MUHAMMAD IBROHIM
65 subscribers
210 photos
19 videos
3 files
18 links
Qalbim hamon eslaydi shodon,
Yoshligini unutgan dema.
Kõz oldimda bõlar namoyon,
Men qamishdan yasagan kema...
Download Telegram
QO‘QON—SAMARQAND
 
Umr yo‘li uzun sayohat yo‘li,
Boqiylik manzili kutar intizor.
O‘ngida bog‘lar bor, tog‘lar bor so‘li,
Xizmatchi yo unda, yo‘lovchi sarkor.
 
To‘g‘ri yo‘llarda ham uchrar o‘g‘ri,
Egri yo‘llarda-chi, to‘la xavf-xatar.
Gohida ezadi yukning og‘iri,
Gunohlar boylikdek ko‘paysa agar.
 
Xayollar uchadi otlardek uchqur,
Dunyoni qilmoqchi yo ostin-ustun.
Tubsizlik jariga qulaydi chuqur,
Olamni bir butun asramoq uchun.
 
Poyezd qo‘zg‘aladi, izlarim qolar,
Qo‘qon yo Samarqand taqdir manzilim.
Ikkisi ulug‘vor va ko‘hna shahar,
Ohanrabodayin tortadi dilim.
 
Ne-ne jahongirning tarix sahnasi,
Shoh asarlar unda etilgan ijro.
Yo sulton saroyi, yo sag‘anasi,
Sarbador rolida oddiy fuqaro.
 
Bibixonim unda turar yarimjon,
Temurdan so‘ng achchiq qismati meros.
Nodira Qo‘qonda, taqdirga hayron!
Amir Nasrulloxon bir aktyor, xolos!..
 
Eh, yo‘llar ko‘zimni yumadi bir zum,
Qorli manzillarda qoldirib izlar.
Kimlar tarix uchun tug‘ilgan mahkum,
Kimlar sahna uchun rolini izlar.
 
Men ham ketayapman orzum ketidan,
Ulug‘ o‘tmishimiz poytaxti sari.
Zaminning sayqali marmar betidan,
O‘pib, gunohlarim to‘kilsa bari.
 
Dovondan o‘rmalab boryapmiz asta,
Mayda odimlagan ipak qurtidek.
Lekin shahrim ortda qoldi birpasda,
O‘tar har go‘shamiz o‘zga yurtidek.
 
Oliygohim olis manzillar aro,
Qo‘l siltab bayrog‘i hilpirayotir.
Men uni hozirdan sog‘indim, zero,
U ham men haqimda olur xavotir.
 
Qo‘qon-Samarqandni bog‘lagan zanjir,
Mening taqdirimni bog‘lar mustahkam.
Ilk bor sayohatim o‘tar benazir,
Taassurotim bo‘lar unda bir olam!..
 
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊1
REGISTON
 
Ey, ko‘hna sayqali zamin,
Bag‘ring ochgin musofirman.
Tuprog‘ingda yurganim chin,
Har go‘shangda hur sofirman.
 
Qordek oppoq orzularim,
Boshing uzra yog‘ilmoqda.
Registonda tuyg‘ularim,
Sutdek dilga sog‘ilmoqda.
 
Peshtoqingda oyat tumor,
Duolardan zarhal yuzing.
Sayyohlarga bo‘lding xumor,
Qiyosi yo‘q bino o‘zing!
 
Qish, qahraton, sovuq raqib,
Sayohatga harorat kam.
Huzuringda nochor g‘arib,
Qarshimda shahri  muazzam.
 
Gumbazlaring o‘zi osmon,
Parvoz qilar tinchlik qushi.
Zaminimiz bo‘lsin omon,
Buzilmasdan shirin tushi.
 
Oltin asr Ulug‘bekning,
Ilm nuri turar porlab.
Iftixori har o‘zbekning,
Olam ahlin turar chorlab.
 
Yuragimga jo Samarqand,
Dunyoyimga kirding, axir!
Sog‘inmayin, uyim harchand,
Vidolashmoq juda og‘ir.
 
Umr shomim tong aylagan
Tor ko‘nglimga bo‘lding osmon,
Tafakkurim bong aylagan,
Kelajakka bo‘l keng maydon.
 
Tillakori, bir yon SHerdor,
Ayriliqdan muzlamoqda.
Registonim qolib bedor,
Izlarimni izlamoqda.
 
Xayr deyman, boqib mayus,
Ko‘hna tarix koshonasi.
Bir xayolim qolar,  afsus,
Kutar Qo‘qon ostonasi.
 
Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊1
QIZ UZATGAN ONALAR

Tugʻilganda quvonib, oʻz taniga sigʻmagan,
Yaralganda paxtadek guldan goʻzal shonalar.
Yildan yilga boʻy choʻzib, sovchi kelsa yigʻlagan,
Ikki qizin uzatib, qolgan yolg‘iz onalar.

Kulcha yuzi taftida qizarganda avaylab,
Oydek nurli porlagay borgan har bir xonalar.
Dur toʻkilar soʻzlasa, chaman ichra gʻuncha lab,
Yarim-chuchuk soʻzlarin eslar, hargiz, onalar.

Bolaligi shoh qizi boʻlgan ota qoshida,
Dunyo uning poyida, osmon turgan boshida.
Ogʻzidagi goʻshtni ham ilinganda oshida,
Qizi bilan qirq joni ketgan ojiz, onalar!

Quyosh boʻlsin, yomgʻirli, unga endi baribir,
Tong otarmi, kun botar, ayriliq boʻlar ogʻir.
Oʻn sakkiz yillik umrin uzib olganda taqdir,
Bagʻri boʻm-boʻsh qolarkan qizli egiz, onalar.

Qachon kelar deb har on, oʻtar eshikka qarab,
Keksayganda boladek bolasiga moʻltirab.
Qirq jon emas, togʻdayin bardoshli qilgin Yo Rab,
Zor boʻlmasin diydorga oʻstirib qiz, onalar!

Bugun tongi shom boʻlar sensiz qolib, bir oʻzi,
Sen ketarsan ortingdan soʻnib borar nur koʻzi.
Sogʻinganda entikib, gʻamga botar oy yuzi,
Qaddi toldek bukilib, yigʻlar soʻzsiz onalar!

Bolaliging oʻtgan uy ostonasin unutma,
Ota-onang qoshingga qachon kelar, deb kutma.
Goh-gohida yoʻqlab tur, diydoring darigʻ tutma,
Gʻanimat bil bizlarni, ahir, aziz onalar!

Baxtli boʻlgin, jon qizim, yuragimga shu malham,
Ayriliqning dardiga shodliging berar barham.
Oʻzga uyda yotsirab yigʻlamagin sira ham,
Quvonchingdan hayoti boʻlar laziz, onalar!

Hamid IKROM
Qoʻqon universiteti talabasi
🕊1
UMR BEKATI

Umrimiz yellardek chopmoqda shoshqin,
Dekabrning soʻngi tunicha tigʻiz.
Bir on qaynayotgan sutdayin toshqin,
Odamlar chaqmoqdek oʻtmoqda gʻiz-gʻiz.

Xayrlashmoq boʻlsa bayram, tantana,
Koʻkni tutib ketdi toʻplarning sasi.
Bir yilni yoʻqotmoq boʻlsa an’ana,
Tun ketmay yangi tong kelar nafasi.

Qahraton sovuqning qaynoq pallasi,
Goʻyo yuraklardan otilar mehr.
Bonglar yangragandan soʻng qish chillasi
Oʻtgan umrimizga uradi muhr.

Hayot atalmish bir dunyo ne’mati,
Yo bizdan ketadi, qoʻshilar yoki
Oʻtib borayotgan yillar bekati,
Borar manzillarga elitar toki.

Yer yuzi oʻrasin oppoq roʻmolin,
Zavq olsin poklikning ta’mini tuyib.
Yer yuzi asrasin goʻzal jamolin,
Oʻq emas gul otsin bir-birin suyib.

Yangi yil umrimga umr qoʻshilar
Deb, niyat qilamiz endi bu kunni.
Ahil-inoq boʻlsin doim qoʻshnilar,
Koʻzni yoshlatmasin yoqqan tutini.

Ezgu tilaklarni tilang odamlar,
Qoʻlingiz duoga ochilgan chogʻda.
Gʻanimat bilingiz oʻtar xush damlar,
Saodatli yashang doim farogʻda.

Bu kunning hikmati Allohga ayon,
Gohida keladi shodlikda sinov.
Qalbi, yuzi yorugʻ boʻlsin har inson,
Qishda ham soʻnmasin undagi olov.

Hamid IKROM
Qoʻqon universiteti talabasi
🕊1
🕊1
🏆 YILNING ENG YAXSHI XUSUSIY OLIYGOHI - 2022

Respublikamizda rasmiy litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan Nodavlat oliy ta’lim muassasalarining onlayn reytingini aniqlash maqsadida ushbu tanlov tashkil o‘tkazilmoqda. 

Tanlov tashkilotchilari:
OLIYGOH.UZ ta’lim platformasi va Edu - Taʼlim yangiliklari telegram kanali

Axborot hamkori:
Ta’lim sifatini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi - TDI.UZ 

Tanlov maqsadi:
O‘zbekistonda xususiy ta’lim salohiyatini yanada oshirish, ta’lim sohasidagi eng yaxshi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va ularni keng jamoatchilikka yetkazish. 

📄 Tanlov nizomi: https://oliygoh.uz/post/eng-yaxshi-oliygoh-tanlov-nizomi

📄 Tanlov natijalari: https://oliygoh.uz/vote/yilning-eng-yaxshi-xususiy-oliygohi-2022

📌 Eslatma: Tanlovda ovoz berish 31-yanvar kuni 20:00 da yakunlanadi.

🕊Telegram|📱Facebook|
📱Instagram|📺YouTube
🕊1
🏆 "Yilning eng yaxshi xususiy oliygohi - 2022" tanlovida Kokand university'ni qo‘llab-quvvatlang va ovoz bering!

⚠️Ism, sharifingiz va telefon raqamingiz so‘ralsa yozishingiz mumkin. Bu ovozlarning haqqoniy bo‘lishi uchun zarur.

❗️"Yilning eng yaxshi xususiy oliygohi - 2022 tanlovida qaysi oliygohga ovoz berasiz, tanlang:" yozuvidan so‘ng albatta Kokand universityni toping va belgilang!

🙌 Kokand university - bir oila ekanligini yana bir bor isbotlaylik, azizlar!

🌐Ovoz berish ➡️ https://t.me/nodavlat_reyting_bot?start=
🕊1
💎 Мутолаа

Яхши тарбия кўрган одамнинг хислатларидан бири шуки, бундай одам ўз фаолиятида бошқалардан бир қадам олдинга ўтса дарров орқага қарайди, шерикларига ёрдам қўлини узатади, сафини кенгайтириб, янги ғалабани кўзлайди.

Абдулла Қаҳҳор
🕊1
ALVIDO

Oppoq libosingga o‘ralgan jonim,
Porloq orzularda o‘rtanar yurak.
Bugun qulab tushdi butun osmonim,
Fusun ko‘zlaringda yoshli kamalak.

Yosh boladek o‘ksib yig‘laydi qalbim,
CHo‘g‘dan bo‘sa olgan titraydi dudoq.
SHirin xotiraga ko‘milmish qadrim,
Sevgimiz qabrida unmish qizg‘aldoq.

Oyog‘im o‘zimda, lek ruhim yiroq,
Sen ila tushlarim qiladi sayr.
Yashagim kelyapti sevgimda, biroq,
Jonim, baxting uchun alvido, xayr!

Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊1
📚 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan o'tkazilayotgan “Kitobxon yoshlar” tanlovida ishtirok eting va pul yutuqlarini yutib oling! Tanlov sovrin jamg‘armasi 50 million so‘m.

Tanlovda ishtirok etish uchun👇
https://t.me/kitobtanlovbot?start=945320577
🕊1
YIGIT SO‘ZI
(14-yanvar — Vatan himoyachilari kuniga bag‘ishlanadi)

Ostonangda boshim, doim ta'zimda,
Tuprog‘ingda unib, o‘sgan maysaman.
Farzandingman xizmat qilmoq farzim-da,
Nokaslarga otgan o‘qing — nayzaman.

Sarhadlaring er yigitga omonat,
Unda Temur, Jaloliddin ruhi bor.
Bir zum bo‘lsin o‘ylamaslik — xiyonat,
Qo‘riqlayman chegarangni men bedor.

Xotirjam, tinch uxlasinlar uyida,
Azizlarim: ota-onam va yorim.
Yuksak, porloq kelajaging o‘yida
Yashayapman fido qilib men borim.

SHodligiga gard yuqtirmay bolamning,
Orzusiga imkon bergan qanotman.
Ajdodlardan qolgan ko‘hna olamning,
Osuda, hur hayotiga najotman.

Men askarman, kechayu kun xushyorlik,
Sadoqat-la xizmat qilmoq chin ontim.
Vatan, senga bo‘lsin menda xushtorlik —
Umrim, jonim, nafas olar har onim!

Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
🕊1
🕊1
#IJOD LAHZALARI
BOLALIGIM

Gul yuziga qoʻngan kapalak,
Hayotining goʻzal onlari.
Uchar ekan mitti bir yurak,
Chamanzorni tutib shonlari.

Saratonda esgan saboday,
Jonga rohat, ruhimga huzur.
Togʻ qoʻynida kezgan havoday,
Bolaligim qiladi zuhur.

Hayrat toʻla koʻzlarga boqib,
Dunyo menga kulib turardi.
Onam meni bagʻriga bosib,
Otam bilan baxtli yurardi.

Xayollarim kezar begʻubor,
Tong bor edi, shomim bedarak.
Issiq kulcha olgancha viqor,
Osmon qadar oʻsardim yuksak.

Qushlar kabi edim falakda,
Yo qoʻl choʻzsam oyga yetgulik.
Bahor ungan har bir kurtakda,
Yashar edi murgʻak bolalik.

Tuproq yoʻlda edi baxt qasri,
Changitgancha chopqillab choshgoh.
Eng farahbaxsh umrimiz asri,
Oʻtib boʻlgan ekan oʻsha chogʻ.

Xayolimdan ketmas bu damlar,
Hayotimning betakror oni.
Usiz qanday yashar odamlar,
Ne mazmuni qolar dunyoni?!

Bolaginam yuziga boqib,
Men oʻzimni koʻraman yana.
Xayollari selida oqib,
Chogʻlanadi dilim mastona.

Sogʻinaman jajji izingni,
Nahot qaytish yoʻq endi bir bor.
Qiynamagin men ojizingni,
Tushlarimga kirib tur takror.

Hamid IKROM
Qoʻqon universiteti talabasi
1
ALVIDO!

Dunyo oʻzi tushga oʻxshaydi,
Koʻz yumganda koʻrinar goʻzal.
Orzularim qushga oʻxshaydi,
Olislarga ketadi har gal.

Daryo suvi dilimda oqar,
Gohi toʻlib, gohida toshib.
Men ketganda ortimdan boqar,
Balki, Quyosh togʻlardan oshib.

Sevgi goʻyo qip-qizil olov,
Unda mening yuragim yashar.
Hilpiraydi qoʻlimda yalov,
Gʻoliblikka oshiqsam agar.

Kech kiradi, boshlanar hayot,
Osuda tun, qaynaydi ijod.
Layli umri kabi umrim bor,
Bahrom boʻlar baxtimga sayyod.

Tulporimning tuyoqlarida,
Bu hayotning mixlari bisyor
Gohi yorning quchoqlarida,
Shu mixlardan topaman ozor.

Xayollarim dengizi chuqur,
Suzmoq uchun jur’atim yetmas.
Qanotim bor ketgani uchqur,
Sayohatlar menga choʻrt emas.

Senga deyman endi alvido,
Yashamasmiz birga hamnafas.
Chorlamoqda meni bir nido,
Boqiy hayot kutmoqda, xullas!..

Hamid IKROM
SEVGI

Bu mavzuda soʻz ochilgan chogʻ,
Beixtiyor dilim poradir.
Aytsam dardim boʻlmaydi adogʻ,
Faqat unga visol choradir.

Har bahorda qayta chorlaydi,
Yuragimda urib yuragi.
Har nahorda quyosh porlaydi,
Koʻklam uzra unib kurtagi.

Men oʻzimni yoʻqotib qoʻydim,
Oʻzligimni topolmay halak.
Oʻzimdan-da, ortiqroq suydim,
Goʻyo oʻtga kuygan kapalak.

Asli shunday boʻlurmi sevgi,
Osmonini yoritgan oydek?
Oshiq qalbi yaproqdek kuzgi,
Sabo uni hech qoʻymaydi tek.

Xayollarim shamolday beiz,
Qaylarnidir kezadi sarson.
Majnun deya, atashmas bejiz,
Layli uchun azoblangan jon.

Kelar bir kun tutib jonini,
Qaldirgʻochday u sohibjamol.
Kutib yashab visol onini,
Uchrasharmiz arshda, ehtimol.

Parilarning uygʻonib rashki,
Seni mendan toʻsmasalar, bas.
Allohimdan soʻrayman, toki,
Xayolimda boʻlgin har nafas.

Hamid IKROM
Qoʻqon universiteti talabasi
🕊1
BAHOR

Lahzalarga teng umrim, asli,
Ko‘z ochib yumguncha o‘tadi.
Ostonamda go‘zallik fasli,
Uyg‘onishim intiq kutadi.

Samolarda minglab yulduzlar,
Nigohida sirli kelajak.
SHodlik aro necha gul yuzlar,
Tug‘iliboq uni ko‘rajak.

Balki birdan mast bo‘lib qolar,
Gul taqqanda daraxtlar shoxi.
Tashrifinga sumalak solar
Qiz-ayollar, o‘tli nigohi.

Armonlar ham erib ketadi,
To‘lib-toshib oqadi soylar.
Yalpizlaring terib ketadi,
Gul shoxingdan yuzi chiroylar.

Vasling aro tug‘ilar olam,
Tuproq uzra unib chiqar nish.
Seni qancha bitmasin qalam,
Bir maysangcha bo‘lolmas olqish.

Hayot sendan boshlanar doim,
Xayol uchar bog‘laring aro.
Izlaringni bosar har odim,
Umrimizga berarsan oro.

Bugun tongni quchoqlagayman,
Xuddi sendek olamni suyib.
Har bir jondan so‘roqlagayman,
Sen haqingda sevgingni tuyib.

Balki, qushlar tinmay sayraydi,
Jilg‘alarda tinmay oqar suv.
Seping uzra endi yayraydi,
Qir-adirni to‘ldirib suruv.

Kelinchakdek bezanmish bog‘lar,
Bu dunyoni etgancha maftun.
Hatto erib ketmoqda tog‘lar,
Mehr nuring tushgani uchun.

Men vaslingga intizor oshiq,
Nafasingdan xushhol mastona.
Quchganimcha bag‘ringni issiq,
Bolaligim qo‘msayman, Ona!..

Hamid IKROM
Qo‘qon universiteti talabasi
ONA

Onalar poyida yotibdi Jannat,
Onalar royida dunyo-saodat.
Koʻngil saroyida ona bolasin,
Haqqiga saqlagan doim sadoqat.

Qirq jon deymiz qirqqa kirmay qaritib,
Halovatin tinmay undan aritib.
Umrining gullagan bahorini ham,
Mehnat-mashaqqatda qoʻydik horitib.

Dunyoda sizdayin bormi fidoyi?!
Orzulardan kechmas hatto sahroyi.
Yoshlik nafasidan toʻymasdan hali,
Bolangiz gʻamida yurdingiz, oyi!

Gohida erkamiz, sizni jerkamiz,
Koʻksingizni tigʻlab armon ekamiz.
Ulgʻaygach suyanchiq boʻlmasdan turib,
Yorga tutib, sizdan burdik yelkamiz.

Shunda ham bolam deb, duoda qoʻli,
Qayerda boʻlmasin sogʻ boʻlsa o'gʻli.
Ming azobda joni ogʻrib turganda,
Dardini yashirgan yuragi choʻgʻli.

Bugun bir gul emas, qir toʻla lola,
Toʻshasam arziydi onam poyiga.
Bir dona gul olib borsa ham bola,
Shodligi yetarkan osmon oyiga.

Allohdan yozilmish taqdiri azal,
Onalar berarkan Jannatga sayqal.
Koʻkdan yulduz olib marjon taqmassan,
Chin solih farzand boʻl, unga loaqal.

Koʻzidan seni deb oqmasin jola,
Koʻklarni tutmasin alamli nola.
Dilidan tilida roziman desin,
Koʻksida shodlik, baxt yashasin toʻla!

Hamid IKROM
Qoʻqon universiteti talabasi
🕊1
USTOZ
(Anvar Ashirqulovich Islamovning 50 yoshi munosabati bilan)

Hayot saboqlari toblaydi bizni,
Umr oʻtib borar shamoldek beiz.
Oʻchirib boʻlmaydi ammo bir izni,
Ular sabogʻidan otganda ildiz.

Uning zahmatidan sahroda bogʻlar,
Chamanlar unarkan hatto toshda ham.
Bagʻridan yoʻl bergan oʻyilib togʻlar,
Kelsin deb, vodiyga ular xotirjam.

Boʻlmagay, ilmdan oʻzga hech najot,
Joylamoq mashaqqat inson ongiga.
Qoʻqon yoshlariga ilmda – hayot
Deb, bilgan ustozim umr tongida.

Oliygohim bunyod boʻlgandan buyon,
Ma’rifat durlarin sochmoqda bir-bir.
Shu damlar chaqmoqdek boʻldi namoyon,
Oʻzligin koʻrsatdi negaki qodir.

Tunlarni uyqusiz oʻtkazdi bedor,
Ma’naviy komillik uzra har nafas.
El ichra tanilmish olim ziyokor,
Barchamiz ustozga qilamiz havas.

Garchi oiladan boʻlsa ham yiroq,
Ular xayolida yashar muntazam.
Farzand kelajagin oʻylarkan, biroq
Minglab yosh dardiga boʻlgan u malham.

Mana bugun toʻlgan oydek hikmatga,
Qadri ham yuksalib, sochmoqda ziyo.
Qarshi nur taratar umri zulmatga,
Qalbi ilm ila limmo-lim daryo.

Bu qutlugʻ zamonning sahovatidan,
Jaholat kul boʻlar, koʻl boʻlar bilim.
Bir ulugʻ sultonning adolatidan,
Zalolat oʻladi, tugʻilgach olim.

Bahor tiriklikning nishonasidir,
Allohning olamga bergan ne’mati.
Bejiz yaratmadi sizni bu taqdir,
Bu kun tugʻilgandir Haqning hikmati.

Anvar soʻzin magʻzi nurli, charogʻon,
Ashurqul – Allohning aziz bandasi.
Islom ishonch erur, muqaddas iymon
Ochilgan Al-Aliym olam pardasi.

Ustoz, yaralgansiz komillik aro,
Ismu jismingizda Qodir, Al-Malik.
Al-Qahhorga boʻling sodiq umaro,
Muborak ellik yil solih bandalik!

Farzandlar, shogirdlar ehtiromida,
El-yurt, Vatan uchun doim yuring sogʻ.
Ezgu tilagimiz: Haj ehromida,
Ka’bada toatda boʻling koʻngil chogʻ!

Hamid IKROM
Qoʻqon universiteti talabasi.
1
Forwarded from HAMID IKROM (Hamid Ikrom)
Assalomu alaykum muhtarama ayollar, qizlar, onalar!

💐 Bugun latofat malikalari, nozik hilqat egalari, mushtipar onajonlar hamda, mehribon opa-singillarimizning quvonchli kunlaridan biri.

🌹 Barcha ayollarimizga uzoq umr, salomatlik, eng muhimi bugungidek ardoqda umr kechirishingizni tilab qolamiz.

🌹 Sizlarni yaxshi koʻramiz, aziz va boʻlajak ONALAR!
2
Forwarded from HAMID IKROM (Hamid Ikrom)
AYOL

Ne sinovlar yoshlaridan yogʻilgan yomgʻir,
Ne qirovlar boshlarida boʻlganda zohir.
Ne birovlar toshlarining gʻiybati ogʻir,
Olam uchun ona boʻlgan mushtipar ayol.

Buyuklarning ortida sen boʻlgansan zoʻr kuch,
Munis qalbing ila butun olamlarni quch,
Orzularing osmonida yuksaklarga uch.
Odam uchun Havvo boʻlgan moʻtabar ayol.

Yovga boʻyin egmas Toʻmaris timsolida,
Yorga sadoqating Zulfiya jamolida.
Mardlikda alpga teng Barchinoy kamolida,
Onam uchun hamdard boʻlgan dilovar ayol.

Dunyoga zeb berar chiroying olib bahor,
Visoling deb yonib Quyosh boʻy choʻzar nahor.
Sen tomon talpinib oshiqar takror-takror
Bolam uchun hayot boʻlgan munavvar ayol.

Sening iforingcha yoʻq oʻzga totli ifor,
Lobar ruxsoringcha topilmas goʻzal ruxsor,
Sening nisoringcha, bizlarga boʻlmas nisor.
Koʻklam uchun kelinchaksan muattar ayol.

Menga tengsiz oʻzing, poyingdadir Jannatim,
Yor boʻl yolgʻiz oʻzing, ilk kelgan muhabbatim.
Menga dengiz oʻzing, tugʻilgan shijoatim,
Qalam uchun ilhom boʻlgan muzaffar ayol.

Hamid IKROM
2