my.gov.uz
220K subscribers
1.57K photos
116 videos
2 files
2.55K links
Rasmiy kanal

Fikringiz biz uchun muhim:
🤖 @MyGovRasmiyBot
📞 1242

✉️ epigu@egov.uz
🌐 my.gov.uz
🌐 e-gov.uz
📱@eGovUz

Youtube:
https://www.youtube.com/@mygovuzb
Facebook:
https://www.facebook.com/mygovuzb
Instagram:
https://www.instagram.com/my.gov.uz/
Download Telegram
🇺🇿 Davlat madhiyasi – bizni birlashtiruvchi daʼvatkor kuch

Hur va ozod O‘zbekistonimizning istiqlol kuyi mangu yangrasin!

Bayramingiz muborak bo‘lsin!

Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi jamoasi

📲 @MyGovUz

https://youtu.be/ExcTZ90AvRg
❗️E’lon!

🛠Yagona integrator “Uzinfocom” MChJning Ma’lumotlarni qayta ishlash markazida rejadan tashqari texnik ishlar olib borilayotganligi tufayli Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, Elektron hukumatning Yagona billing tizimi va Elektron hukumatning Idoralararo integratsion platformasida uzilishlar kuzatilmoqda.

⚙️Hozirda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha texnik ishlar olib borilmoqda.

Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz!

📲 @MyGovUz
❗️Объявление!

🛠В связи с проведением внеплановых технических работ в Центре обработки данных Единого интегратора ООО «Узинфоком» в работе Единого портала интерактивных государственных услуг, Единой биллинговой системы и платформы межведомственной интеграции электронного правительства наблюдаются перебои.

⚙️В настоящее время ведутся технические работы по устранению неполадок.

Приносим свои извинения за доставленные неудобства!

📲 @MyGovUz
🌐 Endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi

Videoselektor yig‘ilishida Prezident endokrinologiya xizmatini takomillashtirish bo‘yicha ko‘riladigan birinchi galdagi chora-tadbirlarni belgilab berdi:

🔎 kelgusi yildan 40 yoshdan oshgan barcha aholi (10 million nafar) yiliga kamida bir marta manzilli endokrin skriningdan o‘tkaziladi;

👩🏻‍⚕️ tibbiyot brigadalari va poliklinikalarning 14 mingdan ziyod oilaviy va ta’lim muassasalari shifokorlari endokrin kasalliklarni aniqlash va birlamchi yordam ko‘rsatishga o‘qitiladi;

🔬 har bir tibbiyot brigadasi ekspress-testlar o‘tkazish uchun glyukometr bilan ta’minlanadi;

👨🏻‍💻 Endokrin kasalliklar aniqlangan aholining yagona elektron reyestri ishga tushiriladi;

🏮 kelgusi yil 1 iyuldan 2 million nafar ayollar, 3-15 yoshdagi bolalar yod preparati bilan bepul ta’minlanadi;

💊 qandli diabet uchun metformin preparati 200 mingdan ziyod ehtiyojmand aholiga bepul tarqatiladi;

💉 bolalar va kattalarni odam insulini bilan bepul ta’minlash dasturi davom ettiriladi. Bunda ilk bor 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlarga analogli insulin beriladi.

📲 @MyGovUz
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi

“Bozor tamoyillariga asoslangan ipoteka kreditlari orqali aholini uy-joy bilan taʼminlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident farmoni (PF–33-son, 09.12.2021-y.) qabul qilindi.

🔰 Farmonga muvofiq, 2021-yil 10-dekabrdan:

daromadi yuqori bo‘lmagan va uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti bo‘yicha subsidiyalarni to‘lashda kvartira maydonining eng ko‘p meʼyorini belgilash amaliyoti bekor qilinadi;

dastlabki badalning bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – qatʼiy belgilangan 32 million so‘m miqdorida, foiz to‘lovlarining bir qismini qoplash uchun subsidiyalar – birinchi 5 yil davomida 10 foizdan oshgan qismiga to‘lanadi;

subsidiyalar sotib olinayotgan kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda ham to‘lanadi. Bunda, kvartiraning narxi ipoteka kreditining eng ko‘p miqdoridan oshgan taqdirda, qiymatning qolgan qismi qarz oluvchi tomonidan o‘z mablag‘lari hisobidan to‘lanadi;

fuqarolarga ipoteka kreditini olishda, birgalikda qarz oluvchi sifatida ular bilan birga yashamayotgan va yaqin qarindoshi bo‘lmagan boshqa shaxslarni ham jalb qilish huquqi beriladi.

🔄 Shuningdek, farmonga ko‘ra, elektron onlayn-auksion g‘oliblariga yer uchastkasi qiymatining 30 foizini auksion yakunlangan kundan boshlab 5 ish kunidan kechiktirmay, qolgan qismini 12 oy davomida teng miqdorda foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi.

📌 2022-yil 1-yanvardan pudrat tashkilotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan qurilishi tugallanmagan, tom yopish ishlari bajarilgan ko‘p kvartirali uy-joylarni kredit taʼminoti sifatida garovga taqdim etishi mumkin.

➡️ 2023-yil 1-yanvargacha sement mahsuloti (TIF TN kodi 2523) va energiya tejamkor bazalt qoplamalari (TIF TN kodi 6806 1000 08) importida bojxona bojining nol stavkasi qo‘llaniladi.

🏘 Bundan tashqari, 2022-yilda xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga 1 000 ta kvartira sotib olish choralari ko‘riladi.

🏦 Farmonga ko‘ra, 2022-yilda kvartiralar sotib olish va yakka tartibdagi uy-joylar qurish hamda rekonstruksiya qilish uchun jami 43 mingta ipoteka kreditlari ajratiladi.

📲 @MyGovUz
​​📝 Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish bo‘yicha videoyo‘riqnoma

🧑🏻‍💻 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar onlayn tarzda “Mehnat daftarchasidan ko‘chirma olish”lari mumkin.

💁🏻‍♂️ Buning uchun hech qanday hujjat talab qilinmaydi.

👏 Xizmat bir zumda va bepul taqdim etiladi.

🛃 Aholimiz ushbu elektron xizmat tufayli so‘ralgan ma’lumotni tegishli tashkilotga tezkor taqdim etish imkoniyatiga ega.

📲 @MyGovUz
‼️ "mGovAward 2021" tanlovi!

☑️ 2021-yil 11-dekabr kuni mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil etuvchi “mGovAward 2021” davlat mobil ilovalarini ishlab chiqish bo‘yicha respublika tanlovining ikkinchi to‘lqinining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

▫️ Tanlov haqida:
“MGovAward 2021” keng ko‘lamli respublika tanlovi bo‘lib, unda ishtirokchilar quyidagi 8 ta yo‘nalishdan biri bo‘yicha mobil ilova ishlab chiqishi zarur:

1. Ta’lim;
2. Sog‘liqni saqlash;
3. Turizm;
4. Transport va logistika;
5. Tadbirkorlik;
6. Ekologiya va toza energiya;
7. Moliya va soliqlar;
8. Qonunchilik.

👨🏻‍💻 Tanlovda O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari talabalari, shuningdek, umumta’lim va o‘rta maxsus maktab o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin.

👉 Tanlovda qatnashish uchun jamoani yig‘ish, ro‘yxatdan o‘tish va loyiha haqida video taqdim etish kerak.

Batafsil: https://clck.ru/ZJsZJ

📲@MyGovUz
‼️ Конкурс «mGovAward 2021»!

☑️ 11 декабря 2021 года состоялась церемония открытия второй волны республиканского конкурса по разработке государственных мобильных приложений «mGovAward 2021», призовой фонд которого составляет $100 000.

▫️ О конкурсе:
«mGovAward 2021» — это масштабный республиканский конкурс, участники которого должны разработать мобильное приложение в одном из 8 направлений:

1. Образование;
2. Здравоохранение;
3. Туризм;
4. Транспорт и логистика;
5. Предпринимательство;
6. Экология и чистая энергия;
7. Финансы и налоги;
8. Законодательство.

👨🏻‍💻 Принять участие в конкурсе могут студенты ВУЗов, а также ученики общеобразовательных и средне-специальных школ Узбекистана.

👉 Для того, чтобы принять участие в конкурсе, нужно собрать команду, пройти регистрацию и предоставить видеоролик о проекте.

Подробнее: https://clck.ru/ZJsXa

📲@MyGovUz
​​​​🟢 Bilasizmi?

💁🏻‍♂ Chegirmaga haqli shaxslar bor!


🧑🏻‍💻 Hamma ham Yagona portal (my.gov.uz)dan foydalanishda kimlar uchun chegirmalar borligini bilishmasa kerak.

🛂 «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari markazlari va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini ko‘rsatishda qonunchilik hujjatlarida belgilangan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlar bo‘yicha 50 foiz miqdorida chegirma qo‘llaniladi (tadbirkorlik faoliyati maqsadlarida yoki yuridik shaxslar vakili sifatida murojaat qilingan holatlar bundan mustasno).

Davlat xizmatlari markazlari, «Litsenziya» axborot tizimi hamda YaIDXP orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilganda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

📲@MyGovUz
💧Toshkentda “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha loyiha amalga oshiriladi

🇰🇷 Koreya Respublikasining Korea Water Resources Corporation (“K-water”), Shin Dong-A Electronics Co., LTD va «O‘zsuvta’minot» AJ tomonidan O‘zbekistonda “aqlli” suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Ushbu loyiha asosida O‘zbekistonda “aqlli” texnologiyalar yordamida suv iste’molini aniq hisoblash ko‘zda tutilgan.

➡️ Loyihani amalga oshirish uchun pilot hudud sifatida Toshkent shahrining Mirobod tumani tanlangan.

📲@MyGovUz
Forwarded from e-gov.uz
Notariat, advokatura va davlat xizmatlari sohasida yangi takliflar

«...Hozirgi kunda bizda ma’lumotlarni saqlovchi va qayta ishlovchi yagona baza yo‘q. Elektron hukumatga mustahkam poydevor qo‘ymay turib, uning ustiga boshqalarini quravergan bilan kelajakda kutilgan samaradorlikka erisholmaymiz. Shu sababdan muhtaram prezidentimiz 2022-yil birinchi yarmiga qadar Elektron hukumatning yagona ma’lumotlarni qayta ishlash markazini qurib bitkazish hamda unga barcha vazirlik va idoralardagi ma’lum bir tizimlarni bosqichma-bosqich o‘tkazish topshirig‘ini berdilar...», – deydi xalqaro konferensiyada so‘zga chiqqan Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi direktori Bahrom Ziyayev.

➡️ Batafsil: link.egov.uz/a7f9

👉@eGovUz
​​🟢 Bilasizmi?

💁🏻‍♂️ Talabalarni ijaraga qo‘yayotgan fuqarolar uchun yangilik

🏠 Hozirgi kunda ijaraga uy izlagan yoki yaxshi ijarachi kelishini kutayotganlar ko‘p. Bu, ayniqsa, talabalarning eng og‘riqli nuqtasi...

📝 Yaqin-yaqingacha ijara shartnomasini tuzish uchun har ikkala tomon soliq organlariga borishga majbur edi. Mazkur xizmatning elektron tarzda yo‘lga qo‘yilishi esa odamlarning vaqti va naqdi tejalishiga olib keldi.

🧑🏻‍💻 Bugun ushbu shartnomani Yagona portal orqali ro‘yxatdan o‘tkazganlar uning aholi uchun katta yengillik bo‘lganini ta’kidlashmoqda. Chunki xizmat bepul va hech qanday hujjat talab etilmaydi. Jarayonlar avtomatlashtirilgani hisobiga natija ham bir zumda.

☝️ Yana bir qulayligi – xizmatdan foydalanishda elektron raqamli imzo talab etilmaydi.

🙅🏻‍♂️ Bu bir nechta talabani ijaraga qo‘yayotgan fuqarolar uchun yaxshi yangilik, nazarimizda. Axir, hammasi qonuniy bo‘lsa, hech kim sizni bezovta qilmaydi.

💁🏻‍♂️ Shu masala ustida bosh qotirayotganlarga esa maxsus videoqo‘llanmamiz qo‘l keladi:👇
Forwarded from e-gov.uz
🌐 Raqamlashtirish bo‘yicha O‘zbekiston tajribasi taqdimot qilindi

🧑🏻‍💻Misrning Sharm-el-Shayx shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi ishtirokchi davlatlarining 9-Konferensiyasi doirasida BMT TD tomonidan tashkil etilgan «Raqamlashtirish - korrupsiyaga qarshi kurashishda "kumush o‘q" hisoblanadimi? Yetakchi amaliyotchilardan saboqlar» mavzusida maxsus sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

❇️ Unda qisqa vaqt ichida O‘zbekiston amalga oshirgan ishlar ko‘lami to‘g‘risida ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, 160 dan ortiq davlat xizmatlarining raqamli tizimga o‘tkazilgani, bir qator ochiq ma’lumotlar portali (xarid.uz, data.gov.uz, my.gov.uz, openbudget.uz) yaratilgani ushbu yo‘nalishlarda korrupsiyaning sezilarli ravishda kamayishiga hamda jamoatchilik nazoratining o‘rnatilishiga sabab bo‘lgani qayd etildi.

➡️ Batafsil: link.egov.uz/68e4

👉@eGovUz