HAYOT FALSAFASI
Dildan uziladi yaproqlardek g‘am,
Endi ruhimizni qiynamas ortiq.
Hayot falsafasin anglatib olam,
Turli sinovlarin qiladi tortiq.
Poyimizga to‘shar zar gilamini,
Saroblar xazonga aylangan chog‘i.
Nafasi-la, olar ko‘ngil g‘amini,
Dardlari to‘kilgan umrimiz bog‘i.
Olis manzillarni ko‘zlab qush kabi,
Uzoq xayollarga toladi inson.
Qancha saboq bersin hayot maktabi,
Lek, yalong‘och qolar qalbimiz hamon.
Bugun, erta safar qilmog‘imiz bor,
Bilmaymiz qaylarga elitar yo‘llar.
Goh visol onlarin kutib intizor,
Kengayib boradi qaqragan cho‘llar.
Quyosh ham biroz yuz o‘girdi go‘yo,
U ham charchagandek, tin olar biroz.
Ammo farzandimning o‘ylari, ro‘yo
Shirin orzularda qilmoqda parvoz...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Dildan uziladi yaproqlardek g‘am,
Endi ruhimizni qiynamas ortiq.
Hayot falsafasin anglatib olam,
Turli sinovlarin qiladi tortiq.
Poyimizga to‘shar zar gilamini,
Saroblar xazonga aylangan chog‘i.
Nafasi-la, olar ko‘ngil g‘amini,
Dardlari to‘kilgan umrimiz bog‘i.
Olis manzillarni ko‘zlab qush kabi,
Uzoq xayollarga toladi inson.
Qancha saboq bersin hayot maktabi,
Lek, yalong‘och qolar qalbimiz hamon.
Bugun, erta safar qilmog‘imiz bor,
Bilmaymiz qaylarga elitar yo‘llar.
Goh visol onlarin kutib intizor,
Kengayib boradi qaqragan cho‘llar.
Quyosh ham biroz yuz o‘girdi go‘yo,
U ham charchagandek, tin olar biroz.
Ammo farzandimning o‘ylari, ro‘yo
Shirin orzularda qilmoqda parvoz...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Forwarded from HAMID IKROM (Hamid Ikrom)
SHOIR
Xayol dengizida g‘arq bo‘lib ko‘ngil,
Hayot kemasida ruhsiz tanam bor.
Ummonning oxiri — qaydadir sohil,
Lek bo‘lur o‘ylari cheksiz ijodkor.
Samoga boqaman, to‘lin oy nuri,
To‘yib qondiraman ruhim chanqog‘in.
Negadir yolg‘izlik shoir shuuri,
Qalamdan bo‘shatmas nechun barmog‘in.
Men dilim ohini to‘kib solaman,
Oppoq qog‘oz yuzi qorayib ketar.
So‘ng biroz mavhum bir o‘yga tolaman,
Uning dunyosida she’rim tez bitar.
Yurak sirlarimning sirdoshi o‘zi,
Sodiq do‘stim o‘zi — suhbatdosh, darddosh.
Gohi qalamimdan o‘tkirroq ko‘zi,
Mening taqdirimda o‘zi yelkadosh.
Ilinjim, o‘tinchim, yupanchim bari,
Senda biroz ruhim oladi orom.
Yulduzli samoning yorqin nurlari,
Yo‘limni yoritib turar bir marom...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Xayol dengizida g‘arq bo‘lib ko‘ngil,
Hayot kemasida ruhsiz tanam bor.
Ummonning oxiri — qaydadir sohil,
Lek bo‘lur o‘ylari cheksiz ijodkor.
Samoga boqaman, to‘lin oy nuri,
To‘yib qondiraman ruhim chanqog‘in.
Negadir yolg‘izlik shoir shuuri,
Qalamdan bo‘shatmas nechun barmog‘in.
Men dilim ohini to‘kib solaman,
Oppoq qog‘oz yuzi qorayib ketar.
So‘ng biroz mavhum bir o‘yga tolaman,
Uning dunyosida she’rim tez bitar.
Yurak sirlarimning sirdoshi o‘zi,
Sodiq do‘stim o‘zi — suhbatdosh, darddosh.
Gohi qalamimdan o‘tkirroq ko‘zi,
Mening taqdirimda o‘zi yelkadosh.
Ilinjim, o‘tinchim, yupanchim bari,
Senda biroz ruhim oladi orom.
Yulduzli samoning yorqin nurlari,
Yo‘limni yoritib turar bir marom...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Forwarded from YouTube Downloader
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Abdulla Qahhorning "Bemor" hikoyasi
Qor yog‘ar...
Qor yog‘ar, iymondek pokiza,
Qor yog‘ar, armonlar erigach.
Qor yog‘ar, osmonning chokicha,
Haqning Rahmatiga erishgach!
Qor yog‘ar dillarni erkalab,
Qor yog‘ar, ko‘zlarda sevinch bor.
Ezgulik ulashib ertalab,
Yo‘llarga to‘shalmish oppoq qor.
Maylida, Allohning ne'mati,
Osmonning bag‘richa cheksiz qor.
Yil bo‘yi dehqonning zahmati,
Biroz tin olgani qishi bor.
Qir-u, adirlarda, tog‘larda.
Bo‘ralab yog‘aver oppoq qor,
Dala-yu, dashtlarda, bog‘larda,
Bo‘lsin hosillarga xirmon tor!
Daryo va soylarda suvlar mo‘l,
Oqadi bahorda, ilohim!
Zora to‘lib-toshib ketsa ko‘l,
Orolga nazar sol, Allohim!
Sen O‘zing yo‘qdan bor qilguvchi,
Qishmi, yozmi, bahor, kuzda ham!
Ertamiz taqdirin bilguvchi,
Berguvchi O‘zingsan shodlik-g‘am!
Yog‘ayotgan qorda ne sir bor,
Balki rizq-ro‘zimiz bepayon!
Barini xohlasang qil oshkor,
Foydalisin bergin har qachon!
Qor yog‘ar, umidli qalblar shod,
Orzular maktubin bitar yor.
Sog‘inchli dil rozi hur, ozod,
Parcha-parcha tushar beozor!
Unda sevgi to‘la poklik bor,
Unda dillashadi dilso‘zlar!
Uni kutganimdek kutdim zor,
Yog‘ishing to‘rt bo‘lib bu ko‘zlar!
VATANIM yo‘lida oqlik bo‘l,
Istiqbolning oydin manzili.
Sendan so‘ng yashnasin dashtu cho‘l,
Iymondan so‘zlasa xalq tili!
Yog‘aver, poklikda surating,
Qadring shuning ila ziyoda.
Allohim cheksizdir qudrating,
Uni manfaatli qil dunyoda!
Sinoving haq erur, shiddat-la,
Birgina zarrangda ne azob!
Bizlarga Rahm qil shafqat-la,
Bilamiz, Rahmating behisob!
Har bir qor parchasi sonicha,
Banda gunohlarin kech Alloh!
Sen O‘zing yaratding boricha,
Bormi Sendan bo‘lak begunoh!
Gumrohligimizning cheki yo‘q,
Undanda behisob Ne'mating!
Kechirguvchi O‘zing, ko‘nglim to‘q,
Qor-la, yog‘ilmish ko‘p hikmating!
Yog‘aver, oppoq qor, yog‘aver,
Haq yo‘lga hidoyat etsang, bas!
Diningda sobit qil, iymon ber,
Ezgulik yo‘lida bo‘lsin kas.
Qor yog‘ar dillarni erkalab,
Qor yog‘ar, ko‘zlarda sevinch bor.
Ezgulik ulashib ertalab,
Yo‘llarga to‘shalmish oppoq qor...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Qor yog‘ar, iymondek pokiza,
Qor yog‘ar, armonlar erigach.
Qor yog‘ar, osmonning chokicha,
Haqning Rahmatiga erishgach!
Qor yog‘ar dillarni erkalab,
Qor yog‘ar, ko‘zlarda sevinch bor.
Ezgulik ulashib ertalab,
Yo‘llarga to‘shalmish oppoq qor.
Maylida, Allohning ne'mati,
Osmonning bag‘richa cheksiz qor.
Yil bo‘yi dehqonning zahmati,
Biroz tin olgani qishi bor.
Qir-u, adirlarda, tog‘larda.
Bo‘ralab yog‘aver oppoq qor,
Dala-yu, dashtlarda, bog‘larda,
Bo‘lsin hosillarga xirmon tor!
Daryo va soylarda suvlar mo‘l,
Oqadi bahorda, ilohim!
Zora to‘lib-toshib ketsa ko‘l,
Orolga nazar sol, Allohim!
Sen O‘zing yo‘qdan bor qilguvchi,
Qishmi, yozmi, bahor, kuzda ham!
Ertamiz taqdirin bilguvchi,
Berguvchi O‘zingsan shodlik-g‘am!
Yog‘ayotgan qorda ne sir bor,
Balki rizq-ro‘zimiz bepayon!
Barini xohlasang qil oshkor,
Foydalisin bergin har qachon!
Qor yog‘ar, umidli qalblar shod,
Orzular maktubin bitar yor.
Sog‘inchli dil rozi hur, ozod,
Parcha-parcha tushar beozor!
Unda sevgi to‘la poklik bor,
Unda dillashadi dilso‘zlar!
Uni kutganimdek kutdim zor,
Yog‘ishing to‘rt bo‘lib bu ko‘zlar!
VATANIM yo‘lida oqlik bo‘l,
Istiqbolning oydin manzili.
Sendan so‘ng yashnasin dashtu cho‘l,
Iymondan so‘zlasa xalq tili!
Yog‘aver, poklikda surating,
Qadring shuning ila ziyoda.
Allohim cheksizdir qudrating,
Uni manfaatli qil dunyoda!
Sinoving haq erur, shiddat-la,
Birgina zarrangda ne azob!
Bizlarga Rahm qil shafqat-la,
Bilamiz, Rahmating behisob!
Har bir qor parchasi sonicha,
Banda gunohlarin kech Alloh!
Sen O‘zing yaratding boricha,
Bormi Sendan bo‘lak begunoh!
Gumrohligimizning cheki yo‘q,
Undanda behisob Ne'mating!
Kechirguvchi O‘zing, ko‘nglim to‘q,
Qor-la, yog‘ilmish ko‘p hikmating!
Yog‘aver, oppoq qor, yog‘aver,
Haq yo‘lga hidoyat etsang, bas!
Diningda sobit qil, iymon ber,
Ezgulik yo‘lida bo‘lsin kas.
Qor yog‘ar dillarni erkalab,
Qor yog‘ar, ko‘zlarda sevinch bor.
Ezgulik ulashib ertalab,
Yo‘llarga to‘shalmish oppoq qor...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
YILNING AYOLI
Tug‘ilib jannatga yo‘l bo‘lgan o‘zing,
O‘likka jon bergan Masih har so‘zing,
Farhodni majnunga aylagan ko‘zing,
Qadamlari qutlug‘ — yilning ayoli!
Kelinlik onidan sharafli xizmat,
Otayu onadan olmish ko‘p hikmat.
Har bir yumushlarni qilar beminnat,
Qadring bo‘lsin ulug‘ yilning ayoli!
Oila — muqaddas, farzand — muqaddas,
SHu oliy maqsad deb oladi nafas,
Farishtalar senga qilsinlar havas,
Doimo suyuksan yilning ayoli!
Olam sen bo‘lmasang, bo‘larmi makon,
Beshigingsiz biror tug‘ilmas inson.
Daho chiqarmidi bermasang imkon,
Doimo buyuksan yilning ayoli!
Sen oliy maqomsan — Allohning nuri,
Nekbin qalblar aro so‘nmas shuuri.
CHo‘qqidek bukilmas Odam g‘ururi,
Samodan yuksaksan yilning ayoli!
Tundagi oy o‘zi, kunning quyoshi,
Hayot daryosida dunyo xayoli.
Onalik mehrida ota bardoshi,
Manguga keraksan yilning ayoli!..
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Tug‘ilib jannatga yo‘l bo‘lgan o‘zing,
O‘likka jon bergan Masih har so‘zing,
Farhodni majnunga aylagan ko‘zing,
Qadamlari qutlug‘ — yilning ayoli!
Kelinlik onidan sharafli xizmat,
Otayu onadan olmish ko‘p hikmat.
Har bir yumushlarni qilar beminnat,
Qadring bo‘lsin ulug‘ yilning ayoli!
Oila — muqaddas, farzand — muqaddas,
SHu oliy maqsad deb oladi nafas,
Farishtalar senga qilsinlar havas,
Doimo suyuksan yilning ayoli!
Olam sen bo‘lmasang, bo‘larmi makon,
Beshigingsiz biror tug‘ilmas inson.
Daho chiqarmidi bermasang imkon,
Doimo buyuksan yilning ayoli!
Sen oliy maqomsan — Allohning nuri,
Nekbin qalblar aro so‘nmas shuuri.
CHo‘qqidek bukilmas Odam g‘ururi,
Samodan yuksaksan yilning ayoli!
Tundagi oy o‘zi, kunning quyoshi,
Hayot daryosida dunyo xayoli.
Onalik mehrida ota bardoshi,
Manguga keraksan yilning ayoli!..
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Forwarded from Lider ustozlar kanali (⸙ꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋꠋ🅼︎🅸︎🆂︎🆂︎🅸︎🆂︎🌼)
#ИБРАТ
Kамбағаллик бошига тушган бир бева аёл олти яшар ўғли билан бирга яшар, зўрға кун кечиришар эди. Бахтга қарши аёл бетоб бўлиб қолди, уйда на егулик, на дори дармон бор. Она соғайгунча ҳеч қаердан на пул ва на овқат келиши даргумон. Олти яшар ўғил онасига дори ва егулик топгани бозорга бориб, бироз тиламчилик қилиб, уни буни этагига зор нигоҳлари билан ёпишди. Ҳеч ким унга парво хам қилмасди. Кўз олдидан онажонисининг қийналаётгани кетмас, нима бўлсаям дори ва егулик олиб бориш учун аввал дорихонага кириб онасига врач ёзиб берган дорилар рўйхатини кўрсатди. Дорихоначи дориларни болакайга тутқазиб,пулни беришни сўради. Болакайда пул йўқ, дориларни қучоқлаганча бор кучи билан дорихонадан чиқиб бозор оралаб қочди. Дорихоначи "ўғрини тутинглар!" деб , бутун бозорга жар солиб, уни қувиб кетти. Шу пайт егулик сотиб ўтирган бир амаки болани тутиб олди. Дорихоначи келиб болакайни турта кетти. Ҳалиги амаки эса уни айириб,болакайдан нега бундай қилганини сўради. Болакай онаси бетоблигини ва унга дори дармон ва егулик кераклигини , пули йўқлигини айтиб ҳунграб йиғлаб юборди. Шунда сотувчи амаки қизига кассадаги пулни ва егулик олиб келишини буюрди. Дорихоначига дорини пулини тўлаб, егуликни болани қўлига тутқазиб , "тез бор онангни олдига ", деди. Йиллар ўтиб сотувчи амаки қариб, ишдан қолиб, оғир бетоб бўлиб шаҳар касалхонасига қизи олиб келди .Врачлар текшириб касали оғир ва жарроҳликни тезда ўтказиш кераклигини ва қанча пул кераклигини , эртагаёқ етказиб келишлиги шартлигини айтишди. Қиз бечора уйига қариндошлардан ёрдам сўрашу чун қайтди. Аммо улар айтган пулни тополмади. Кечаси билан Аллоҳга дуо қилиб чиқди. Эртасига касалхонага Аллоҳдан умид билан борди. Не кўз билан кўрсинки отасини операция (жарроҳлик) қилишган , отаси у келганида хуши ўзига келганди. Қиз отасининг ҳаётга қайтганини кўриб хурсанд бўлди, аммо пулини кандай тўлашни, энди нима қилишни билмасди. Ҳамшираларни чақириб даволаш нархи ёзилган чекни қаердан олишни сўради. Ҳамшира бош врач ҳузурига киришлигини ўша ерда тўлайсиз , -деди. Қиз бош врачни олдига кирди ва пули йўқ бўлсаям қанча сарф ҳаражат кетганлигини сўради. Врач унга тўлов чекини тутқазди. Қиз чекни қўрқа қўрқа очиб қаради ва кўзларига ишонмай йиғлаб юборди. Чекда " 0000000000 доллар ва тўлов алла қачон ўттиз йил олдин тўланган " деб ёзилганди. Бу бош врач ўша, ҳа, ўша болакай эди. Онасини ҳаётини сақлаб қолган инсонни унутмаган, яхшилиги ҳаққи ҳурматига яхши ўқиб катта врач бўлганди......!
Kамбағаллик бошига тушган бир бева аёл олти яшар ўғли билан бирга яшар, зўрға кун кечиришар эди. Бахтга қарши аёл бетоб бўлиб қолди, уйда на егулик, на дори дармон бор. Она соғайгунча ҳеч қаердан на пул ва на овқат келиши даргумон. Олти яшар ўғил онасига дори ва егулик топгани бозорга бориб, бироз тиламчилик қилиб, уни буни этагига зор нигоҳлари билан ёпишди. Ҳеч ким унга парво хам қилмасди. Кўз олдидан онажонисининг қийналаётгани кетмас, нима бўлсаям дори ва егулик олиб бориш учун аввал дорихонага кириб онасига врач ёзиб берган дорилар рўйхатини кўрсатди. Дорихоначи дориларни болакайга тутқазиб,пулни беришни сўради. Болакайда пул йўқ, дориларни қучоқлаганча бор кучи билан дорихонадан чиқиб бозор оралаб қочди. Дорихоначи "ўғрини тутинглар!" деб , бутун бозорга жар солиб, уни қувиб кетти. Шу пайт егулик сотиб ўтирган бир амаки болани тутиб олди. Дорихоначи келиб болакайни турта кетти. Ҳалиги амаки эса уни айириб,болакайдан нега бундай қилганини сўради. Болакай онаси бетоблигини ва унга дори дармон ва егулик кераклигини , пули йўқлигини айтиб ҳунграб йиғлаб юборди. Шунда сотувчи амаки қизига кассадаги пулни ва егулик олиб келишини буюрди. Дорихоначига дорини пулини тўлаб, егуликни болани қўлига тутқазиб , "тез бор онангни олдига ", деди. Йиллар ўтиб сотувчи амаки қариб, ишдан қолиб, оғир бетоб бўлиб шаҳар касалхонасига қизи олиб келди .Врачлар текшириб касали оғир ва жарроҳликни тезда ўтказиш кераклигини ва қанча пул кераклигини , эртагаёқ етказиб келишлиги шартлигини айтишди. Қиз бечора уйига қариндошлардан ёрдам сўрашу чун қайтди. Аммо улар айтган пулни тополмади. Кечаси билан Аллоҳга дуо қилиб чиқди. Эртасига касалхонага Аллоҳдан умид билан борди. Не кўз билан кўрсинки отасини операция (жарроҳлик) қилишган , отаси у келганида хуши ўзига келганди. Қиз отасининг ҳаётга қайтганини кўриб хурсанд бўлди, аммо пулини кандай тўлашни, энди нима қилишни билмасди. Ҳамшираларни чақириб даволаш нархи ёзилган чекни қаердан олишни сўради. Ҳамшира бош врач ҳузурига киришлигини ўша ерда тўлайсиз , -деди. Қиз бош врачни олдига кирди ва пули йўқ бўлсаям қанча сарф ҳаражат кетганлигини сўради. Врач унга тўлов чекини тутқазди. Қиз чекни қўрқа қўрқа очиб қаради ва кўзларига ишонмай йиғлаб юборди. Чекда " 0000000000 доллар ва тўлов алла қачон ўттиз йил олдин тўланган " деб ёзилганди. Бу бош врач ўша, ҳа, ўша болакай эди. Онасини ҳаётини сақлаб қолган инсонни унутмаган, яхшилиги ҳаққи ҳурматига яхши ўқиб катта врач бўлганди......!
BAXT
Baxt so‘zi olamni bezagan,
Gullarga quchog‘ing to‘ldirib.
– Baxt, o‘zi ne? – deya izlagan,
Har inson topganmi qidirib?..
Qog‘ozga to‘kilgan qalamning,
Ko‘ngil-la, sirlashgan so‘zlarmi?
Onasin sog‘ingan bolamning
Umid-la, termulgan ko‘zlarmi?
Qirning bag‘ridagi lolalar,
Yal-yal ko‘zlarimda yonadi.
Bog‘dagi sho‘x-shodon bolalar,
G‘am to‘la sharlarni yoradi.
Ularda sevinch bor tog‘dayin,
Qayg‘uga o‘rin yo‘q yurakda.
G‘uborlar kezmoqda atayin,
Bo‘sh qalbni qidirib falakda.
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Baxt so‘zi olamni bezagan,
Gullarga quchog‘ing to‘ldirib.
– Baxt, o‘zi ne? – deya izlagan,
Har inson topganmi qidirib?..
Qog‘ozga to‘kilgan qalamning,
Ko‘ngil-la, sirlashgan so‘zlarmi?
Onasin sog‘ingan bolamning
Umid-la, termulgan ko‘zlarmi?
Qirning bag‘ridagi lolalar,
Yal-yal ko‘zlarimda yonadi.
Bog‘dagi sho‘x-shodon bolalar,
G‘am to‘la sharlarni yoradi.
Ularda sevinch bor tog‘dayin,
Qayg‘uga o‘rin yo‘q yurakda.
G‘uborlar kezmoqda atayin,
Bo‘sh qalbni qidirib falakda.
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
SHodlik va qayg‘u
Shodlik quchog‘iga kirganim chog‘i,
Xayol ummonida cho‘kib boraman.
Senga yetishdimu, toqatim tog‘i,
Yo‘qlik osmonida o‘ksib qolaman.
Men dardni o‘zimga sotib olaman,
Tashvishlar go‘yoki kamlik qilganday.
Ilm deb ostonang yotib olaman,
Kimlar yuk ortishar hammol bilganday.
Insonman, insondek ehtiyojim bor,
Oilam, qo‘limga termular bolam.
Ne qilay o‘zimda emas ixtiyor,
O‘zim tanlagan yo‘l, ichimda nolam.
Muhtojlik neligin muhtojdan so‘ra,
So‘rama muhtojlik begona kasdan.
Yaxshilik qil suvga sen undan ko‘ra,
Baliq bilsa bilar, kutma nokasdan.
Sabr qil deydi-yu, mushtipar onam,
Mungli ko‘zlarida tomchilaydi yosh.
Qabrga borishar shohu gado ham,
Nahot, shunga qadar yetmasa bardosh.
Yo‘qchilik yiqitar yigit zo‘rini,
Deganida kimlar haqligicha bor.
Seni ovlaganday zaxmat to‘rini,
Ustingga otishib, berishar ozor.
Menga yupanch bo‘lar beg‘ubor ko‘zlar,
Qiyqirib, chopqillab yurgan bolalik.
Kelajak haqida ertagin so‘zlar,
Orzudan tilloga teng talabalik!..
Bu kunlar bir kuni bo‘lar xotira,
Yaxshi ham, yomon ham o‘tkinchi karvon.
SHuning uchun ko‘ngil bo‘lmasin xira,
To‘xtama, yo‘lingda davom et ravon.
Bu dunyo charxpalak, aylanar rosa,
Uning cho‘michlari suv emas doim.
Inson inson ila qilsa murosa,
Balki, bo‘lmas aslo qiyomat qoyim.
Dardim daryosida, dunyo poyida,
Osmonning qulablar tushganin ko‘rdim.
Ko‘kka boqdim, ammo turar joyida,
Oyning yulduzlardan kokilin o‘rdim.
Hasrat olovi ham kerak qish uchun,
Gohida muzlagan qalblar tirilar.
Lekin ko‘rsatadi muhabbat kuchin,
Uning atrofida baxtlik terilar.
Uning talabalik degan bor nomi,
Minglab quvonch, shodlik uchar osmonda.
Biroz buzilmasin uning oromi,
Qolmasin orzular shirin armonda!..
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Shodlik quchog‘iga kirganim chog‘i,
Xayol ummonida cho‘kib boraman.
Senga yetishdimu, toqatim tog‘i,
Yo‘qlik osmonida o‘ksib qolaman.
Men dardni o‘zimga sotib olaman,
Tashvishlar go‘yoki kamlik qilganday.
Ilm deb ostonang yotib olaman,
Kimlar yuk ortishar hammol bilganday.
Insonman, insondek ehtiyojim bor,
Oilam, qo‘limga termular bolam.
Ne qilay o‘zimda emas ixtiyor,
O‘zim tanlagan yo‘l, ichimda nolam.
Muhtojlik neligin muhtojdan so‘ra,
So‘rama muhtojlik begona kasdan.
Yaxshilik qil suvga sen undan ko‘ra,
Baliq bilsa bilar, kutma nokasdan.
Sabr qil deydi-yu, mushtipar onam,
Mungli ko‘zlarida tomchilaydi yosh.
Qabrga borishar shohu gado ham,
Nahot, shunga qadar yetmasa bardosh.
Yo‘qchilik yiqitar yigit zo‘rini,
Deganida kimlar haqligicha bor.
Seni ovlaganday zaxmat to‘rini,
Ustingga otishib, berishar ozor.
Menga yupanch bo‘lar beg‘ubor ko‘zlar,
Qiyqirib, chopqillab yurgan bolalik.
Kelajak haqida ertagin so‘zlar,
Orzudan tilloga teng talabalik!..
Bu kunlar bir kuni bo‘lar xotira,
Yaxshi ham, yomon ham o‘tkinchi karvon.
SHuning uchun ko‘ngil bo‘lmasin xira,
To‘xtama, yo‘lingda davom et ravon.
Bu dunyo charxpalak, aylanar rosa,
Uning cho‘michlari suv emas doim.
Inson inson ila qilsa murosa,
Balki, bo‘lmas aslo qiyomat qoyim.
Dardim daryosida, dunyo poyida,
Osmonning qulablar tushganin ko‘rdim.
Ko‘kka boqdim, ammo turar joyida,
Oyning yulduzlardan kokilin o‘rdim.
Hasrat olovi ham kerak qish uchun,
Gohida muzlagan qalblar tirilar.
Lekin ko‘rsatadi muhabbat kuchin,
Uning atrofida baxtlik terilar.
Uning talabalik degan bor nomi,
Minglab quvonch, shodlik uchar osmonda.
Biroz buzilmasin uning oromi,
Qolmasin orzular shirin armonda!..
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
BAXT
Dunyo turli-tuman imtihon uyi,
Unda tasodiflar, mavhumotlar ko‘p.
Gohi aks etadi mungli dard o‘yi,
Odamzodga bekor berilganmi cho‘p.
Alloh bandasiga istamas azob,
Lek inson bir-birin qo‘ymaydi hech tinch.
Yuzi ham qalbidek soxtakor niqob,
Fisqu fasod istab qilishar o‘tinch.
Men baxtni kimgadir bera olaman,
Lek uning shodligi yolg‘iz Allohdan!
Ba'zi kimsalardan hayron qolaman,
Baxtsizligin izlar hatto arvohdan.
Men sahroyi bo‘lsam, taqdirim shuldir,
Lek havas qilaman ahli vohaga.
Hasad qilsam agar bo‘lganim kuldir,
Afzali bog‘ unsin guldan sohaga.
Ishoning, do‘stlarim baxt bu — o‘zimiz,
Baxtsizlik bolasin ota-onasi.
Dunyoga qandayin boqsa ko‘zimiz,
SHundayin yaralar baxt koshonasi.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Dunyo turli-tuman imtihon uyi,
Unda tasodiflar, mavhumotlar ko‘p.
Gohi aks etadi mungli dard o‘yi,
Odamzodga bekor berilganmi cho‘p.
Alloh bandasiga istamas azob,
Lek inson bir-birin qo‘ymaydi hech tinch.
Yuzi ham qalbidek soxtakor niqob,
Fisqu fasod istab qilishar o‘tinch.
Men baxtni kimgadir bera olaman,
Lek uning shodligi yolg‘iz Allohdan!
Ba'zi kimsalardan hayron qolaman,
Baxtsizligin izlar hatto arvohdan.
Men sahroyi bo‘lsam, taqdirim shuldir,
Lek havas qilaman ahli vohaga.
Hasad qilsam agar bo‘lganim kuldir,
Afzali bog‘ unsin guldan sohaga.
Ishoning, do‘stlarim baxt bu — o‘zimiz,
Baxtsizlik bolasin ota-onasi.
Dunyoga qandayin boqsa ko‘zimiz,
SHundayin yaralar baxt koshonasi.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Forwarded from HAMID IKROM (Ochun)
BOLA KULGUSI
Zaminning lolasi u,
Kulgusi quyosh misol.
Dunyoning bolasi u
Har on ko'kdagi hilol.
Qalbi shodlik osmoni,
Beg'ubordir o'ylari.
Usiz o'tmas bayramu
O'zbegimning to'ylari.
Yuzidagi tabassum,
Qalbni eritguvchi nur.
Ko‘zidagi dur ma'sum,
So‘zlaganda dil masrur.
Xonadon chirog'i ham,
Kattalar ardog‘i ham.
Qalbi beg‘uboriy chun
Usiz ko'ngil bog'i g'am.
Hayot unda quvonchli,
Orzu uning osmoni.
Sirdoshing u "ishonchli",
Ustuni u dunyoni.
Bola borki bo‘lsin shod,
Yayrasin yeldek yelib.
Bolalik yo‘q umrbod,
Ulg‘ayar bir kun kelib.
Bolalar kulgusiga
To‘lsin butun bir jahon.
Ishoning kelgusiga
U bo‘lar yaxshi inson.
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabasi
Zaminning lolasi u,
Kulgusi quyosh misol.
Dunyoning bolasi u
Har on ko'kdagi hilol.
Qalbi shodlik osmoni,
Beg'ubordir o'ylari.
Usiz o'tmas bayramu
O'zbegimning to'ylari.
Yuzidagi tabassum,
Qalbni eritguvchi nur.
Ko‘zidagi dur ma'sum,
So‘zlaganda dil masrur.
Xonadon chirog'i ham,
Kattalar ardog‘i ham.
Qalbi beg‘uboriy chun
Usiz ko'ngil bog'i g'am.
Hayot unda quvonchli,
Orzu uning osmoni.
Sirdoshing u "ishonchli",
Ustuni u dunyoni.
Bola borki bo‘lsin shod,
Yayrasin yeldek yelib.
Bolalik yo‘q umrbod,
Ulg‘ayar bir kun kelib.
Bolalar kulgusiga
To‘lsin butun bir jahon.
Ishoning kelgusiga
U bo‘lar yaxshi inson.
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti Boshlang‘ich ta'lim yo‘nalishi talabasi
Forwarded from Olam qalbi (Hamid Ikrom)
BAXTLI BOLALIK
Bola ko‘zlarida yaralsa olam,
Unda moviy osmon qadar cheksizlik.
Qalbini chizmoqqa shaylanar qalam,
Shunda musavvirni qiynar ojizlik.
Ranglar topa olmay tuyg‘ulariga,
Kichkina shahzoda kelar yodingga.
Aslo o‘xshatolmay kulgulariga,
Boqasan ajib bir o‘z avlodingga.
Uning so‘zlarida olam qo‘shig‘i,
Uning ko‘zlarida yulduzlar yonar.
CHamandagi gullar bo‘lar oshig‘i,
Bola iforidan olar muattar.
Zilol suvdan tiniq orzulari bor,
O‘ylarida o‘ynar baxtli bolalik.
Qalbida yashaydi dunyo beg‘ubor,
Unda unib o‘sar faqat go‘zallik.
Bolalarga bering butun dunyoni,
Bolalarga bering osmonini ham.
Suvsiz qoldirmaydi hech bir daryoni,
Hech bir ko‘ngil aro kirmagaydir g‘am.
Ular bor har kuni porlaydi quyosh,
Ular bor tinmaydi qushlar parvozi.
U bor samimiylik doimo yo‘ldosh,
Baralla yangrasin shodon ovozi.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Bola ko‘zlarida yaralsa olam,
Unda moviy osmon qadar cheksizlik.
Qalbini chizmoqqa shaylanar qalam,
Shunda musavvirni qiynar ojizlik.
Ranglar topa olmay tuyg‘ulariga,
Kichkina shahzoda kelar yodingga.
Aslo o‘xshatolmay kulgulariga,
Boqasan ajib bir o‘z avlodingga.
Uning so‘zlarida olam qo‘shig‘i,
Uning ko‘zlarida yulduzlar yonar.
CHamandagi gullar bo‘lar oshig‘i,
Bola iforidan olar muattar.
Zilol suvdan tiniq orzulari bor,
O‘ylarida o‘ynar baxtli bolalik.
Qalbida yashaydi dunyo beg‘ubor,
Unda unib o‘sar faqat go‘zallik.
Bolalarga bering butun dunyoni,
Bolalarga bering osmonini ham.
Suvsiz qoldirmaydi hech bir daryoni,
Hech bir ko‘ngil aro kirmagaydir g‘am.
Ular bor har kuni porlaydi quyosh,
Ular bor tinmaydi qushlar parvozi.
U bor samimiylik doimo yo‘ldosh,
Baralla yangrasin shodon ovozi.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Forwarded from HAMID IKROM (Hamid Ikrom)
SHAM
Erib bitar u yongan sayin,
Hayotini nurla bezadi.
Bir kun ado bo‘lishi tayin,
Yonar mudom, garchand sezadi.
Tun zulmati - unga ehtiyoj,
Oy nuriga xavasmand doim.
Orzulari bisyor, noiloj
Bir kulbada yashar muloyim.
Umr bo‘yi yashaydi yonib,
Hayotini nurga o‘radi.
Taqdir shuni ko‘rdi munosib,
Barcha tunni kundek ko‘radi.
Sen, ey inson, hech yo‘q bo‘l shag‘am,
Sabo kabi behuda esma.
Olam ahli chekmasin alam,
Mazlumlarni tog‘dayin ezma.
Yasha iymon nuri bo‘lib sen,
G‘arq bo‘lmaylik shayton ko‘liga.
Hidoyatga tomon erib oq,
Mayoq bo‘lgin Rahmon yo‘liga.
Hamid Ikrom
Qo‘qon Universiteti talabasi
Erib bitar u yongan sayin,
Hayotini nurla bezadi.
Bir kun ado bo‘lishi tayin,
Yonar mudom, garchand sezadi.
Tun zulmati - unga ehtiyoj,
Oy nuriga xavasmand doim.
Orzulari bisyor, noiloj
Bir kulbada yashar muloyim.
Umr bo‘yi yashaydi yonib,
Hayotini nurga o‘radi.
Taqdir shuni ko‘rdi munosib,
Barcha tunni kundek ko‘radi.
Sen, ey inson, hech yo‘q bo‘l shag‘am,
Sabo kabi behuda esma.
Olam ahli chekmasin alam,
Mazlumlarni tog‘dayin ezma.
Yasha iymon nuri bo‘lib sen,
G‘arq bo‘lmaylik shayton ko‘liga.
Hidoyatga tomon erib oq,
Mayoq bo‘lgin Rahmon yo‘liga.
Hamid Ikrom
Qo‘qon Universiteti talabasi
Forwarded from TDTU ENERGETIKA | Rasmiy kanali (Muhammad)
"Elektr ta'minoti"
(kafedraning 50 yilligiga bag'ishlanadi.)
Ustozlardan qolgan an'ana,
Savob ishning bõlmas yakuni.
Bugun bayram, katta tantana,
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Shahdam qadam, metin bardoshing,
Hech sõnmasin porloq quyoshing,
Navqironsan, ellikda yoshing
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Talabalik- oltin davrimiz,
Õrganishda õtar vaqtimiz.
Kafedramiz- bizning faxrimiz!
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Texnikaning porloq yulduzi
Fakultetning shoni, ildizi
Mehnatidan yorug'dir yuzi
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Ustozlarning yõli an'ana,
Yuz yoshingda bugundek yana,
Bayram bõlsin, katta tantana
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Fursatdan foydalanib, Elektr ta'minoti kafedrasi ahil jamoasi, professor õqituvchilari va unda ta'lim olgan barcha talabalarni kafedramizning 50 yoshi bilan tabriklayman! Elektr ta'minoti kafedrasi 145-18 guruh talabasi:
Muallif: Muhammad Ibrohim
(kafedraning 50 yilligiga bag'ishlanadi.)
Ustozlardan qolgan an'ana,
Savob ishning bõlmas yakuni.
Bugun bayram, katta tantana,
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Shahdam qadam, metin bardoshing,
Hech sõnmasin porloq quyoshing,
Navqironsan, ellikda yoshing
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Talabalik- oltin davrimiz,
Õrganishda õtar vaqtimiz.
Kafedramiz- bizning faxrimiz!
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Texnikaning porloq yulduzi
Fakultetning shoni, ildizi
Mehnatidan yorug'dir yuzi
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Ustozlarning yõli an'ana,
Yuz yoshingda bugundek yana,
Bayram bõlsin, katta tantana
Ta'minotning "tug'ilgan kuni!"
Fursatdan foydalanib, Elektr ta'minoti kafedrasi ahil jamoasi, professor õqituvchilari va unda ta'lim olgan barcha talabalarni kafedramizning 50 yoshi bilan tabriklayman! Elektr ta'minoti kafedrasi 145-18 guruh talabasi:
Muallif: Muhammad Ibrohim
ADOLAT QOMUSI
Adolat qomusi – Vatan nomusi,
Jamiyat va davlat mezoni tenglik!
Ota qonunimiz – hayot ko‘zgusi,
Unda millatlarga atalgan tinchlik!
Temurning shiori emasdi bejiz, –
Kuch, qudrat manbai adolat bilan.
Bobolar hikmati ketmaydi beiz,
Adolat bor bo‘lsa, yuksalar Vatan!
Har qonun, avvalo, inson manfaati,
Har ishning o‘z tartib, qoidasi bor.
Erkin va farovon yurtning da’vati –
Halollik, intizom doim bo‘lsin yor!
Alloh ham jamiki bandalariga,
O‘z qonunlarini yetkazdi bisyor.
Xushxabar keltirgan mujdalarida,
Iymonli kishilar jannatda tojdor!
Haqiqat uyining tojdori – burchli,
Itoatda bo‘lish qonunlariga.
Vatan ham bir jannat emasmi, asli
Suyanmoq joizdir ustunlariga.
Bu ustun adolat qonunlaridir,
Unda baxtimizning saodat yo‘li.
Barkamol shaxs uning uchqunlaridir,
Doim baland bo‘lsin haqiqat qo‘li!
Hamid Ikrom
Qo‘qon Universiteti talabasi.
Adolat qomusi – Vatan nomusi,
Jamiyat va davlat mezoni tenglik!
Ota qonunimiz – hayot ko‘zgusi,
Unda millatlarga atalgan tinchlik!
Temurning shiori emasdi bejiz, –
Kuch, qudrat manbai adolat bilan.
Bobolar hikmati ketmaydi beiz,
Adolat bor bo‘lsa, yuksalar Vatan!
Har qonun, avvalo, inson manfaati,
Har ishning o‘z tartib, qoidasi bor.
Erkin va farovon yurtning da’vati –
Halollik, intizom doim bo‘lsin yor!
Alloh ham jamiki bandalariga,
O‘z qonunlarini yetkazdi bisyor.
Xushxabar keltirgan mujdalarida,
Iymonli kishilar jannatda tojdor!
Haqiqat uyining tojdori – burchli,
Itoatda bo‘lish qonunlariga.
Vatan ham bir jannat emasmi, asli
Suyanmoq joizdir ustunlariga.
Bu ustun adolat qonunlaridir,
Unda baxtimizning saodat yo‘li.
Barkamol shaxs uning uchqunlaridir,
Doim baland bo‘lsin haqiqat qo‘li!
Hamid Ikrom
Qo‘qon Universiteti talabasi.
Dildagi suhbat
Ko‘ngil — inson ruhiy dunyosi,
Ko‘ngil — oqar umr daryosi.
Agar senda urarkan yurak,
U mayog‘dir - hayot ziyosi.
Gohi qurib qolar dengiz ham,
Gohi yuzin to‘sadi quyosh.
Gohi qordek yog‘iladi g‘am,
Gohi qurib qoladi ko‘zyosh.
Senda bo‘lsin tog‘dek matonat,
Senda bo‘lsin sabr-qanoat.
Dard ham bilsang Allohdan hikmat,
Bizga mavhum siru sinoat.
Nabiylar ham bo‘lganku bemor,
Yo ular hech chekmadi ozor!?
Aytgan so‘zim ketmasin bekor,
Nasixatdan bo‘lmangiz bezor.
Bugun gulning ochilmog‘i bor,
Undan bir kun sochilar ifor.
Lek haqiqat qilinmas inkor,
So‘lib, qurib to‘kilar zor-zor!
Inson ko‘ngli go‘yo tabiat,
Bir kun bahor, bir kun yozdayin.
Kuzdek sokin, qishdek rutubat,
Lekin bari o‘tishi tayin.
Quyosh bergan quvvatin olib,
SHamol kelar dovrug‘in solib.
Senda ildiz bo‘lsa mustahkam,
Har sinovdan chiqasan g‘olib.
Esla, tongning umid otishin,
Esla, qushlar shodon xonishin.
O‘yla, tushlar ko‘rinmas bedor,
Ishqning quyosh yanglig‘ yonishin.
Inson yashar yuragi bilan,
Goh yiqilar kuragi bilan.
Ammo ko‘ngil ruh bilan bir tan,
Boqiy yashar keragi bilan.
Koinotning bormi ohiri?
SHu ilmda bormi mohiri?
Lekin umr o‘tkinchi deymiz,
Mangu ruhning bormi zohiri?
O‘ylarimda tugamas savol,
Savollarning javobi zavol.
Oqar suvning manzili boru,
Mening so‘nggi manzilim xayol...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Ko‘ngil — inson ruhiy dunyosi,
Ko‘ngil — oqar umr daryosi.
Agar senda urarkan yurak,
U mayog‘dir - hayot ziyosi.
Gohi qurib qolar dengiz ham,
Gohi yuzin to‘sadi quyosh.
Gohi qordek yog‘iladi g‘am,
Gohi qurib qoladi ko‘zyosh.
Senda bo‘lsin tog‘dek matonat,
Senda bo‘lsin sabr-qanoat.
Dard ham bilsang Allohdan hikmat,
Bizga mavhum siru sinoat.
Nabiylar ham bo‘lganku bemor,
Yo ular hech chekmadi ozor!?
Aytgan so‘zim ketmasin bekor,
Nasixatdan bo‘lmangiz bezor.
Bugun gulning ochilmog‘i bor,
Undan bir kun sochilar ifor.
Lek haqiqat qilinmas inkor,
So‘lib, qurib to‘kilar zor-zor!
Inson ko‘ngli go‘yo tabiat,
Bir kun bahor, bir kun yozdayin.
Kuzdek sokin, qishdek rutubat,
Lekin bari o‘tishi tayin.
Quyosh bergan quvvatin olib,
SHamol kelar dovrug‘in solib.
Senda ildiz bo‘lsa mustahkam,
Har sinovdan chiqasan g‘olib.
Esla, tongning umid otishin,
Esla, qushlar shodon xonishin.
O‘yla, tushlar ko‘rinmas bedor,
Ishqning quyosh yanglig‘ yonishin.
Inson yashar yuragi bilan,
Goh yiqilar kuragi bilan.
Ammo ko‘ngil ruh bilan bir tan,
Boqiy yashar keragi bilan.
Koinotning bormi ohiri?
SHu ilmda bormi mohiri?
Lekin umr o‘tkinchi deymiz,
Mangu ruhning bormi zohiri?
O‘ylarimda tugamas savol,
Savollarning javobi zavol.
Oqar suvning manzili boru,
Mening so‘nggi manzilim xayol...
Hamid Ikrom
Qo‘qon universiteti talabasi
Forwarded from HAMID IKROM (Hamid Ikrom)
XAYOLLARIM BEKATI
(mehridaryo xolaning jiyaniga tilaklari)
Tong nuridek orzulari sochiladi olamga,
Yuzi oydek, so‘zi moydek xush yoqadi odamga.
Qalbi daryo, ko‘zi zilol to‘ymam sira bolamga,
Sen o‘xshaysan beg‘uborim xuddi aziz onamga!
Bolamdayin yaqinimsan yuragimga, jiyanim,
Tuproqdayin senga mehrim ildizi bor niholim.
O‘ylarimning cho‘qqisida o‘tlab yurgan jayronim,
Oftoblardan mehri iliq unib-o‘sgin kamolim.
Ko‘zim ochib yumgunimcha bo‘ying mendan shoshibdi,
Mana o‘n to‘rt yoshga to‘lib, ilhaqligim oshibdi.
Ota-onang kabi men ham umidlarim toshibdi,
SHaxrizodam farishtadek parvozga shaylanibdi.
Yomon ko‘zdan asraguvchi bo‘ytumoring bo‘layin,
Saodatga elituvchi Boychiboring bo‘layin.
Baxt qasrining bunyodkori zo‘r me'moring bo‘layin,
Pok iymonu e'tiqoding, e'tiboring bo‘layin!
Sen tug‘ilgan kuning men ham qayta yoshdek bo‘larman,
Baxting uchun ortingdagi otgan toshdek bo‘larman.
Qaldirg‘ochning qanotidek o‘sma qoshdek bo‘larman,
Balki yaqin dugonangdek chin sirdoshdek bo‘larman.
Tilaklarim bahordagi yomg‘irlarday yog‘ilgay,
Bilaklarim ko‘kka yetgay, duolarda toliqqay.
Har nafasda niyatlarim shodlik ila tug‘ilgay,
Seni juda sog‘inganda yuraklarim oshiqqay.
Men bugun ham kelajakka sen-la, boqib turaman,
Orzuyimdek baxt qasrini izlaringda quraman.
SHiringina armonimning ro‘yobini ko‘raman,
Baxtu saodating o‘ylab ne xayollar suraman!?
Baxtli bo‘lgin baxti oydek ko‘kda osmon bekasi,
Seni sevgan xonadonning, chin insonning erkasi...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
(mehridaryo xolaning jiyaniga tilaklari)
Tong nuridek orzulari sochiladi olamga,
Yuzi oydek, so‘zi moydek xush yoqadi odamga.
Qalbi daryo, ko‘zi zilol to‘ymam sira bolamga,
Sen o‘xshaysan beg‘uborim xuddi aziz onamga!
Bolamdayin yaqinimsan yuragimga, jiyanim,
Tuproqdayin senga mehrim ildizi bor niholim.
O‘ylarimning cho‘qqisida o‘tlab yurgan jayronim,
Oftoblardan mehri iliq unib-o‘sgin kamolim.
Ko‘zim ochib yumgunimcha bo‘ying mendan shoshibdi,
Mana o‘n to‘rt yoshga to‘lib, ilhaqligim oshibdi.
Ota-onang kabi men ham umidlarim toshibdi,
SHaxrizodam farishtadek parvozga shaylanibdi.
Yomon ko‘zdan asraguvchi bo‘ytumoring bo‘layin,
Saodatga elituvchi Boychiboring bo‘layin.
Baxt qasrining bunyodkori zo‘r me'moring bo‘layin,
Pok iymonu e'tiqoding, e'tiboring bo‘layin!
Sen tug‘ilgan kuning men ham qayta yoshdek bo‘larman,
Baxting uchun ortingdagi otgan toshdek bo‘larman.
Qaldirg‘ochning qanotidek o‘sma qoshdek bo‘larman,
Balki yaqin dugonangdek chin sirdoshdek bo‘larman.
Tilaklarim bahordagi yomg‘irlarday yog‘ilgay,
Bilaklarim ko‘kka yetgay, duolarda toliqqay.
Har nafasda niyatlarim shodlik ila tug‘ilgay,
Seni juda sog‘inganda yuraklarim oshiqqay.
Men bugun ham kelajakka sen-la, boqib turaman,
Orzuyimdek baxt qasrini izlaringda quraman.
SHiringina armonimning ro‘yobini ko‘raman,
Baxtu saodating o‘ylab ne xayollar suraman!?
Baxtli bo‘lgin baxti oydek ko‘kda osmon bekasi,
Seni sevgan xonadonning, chin insonning erkasi...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Forwarded from HAMID IKROM (Hamid Ikrom)
TABRIK
(opaning singilga tilaklari)
Dilginamning eng qadrdon sirdoshisan jon singlim,
Tilim lolu o‘zim xayron,
Seni sog‘indi ko‘nglim.
Bolaligim sen-la, qolgan yuragimning qushisan,
Umid berib, dardim olgan hayotimning tushisan.
Seni to‘yib quchoqlasam bolalikka qaytarman,
Qorni suyib so‘roqlasam dildan tilak aytarman.
Bugun sen-la, tug‘iladi mening shirin xotiram,
Armonlarim to‘kiladi g‘amdoshimsan hamshiram.
Xilolga boqib ba'zan
seni ko‘rgim keladi,
Visoling qadri maxzan,
sabo sendek yeladi.
O‘ttiz olti bahoringni
qirq yil o‘tib eslaylik,
Billurdek nahoringni
Yoshlar bilan kuylaylik.
Qutlug‘ bo‘lsin tavallud —
muborak yosh ayyomi,
SHodligingdan men ham xushnud,
Oydin ko‘ngil oqshomi.
Uzoq-umr, baxt-saodat senga mendek yor bo‘lsin,
Duodaman har ibodat,
hayoting bahor bo‘lsin!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
(opaning singilga tilaklari)
Dilginamning eng qadrdon sirdoshisan jon singlim,
Tilim lolu o‘zim xayron,
Seni sog‘indi ko‘nglim.
Bolaligim sen-la, qolgan yuragimning qushisan,
Umid berib, dardim olgan hayotimning tushisan.
Seni to‘yib quchoqlasam bolalikka qaytarman,
Qorni suyib so‘roqlasam dildan tilak aytarman.
Bugun sen-la, tug‘iladi mening shirin xotiram,
Armonlarim to‘kiladi g‘amdoshimsan hamshiram.
Xilolga boqib ba'zan
seni ko‘rgim keladi,
Visoling qadri maxzan,
sabo sendek yeladi.
O‘ttiz olti bahoringni
qirq yil o‘tib eslaylik,
Billurdek nahoringni
Yoshlar bilan kuylaylik.
Qutlug‘ bo‘lsin tavallud —
muborak yosh ayyomi,
SHodligingdan men ham xushnud,
Oydin ko‘ngil oqshomi.
Uzoq-umr, baxt-saodat senga mendek yor bo‘lsin,
Duodaman har ibodat,
hayoting bahor bo‘lsin!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
******
Qirmizi loladek to‘shalgan gilam,
Go‘yo bahordayin esar shabada.
Bu maskan bunchalar bo‘lmasa shinam,
Bunchalik hayotning shomi osuda.
Oydin tunlarningda oromi bo‘lgan,
Oqshom yo‘qlovchi bir o‘yu xayollar.
Goho yuragimga gumonlar to‘lgan,
Kelajagim yo‘lin to‘zgan shamollar.
Hayot — umid degan nihollar bog‘i,
Hayot — ishonch ila porlagan ko‘zlar.
Viqor ila doim kamolot tog‘i,
Jilg‘alarda shoshib o‘zligin izlar.
Ey inson, unutma, avval kuningni,
Behuda o‘tkazma aziz umringni.
Toat-ibodatga to‘ldir tuningni,
Ezguliklar ila jannatni ko‘zla...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Qirmizi loladek to‘shalgan gilam,
Go‘yo bahordayin esar shabada.
Bu maskan bunchalar bo‘lmasa shinam,
Bunchalik hayotning shomi osuda.
Oydin tunlarningda oromi bo‘lgan,
Oqshom yo‘qlovchi bir o‘yu xayollar.
Goho yuragimga gumonlar to‘lgan,
Kelajagim yo‘lin to‘zgan shamollar.
Hayot — umid degan nihollar bog‘i,
Hayot — ishonch ila porlagan ko‘zlar.
Viqor ila doim kamolot tog‘i,
Jilg‘alarda shoshib o‘zligin izlar.
Ey inson, unutma, avval kuningni,
Behuda o‘tkazma aziz umringni.
Toat-ibodatga to‘ldir tuningni,
Ezguliklar ila jannatni ko‘zla...
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi