my.gov.uz
212K subscribers
1.61K photos
122 videos
2 files
2.6K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

📰 O‘zbekistonda JShShIRni aniqlash va berish tartibi tasdiqlandi

✍️ Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida»gi 177-son qarori qabul qilindi.

📝 Hujjat bilan jismoniy shaxsning elektron talabnomasini shakllantirishni hamda quyidagilarda shaxsiy identifikatsiya raqamini berishni nazarda tutuvchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini aniqlash va berish tartibi to‘g‘risidagi ma’muriy reglament tasdiqlandi:

▪️ O‘zbekiston Respublikasi hududida tug‘ilgan barcha shaxslarga tug‘ilganlikni qayd etish jarayonida;
▪️ chet davlat fuqarosi yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiya ID-kartasi berilganda;
▪️ chet davlat fuqarosiga O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turganda yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotganda;
▪️ fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga biometrik harakatlanish hujjati rasmiylashtirilganda;
▪️ chet davlatda vaqtincha yoki doimiy yashaydigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, ularning farzandlari, chet davlat fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga.

✍️ Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markaziga Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligi bilan birgalikda 2022-yil 1-iyundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha yoki doimiy yashayotgan chet davlatlar fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, xorijiy davlatda doimiy yashaydigan chet davlat fuqarolari hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida vaqtincha bo‘lib turgan yoki o‘z faoliyatini ishonchli vakili orqali amalga oshirayotgan chet davlat fuqarolariga shaxsiy identifikatsiya raqamlarini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatilishini joriy qilish topshirildi.

💁🏻‍♂️ Qaror bilan ayrim qonun hujjatlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi.

🗓 Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 2022-yil 12-apreldan kuchga kirdi.

@MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turar joyda doimiy yoki vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma

🏘 Uyingizda ro‘yxatdan o‘tib yashayotganlar to‘g‘risida ma’lumotnoma, ya’ni o‘sha sizga yaxshi tanish bo‘lgan 17-formasi kerakmi?

Bu endi juda oson❗️

Ushbu ma’lumotnoma uchun Ichki ishlar bo‘limlariga borish va navbat kutish shart emas. Uni my.gov.uz orqali masofadan turib olish imkoniyati yaratilgan.

📥 My.gov.uz tizimiga kirib, “Doimiy yashash joyida ro‘yxatdan o‘tib yashovchilar soni to‘g‘risida ma’lumotnoma” xizmatini tanlang va ma’lumotnomani onlayn shakllantiring.

🕖Xizmat avtomatlashtirilgan va qisqa muddatda taqdim etiladi.

🔰My.gov.uz – davlat xizmatlarining yangicha ko‘rinishi!

🔗Xizmatga o‘tish uchun havola: https://my.gov.uz/uz/service/372

@MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⁉️Справка о количестве зарегистрированных лиц по постоянному месту жительства

🏘 Вам нужна справка о лицах, состоящих на учете по вашему месту постоянного жительства, то есть та самая знакомая Форма-17?

Теперь получить эти данные очень просто❗️

Для получения этой справки больше не обязательно обращаться в отделы внутренних дел и ждать в очереди. Ведь есть возможность получить её не выходя из дома – через портал my.gov.uz.

📥 Для этого в системе my.gov.uz нужно выбрать госуслугу "Получение справки о количестве зарегистрированных лиц по постоянному месту жительства" и сформировать справку онлайн.

🕖 Услуга автоматизирована и предоставляется моментально.

🔰 My.gov.uz - новые возможности получения государственных услуг!

🔗Ссылка для перехода к госуслуге: https://my.gov.uz/ru/service/372

@MyGovUz | @eGovUz
⚡️ Chet tili imtihoni natijalari e’lon qilindi

2022-yil 29-30-mart hamda 5-8-aprel kunlari o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovi natijalari e’lon qilindi.

👨🏻‍💻 Talabgorlar test natijalari bilan my.gov.uz sayti orqali “Mening arizalarim” bo‘limida tanishishlari mumkin.

📆 Shuningdek, test sinovidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar o‘z sertifikatlarini elektron tarzda yuklab olishlari mumkin.

🤷🏻‍♂️Agar siz chet tili imtihoni natijalaridan norozi bo‘lsangiz, apellatsiya shikoyatini my.gov.uz orqali masofadan turib berishingiz mumkin.

@MyGovUz | @eGovUz
⚡️Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

👩🏻‍💻Joriy yilda maktabni tamomlab, oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishni rejalashtirgan 16 yoshga to‘lgan maktab bitiruvchilari o‘z vaqtida fuqarolik pasporti, ya’ni ID karta olishlari shart❗️

💁🏻‍♂️XTV ma’lumotiga ko‘ra, ayni paytda 16 yoshga to‘lgan 122 mingdan ortiq bitiruvchilar ID karta olmagan.

OTMlarga abituriyentlarning hujjatlari my.gov.uz va Davlat test markazining dtm.uz sayti orqali onlayn qabul qilinadi. Onlayn hujjat topshirishda abituriyentlar yoki biometrik pasport, yoki ID karta ma’lumotlarini kiritish talab etiladi.

💳 Shu o‘rinda yana bir qulaylikni eslatib o‘tamiz, ID karta olganlar id.egov.uz tizimida avtomatik tarzda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishadi. Bu esa ularga my.gov.uzda avtorizatsiyadan o‘tish imkonini beradi.

@MyGovUz | @eGovUz
⚡️“Siz tomon yo‘l oldik” loyihasi davom etmoqda

🚶🏻Joriy yilning 21-22-aprel kunlari Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi mutaxassislari Jizzax viloyati bo‘ylab aholi va keng jamoatchilik vakillari uchun elektron davlat xizmatlari hamda my.gov.uz (YIDXP)dan foydalanish bo‘yicha o‘quv seminarlar o‘tkazishadi.

Bizni kuting❗️

💁🏻 Navbatdagi manzil – JIZZAX VILOYATI❗️

🔹Do'stlik tumani
🔹Arnasoy tumani
🔹Mirzacho'l tumani

👨🏻‍💻O‘quv mashg‘ulotlari ochiq, barchangizni o'quv seminarlariga taklif qilamiz!

📲Bog'lanish uchun telefon raqamlari: +998 55 501 36 16, +998 93 608 44 22

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️Проект «МЫ ЕДЕМ К ВАМ» продолжается

🚶🏻21-22 апреля текущего года специалисты Центра управления проектами электронного правительства проведут обучающие семинары для населения и представителей широкой общественности Джизакской области по использованию электронных государственных услуг и my.gov.uz (ЕПИГУ).

Жди нас❗️

💁🏻Следующий пункт назначения – ДЖИЗАКСКАЯ ОБЛАСТЬ❗️

🔹Дустликский район
🔹Арнасайский район
🔹Мирзачульский район

👨🏻‍💻Все занятия открыты, приглашаем всех на обучающие семинары!

📲Телефоны для связи:
+998 55 501 36 16, +998 93 608 44 22

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
Forwarded from e-gov.uz
Loyiha tashkilotchilari Sardoba tumani va Guliston shahrida bo‘lishdi❗️

🚶🏻“Siz tomon yo‘l oldik” – loyihasining Sirdaryo viloyatiga tashrifi davomli kechdi.

Batafsil: 👉 https://egov.uz/news/loyiha-tashkilotchilari-sardoba-tumani-va-guliston-shahrida-bolishdi-400

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To‘lovni amalga oshirish yanada osonlashdi❗️

Endilikda my.gov.uz yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

⚡️O‘zbekistonda Mobil-ID tizimi joriy etiladi

Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni e’lon qilindi.

📲Unga ko‘ra, 2022-yil 1-avgustdan boshlab davlat xizmatlaridan foydalanish uchun shaxsni identifikatsiyalashning mavjud tizim va vositalariga qo‘shimcha ravishda jismoniy shaxsni identifikatsiyalashning Mobil-ID tizimi joriy etiladi.

🔸Mobil-ID tizimi «Elektron hukumat» tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona axborot tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaxsni uning mobil telefon raqami orqali identifikatsiyalashni nazarda tutadi;

🔸shaxsni Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyalash fuqaroning xohishiga ko‘ra davlat xizmatlari markazi (keyingi o‘rinlarda – Markaz) yoki notarial idora tomonidan yoxud Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YIDXP) mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi;

🔸Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan bevosita Markaz yoki notarial idoraga murojaat qilinganda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli taqdim etiladi hamda Markaz yoki notarial idora xodimi tomonidan fuqaroning yuzi raqamli formatda rasmga tushiriladi, elektron shaklda qo‘l barmog‘i izi olinadi va mobil telefon raqami YaIDXPdagi shaxsiy kabinetga bog‘lanadi;

🔸Mobil-ID tizimi yordamida identifikatsiyadan o‘tish uchun fuqaro tomonidan YIDXPning mobil ilovasidan foydalanilganda masofadan biometrik identifikatsiyalash (Face-ID) usuli yoki ID-kartadagi elektron raqamli imzo qo‘llaniladi hamda mobil telefon raqami YIDXPdagi shaxsiy kabinetga bepul bog‘lanadi;

🔸bevosita Markazlar yoki notarial idora orqali fuqarolarni Mobil-ID tizimiga identifikatsiya qilish 2022-yil 31-dekabrga qadar to‘lov undirilmasdan, 2023-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy hisoblash miqdorining 2 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undirilgan holda amalga oshiriladi;

🔸Mobil-ID tizimi foydalanuvchilari elektron raqamli imzoni qo‘llamagan holda barcha davlat xizmatlaridan (bundan moliyaviy xizmatlar mustasno) foydalanishi mumkin;

🔸fuqaroning YIDXPdagi shaxsiy kabinetiga yuboriladigan barcha xabarnomalar uning xohishiga ko‘ra va belgilangan to‘lovlar asosida Mobil-ID tizimi orqali identifikatsiyalangan mobil telefon raqamiga SMS-xabar shaklida yuboriladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
my.gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️O‘zbekistonda Mobil-ID tizimi joriy etiladi Davlat xizmatlari ko‘rsatishni soddalashtirish, byurokratik to‘siqlarni qisqartirish hamda davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari…
2022-yil 1-sentyabrdan boshlab quyidagi nodavlat tashkilotlarga “Elektron hukumat” tizimi orqali olinishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlardan foydalanish imkoniyati yaratiladi:

🔹tijorat banklari;

🔹telekommunikatsiya tashkilotlari;

🔹xususiy tibbiyot muassasalari;

🔹nodavlat ta’lim tashkilotlari;

🔹sug‘urta tashkilotlari.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️ Endi yo‘qotilgan buyumlarni onlayn topish mumkin

🤷🏻‍♂️ Shu kunlarda kerakli buyum yoki hujjatingizni yo‘qotib qo‘ydingizmi? Endi uni qayerdan, qanday izlashni bilmayapsizmi?

👨🏻‍💻Buning uchun ortiqcha bosh qotirmang. Hoziroq my.gov.uz imkoniyatlaridan foydalaning.

♻️My.gov.uz orqali “Topilmalar, yo‘qolgan buyumlar va hujjatlar bo‘yicha so‘rov yuborish xizmati”dan foydalanib, arizangizni qoldiring.

Yo‘qotilgan buyumingiz 2 oy mobaynida tegishli axborot tizimlari orqali qidiriladi.

📌Shu muddat ichida buyumingiz topilmasa, BHMning 4 % miqdorida to‘lov to‘lab, yo‘qolgan ashyo topilmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz mumkin.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
⚡️Потерянные вещи теперь можно найти онлайн

🤷🏻‍♂️На днях потеряли что-то из необходимых вещей или документов? Теперь не знаете, где и как его искать?

👨🏻‍💻Не беспокойтесь об этом. Воспользуйтесь my.gov.uz прямо сейчас.

♻️Оставьте заявку с помощью услуги my.gov.uzОтправка запроса о находках, утерянных предметах и документах”.

Ваша потерянная вещь будет отыскиваться через соответствующие информационные системы в течение 2 месяцев.

📌Если ваша вещь не будет найдена в течение этого срока, вы можете получить справку о том, что потерянный предмет не найден, заплатив 4% от БРВ.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz
​​🏘 Uy-joyning «snos»ga tushganini aniqlash bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatiladi

“Qurilish sohasiga oid yagona ma’muriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” hukumat qarori qabul qilindi.

💁‍♂ Quyidagilar bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentlari tasdiqlandi:

• bino va inshootlarning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirishni kelishish;
• bino va inshootlarning ixtisoslashishini o‘zgartirish, qayta qurish, rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootlarni qurishni loyihalashtirishga ruxsatnoma berish;
• arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish;
• loyiha-smeta hujjatlarini kelishish;
• qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obektni ro‘yxatdan o‘tkazish;
• qurilish-montaj ishlari tugallangan obektdan foydalanish uchun ruxsatnoma berish;
• ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma berish.

🏗 Bino va turar joylarning buzilishga tushganlik holati haqida ma’lumotnoma olish uchun DXM yoki YIDXPga murojaat qilinadi.

👨‍💻 Ma’lumotnoma olish uchun arizalar YIDXP (my.gov.uz) orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, 24 soat davomida yuborilishi mumkin.

🗓 Ma’lumotnoma 3 ish kunida rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchining elektron manziliga yuborilib, unga bu haqida xabar beriladi.

@MyGovUz | @eGovUz
My.gov.uz raqamlarda❗️

📹 Yagona portal faoliyati faktlar asosida tahlil qilindi.

https://www.youtube.com/watch?v=u3sJYKknnFE
my.gov.uz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ⚡️ Istalgan avtomobil tarixiga oid ma’lumotlarni olish mumkin 📑Hukumat qarori (106-son, 09.03.2022-y.) bilan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.…
Yangi xizmat ishga tushishiga oz muddat qoldi❗️

🚗 2022-yil, 1-maydan “Avtomobil tarixi” ma’lumotlarini shartnomaviy asosda DXM, YIDXP (my.gov.uz) yoki veb-saytlar va ularning ilovalari orqali aniqlash bo‘yicha davlat xizmati yo‘lga qo‘yiladi.

🚘 Avtotransportni texnik ko‘rikdan o‘tkazish jarayonida avtotransportning bosib o‘tgan masofasi haqidagi ma’lumotlar, jumladan, texnik ko‘rikdan o‘tkazuvchi tadbirkorlar tomonidan ham majburiy tartibda axborot tizimiga kiritiladi.

➡️ @MyGovUz | @eGovUz