является бесплатной, а также простой и удобной.

➡️ @MyGovUz
📣 Diqqat!
📝 Chet tili imtihonlari kuni o‘zgardi

2022-yil 25-26-27-oktabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari 29-30-oktabr kunlari bo‘lib o‘tishi belgilandi.

📆 Bunda test sinovining yozma qismi 29-30-oktabr kunlari, gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari esa 1-4-noyabr kunlari o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test sinovida ishtirok etish uchun ruxsatnomani my.gov.uz sayti orqali 26-oktabr kunidan boshlab olishlari mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Nikohni qayd etishga onlayn ariza yuboring

👫Yigit va qiz respublikamizning istalgan hududidan turib, 💍 FHDYO bo‘limiga onlayn tarzda – my.gov.uz orqali murojaat etishi mumkin.

📲Faqat buning uchun har ikki tomon (kuyov ham, kelin ham) elektron raqamli imzoga (ERI) ega bo‘lishlari kerak.

🙅🏻‍♂️Xizmat mutlaqo bepul.

📹 Quyida videoyo‘riqnoma bilan tanishing:

https://youtu.be/KpQOlxKH7-w
📹 Endi diplom dublikatini my.gov.uz orqali olish mumkin!

👨🏻‍🎓Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida «Oliy, o‘rta maxsus, kasb-hunar hamda professional ta’lim olganlik to‘g‘risida diplom dublikatini olish» xizmati ishga tushirildi.

📜Diplomi shikastlangan yoki yo‘qolgan yurtdoshlarimiz uning dublikatini olish uchun my.gov.uz orqali onlayn ariza berishi va hujjatni istalgan manzilda osongina qabul qilib olishi mumkin.

📬Ya’ni, xizmat natijasini olish uchun vakolatli organga borish talab etilmaydi. Hujjat “O‘zbekiston pochtasi”ning kurerlik xizmati orqali yetkazib beriladi.

💁🏻‍♂️Eslatib o‘tamiz, dublikat ham asl nusxadagi kabi yuridik kuchga ega.

https://youtu.be/dSLD-vL_fH8
Mobile ID qanday qulaylikka ega

👩🏻‍💻“Elektron hukumat” tizimlariga kirishda shaxsni identifikatsiyalash va tasdiqlashning yangi moduli – Mobile-ID (mobil telefon orqali) ishga tushirilgan.

Ushbu modul yordamida mobil telefon orqali ro‘yxatdan o‘tib, barcha davlat xizmatlaridan (moliyaviydan tashqari) Elektron raqamli imzosiz foydalanish mumkin.

📲Buning uchun smartfonga MyGov ilovasini (Google Play va App Store) yuklab olish kerak.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️Yana bir faoliyat turi bo‘yicha subsidiya olishga my.gov.uz orqali murojaat qilish mumkin bo‘ladi

📝 “Kasanachilikni tashkil etgan tadbirkorlik sub’ektlarini yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko‘ra, tadbirkorlar kasanachilikni tashkil etganidan kamida 3 oy o‘tgandan so‘ng subsidiya olish uchun Aholi bandligiga ko‘maklashish markaziga yozma ravishda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi.

Aholi bandligiga ko‘maklashish markazlarining subsidiya ajratish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingandan so‘ng 5 ish kuni ichida:

🔸 talabgorga har bir kasanachining dastlabki 3 oy davomidagi kasanachilik faoliyati uchun bir oylik o‘rtacha daromadi miqdorida bir martalik subsidiya ajratiladi;
🔸 tadbirkorlik sub’ektiga har bir kasanachiga asbob-uskunalar xarid qilib berish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismi, biroq BHMning 15 baravarigacha miqdorida subsidiya ajratiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
❗️Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olishning murakkab joyi yo‘q

🤷🏻‍♂️ Sizdan kutilmaganda mehnat daftarchasidan ko‘chirma so‘rab qolishdi. Xavotir olmang, ushbu ma’lumotni tegishli tashkilotga tezkor taqdim etish imkoniyatiga egasiz.

🧑🏻‍💻 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portal foydalanuvchilari onlayn tarzda “Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish”lari mumkin.

💁🏻‍♂️ Eng asosiysi, buning uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi va xizmat bepul.

📲 @MyGovUz

📹 YouTube
🚘 Haydovchilar diqqatiga! My.gov.uz’dan siz uchun maxsus taklif

Sentyabr oyining boshidan buyon avtotransportni boshqarish uchun ishonchnomalarni my.gov.uz orqali ham masofadan, ham o‘zingizga qulay narxda rasmiylashtirish imkoni paydo bo‘lgan.

🚶🏻Endi haydovchilar ishonchnoma olish uchun notarial idora izlab yurishmaydi, hujjatni tasdiqlatish uchun navbatlarda ham turishmaydi.

👏🏻My.gov.uz saytiga kirib, tegishli xizmat turini tanlaysiz va amallar ketma ketligini bajarsangiz kifoya, bor yo‘g‘i besh daqiqa vaqtingiz ketadi xolos! Qo‘lingizda esa QR kodli ishonchnoma bo‘ladi!

👍 Kamiga 10 foizli chegirma beriladi!

📲 @MyGovUz

📹 Видео
⚡️Barchasi oilamiz uchun!

💁🏻‍♂️ Yoshi kattalar uchun

Yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik bo‘yicha nafaqa, to‘langan pensiya va pensiya fondi hisobida turish-turmasligi to‘g‘risida ma’lumot, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holatini tekshirish va boshqalar.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=5

👨‍⚖️ Tadbirkorlar uchun

Tadbirkorlar ma’lumoti, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, tekshirish reja jadvalidan ko‘chirma, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=19

👨‍🏫 Ta’lim uchun

My.gov.uz orqali farzandingizni bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, OTM imtihonlari natijalarini bilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga ariza berish, universitetlarga hujjat topshirish va boshqalar.

▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=8

💁🏻‍♂️ Qo‘shimcha tarzda

Xizmat muddatini tekshirish, turli ma’lumotnomalarni olish, avtotransport bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish yoki kredit tarixini bilish kabilarning barchasi my.gov.uz da onlayn ko‘rsatiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️Elektron raqamli imzo olish muammo emas!

👨‍💻Hozirgi kunda nafaqat O‘zbekiston, balki chet ellik fuqarolar ham my.gov.uz yordamida elektron raqamli imzo olishlari mumkin.

💁‍♂️Buning uchun ulardan shaxsiy identifikatsion raqamga ega bo‘lish va Yagona portalda ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi.

🗓Ma’lumki, elektron raqamli imzoning amal qilish muddati – 2 yil.

Muddat tugagan yoki birinchi marta elektron raqamli imzo olish uchun my.gov.uz portalidagi tegishli xizmatdan foydalaning.

📹Yanada qulaylashgan Elektron raqamli imzo olish tartibi bilan quyidagi videoqo‘llanma orqali tanishing:

https://youtu.be/3Zurb3iUras