Forwarded from e-gov.uz
#Yangi_loyiha
❗️Aziz Muxitdinov: “Ishimizga my.gov.uz xizmatlaridan foydalanayotganlar baho beradi”
💁🏻♂️“Qulay hayot” loyihasida ilk suhbatdoshimiz Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Muxitdinov Aziz Xakimovich.
👨🏻💻«Ko‘cha-ko‘yda odamlar bilan suhbatlashib qolganda, bizda hamon psixologik to‘siq mavjudligiga amin bo‘lamiz. Ya’ni aholimizda elektron tarzda olingan hujjatlarga ishonchsizlik bor. Masalan, hujjatni chiqarib olgandan keyin “Imzosi yo‘q, muhri yo‘q, bu olib borgan joyimga o‘tarmikin”, deb o‘ylab qolishadi...
Buning sababini yetarlicha ma’lumotga ega emaslikdan deb bilaman. Shuningdek, ko‘p fuqarolarimizga my.gov.uz xizmatlaridan foydalanish juda qiyin jarayondek tuyuladi» — deydi Aziz Muxitdinov.
👉🏻 Batafsil: link.egov.uz/9000
📹 Video: https://youtu.be/-NSkaaPCcWc
➡️ @MyGovUz | @eGovUz

🚘 «Avtomobilga qo‘yilgan taqiqlarni tekshirish xizmati va boshqalar...» 👏🏻 2022-yilda xalqimizga ko‘p qulayliklar taqdim etiladi
📈 Bu yilgi rejada yil yakuniga qadar my.gov.uz xizmatlari sonini 400 taga yetkazish maqsad qilingan. Bu haqda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov ma’lum qildi.
💁🏻♂️ «Bulardan ba’zilarini sanab o‘taman. Bittasi xorijiy mehmonni O‘zbekistonga taklif qilish bo‘yicha ariza berish bo‘lsa, yana biri avtomobillarning oldi-sotdi jarayonlarida unga qo‘yilgan taqiqlarni tekshirish xizmati. Bundan tashqari, avtomobil tarixini ko‘rish imkoniyati ham yaratiladi. Ya’ni bundan oldin sotuvda bo‘lganmi, necha marta yo‘l-transport hodisalari kuzatilgan va hokazo.
👩🏻💻 Shu kunlarda o‘qituvchilarimiz uchun byurokratik jarayonlardan biri hisoblangan attestatsiyadan o‘tishga ariza topshirish xizmatini ishga tushiryapmiz. Endi ular 5 daqiqaga qolmay kompyuterda Yagona portal orqali ro‘yxatga turib, to‘lovlarini ham amalga oshirishlari mumkin. My.gov.uzda ko‘rsatiladigan xizmatlarga 10 foiz chegirma borligi esa ham moliyaviy, ham vaqt jihatidan juda qulaydir», deydi Aziz Muxitdinov.
➡️ @MyGovUz | @eGovUz
📹 Suhbatni to‘liq ko‘ring: https://www.youtube.com/watch?v=-NSkaaPCcWc&feature=youtu.be

YouTube
Aziz Muxitdinov “Ishimizga my.gov.uz xizmatlaridan foydalanayotganlar baho beradi”
Bugun “Elektron hukumat”, my.gov.uz – elektron davlat xizmatlari xalqqa qanchalik yaqinlashdi?
Internetdagi hujjatlar harakati, davlat xizmatlarining oflayndan onlaynga oʼtish qiyinchiligi nimada?
Savollarga javob izlaymiz.

“Tonirovka”ni o‘zingiz onlayn rasmiylashtiring❗️
🚗 Hozir avtotransport vositalari oynalari tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun ruxsatnoma my.gov.uz orqali onlayn olinayotganidan xabaringiz bor.
📲 Buning uchun hatto uydan chiqishga hojat yo‘q. Internetga ulangan qurilma bo‘lsa kifoya.
👩🏻💻 My.gov.uz dan foydalanganlik uchun beriluvchi 10 foizlik chegirma tufayli esa yaxshigina mablag‘ni iqtisod ham qilasiz.
🤷🏻♂️Biroq bugun ko‘cha-ko‘yda ushbu ruxsatnomani pul evaziga rasmiylashtirib berish holatlari ko‘paygan. Shaxsiy ma’lumotlarning begonalar qo‘lida qolib ketishi esa yaxshi emas.
✅ Xavfsizligingiz o‘z qo‘lingizda ekan, “tonirovka”ni o‘zingiz onlayn rasmiylashtiring.
👉🏻 Bunda sizga quyidagi videoyo‘riqnoma qo‘l keladi:
https://www.youtube.com/watch?v=i1d1PLwzyhw&t=3s

Ягона портал орқали тонировка учун чегирма.
Автотранспорт воситаларининг ойналари тусини ўзгартиришга рухсатнома олиш.
Хизматдан фойдаланиш учун қуйидаги ҳаволага ўтинг:
https://my.gov.uz/uz/service/415

🌐 My.gov.uz da “texkoʼrik” manzillari
💁🏻♂️ Endi fuqarolarimiz yuridik shaxslar tomonidan M1 toifadagi avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish laboratoriyalari joylashgan manzillar, lokatsiyalar hamda bog‘lanish uchun telefon raqamlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni my.gov.uz orqali olish imkoniyatiga ega.
Xizmatdan foydalanish yoʼriqnomasi: 👇

Yengil avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish laboratoriyalari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📹 «Pandemiyagacha bo‘lgan davrda buning aksi edi...»
👨🏻💻Elektron davlat xizmatlarining rivojlanish ko‘rsatkichlarini pandemiyadan oldingi – 2019-yil bilan solishtirilganda my.gov.uz dan foydalanuvchilar soni 5 barobarga o‘sib, 1,3 mlnga yetgan. Bu haqda Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Aziz Muxitdinov ma’lum qildi.
«2021-yilda aholi va tadbirkorlar tomonidan Yagona portalga davlat xizmatlarini olish 👩🏻💻bo‘yicha 9 mln.dan ortiq arizalar kelib tushgan.
Eng qizig‘i, o‘tgan yili jami ko‘rsatilgan davlat xizmatlarining 56 foizi my.gov.uz orqali amalga oshirilgan 📈 bo‘lsa, davlat idoralariga bevosita borgan holda olish esa 44 foizga to‘g‘ri keldi.
Pandemiyagacha 🦠 bo‘lgan davrda buning aksi edi, ko‘rsatiladigan xizmatlarning 70 foizi bevosita davlat organlariga murojaat qilgan holda amalga oshirilgan», deydi u.

✅My.gov.uz bilan hamisha oson, qulay va xavfsiz!
👩🏻💻Bugun raqamlashgan hujjatlar tufayli davlat xizmatlarini masofadan turib, oson va qulay olish imkoniyatiga egamiz.
👉🏻Ya’ni 310 ga yaqin eng kerakli elektron davlat xizmatlarini aynan my.gov.uz bizga taqdim etmoqda.
💁🏻♂️💁🏻♂️Shunday ekan, my.gov.uz dan onlayn foydalanib, vaqtimiz va naqdimizni tejaylik!
💁🏻♂️Eng muhimi, zarur holatlarda o‘zimiz va yaqinlarimiz sog‘ligini asraylik!https://youtu.be/2wSEzIeavU0

My.gov.uz bilan oson, qulay va xavfsiz!
https://my.gov.uz/oz
❗️Bojxona xizmatlarini raqamlashtirish 2023-yilda 100 foizga yetkaziladi
Davlatimiz rahbari bojxona tizimida “korrupsiyadan xoli” dasturini amalga oshirish soha rahbarlarining eng ustuvor vazifasi bo‘lishi shartligini ko‘rsatib o‘tdi.
Avvalambor, topshiriqqa ko‘ra sohada zamonaviy komplayens tizimi joriy qilinadi. Bunda:
🔸1-maydan boshlab yuk deklaratsiyasini rasmiylashtirish postlardan chiqariladi va tadbirkor bilan bevosita muloqotsiz, masofaviy amalga oshiriladi;
🔸1-iyuldan tovarlar kodi va qiymatini belgilash, bojxona ko‘rigini o‘tkazish, imtiyozli deklaratsiya rasmiylashtirishda korrupsion xavflar avtomatlashgan tizim orqali aniqlanadi;
🔸1-sentyabrdan boshlab barcha elektron bojxona xizmatlari “yagona darcha” tizimi orqali ko‘rsatiladi;
🔸yil yakuniga qadar bojxona ko‘rigi jarayonlarini to‘liq qamrab olgan elektron tizim ishga tushiriladi.
Umuman, bojxona xizmatlarini raqamlashtirishni 2022-yilda 70 foizga, 2023-yilda 100 foizga yetkazish bo‘yicha dastur qabul qilish vazifasi qo‘yildi.
➡️ @MyGovUz

#Qonunchilikdagi_yangiliklar
👩🏻💻👨🏻💻Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha murojaatlar my.gov.uz orqali qabul qilinadi
Hukumat qarori (73-son, 16.02.2022-y.) bilan Chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.
🔰 Qarorga ko‘ra, 2022-yil 1-martdan:
➖ chet tilini bilish darajasini aniqlash, malaka sertifikati yoki ma’lumotnoma olish uchun test sinovida qatnashish bo‘yicha murojaatlar YIDXP (my.gov.uz) orqali qabul qilinadi.
💁🏻♂️ Reglamentga muvofiq, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishda talabgor so‘rovnomani mustaqil ravishda YIDXP orqali to‘ldiradi.
❌ So‘rovnomani elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
➡️ So‘rovnoma YIDXP orqali avtomatik tarzda DTM (vakolatli organ)ga yuboriladi.
⏳ DTM talabgorlarni malaka imtihonini o‘tkazish joyi va aniq vaqti to‘g‘risida imtihon sanasidan 3 kun oldin xabardor qiladi.
✅ Chet tilini bilish darajasi test sinovi, yozma ish va gapirish ko‘nikmasini baholash yo‘li bilan aniqlanadi.
📋 Imtihon topshirishda talabgor pasport, ID-karta yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning aslini taqdim etadi.
❗️ Reglament 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.

📝 Yashash manzili haqida maʼlumotnoma kerakmi?
✍️ Yaqin-yaqingacha fuqaroning doimiy va vaqtincha roʼyxatda turish manzili pasportida qayd etilar edi. Lekin hozir bu tartib bekor qilingan.
❓Shu oʼrinda koʼpchilikda savol tugʼilishi mumkin.
Soʼralgan joyga roʼyxatda turish manzili qaerdan olib taqdim etiladi?
👉Javob esa oddiy.
✅Endi ushbu maʼlumotni onlayn tartibda my.gov.uz dan olishingiz mumkin.
https://www.youtube.com/watch?v=KKdpo0nYv9Q&t=1s

Доимий (вақтинчалик) яшаш жойи бўйича маълумот
💁🏻♂️ Bilasizmi?
💰 Avtojarimalarda pulni qanday tejab to‘lash mumkin?
👮♂️ Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimani 15 kun ichida to‘lasangiz, 30 foiz chegirmaga ega bo‘lasiz.
💴 To‘lov tizimlarida esa jarima pulidan kelib chiqqan to‘lov miqdori ko‘rsatiladi.
💁🏻♂️ Agar jarima solingani to‘g‘risidagi xat yoki xabar fuqaroga 15 kundan kechroq yetib borsa, chegirma muddati tiklanishi mumkin. Buning uchun siz qaror qabul qilgan tashkilotga ariza bilan murojaat etishingiz lozim.
👨🏻💻 Avtojarimangiz bor-yo‘qligini my.gov.uz dan bilib oling. Buning uchun shaxsiy kabinetingizga avtomobilingiz to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiriting.
🌐 Jarimani ham my.gov.uz orqali onlayn to‘lasangiz bo‘ladi – chegirma avtomatik ravishda hisobga olinadi.

📝 Kredit tarixi haqida kerakli ma’lumotlar
📑 Kredit tarixi – bu sizning kredit va qarzlaringiz haqidagi ma’lumot. Unda kreditlar qachon, qancha miqdorda va qayerdan olinganligi, keyin qanday qaytarilganligi va buni kim so‘ragani to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud. Bularning barchasi my.gov.uz ning kredit tarixi bo‘limida saqlanadi.
💁🏻♂️ Foydalanuvchilar uchun!
▪️Kredit tarixini ilk marta bepul olish mumkin. Pullik tartibi esa istalgancha.
▪️2021-yilda my.gov.uz orqali kredit tarixini bilish uchun 61 716 marta murojaat qilingan.
▪️Kredit tarixida xatolar bo‘lsa, ularni bank orqali tuzatish mumkin.
▪️Kredit tarixini nafaqat bank, balki sug‘urta kompaniyasi, notarius, sud yoki ish beruvchi fuqaro roziligi bilan tekshirishi mumkin.
▪️Kredit tarixingizni bilish uchun my.gov.uzda ro‘yxatdan o‘ting.
Xizmatga doir videoyo‘riqnoma bilan tanishing:

Кредит тарихини олиш
Эндиликда Ягона Портал Сизга илк фойдаланишда бепул бўлган кредит тарихи хизматини тақдим этади.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
🚘 Avtomobilni sotib olish jarayoni avtomatlashtiriladi
📑 Vazirlar Mahkamasining 21.02.2022-yildagi “Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga aхborot tizimlarini joriy etish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 78-son qarori qabul qilindi.
👨🏻💻 2022-yil 1-apreldan boshlab "UzAuto Motors" AJ tomonidan avtomototransport vositasini хarid qilish boʻyicha shartnoma tuzgan shaхsga avtomatik ravishda rasmiylashtiriladigan hisob-ma’lumotni IIV Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хizmatiga faqat elektron shaklda taqdim etish amaliyoti joriy qilinadi.
♻️IIV, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda "UzAuto Motors" AJ 2022-yil 1-aprelga qadar IIV Jamoat хavfsizligi departamenti Yoʻl harakati хizmati va "UzAuto Motors" AJ oʻrtasida himoya darajasiga ega boʻlgan integratsiyalashgan elektron ma’lumot almashish tizimini joriy qilishlari kerak.

👨🏻💻Ayrim faoliyat turlari maxsus elektron tizim orqali litsenziyalanadi
Hukumat qarori (80-son, 21.02.2022-y.) bilan Maxsus elektron tizim orqali ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yagona nizom tasdiqlandi.
🔖Nizomga ko‘ra, litsenziya olish talab qilinadigan 28 ta faoliyat (jumladan, nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrash, turizm faoliyati, Xususiy bandlik agentliklarining O‘zbekistondan tashqarida ish qidirayotgan shaxslarni ishga joylashtirish bo‘yicha faoliyat, dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish va boshqa faoliyatlar) “Litsenziya” axborot tizimi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali litsenziyalanadi.
❗️Talabgor litsenziya olish uchun ariza va unga ilova qilinadigan hujjatlarni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda yuboradi.
▶️ Arizalar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qati nazar har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
👉🏻 Arizaga kiritilgan ma’lumotlar “Litsenziya” AT orqali idoralararo hamkorlik tizimlarida mavjud ma’lumotlar asosida dastlabki tarzda avtomatik ravishda taqqoslanadi va tekshiriladi.
🔹Yig‘im to‘langanidan so‘ng ariza va unga ilova qilingan hujjatlar “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali avtomatik tarzda litsenziyalovchi organga yuboriladi.
📑Litsenziyalovchi organ litsenziya berish yoki litsenziya berishni rad etish to‘g‘risidagi qarorni “Litsenziya” AT orqali qabul qiladi.
💁🏻♂️Qaror “Litsenziya” AT orqali real vaqt rejimida avtomatik tarzda talabgorning shaxsiy kabinetiga yuboriladi.
🌐Litsenziyalovchi organ arizani o‘z muddatida ko‘rib chiqib talabgorga litsenziya berish yoki uni berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilmasa, talabgor bu haqida litsenziyalovchi organni “Litsenziya” AT yoki YIDXP orqali elektron shaklda xabardor qilgan holda litsenziyalanadigan faoliyatni amalga oshirish huquqiga ega bo‘ladi.
👉🏻Litsenziya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
▪️litsenziya berilishi uchun zarur bo‘lgan hujjatlarning talabgor tomonidan to‘liq taqdim etilmaganligi;
▪️talabgorning litsenziya talablari va shartlariga muvofiq emasligi;
▪️talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda yolg‘on yoki noto‘g‘ri ma’lumotlarning mavjudligi;
▪️o‘rganishlar, tadqiqotlar, tekshirishlar yoki boshqa ilmiy va texnik baholashlarning yakunlari bo‘yicha asoslangan salbiy xulosa olinganligi.
Boshqa asoslarga ko‘ra, shu jumladan, litsenziya berish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan litsenziya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur qaror 2022-yil 1-martdan kuchga kiradi.

📑 Kadastr pasportini uydan chiqmagan holda olishni istaysizmi?
👨🏻💻 Unda barcha jarayonlardan my.gov.uz (Yagona portal) orqali o‘ting!
💁🏻♂️ Vaqtingiz va naqdingizni tejang!
📲 Xizmatdan quyidagi videoyo‘riqnoma yordamida foydalaning: 👇

Кадастр паспортини шакллантириш
👨🏻💻 Elektron davlat xizmatlarini qayerdan olish mumkin?
Albatta, my.gov.uz dan!
💁🏻♂️ Yoshi kattalar uchun
Yoshga doir, boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik bo‘yicha nafaqa, to‘langan pensiya va pensiya fondi hisobida turish-turmasligi to‘g‘risida ma’lumot, jamg‘arib boriladigan pensiya hisobvarag‘i holatini tekshirish va boshqalar.
▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=5
👨⚖️ Tadbirkorlar uchun
Tadbirkorlar ma’lumoti, biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish, tekshirish reja jadvalidan ko‘chirma, tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish va hokazo.
▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=19
👨🏫 Ta’lim uchun
My.gov.uz orqali farzandingizni bolalar bog‘chasiga navbatga qo‘yish, OTM imtihonlari natijalarini bilish, pedagog kadrlarni attestatsiyadan o‘tkazishga ariza berish, universitetlarga hujjat topshirish va boshqalar.
▪️ Xizmatlar ro‘yxatini ko‘rish: https://my.gov.uz/oz/all-services?id=8
💁🏻♂️ Qo‘shimcha tarzda
Xizmat muddatini tekshirish, turli ma’lumotnomalarni olish, avtotransport bilan bog‘liq xizmatlardan foydalanish yoki kredit tarixini bilish kabilarning barchasi my.gov.uz da onlayn ko‘rsatiladi.

My.gov.uz barchasi oilamiz uchun!
https://my.gov.uz/oz
Bilasizmi❓
✅ Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 12-oktyabrdagi qaroriga muvofiq, «Ayollar daftari» va «Temir daftar»ga kiritilgan oilalarning farzandlari hamda «Yoshlar daftari»ga kiritilgan yangi turmush qurgan yoshlarning yakka tartibdagi xonadonida qo‘shimcha uy-joy qurish uchun garovsiz 33 mln so‘mgacha kredit beriladi.

🚙 Haydovchilik guvohnomasini almashtirishga oz muddat qoldi
💁🏻♂️ Xabaringiz bo‘lsa, eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangisiga quyidagi muddatlarda almashtirilishi shart:
● 2010-yilgacha berilganlari – 2022-yil 31-martgacha;
● 2010 – 2012-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-iyungacha;
● 2013 – 2015-yillarda berilganlari – 2022-yil 30-sentyabrgacha;
● 2015-yildan keyin berilganlari – 2022-yil 31-dekabrgacha.
🤦♂️ Muddat yaqinlashgani sari Davlat xizmatlari markazlarida uzundan-uzun navbatlar yuzaga kelmoqda.
👨🏻💻 Bunga barham berish va jarayon tezlashishi uchun milliy haydovchilik guvohnomasi uchun arizani 24 soat davomida my.gov.uz orqali elektron tarzda yuboring.
🧏♂️ Ushbu zarurat tufayli davlat xizmatlaridan elektron ko‘rinishda foydalanish tajribangiz ham oshadi.
Xizmatdan foydalanish uchun videoyo‘riqnoma:
https://www.youtube.com/watch?v=B87Hxqnjhbk

Ҳайдовчилик гувохномасини янги намунадагисига алмаштиришга ариза юбориш
✍🏻 Rasmiy munosabat
🌐Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan "Haydovchilik guvohnomasini yo‘qotib qo‘ysangiz, uni tiklash uchun imtihondan o‘tishingiz kerak ekan" degan muhokamalarga javoban quyidagilarni ma’lum qiladi.
📝Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 4-maydagi 271-son qaroriga muvofiq Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida "Yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun ariza yuborish xizmati" ishga tushirilgan.
🧑🏻💻Bunda fuqaro tomonidan mazkur reglamentning 2-ilovasida keltirilgan hujjatlar taqdim etiladi.
♻️Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori 58-bandida: fuqaro 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqargan bo‘lsa, yo‘qolgan haydovchilik guvohnomasi imtihonlarsiz almashtirilishi belgilangan (mazkur qarorning 59-bandida 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqarganlik to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan).
🚙 Bordi-yu, fuqaro 12 oy davomida avtotransport vositasini boshqarganligi to‘g‘risidagi ma’lumotni taqdim eta olmasa, haydovchilik guvohnomasini tiklash uchun qayta nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi belgilab qo‘yilgan.
📲Shuningdek, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali bo‘yicha bildirilgan e’tiroz ham tezkor o‘rganilib, texnik xatoliklar bartaraf etildi.

👨🏻💻Yoshlar uchun ajoyib imkoniyat
💰Bugungi sarmoya ertaga oʼz mevasini berishi shubhasiz.
🧑🏻💻Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talaba-yoshlar uchun ajoyib imkoniyat joriy etilgan.
🌐 Yaʼni my.gov.uz orqali «Million dasturchi» loyihasi doirasida oʼquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlar kompyuter xaridi uchun isteʼmol krediti ajratish va foiz toʼlovlarini kompensatsiya qilishga ariza yuborishlari mumkin.
👉🏻Buning uchun ikki tomonlama kompyuter oldi-sotdi shartnomasi nusxasi boʼlsa bas.
📑Аriza 3 kundan 5 ish kunigacha koʼrib chiqiladi.
📌Xizmatdan foydalanish yoʼriqnomasi:https://youtu.be/iQOazQ7P19w

"Million dasturchi": kompyuter xaridi uchun foizsiz kredit
🗓 1-martdan nimalar o‘zgaradi❓
2022-yil 1-martdan O‘zbekiston qonunchiligida ayrim o‘zgarishlar ro‘y beradi. Quyida ularning elektron xizmatlarga bog‘liq qismlarini eslatib o‘tamiz.
➡️ Yonida biometrik pasport yoki ID-karta mavjud haydovchidan «prava», texpasport, ishonchnoma va sug‘urta polisi talab etilmaydi
✍ Prezident 2021 yil 30 noyabrda imzolagan O‘RQ-734-son qonunga asosan haydovchi yonida pasporti yoki ID-kartasi bo‘lganida quyidagi hujjatlarni olib yurishi talab etilmaydi:
• transportni boshqarish, ro‘yxatdan o‘tkazganlikka oid hujjatlar;
• ishonchnoma;
• sug‘urta polisi.
💁🏻♂ Bunda, ushbu hujjatlar mavjudligi YPX xodimi tomonidan elektron tizim orqali mustaqil tekshiriladi.
➡️ Yana 5 turdagi davlat xizmati my.gov.uz portali orqali onlayn ko‘rsatiladi
🧑🏻💻 Hukumatning 2021-yil 15-oktyabdagi 645-son qarori bilan quyidagi xizmatlar YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron shaklda ko‘rsatiladi:
• O‘zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
• chet davlatda O‘zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo‘yicha tegishli hujjatlar va ma’lumotnomalar olish;
• sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi ma’lumotlar olish;
• avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;
• jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.
➡️ IIV tizimidagi «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi
✍ Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 18-yanvardagi qaroriga ko‘ra, IIV «Topilmalar stoli» faoliyati tugatiladi.
💁🏻♂ Uning o‘rniga tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari tomonidan yo‘qolgan va topib olingan ashyolarni qabul qilish, saqlash va egalariga qaytarish yoki tegishli davlat tashkilotlariga topshirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi boshlanadi.
🧑✈️ Shuningdek, yo‘qolgan ashyolarni qidirish bo‘yicha murojaatlar YIDXP orqali ham qabul qilinishi yo‘lga qo‘yiladi.
➡️ «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi
✍Prezidentning 2021-yil 5-iyuldagi qarori bilan sud ekspertlari va ekspertiza to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yig‘ish, ularga ishlov berish jarayonlarini kompleks avtomatlashtirish, aholiga va vakolatli organlarga sud-ekspertlik faoliyatiga doir ma’lumotlarni yetkazish, ekspertiza harakatlarini amalga oshirishga aloqador tashkilotlar bilan axborot hamkorligining barcha turlarini ta’minlash uchun mo‘ljallangan «E-ekspertiza» yagona elektron axborot tizimi ishga tushiriladi.