ILTIJO
Gullar iforiga dilim payvasta,
Suzar dengiz uzra orzum kemasi.
Alvido degancha cho‘kmoqda asta,
So‘nggi dam sochilib Quyosh shu’lasi…
Qushday parvozlarga shaylanar yurak,
Tushda qog‘ozlardan edi qanotim.
Yarim oy bag‘rini to‘ldirish kerak,
Deya chopayotir ko‘ksimda otim.
Boshimni silardi moviy yuz osmon,
Qoshimda yulduzlar yonardi boqiy.
Lekin oyoqlarim kuydirib hamon,
Do‘zax olovini yoqardi yog‘iy.
Kechib bo‘lmayapti sendan bir nafas,
Ichib bo‘lmayapti ko‘z yoshlar ta’mi.
Hatto, yarim oyga qilaman havas,
Yo‘llarimga berdi u hayot shami.
Kecha me’roj uchun bo‘lgan ostona,
Bugun farishtalar qoniga botgan.
Dod-faryod solmoqda mushtipar ona,
Bir millat o‘q otgan, borin yo‘qotgan.
Iltijo qilarkan cho‘zilgan qo‘llar,
Ko‘kka ko‘z tikkancha kutar intizor.
Quyosh botgandayin qoraygan yo‘llar,
Bulutlar ortida bo‘lingan oy bor…
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Gullar iforiga dilim payvasta,
Suzar dengiz uzra orzum kemasi.
Alvido degancha cho‘kmoqda asta,
So‘nggi dam sochilib Quyosh shu’lasi…
Qushday parvozlarga shaylanar yurak,
Tushda qog‘ozlardan edi qanotim.
Yarim oy bag‘rini to‘ldirish kerak,
Deya chopayotir ko‘ksimda otim.
Boshimni silardi moviy yuz osmon,
Qoshimda yulduzlar yonardi boqiy.
Lekin oyoqlarim kuydirib hamon,
Do‘zax olovini yoqardi yog‘iy.
Kechib bo‘lmayapti sendan bir nafas,
Ichib bo‘lmayapti ko‘z yoshlar ta’mi.
Hatto, yarim oyga qilaman havas,
Yo‘llarimga berdi u hayot shami.
Kecha me’roj uchun bo‘lgan ostona,
Bugun farishtalar qoniga botgan.
Dod-faryod solmoqda mushtipar ona,
Bir millat o‘q otgan, borin yo‘qotgan.
Iltijo qilarkan cho‘zilgan qo‘llar,
Ko‘kka ko‘z tikkancha kutar intizor.
Quyosh botgandayin qoraygan yo‘llar,
Bulutlar ortida bo‘lingan oy bor…
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
👍4
PSIXOLOG
Samoning eng yorug‘ xilqatlarida,
Ko‘rinmas tuyg‘ular doim bedordir.
Ruhimning noma'lum xilvatlarida,
Ba'zi kimsalarning izlari bordir.
Hayot haqiqati qonuniga zid,
Ba'zi farazlarning mantig‘i qiziq,
Lek inson emasdir aybdan soqit,
Ilohiy ne'matla taqdiri yoziq.
Inson ruhin bilmoq naqadar mushkul,
Gohi yillar hamki asrlarga teng.
Ulug‘ kasbingizga kirishib butkul,
Komil inson bo‘ling dunyo qadar keng.
Umr sizga aslo qo‘ymasin muhlat,
Aslo qalbingizda so‘nmasin shafqat.
Ko‘zingizda mehr yonsin toabad,
Faxri quyosh bo‘ling ilm osmonin!
Hamid IKROM
Qo'qon universiteti talabasi
Samoning eng yorug‘ xilqatlarida,
Ko‘rinmas tuyg‘ular doim bedordir.
Ruhimning noma'lum xilvatlarida,
Ba'zi kimsalarning izlari bordir.
Hayot haqiqati qonuniga zid,
Ba'zi farazlarning mantig‘i qiziq,
Lek inson emasdir aybdan soqit,
Ilohiy ne'matla taqdiri yoziq.
Inson ruhin bilmoq naqadar mushkul,
Gohi yillar hamki asrlarga teng.
Ulug‘ kasbingizga kirishib butkul,
Komil inson bo‘ling dunyo qadar keng.
Umr sizga aslo qo‘ymasin muhlat,
Aslo qalbingizda so‘nmasin shafqat.
Ko‘zingizda mehr yonsin toabad,
Faxri quyosh bo‘ling ilm osmonin!
Hamid IKROM
Qo'qon universiteti talabasi
👍3
BOLALIK
Shamolday esarkan umr yillari,
Baxtni ham, dardni ham birdek uchirib.
Qo‘msaydi beg‘ubor yoshlik dillari,
Xotira daftardan g‘amni o‘chirib.
Sog‘indim men seni bahor singari,
Bog‘larga talpinib oshiqqan qushday.
Qadringni bilmagan edim ilgari,
Bolalik onlarim o‘tibdi tushday.
Olmaday yuzlari tiniq va silliq,
Uzum donasidek ko‘p edi do‘stim.
Totli ta'mlaringni, mehringni iliq,
Nahot, borligini sezmayin o‘sdim!
Ariq lablarida ungandek rayhon,
Sening dudog‘ingda qotsa so‘zlarim.
Orzularim kabi bepayon osmon,
Yorqin yulduzlarga to‘lsa ko‘zlarim.
Mangu cho‘qqilarni tark etmaydi qor,
Moviy degizlarning viqori to‘lqin.
Mening ham ko‘nglimda yashaysan takror,
Tirikman, hamisha yodimda bo‘lgin.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Shamolday esarkan umr yillari,
Baxtni ham, dardni ham birdek uchirib.
Qo‘msaydi beg‘ubor yoshlik dillari,
Xotira daftardan g‘amni o‘chirib.
Sog‘indim men seni bahor singari,
Bog‘larga talpinib oshiqqan qushday.
Qadringni bilmagan edim ilgari,
Bolalik onlarim o‘tibdi tushday.
Olmaday yuzlari tiniq va silliq,
Uzum donasidek ko‘p edi do‘stim.
Totli ta'mlaringni, mehringni iliq,
Nahot, borligini sezmayin o‘sdim!
Ariq lablarida ungandek rayhon,
Sening dudog‘ingda qotsa so‘zlarim.
Orzularim kabi bepayon osmon,
Yorqin yulduzlarga to‘lsa ko‘zlarim.
Mangu cho‘qqilarni tark etmaydi qor,
Moviy degizlarning viqori to‘lqin.
Mening ham ko‘nglimda yashaysan takror,
Tirikman, hamisha yodimda bo‘lgin.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤2
TONG SHU’LASI
Qaro tunlar aro yulduzlar hamroh,
Koinot Yer uzra ziynat libosi.
Yorug‘ manzillarni ko‘zlab yurgan moh,
Tobora ortadi kunga ixlosi.
Gohida xayollar tun ichra kezar,
Hayotning tushlarga qismati ko‘chib.
Qachondir uyg‘onib umrimni bezar,
Tongning shu’lasidan surati o‘chib.
Asta ko‘tarilar olamdan parda,
Alag‘da tushlarni suvga og‘dirib.
Shirin orzulardan tutib parvarda,
Quyosh mo‘ralaydi nurin yog‘dirib.
Qaylarda yog‘ilar olovli yomg‘ir,
Yangraydi azonning o‘rniga faryod.
Qaylarda tentirar ming-minglab sag‘ir,
Qaylarda tug‘ilmay o‘ldi bir avlod.
Qaqragan lablarga tomar ko‘z yoshi,
Ko‘plab nigohlarda yonadi nafrat.
Yaratgandan o‘zga yo‘qdir yo‘ldoshi,
Ko‘plar uyqudadir bosgancha g‘aflat.
Dunyoning beshigi endi shu tobut,
Unda tiriklardan o‘liklar bisyor.
Qalbdan o‘chmas ekan illati tog‘ut,
Tinch, xotirjam damlar bo‘lmaydi zinhor.
Quyosh nurlaridan dilim yorishar,
Osuda hayotning qadri beqiyos.
Tinchlikni ne’mat deb bilsaydi bashar,
Ozor bermasdilar, hattoki bexos.
Qarang, hatto aytar qushlar shukrona,
Ularning o‘zaro muhabbati bor.
Bizchi, odam nasli dushman, begona,
Bir-biriga hasad, adovati bor.
Har bir tong Allohning cheksiz in’omi –
Gunohdan poklanib, olmoqlik savob.
Urush, noming o‘chsin, tinchlik kalomi
Bo‘lsin tilimizda eng oliy xitob!
Tongga dardlarimni to‘kib solaman,
Uning shu’lasida yo‘qolar bir-bir.
Yulduzsiz osmonga qarab qolaman,
Bolasin yo‘qotgan onadek faqir.
Kuzakning eng so‘nggi kunlari aro
Umrning shomida tong otar arang.
Oltin yaproqlardan bergancha oro,
Zamin zamonaga moslashar, qarang.
Bizchi, insonlarning undan kami yo‘q,
Har nega ko‘nuvchan, har ohangga mos.
Yaxshiyam Quyoshdan otilmaydi o‘q,
Odamlar, siz ham nur bo‘ling, iltimos!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Qaro tunlar aro yulduzlar hamroh,
Koinot Yer uzra ziynat libosi.
Yorug‘ manzillarni ko‘zlab yurgan moh,
Tobora ortadi kunga ixlosi.
Gohida xayollar tun ichra kezar,
Hayotning tushlarga qismati ko‘chib.
Qachondir uyg‘onib umrimni bezar,
Tongning shu’lasidan surati o‘chib.
Asta ko‘tarilar olamdan parda,
Alag‘da tushlarni suvga og‘dirib.
Shirin orzulardan tutib parvarda,
Quyosh mo‘ralaydi nurin yog‘dirib.
Qaylarda yog‘ilar olovli yomg‘ir,
Yangraydi azonning o‘rniga faryod.
Qaylarda tentirar ming-minglab sag‘ir,
Qaylarda tug‘ilmay o‘ldi bir avlod.
Qaqragan lablarga tomar ko‘z yoshi,
Ko‘plab nigohlarda yonadi nafrat.
Yaratgandan o‘zga yo‘qdir yo‘ldoshi,
Ko‘plar uyqudadir bosgancha g‘aflat.
Dunyoning beshigi endi shu tobut,
Unda tiriklardan o‘liklar bisyor.
Qalbdan o‘chmas ekan illati tog‘ut,
Tinch, xotirjam damlar bo‘lmaydi zinhor.
Quyosh nurlaridan dilim yorishar,
Osuda hayotning qadri beqiyos.
Tinchlikni ne’mat deb bilsaydi bashar,
Ozor bermasdilar, hattoki bexos.
Qarang, hatto aytar qushlar shukrona,
Ularning o‘zaro muhabbati bor.
Bizchi, odam nasli dushman, begona,
Bir-biriga hasad, adovati bor.
Har bir tong Allohning cheksiz in’omi –
Gunohdan poklanib, olmoqlik savob.
Urush, noming o‘chsin, tinchlik kalomi
Bo‘lsin tilimizda eng oliy xitob!
Tongga dardlarimni to‘kib solaman,
Uning shu’lasida yo‘qolar bir-bir.
Yulduzsiz osmonga qarab qolaman,
Bolasin yo‘qotgan onadek faqir.
Kuzakning eng so‘nggi kunlari aro
Umrning shomida tong otar arang.
Oltin yaproqlardan bergancha oro,
Zamin zamonaga moslashar, qarang.
Bizchi, insonlarning undan kami yo‘q,
Har nega ko‘nuvchan, har ohangga mos.
Yaxshiyam Quyoshdan otilmaydi o‘q,
Odamlar, siz ham nur bo‘ling, iltimos!
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊4
BIRINCHI DEKABR
Hijron onlarining oltin sepini,
Qoldirib oqqushdek qiladi parvoz.
O‘rtangan ko‘ngilning tortib ipini,
Orzular uzilar sarg‘ayib biroz.
Endi oppoq bo‘lar tonglar tutuni,
Endi osmonlarda oqmaydi dengiz.
Marmardek yaltirar dunyo ustuni,
Sovuqdan qaltirar ilinjim yolg‘iz.
Go‘yo yeldek o‘tdi hayotim bir zum,
Yaproqlar yo‘limga to‘kilgun qadar.
Yuragimda yashar muhabbat manzum ,
Bitilmish qordayin oppoq naqadar.
Kunning ham yuzida so‘nib qolgan nur,
Tunning nam izida ezilgan gardlar.
Bir do‘st izlayotir qalbimda huzur,
Sovuqning qahriga uchragan dardlar.
Qushlar qishlagani keldi yonimga,
Tushlar bahorini kutadi intiq.
Ayriliq tutadi bu kun jonimga,
Hijron azobini sevgimdan ortiq.
Shirin orzularning saroblari ko‘p,
Visol onlariga yetmaydi sabr.
Sovuq qotmasin deb, oftoblarni o‘p,
Toki mehr ila quchsin dekabr.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Hijron onlarining oltin sepini,
Qoldirib oqqushdek qiladi parvoz.
O‘rtangan ko‘ngilning tortib ipini,
Orzular uzilar sarg‘ayib biroz.
Endi oppoq bo‘lar tonglar tutuni,
Endi osmonlarda oqmaydi dengiz.
Marmardek yaltirar dunyo ustuni,
Sovuqdan qaltirar ilinjim yolg‘iz.
Go‘yo yeldek o‘tdi hayotim bir zum,
Yaproqlar yo‘limga to‘kilgun qadar.
Yuragimda yashar muhabbat manzum ,
Bitilmish qordayin oppoq naqadar.
Kunning ham yuzida so‘nib qolgan nur,
Tunning nam izida ezilgan gardlar.
Bir do‘st izlayotir qalbimda huzur,
Sovuqning qahriga uchragan dardlar.
Qushlar qishlagani keldi yonimga,
Tushlar bahorini kutadi intiq.
Ayriliq tutadi bu kun jonimga,
Hijron azobini sevgimdan ortiq.
Shirin orzularning saroblari ko‘p,
Visol onlariga yetmaydi sabr.
Sovuq qotmasin deb, oftoblarni o‘p,
Toki mehr ila quchsin dekabr.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤6
ADOLAT QOMUSI
Adolat qomusi – Vatan nomusi,
Jamiyat va davlat mezoni tenglik!
Unda aks etgandir hayot ko‘zgusi,
Millat-elatlarga berilgan kenglik!
Temurning shiori emasdi bejiz, –
Kuch, qudrat manbai adolat bilan.
Ulug‘lar hikmati bo‘lmagan beiz,
Qayda adolat bor, yuksalgan Vatan!
Uning har bobida inson manfaati,
Har qadamda bordir tartib, qoida.
Ezgulikni istar xalqim da’vati –
To‘g‘ri so‘z, halollik beradi foyda.
Alloh ham jamiki bandalariga,
Baxtga eltar yo‘lni ko‘rsatdi takror.
Xushxabar keltirgan mujdalarida,
Iymonli kishilar bo‘ldilar tojdor!
Haqiqatga oshno odamlar yurtin,
Itoatda doim qonunlariga.
Vatan ham bir jannat, aylamoq burchin
Joizdir suyanib ustunlariga.
Unda abadiyat qonunlari bor,
Baxtga chorlagaydir saodat yo‘li.
Nurida adolat uchqunlari bor,
Doim baland tursin haqiqat qo‘li!
Hamid IKROM
Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov
Qo‘qon Universiteti talabasi.
Adolat qomusi – Vatan nomusi,
Jamiyat va davlat mezoni tenglik!
Unda aks etgandir hayot ko‘zgusi,
Millat-elatlarga berilgan kenglik!
Temurning shiori emasdi bejiz, –
Kuch, qudrat manbai adolat bilan.
Ulug‘lar hikmati bo‘lmagan beiz,
Qayda adolat bor, yuksalgan Vatan!
Uning har bobida inson manfaati,
Har qadamda bordir tartib, qoida.
Ezgulikni istar xalqim da’vati –
To‘g‘ri so‘z, halollik beradi foyda.
Alloh ham jamiki bandalariga,
Baxtga eltar yo‘lni ko‘rsatdi takror.
Xushxabar keltirgan mujdalarida,
Iymonli kishilar bo‘ldilar tojdor!
Haqiqatga oshno odamlar yurtin,
Itoatda doim qonunlariga.
Vatan ham bir jannat, aylamoq burchin
Joizdir suyanib ustunlariga.
Unda abadiyat qonunlari bor,
Baxtga chorlagaydir saodat yo‘li.
Nurida adolat uchqunlari bor,
Doim baland tursin haqiqat qo‘li!
Hamid IKROM
Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov
Qo‘qon Universiteti talabasi.
QOMUSIM – NOMUSIM!
Dunyo keng olamning adog‘i yo‘qdek,
Daryo eng toshganda cho‘kar sohillar.
Alanga Quyosh ham botadi cho‘g‘dek,
Zamon o‘zgarganda to‘lar botillar.
Qachon xalq bo‘ladi bir to‘p olomon?
Qachon haq so‘z deydi gung chiqqan zabon?
Xalqning irodasi aks etmasa gar,
Qonun qonimizda oqmas hech qachon!
So‘zlayman faxr-la, ona tilimda,
Chunki huquq bergan o‘z qomusim bor.
O‘zbegim ramzisan – so‘zi dilimda,
Ajdodlar madhisan, muhri, tug‘i yor.
Har bayting farovon hayot ko‘zgusi,
Har qayding ming yillik xalqing orzusi.
Turfa millatlarga baxt va’da qilgan,
Azaliy saodat – Vatan tuyg‘usi.
Inson tabiati xatolarga boy,
Adashib to‘g‘ri yo‘l topganlar ham bor.
Jaholatga botib chaplamaylik loy,
O‘lim yo‘q – jon olmas bizda hech bir dor.
Inson sha’ni ulug‘, toptalmas qadri,
Allohning omonat bandasi ozod.
Hayoti dahlsiz, sinalmas sabri,
Ta’qib qilinmaydi iymon-e’tiqod.
Mulki bor xotirjam bo‘lsin umrbod,
Unga tahdid bo‘lmas, qonun – kafolat.
Gar ilm sohibi, yo qilsa ijod,
O‘z ishida olur kengroq vakolat.
Har bir o‘g‘il qizga ilm olish farz,
Hukm bor ilohiy qiyomat qadar.
Unutma ustozning oldidagi qarz,
Navoiy nazdida, ulug‘ naqadar!
Demishlar, ilmdan yo‘q o‘zga najot,
Oldimda hamisha hayot va mamot!
Hatto qonunlarda bo‘ldi mustahkam,
Yashasin har bandi endi barhayot.
Jaholat qilichi sindi batamom,
Zalolat eshigi yopildi butkul.
Islomni, insonni qilib ehtirom,
Bu yurt Ka’basiga aylandi ko‘ngil.
Tahqirlar bo‘lmasin endi ayollar,
Yaralgandan boshlab huquqlari teng.
Ojiz deb, xo‘rlashni qilmang xayollar,
Dunyoga tor emas, nazar soling keng.
Aslida siz bo‘ling unga avliyo,
Jannat izlamasin ko‘chadan aslo.
Boqmasin sira ham o‘zgaga qiyo,
Doim tabassumda bo‘ling xush, a’lo.
Qarang, tabiat ham mehrga muhtoj,
Har bir shaxs g‘amxo‘rlik qilishi kerak.
Har giyoh yashnasa, topsa gar rivoj,
Sog‘lom muhit uzra unar kelajak.
Yosh avlod – oila, Vatan ravnaqi,
Unutma ajdodlar qoni oqishin.
Hidoyatni topmoq – o‘rganmoq haqi,
Allohga bu amal bilgin yoqishin.
Go‘zal ism qo‘yib haqqin ado et,
Halol luqma berib, asra vijdonni.
Berilgan in’omning qadriga sen yet,
O‘zingdan qoldirgin komil insonni.
Quyoshdan issiqroq, tog‘lardek qoim,
Axborot makoni bugun bu zamin.
Ey mening soddadil, jurnalist singlim,
Yolg‘on-bo‘xtonlarda bo‘lmagin zomin.
Sen hur fikrlaysan, haqni so‘zlaysan,
Bilgin so‘z gohida tig‘danda o‘tkir.
Balki, uzoqroqni mudom ko‘zlaysan,
Sen yaxshisi fisqu fasodni o‘ldir.
Yordam ber Senator, deputat og‘am,
Nohaqlik qoshida qilmagin sukut.
Fuqaro dardiga bo‘lgin chin malham,
Oliy sud – adolat tarozin teng tut.
Yurtboshim boshlagan ezgu islohot,
Ertami yo indin berar mevasin.
Bilimli yoshlardan bo‘lgan inshoot,
Aslo yo‘qotmagay asl jilvasin.
Yozilgan har so‘zi hayotga doxil,
Bu mening va sening or-nomusimiz!
Yuzdan ortiq millat gar bo‘lsak ahil,
Boshlar saodatga shu qomusimiz.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Dunyo keng olamning adog‘i yo‘qdek,
Daryo eng toshganda cho‘kar sohillar.
Alanga Quyosh ham botadi cho‘g‘dek,
Zamon o‘zgarganda to‘lar botillar.
Qachon xalq bo‘ladi bir to‘p olomon?
Qachon haq so‘z deydi gung chiqqan zabon?
Xalqning irodasi aks etmasa gar,
Qonun qonimizda oqmas hech qachon!
So‘zlayman faxr-la, ona tilimda,
Chunki huquq bergan o‘z qomusim bor.
O‘zbegim ramzisan – so‘zi dilimda,
Ajdodlar madhisan, muhri, tug‘i yor.
Har bayting farovon hayot ko‘zgusi,
Har qayding ming yillik xalqing orzusi.
Turfa millatlarga baxt va’da qilgan,
Azaliy saodat – Vatan tuyg‘usi.
Inson tabiati xatolarga boy,
Adashib to‘g‘ri yo‘l topganlar ham bor.
Jaholatga botib chaplamaylik loy,
O‘lim yo‘q – jon olmas bizda hech bir dor.
Inson sha’ni ulug‘, toptalmas qadri,
Allohning omonat bandasi ozod.
Hayoti dahlsiz, sinalmas sabri,
Ta’qib qilinmaydi iymon-e’tiqod.
Mulki bor xotirjam bo‘lsin umrbod,
Unga tahdid bo‘lmas, qonun – kafolat.
Gar ilm sohibi, yo qilsa ijod,
O‘z ishida olur kengroq vakolat.
Har bir o‘g‘il qizga ilm olish farz,
Hukm bor ilohiy qiyomat qadar.
Unutma ustozning oldidagi qarz,
Navoiy nazdida, ulug‘ naqadar!
Demishlar, ilmdan yo‘q o‘zga najot,
Oldimda hamisha hayot va mamot!
Hatto qonunlarda bo‘ldi mustahkam,
Yashasin har bandi endi barhayot.
Jaholat qilichi sindi batamom,
Zalolat eshigi yopildi butkul.
Islomni, insonni qilib ehtirom,
Bu yurt Ka’basiga aylandi ko‘ngil.
Tahqirlar bo‘lmasin endi ayollar,
Yaralgandan boshlab huquqlari teng.
Ojiz deb, xo‘rlashni qilmang xayollar,
Dunyoga tor emas, nazar soling keng.
Aslida siz bo‘ling unga avliyo,
Jannat izlamasin ko‘chadan aslo.
Boqmasin sira ham o‘zgaga qiyo,
Doim tabassumda bo‘ling xush, a’lo.
Qarang, tabiat ham mehrga muhtoj,
Har bir shaxs g‘amxo‘rlik qilishi kerak.
Har giyoh yashnasa, topsa gar rivoj,
Sog‘lom muhit uzra unar kelajak.
Yosh avlod – oila, Vatan ravnaqi,
Unutma ajdodlar qoni oqishin.
Hidoyatni topmoq – o‘rganmoq haqi,
Allohga bu amal bilgin yoqishin.
Go‘zal ism qo‘yib haqqin ado et,
Halol luqma berib, asra vijdonni.
Berilgan in’omning qadriga sen yet,
O‘zingdan qoldirgin komil insonni.
Quyoshdan issiqroq, tog‘lardek qoim,
Axborot makoni bugun bu zamin.
Ey mening soddadil, jurnalist singlim,
Yolg‘on-bo‘xtonlarda bo‘lmagin zomin.
Sen hur fikrlaysan, haqni so‘zlaysan,
Bilgin so‘z gohida tig‘danda o‘tkir.
Balki, uzoqroqni mudom ko‘zlaysan,
Sen yaxshisi fisqu fasodni o‘ldir.
Yordam ber Senator, deputat og‘am,
Nohaqlik qoshida qilmagin sukut.
Fuqaro dardiga bo‘lgin chin malham,
Oliy sud – adolat tarozin teng tut.
Yurtboshim boshlagan ezgu islohot,
Ertami yo indin berar mevasin.
Bilimli yoshlardan bo‘lgan inshoot,
Aslo yo‘qotmagay asl jilvasin.
Yozilgan har so‘zi hayotga doxil,
Bu mening va sening or-nomusimiz!
Yuzdan ortiq millat gar bo‘lsak ahil,
Boshlar saodatga shu qomusimiz.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊1
OZOD YURT QO‘SHIG‘I
Hurlikni kuylaydi quyoshga qadar,
Bolasin ko‘nglidek tuyg‘ulari pok.
Yozilmish bu elning baxti muxtasar,
Dunyoni lol qilib yam-yashil idrok.
Sahro, vodiylarga baxsh etgancha jon,
Ona xalq ruhiga bo‘ladi qanot.
Asrlar orzusi o‘shalgan zamon,
Bu yurtda boshlanar yangi bir hayot.
O‘zbekiston, deya atalmish Vatan
Tuprog‘idan o‘chmas ne zotlar izi.
Iymoni islomda bitta jon va tan,
Vijdoni buloqdek, rayhondek isi.
Shoiri – o‘zbekning asl farzandi,
Qildi Vataniga umrini fido.
She’rlari yuz minglab jonga payvandi,
Boqiy yashayverar undagi nido.
Ulug‘ xalq niyati – omonlik, tinchlik,
Chamanzor, mevazor bog‘lar oshig‘i.
Olamga, odamga tilab ezgulik,
To abad ozodlik yangrar qo‘shig‘i.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Hurlikni kuylaydi quyoshga qadar,
Bolasin ko‘nglidek tuyg‘ulari pok.
Yozilmish bu elning baxti muxtasar,
Dunyoni lol qilib yam-yashil idrok.
Sahro, vodiylarga baxsh etgancha jon,
Ona xalq ruhiga bo‘ladi qanot.
Asrlar orzusi o‘shalgan zamon,
Bu yurtda boshlanar yangi bir hayot.
O‘zbekiston, deya atalmish Vatan
Tuprog‘idan o‘chmas ne zotlar izi.
Iymoni islomda bitta jon va tan,
Vijdoni buloqdek, rayhondek isi.
Shoiri – o‘zbekning asl farzandi,
Qildi Vataniga umrini fido.
She’rlari yuz minglab jonga payvandi,
Boqiy yashayverar undagi nido.
Ulug‘ xalq niyati – omonlik, tinchlik,
Chamanzor, mevazor bog‘lar oshig‘i.
Olamga, odamga tilab ezgulik,
To abad ozodlik yangrar qo‘shig‘i.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤4
TONG NURI
Yorug‘lik naqadar oppoq farishta,
Tongning manglayiga yozilgan oftob.
Sendan ilhom olar har kim har ishda,
Yozgancha umrini yangi bir kitob.
Bola ko‘zlaridek ochilar quvnoq,
Shirin tillaridek so‘zlar tabiat.
Qahrli qish qissasin so‘ndirar qaynoq
Sening mehr nuring tushgan haqiqat.
Olamni uyg‘otar tong chog‘i azon,
Go‘yo boshlagaydir oliy ziyoga.
Har kunga eng ulug‘ ibtido mezon,
Intixo bo‘lasan tungi ro‘yoga.
Qushlarga qanotsan, bayotsan, ey tong,
Tushlarni suvlarga oqizgan malak.
Totli nafasingdan ulg‘ayadi ong,
Qayta tug‘ilmoqqa o‘zingsan maslak.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Yorug‘lik naqadar oppoq farishta,
Tongning manglayiga yozilgan oftob.
Sendan ilhom olar har kim har ishda,
Yozgancha umrini yangi bir kitob.
Bola ko‘zlaridek ochilar quvnoq,
Shirin tillaridek so‘zlar tabiat.
Qahrli qish qissasin so‘ndirar qaynoq
Sening mehr nuring tushgan haqiqat.
Olamni uyg‘otar tong chog‘i azon,
Go‘yo boshlagaydir oliy ziyoga.
Har kunga eng ulug‘ ibtido mezon,
Intixo bo‘lasan tungi ro‘yoga.
Qushlarga qanotsan, bayotsan, ey tong,
Tushlarni suvlarga oqizgan malak.
Totli nafasingdan ulg‘ayadi ong,
Qayta tug‘ilmoqqa o‘zingsan maslak.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊4
VATAN QADRI
Tuproqman tulporlar tuyog‘ida xor,
Tulporman ustimda o‘ynar chavandoz.
Cho‘qqiman abadiy gerdaygan viqor,
Cho‘ldaman chanqagan chalajon sarboz.
Bulutlar ustimda suzar va qular
Osmonning ostida omonat kasman.
Sarg‘aygan tanamni bearmon yular
Shamollarga mag‘lub bechora xasman.
Ummonlar tubida sirli xazina
Izlab yuragingga sho‘ng‘igan g‘avvos.
Sendan nedir izlab topdi birgina
Zarrang bu dunyoda ekan beqiyos.
Balki quyoshlarga bir kun yetarman,
Balki ko‘z yoshlarim Orolga qondir.
Balki seni tashlab butkul ketarman,
Balki ruhsiz tanam keraksiz jondir.
Aslo asl qadring qurimas daryo,
Ming bitta shoiring bitsa ham doston.
Otamning iziga arzimas dunyo,
Onamning qalbidek yaralgan makon.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Tuproqman tulporlar tuyog‘ida xor,
Tulporman ustimda o‘ynar chavandoz.
Cho‘qqiman abadiy gerdaygan viqor,
Cho‘ldaman chanqagan chalajon sarboz.
Bulutlar ustimda suzar va qular
Osmonning ostida omonat kasman.
Sarg‘aygan tanamni bearmon yular
Shamollarga mag‘lub bechora xasman.
Ummonlar tubida sirli xazina
Izlab yuragingga sho‘ng‘igan g‘avvos.
Sendan nedir izlab topdi birgina
Zarrang bu dunyoda ekan beqiyos.
Balki quyoshlarga bir kun yetarman,
Balki ko‘z yoshlarim Orolga qondir.
Balki seni tashlab butkul ketarman,
Balki ruhsiz tanam keraksiz jondir.
Aslo asl qadring qurimas daryo,
Ming bitta shoiring bitsa ham doston.
Otamning iziga arzimas dunyo,
Onamning qalbidek yaralgan makon.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤2
ODAMIYLIK OLAMI
Ko‘zlarimning ko‘chasida yomg‘irlar yog‘ar,
Yuzlarimni yuvib oqar ko‘nglimdagi sel.
Osmonimni bosib olgan bulutlar sahar
Salomini yog‘dirmoqda chopayotgan yel.
Nondek aziz odamiylik to‘lsa uyimga,
Jondek laziz hayotimga baxsh etsa mazmun.
So‘zlarim ham do‘st tutinsa chalgan kuyimga,
Muhabbatga oshno qalblar bo‘lardi maftun.
Lolalardek bag‘rim yonar, xayollar bebosh,
Qizg‘aldoqdek cho‘g‘ lablardan kuygan yuragim.
Qoyalardek hech muzini yechmaydi bu bosh.
Kuygan bag‘rim sovutmaydi oppoq falagim.
Ergashadi nur yog‘ilsa ko‘kdan soyalar,
Yomg‘ir yog‘ib yam-yashil tus olgandek zamin.
Bog‘lardagi nihollardek gullar g‘oyalar,
His qilasan qahratonda bahorning ta’min.
Go‘yo totli mevalardek Jannat isini,
Har tug‘ilgan go‘daklarda tuyasan to‘yib.
Xazonlardek uchirgancha yolg‘on izini,
Shamol kezar odamiylik olamin suyib.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
Ko‘zlarimning ko‘chasida yomg‘irlar yog‘ar,
Yuzlarimni yuvib oqar ko‘nglimdagi sel.
Osmonimni bosib olgan bulutlar sahar
Salomini yog‘dirmoqda chopayotgan yel.
Nondek aziz odamiylik to‘lsa uyimga,
Jondek laziz hayotimga baxsh etsa mazmun.
So‘zlarim ham do‘st tutinsa chalgan kuyimga,
Muhabbatga oshno qalblar bo‘lardi maftun.
Lolalardek bag‘rim yonar, xayollar bebosh,
Qizg‘aldoqdek cho‘g‘ lablardan kuygan yuragim.
Qoyalardek hech muzini yechmaydi bu bosh.
Kuygan bag‘rim sovutmaydi oppoq falagim.
Ergashadi nur yog‘ilsa ko‘kdan soyalar,
Yomg‘ir yog‘ib yam-yashil tus olgandek zamin.
Bog‘lardagi nihollardek gullar g‘oyalar,
His qilasan qahratonda bahorning ta’min.
Go‘yo totli mevalardek Jannat isini,
Har tug‘ilgan go‘daklarda tuyasan to‘yib.
Xazonlardek uchirgancha yolg‘on izini,
Shamol kezar odamiylik olamin suyib.
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
❤1
Assalomu alaykum, ko‘nglimga oshno, qadri osmon qadrdonlarim!
Mana, 2023-yilning ham so‘nggi tunlari va kunlari, soatu soniyalari kechagidek o‘tib bormoqda....
Bu yil ro‘yo bo‘lgan orzu-niyatlarimiz yangi yilda haqiqatga aylansin!
Har doim oilangizda tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va fayzu barakot, mehru oqibat va tuganmas baxt saodat qo‘shig‘i yangrab tursin! Hamisha rohat-farog‘atda, izzatu-xurmatda, obro’-e’tiborda yuring! Yuzingizdagi nur, qalbingizdagi surur, tilingizdagi shukur, taqvo va huzur, chin insoniy shuur sizlarni aslo tark etmasin!
Allohimdan umringizga mazmunli uzoq umr, faoliyatingizga ulkan omad va zafarlar tilab qolaman.
Hech birimizni Yaratgan O‘z nazaridan chetda qoldirmasin!
YANGI 2024-YIL BARCHAMIZGA QUTLUG‘ BO'LSIN !!!
Umrimiz shamolday yelib chopmoqda,
O‘tib borayotgan har on bir tarix.
Go‘yo bir shom kirib yilni yopmoqda,
Bu tun orzularni biturmiz fasih.
Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov
Mana, 2023-yilning ham so‘nggi tunlari va kunlari, soatu soniyalari kechagidek o‘tib bormoqda....
Bu yil ro‘yo bo‘lgan orzu-niyatlarimiz yangi yilda haqiqatga aylansin!
Har doim oilangizda tinchlik-xotirjamlik, farovonlik va fayzu barakot, mehru oqibat va tuganmas baxt saodat qo‘shig‘i yangrab tursin! Hamisha rohat-farog‘atda, izzatu-xurmatda, obro’-e’tiborda yuring! Yuzingizdagi nur, qalbingizdagi surur, tilingizdagi shukur, taqvo va huzur, chin insoniy shuur sizlarni aslo tark etmasin!
Allohimdan umringizga mazmunli uzoq umr, faoliyatingizga ulkan omad va zafarlar tilab qolaman.
Hech birimizni Yaratgan O‘z nazaridan chetda qoldirmasin!
YANGI 2024-YIL BARCHAMIZGA QUTLUG‘ BO'LSIN !!!
Umrimiz shamolday yelib chopmoqda,
O‘tib borayotgan har on bir tarix.
Go‘yo bir shom kirib yilni yopmoqda,
Bu tun orzularni biturmiz fasih.
Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov
❤1
UMR BEKATI
Umrimiz yellardek chopmoqda shoshqin,
Dekabrning soʻngi tunicha tigʻiz.
Bir on qaynayotgan sutdayin toshqin,
Odamlar chaqmoqdek oʻtmoqda gʻiz-gʻiz.
Xayrlashmoq boʻlsa bayram, tantana,
Koʻkni tutib ketdi toʻplarning sasi.
Bir yilni yoʻqotmoq boʻlsa an’ana,
Tun ketmay yangi tong kelar nafasi.
Qahraton sovuqning qaynoq pallasi,
Goʻyo yuraklardan otilar mehr.
Bonglar yangragandan soʻng qish chillasi
Oʻtgan umrimizga uradi muhr.
Hayot atalmish bir dunyo ne’mati,
Yo bizdan ketadi, qoʻshilar yoki
Oʻtib borayotgan yillar bekati,
Borar manzillarga elitar toki.
Yer yuzi oʻrasin oppoq roʻmolin,
Zavq olsin poklikning ta’mini tuyib.
Yer yuzi asrasin goʻzal jamolin,
Oʻq emas gul otsin bir-birin suyib.
Yangi yil umrimga umr qoʻshilar
Deb, niyat qilamiz endi bu kunni.
Ahil-inoq boʻlsin doim qoʻshnilar,
Koʻzni yoshlatmasin yoqqan tutini.
Ezgu tilaklarni tilang odamlar,
Qoʻlingiz duoga ochilgan chogʻda.
Gʻanimat bilingiz oʻtar xush damlar,
Saodatli yashang doim farogʻda.
Bu kunning hikmati Allohga ayon,
Gohida keladi shodlikda sinov.
Qalbi, yuzi yorugʻ boʻlsin har inson,
Qishda ham soʻnmasin undagi olov.
Hamid IKROM
Umrimiz yellardek chopmoqda shoshqin,
Dekabrning soʻngi tunicha tigʻiz.
Bir on qaynayotgan sutdayin toshqin,
Odamlar chaqmoqdek oʻtmoqda gʻiz-gʻiz.
Xayrlashmoq boʻlsa bayram, tantana,
Koʻkni tutib ketdi toʻplarning sasi.
Bir yilni yoʻqotmoq boʻlsa an’ana,
Tun ketmay yangi tong kelar nafasi.
Qahraton sovuqning qaynoq pallasi,
Goʻyo yuraklardan otilar mehr.
Bonglar yangragandan soʻng qish chillasi
Oʻtgan umrimizga uradi muhr.
Hayot atalmish bir dunyo ne’mati,
Yo bizdan ketadi, qoʻshilar yoki
Oʻtib borayotgan yillar bekati,
Borar manzillarga elitar toki.
Yer yuzi oʻrasin oppoq roʻmolin,
Zavq olsin poklikning ta’mini tuyib.
Yer yuzi asrasin goʻzal jamolin,
Oʻq emas gul otsin bir-birin suyib.
Yangi yil umrimga umr qoʻshilar
Deb, niyat qilamiz endi bu kunni.
Ahil-inoq boʻlsin doim qoʻshnilar,
Koʻzni yoshlatmasin yoqqan tutini.
Ezgu tilaklarni tilang odamlar,
Qoʻlingiz duoga ochilgan chogʻda.
Gʻanimat bilingiz oʻtar xush damlar,
Saodatli yashang doim farogʻda.
Bu kunning hikmati Allohga ayon,
Gohida keladi shodlikda sinov.
Qalbi, yuzi yorugʻ boʻlsin har inson,
Qishda ham soʻnmasin undagi olov.
Hamid IKROM
❤1
YANGI YIL TILAGI
Yangi yil kelajak eshigin ochar,
Yangi yil orzular nurini sochar.
Umidlar uyg'onar, armonlar qochar,
Senda umr qolar qo'lin silkitib.
Yangi rejalarga to'lar har yoning,
Suvlar oqaverar oldga daryoning.
Bir yilga ulg'ayar umri dunyoning,
Menda hislar qolar qalbim to'ldirib.
Zamon oshiqmoqda manzili tomon,
Insonlar samoda uchmoqda hamon.
Kimlarga yer talash, kimlarga osmon,
Qorda izlar qolar sabring to'ldirib.
O'tayotgan kuning tarix kitobi,
Kutayotgan tuning tongning sarobi.
Sira to'xtamaydi vaqtning shitobi,
Yorni izlar ko'zing juda sog'inib.
Qirovlar qo'nganda daraxt shoxiga,
Olovlar so'nganda qishning ohiga.
Yalovlar tushganda dushman chohiga,
Oring qizlaringni asra ishqilib.
Samoni to'ldirib bulutlar suzar,
Ummon to'lqinida dovullar kezar.
G'iybatlar gohida dilimni buzar,
Zorim ezgulikni kelma qoldirib.
Har yer, har yerlarda urush nafasi,
Bolalarga sovg'a - hadik qafasi.
Endi kelaqolsin tinchlik bekasi,
O'tkinchi dunyoni holi qoldirib.
Mehr-oqibatdan qurimas ko'llar,
Mayli bog' bo'lmasa azaliy cho'llar.
Aslo og'rimasin xayrli qo'llar,
Iymonni qalblarga kelgin to'ldirib.
Ishq o'ti eritar muz yuraklarni,
Duoda aytamiz xush tilaklarni.
To'ldirsin oppoq qor bo'sh falaklarni,
Yangi yil xalqimga sog'lik olib kel!
Yangi yil olamga tinchlik bo'lib kel!
Hamid IKROM
Yangi yil kelajak eshigin ochar,
Yangi yil orzular nurini sochar.
Umidlar uyg'onar, armonlar qochar,
Senda umr qolar qo'lin silkitib.
Yangi rejalarga to'lar har yoning,
Suvlar oqaverar oldga daryoning.
Bir yilga ulg'ayar umri dunyoning,
Menda hislar qolar qalbim to'ldirib.
Zamon oshiqmoqda manzili tomon,
Insonlar samoda uchmoqda hamon.
Kimlarga yer talash, kimlarga osmon,
Qorda izlar qolar sabring to'ldirib.
O'tayotgan kuning tarix kitobi,
Kutayotgan tuning tongning sarobi.
Sira to'xtamaydi vaqtning shitobi,
Yorni izlar ko'zing juda sog'inib.
Qirovlar qo'nganda daraxt shoxiga,
Olovlar so'nganda qishning ohiga.
Yalovlar tushganda dushman chohiga,
Oring qizlaringni asra ishqilib.
Samoni to'ldirib bulutlar suzar,
Ummon to'lqinida dovullar kezar.
G'iybatlar gohida dilimni buzar,
Zorim ezgulikni kelma qoldirib.
Har yer, har yerlarda urush nafasi,
Bolalarga sovg'a - hadik qafasi.
Endi kelaqolsin tinchlik bekasi,
O'tkinchi dunyoni holi qoldirib.
Mehr-oqibatdan qurimas ko'llar,
Mayli bog' bo'lmasa azaliy cho'llar.
Aslo og'rimasin xayrli qo'llar,
Iymonni qalblarga kelgin to'ldirib.
Ishq o'ti eritar muz yuraklarni,
Duoda aytamiz xush tilaklarni.
To'ldirsin oppoq qor bo'sh falaklarni,
Yangi yil xalqimga sog'lik olib kel!
Yangi yil olamga tinchlik bo'lib kel!
Hamid IKROM
❤2
YANGI YIL
Yangi yil orzular eshigin ochar,
Ko‘ngilga umidbaxsh yog‘dular sochar.
Dilim yayrar, undan g‘am-qayg‘u qochar,
Seni intiq bo‘lib kutar odamlar.
Kimga armon bo‘ldi ortda qolgan yil,
Kimga darmon bo‘ldi ortda qolgan yil,
Kimga arzon o‘tdi ortda qolgan yil,
Kimga sarson bo‘ldi ortda qolgan yil.
Aslo o‘ksimagin yana bor imkon,
Yangi umidlaring tug‘ilar shu on.
Shodlik quchoqlasin seni har zamon,
Yangi yil yetaklar maqsading tomon.
Qara, bezatilgan ko‘m-ko‘k archalar,
Huv ana chiroqlar, rangli sharchalar.
Mening, sening orzu-umidlaringdek,
Uchib kelayotir oppoq parchalar.
Unda ezgulikdan maktublar bisyor,
Shodlik uni o‘qir kunu tun bedor.
Go‘yo hayotimiz fayzi ushbu kun,
Barcha tilaklarin qiladi oshkor.
Bizga baxt olib kel keng osmon qadar,
Salomatlik, tinchlik, mehru oqibat.
Senda yil boshlanar chog‘i naqadar
Ortib ketar bizda hayru sahovat.
Bu kun o‘zgacha bir chehralar gulgun,
Bu kun yangi davr eshik ochmoqda.
Yangi yil kirmoqda yonadi uchqun
Yulduzlar orzular nurin sochmoqda.
Yangi yil tilaklar ro‘yobi bo‘lsin,
Mehnatdan bilaklar tolmasin sira.
Yangi yil go‘daklar sog‘lom tug‘ilsin,
Ulardek bu olam bo‘lsin bokira!
Hamid Ikrom
Hamidjon Pozilov Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti talabasi
Yangi yil orzular eshigin ochar,
Ko‘ngilga umidbaxsh yog‘dular sochar.
Dilim yayrar, undan g‘am-qayg‘u qochar,
Seni intiq bo‘lib kutar odamlar.
Kimga armon bo‘ldi ortda qolgan yil,
Kimga darmon bo‘ldi ortda qolgan yil,
Kimga arzon o‘tdi ortda qolgan yil,
Kimga sarson bo‘ldi ortda qolgan yil.
Aslo o‘ksimagin yana bor imkon,
Yangi umidlaring tug‘ilar shu on.
Shodlik quchoqlasin seni har zamon,
Yangi yil yetaklar maqsading tomon.
Qara, bezatilgan ko‘m-ko‘k archalar,
Huv ana chiroqlar, rangli sharchalar.
Mening, sening orzu-umidlaringdek,
Uchib kelayotir oppoq parchalar.
Unda ezgulikdan maktublar bisyor,
Shodlik uni o‘qir kunu tun bedor.
Go‘yo hayotimiz fayzi ushbu kun,
Barcha tilaklarin qiladi oshkor.
Bizga baxt olib kel keng osmon qadar,
Salomatlik, tinchlik, mehru oqibat.
Senda yil boshlanar chog‘i naqadar
Ortib ketar bizda hayru sahovat.
Bu kun o‘zgacha bir chehralar gulgun,
Bu kun yangi davr eshik ochmoqda.
Yangi yil kirmoqda yonadi uchqun
Yulduzlar orzular nurin sochmoqda.
Yangi yil tilaklar ro‘yobi bo‘lsin,
Mehnatdan bilaklar tolmasin sira.
Yangi yil go‘daklar sog‘lom tug‘ilsin,
Ulardek bu olam bo‘lsin bokira!
Hamid Ikrom
Hamidjon Pozilov Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti talabasi
❤2
ENG OLIY NE’MAT
Umrimiz shamolday yelib chopmoqda,
O‘tib borayotgan har on bir tarix.
Go‘yo bir shom kirib yilni yopmoqda,
Bu tun orzularni biturmiz fasih.
Boladek ko‘nglimiz xayollarga boy,
Loladek sochilgan qir-adirlarga.
Go‘yo ortimizdan chopayotgan oy,
Nurida bir sir bor chin taqdirlarga.
Bugundan boshlanar kelajak hayot,
Baxtli onlarimiz turibdi kutib.
Yillar biz tomonga silkitib qanot,
"Alvido..!" degancha yo‘llaydi maktub.
Niyatlar to‘kilar bo‘lib oppoq qor,
Archalar shoxidan taraladi nur.
Hamma qalb qo‘rini qilgancha izhor,
Ajib tuyg‘ulardan oladi huzur.
Go‘dak ko‘zlaridek boqmagin hayron,
Zavq olib yashagin, bu on g‘animat.
Mehr-oqibatga to‘lganda har yon,
Shukrona ayt, shodlik – eng oliy ne’mat!
Hamid IKROM
(Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov)
Umrimiz shamolday yelib chopmoqda,
O‘tib borayotgan har on bir tarix.
Go‘yo bir shom kirib yilni yopmoqda,
Bu tun orzularni biturmiz fasih.
Boladek ko‘nglimiz xayollarga boy,
Loladek sochilgan qir-adirlarga.
Go‘yo ortimizdan chopayotgan oy,
Nurida bir sir bor chin taqdirlarga.
Bugundan boshlanar kelajak hayot,
Baxtli onlarimiz turibdi kutib.
Yillar biz tomonga silkitib qanot,
"Alvido..!" degancha yo‘llaydi maktub.
Niyatlar to‘kilar bo‘lib oppoq qor,
Archalar shoxidan taraladi nur.
Hamma qalb qo‘rini qilgancha izhor,
Ajib tuyg‘ulardan oladi huzur.
Go‘dak ko‘zlaridek boqmagin hayron,
Zavq olib yashagin, bu on g‘animat.
Mehr-oqibatga to‘lganda har yon,
Shukrona ayt, shodlik – eng oliy ne’mat!
Hamid IKROM
(Hamidjon Ikromjon o‘g‘li Pozilov)
🕊2
NURLI MANZIL
Orzularim qanotida qilaman parvoz,
Osmonlarim boshlar nurli manzillar tomon.
Oftoblar ham qo‘nayotir boshimga qish-yoz,
Oliygohim, berayapsan bizlarga imkon.
Tunu kun boshimni egding haq so‘zga,
Tafakkur olami olmaydi orom.
Tasalli beraman uyqusiz ko‘zga,
Talabalik, deyman eng oliy maqom.
Saodat eshigin ochaman,
Soat ham bong urar shu onda.
Sirlarni samoga sochaman,
Sayohatga ketar zamonda.
Allohim, o‘tinchim – bergin omonlik,
Agar zulmatlarda qolsam-da, o‘zim.
Azaliy jaholat – so‘nsin yomonlik,
Azob, sinovlarga tilayman to‘zim.
Ummonlarning qaridadir qancha sinoat,
Umrimiz ham ochilmagan, sirlarga boy dil.
Umidingni so‘ndirmagin so‘nggi dam faqat,
Ustozlarning ilm yo‘li – eng yorug‘ manzil.
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li
Orzularim qanotida qilaman parvoz,
Osmonlarim boshlar nurli manzillar tomon.
Oftoblar ham qo‘nayotir boshimga qish-yoz,
Oliygohim, berayapsan bizlarga imkon.
Tunu kun boshimni egding haq so‘zga,
Tafakkur olami olmaydi orom.
Tasalli beraman uyqusiz ko‘zga,
Talabalik, deyman eng oliy maqom.
Saodat eshigin ochaman,
Soat ham bong urar shu onda.
Sirlarni samoga sochaman,
Sayohatga ketar zamonda.
Allohim, o‘tinchim – bergin omonlik,
Agar zulmatlarda qolsam-da, o‘zim.
Azaliy jaholat – so‘nsin yomonlik,
Azob, sinovlarga tilayman to‘zim.
Ummonlarning qaridadir qancha sinoat,
Umrimiz ham ochilmagan, sirlarga boy dil.
Umidingni so‘ndirmagin so‘nggi dam faqat,
Ustozlarning ilm yo‘li – eng yorug‘ manzil.
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li
🕊2
MUQADDAS BURCH
Har qarich tuprog‘ing mo'tabar, aziz,
Mardlarning tunu kun bedor yuragi.
Vatan sadoqati oldida ojiz
Qolar yovning yerga tegib kuragi.
Sarhadlaring uzra nur sochar quyosh,
Tinchlikdan oladi bu zamin nafas.
Suyanchiq va tirgak, sergak har bir yosh,
Bor ekan toptamas seni hech nokas.
Jaloliddin, Bobur o‘g‘lonlaring bor,
Aslo qaro bo‘lmas onalar baxti.
Yurt tuzgan Temurdek sultonlaring bor,
Dunyoni boshqargan adolat taxti.
Orombaxsh o‘tarkan osuda, sokin,
Shirin orzularga cho‘milib kecha.
Turmushi farovon, ozod va erkin,
Yashaymiz bu yurtda shod, xurram barcha.
Osmoni musaffo yulduzlarga boy,
Ajdodlari bo‘lgan dunyoga mashhur.
Bu zamin kundan kun olarkan chiroy,
Keksa-yosh qalbida ortadi surur.
Bu baxtni asramoq oliy tilagi,
Bunga ahd qilmoqlik eng ulug‘ sharaf.
Shu yurt deb yigitning yonar yuragi,
Har bir amalimda keltirsin deb naf.
Vijdoni pokiza, sadoqati chin,
Pahlavon, yengilmas jasur posbonim.
Sizdan qanot olar burgutu lochin,
Siz bor Quyoshlidir butun osmonim.
Xizmatingni qilmoq sharafu, shonim,
Doim ozod, obod bo‘lsin bu makon.
Senga muhabbatim – toza iymonim,
Muqaddas Ka’bamsan, hur O‘zbekiston!
Hamid IKROM
Hamidjon Pozilov Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti talabasi
Har qarich tuprog‘ing mo'tabar, aziz,
Mardlarning tunu kun bedor yuragi.
Vatan sadoqati oldida ojiz
Qolar yovning yerga tegib kuragi.
Sarhadlaring uzra nur sochar quyosh,
Tinchlikdan oladi bu zamin nafas.
Suyanchiq va tirgak, sergak har bir yosh,
Bor ekan toptamas seni hech nokas.
Jaloliddin, Bobur o‘g‘lonlaring bor,
Aslo qaro bo‘lmas onalar baxti.
Yurt tuzgan Temurdek sultonlaring bor,
Dunyoni boshqargan adolat taxti.
Orombaxsh o‘tarkan osuda, sokin,
Shirin orzularga cho‘milib kecha.
Turmushi farovon, ozod va erkin,
Yashaymiz bu yurtda shod, xurram barcha.
Osmoni musaffo yulduzlarga boy,
Ajdodlari bo‘lgan dunyoga mashhur.
Bu zamin kundan kun olarkan chiroy,
Keksa-yosh qalbida ortadi surur.
Bu baxtni asramoq oliy tilagi,
Bunga ahd qilmoqlik eng ulug‘ sharaf.
Shu yurt deb yigitning yonar yuragi,
Har bir amalimda keltirsin deb naf.
Vijdoni pokiza, sadoqati chin,
Pahlavon, yengilmas jasur posbonim.
Sizdan qanot olar burgutu lochin,
Siz bor Quyoshlidir butun osmonim.
Xizmatingni qilmoq sharafu, shonim,
Doim ozod, obod bo‘lsin bu makon.
Senga muhabbatim – toza iymonim,
Muqaddas Ka’bamsan, hur O‘zbekiston!
Hamid IKROM
Hamidjon Pozilov Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti talabasi
🎉1🕊1
#ijod_vaqti
SOG‘INCH
Tong sabosi kabi esar xayolim,
Yuragimda yashar sog‘inch savdosi.
Bolaligim osmonisan iqbolim,
Vodiylarda o‘chmas ko‘ngil sadosi.
Quyoshdayin nuri har vaqt uyg‘otar,
Eritgancha asrga teng muzlarni.
Ummondagi to‘lqinlardek to‘lg‘otar,
Yumib bo‘lmas orzu to‘la ko‘zlarni.
Bulbul nolasida mening dardim bor,
Tikonzor bog‘larning xur shohi o‘zim.
Tuproq ko‘chalarda changitib bedor,
O‘tgan bolalagim olislarda jim!
Men seni sog‘indim judayam intiq,
Onasini kutgan yetim boladek.
Gohida tushimda, o‘ngimda oshiq,
Umidi har bahor ungan loladek…
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti talabasi
SOG‘INCH
Tong sabosi kabi esar xayolim,
Yuragimda yashar sog‘inch savdosi.
Bolaligim osmonisan iqbolim,
Vodiylarda o‘chmas ko‘ngil sadosi.
Quyoshdayin nuri har vaqt uyg‘otar,
Eritgancha asrga teng muzlarni.
Ummondagi to‘lqinlardek to‘lg‘otar,
Yumib bo‘lmas orzu to‘la ko‘zlarni.
Bulbul nolasida mening dardim bor,
Tikonzor bog‘larning xur shohi o‘zim.
Tuproq ko‘chalarda changitib bedor,
O‘tgan bolalagim olislarda jim!
Men seni sog‘indim judayam intiq,
Onasini kutgan yetim boladek.
Gohida tushimda, o‘ngimda oshiq,
Umidi har bahor ungan loladek…
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊2
#ijod_vaqti
NURLI SIYMO
Kitobimni asta varaqlab,
Ko‘zim tushdi nurli siymoga.
Ong, shuurim ketdi charaqlab,
O‘yga cho‘mdim boqib samoga.
Navoiyda yuksak iste'dod,
Adabiyot mulki behisob.
Jaholatdan dunyoni ozod
Qilar undan qolgan har kitob.
Asrlarkim, aziz, mo‘tabar,
Yod etamiz u zot nomini.
Asarlari olamni bezar,
Taratgancha dur in'omini.
Quyosh kabi nur sochar hamon,
Yulduzlardek behisob, sirli.
Mana shuncha o‘tsada zamon,
Har bir satri qolar ta'sirli.
Payg‘ambarga bo‘ldi umri teng,
Haq ishqida yashadi yonib.
Yaratganning marhamati keng:
So‘z mulkini berdi ishonib.
Bitdi minglab g‘azallar, hatto
Sanamoqqa ojiz kamina.
Terilgandek marjon, bexato
SHoh baytlarga to‘ldi xazina.
Endi uni o‘qimoq kerak,
Uqmoq kerak har bir ma'nosin.
Ma'naviyat yuksalar beshak,
Gar kuylasak shoir navosin.
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti
04.02.2024-yil
NURLI SIYMO
Kitobimni asta varaqlab,
Ko‘zim tushdi nurli siymoga.
Ong, shuurim ketdi charaqlab,
O‘yga cho‘mdim boqib samoga.
Navoiyda yuksak iste'dod,
Adabiyot mulki behisob.
Jaholatdan dunyoni ozod
Qilar undan qolgan har kitob.
Asrlarkim, aziz, mo‘tabar,
Yod etamiz u zot nomini.
Asarlari olamni bezar,
Taratgancha dur in'omini.
Quyosh kabi nur sochar hamon,
Yulduzlardek behisob, sirli.
Mana shuncha o‘tsada zamon,
Har bir satri qolar ta'sirli.
Payg‘ambarga bo‘ldi umri teng,
Haq ishqida yashadi yonib.
Yaratganning marhamati keng:
So‘z mulkini berdi ishonib.
Bitdi minglab g‘azallar, hatto
Sanamoqqa ojiz kamina.
Terilgandek marjon, bexato
SHoh baytlarga to‘ldi xazina.
Endi uni o‘qimoq kerak,
Uqmoq kerak har bir ma'nosin.
Ma'naviyat yuksalar beshak,
Gar kuylasak shoir navosin.
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon o‘g‘li
Qo‘qon universiteti
04.02.2024-yil
🕊3
#ijod_vaqti
NAVOIY RUHI
Necha asr oʻtgan boʻlmasin,
U qoldirgan tugamas meros.
Necha qasr oʻti soʻnmasin,
Uning tafti hamon beqiyos.
Karvonlarning izi qolmadi,
Lekin uning qalam izi bor.
Dovonlarning muzi qolmadi,
Navoiyning olam soʻzi bor.
Tunda balki porlamas quyosh,
Lek shoirning soʻnmas ziyosi.
Har kimda ham tugaydi bardosh,
Uning yashar komil dunyosi.
Cheksiz emas balki koinot,
Hadsiz erur ammo tafakkur.
Bir kun oʻtar bu foniy hayot,
Lek, yashaydi Navoiy magʻrur.
Ezgulikning goʻyo bulogʻi,
Simirasan, aslo toʻymaysan.
Firdavsdek yam-yashil bogʻi,
Koʻngilni hech uzib qoʻymaysan.
Shunchaki yod etmang soʻzini,
Yashang doim hikmatlarida.
Haykal qoʻymang, eslang oʻzini,
Oʻqib Qur’on oyatlarida.
Uning boqiy barhayot ruhi,
Kezar har bir oʻzbek uyida.
Ulugʻ siymo, soʻnmas shukuhi,
Yashar tirik shoir o‘yida.
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon oʻgʻli
Qoʻqon universiteti
09.02.2022-yil
NAVOIY RUHI
Necha asr oʻtgan boʻlmasin,
U qoldirgan tugamas meros.
Necha qasr oʻti soʻnmasin,
Uning tafti hamon beqiyos.
Karvonlarning izi qolmadi,
Lekin uning qalam izi bor.
Dovonlarning muzi qolmadi,
Navoiyning olam soʻzi bor.
Tunda balki porlamas quyosh,
Lek shoirning soʻnmas ziyosi.
Har kimda ham tugaydi bardosh,
Uning yashar komil dunyosi.
Cheksiz emas balki koinot,
Hadsiz erur ammo tafakkur.
Bir kun oʻtar bu foniy hayot,
Lek, yashaydi Navoiy magʻrur.
Ezgulikning goʻyo bulogʻi,
Simirasan, aslo toʻymaysan.
Firdavsdek yam-yashil bogʻi,
Koʻngilni hech uzib qoʻymaysan.
Shunchaki yod etmang soʻzini,
Yashang doim hikmatlarida.
Haykal qoʻymang, eslang oʻzini,
Oʻqib Qur’on oyatlarida.
Uning boqiy barhayot ruhi,
Kezar har bir oʻzbek uyida.
Ulugʻ siymo, soʻnmas shukuhi,
Yashar tirik shoir o‘yida.
Hamid IKROM
Pozilov Hamidjon Ikromjon oʻgʻli
Qoʻqon universiteti
09.02.2022-yil
👍3