Муҳаммад Акбар Азим 🔻
604 subscribers
376 photos
65 videos
136 links
• Сизлар билан хатоларимни тузатиб бораман, иншааллоҳ!
• Таклиф, эътироз, шикоят, танқидлар, хуллас, мурожаат учун: @qalb_orqali_bot

• Ҳанафий | Мотуридий

• Диний саволларингиз бўлса, ЎМИ фатво ҳайъатидан сўрашингиз мумкин: +998781503344
Download Telegram
Нега «Роббиси» эмас «Робби» дейиш тўғри?

Қоидага кўра, унли ҳарф билан тугаган сўзларга -си учинчи шахс эгалик қўшимчаси қўшилади.

Мисол учун:
• Нодирахон бизнинг мактабимиз ўқувчиси;
Умиджон настаълиқ хати ўқитувчиси.

Ундош ҳарф билан тугаган сўзларга одатда -и учинчи шахс эгалик қўшимчаси қўшилади, баъзан унли ҳарф билан тугаган сўзларга ҳам қўшилади, масалан, манбаи, толеи.

Ундош ҳарф билан тугаган сўзларга мисол:
• бу Нодирахоннинг китоби;
• қўлингиздаги Умиджоннинг қалами.

Роббиси дейиш қанчалик хато эканини иккинчи скриншотда Умиджон чиройли қилиб кўрсатибдилар.

«Роббиси» дейиш худди «мактабиси» ёки «дафтариси» деган каби қўпол хато ҳисобланади.

@MuhammadAkbarAzim
👍3
Forwarded from Meros - ilmiy iqtibos
Noʻmon ibn Bashir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Moʻminlarni mehr koʻrsatishlarida, doʻstona aloqalarida, xayrixohliklarida bir jasaddek ekanliklarini koʻrasan. Agar bir aʼzo bezovtalansa, jasadning qolgani u uchun bedorlik va isitma bilan ogʻriydi".

Manba: Sahihi-Buxoriyning "Tajridus-sorih" nomli muxtasari, 1925 - hadis, "Odob kitobi".

@ilmiy_iqtibos
3
Кечадан буён шу инсоннинг мусибати ҳақидаги манбалар қаршимдан чиқяпти, қўлларидаги ҳужжатга эътибор беринг, у туғилганига 4 кун бўлган 2 фарзандига гувоҳнома олгани кетган, қайтиб келганида аёли Жумана ҳамда икки фарзанди исроил тарафидан бомба билан нишонга олинган.

У кишининг аҳволини хаёлимга ҳам сиғдиролмайман, бу даҳшат!..

Аёли Жумана шифокор, ижтимоий тармоқда ҳам фаол, Фаластиндаги ҳолатни фейсбукда ёритиб борган экан.

Бинога аҳамият берсангиз, унинг уйини алоҳида нишонга олинган.

انا لله وانا اليه راجعون 😢
😢21
Forwarded from .
Sekulyar musulmon – bu, yaratgan Zot sayyoralarni orbitada tartibga soluvchi mukammal va aniq hisoblangan matematik hamda fizik qonunlarni yaratishga qodir boʻlgan, lekin inson jamiyatlarini tartibga soluvchi qonunlarni yaratishda yetarli darajada qobiliyatli boʻlmagan deb hisoblaydigan kishidir.
8
Қотилликка қарши чиқмаган одам қотилнинг шеригидир.

Жемил Мерич

@MuhammadAkbarAzim
👍11
Forwarded from .
Imom al-G'azzoliy "Kimiya-yi Sa'ādat" kitobida ishqiy muhabbat va uning o'zgartiruvchi kuchi haqida shunday deydi:

«Dunyo muhabbati Ilohiy Muhabbatga ko'tariluvchi zinapoyadir, chunki u qalbga o'zidan yuqoriroq narsani izlashni va o'z istaklaridan ustun bo'lishni o'rgatadi.»

Bu so'zlar ishqiy muhabbat ham, agar tozalanib, yuksak maqsadlarga yo'naltirilsa, qalbni Allohga yaqinlashtirishi mumkinligini aks ettiradi. Bu muhabbat odamga fidoyilik va sadoqatni o'rgatib, ilohiy sevgiga yo'l ochishi mumkin.

—Mening sevgilim uchun atalgan post.
❤‍🔥6
Ҳақ кишилар билан билинмайди. Кишилар ҳақ билан билинади.
💯8
Дунёда тунги намоз (таҳажжуд), дўстлар билан суҳбат ва жамоат билан ўқиладиган намоздан бошқа завқ қолмади.

Абу Сулаймон Дороний роҳматуллоҳи алайҳ

@MuhammadAkbarAzim
12
Forwarded from Tafakkur chizgilari
Har zamon, har makonda hukmron tuzumni (umuman har qanday hukmron holatni) tanqid qilish, savol ostiga olish mavjud jamiyatning ziyoli qatlamlari oldidagi asosiy vazifa ekaniga barcha zakiy kishilar (xoh dindor boʻlsin, xoh dinsiz mutafakkir) ittifoq qilishadi. Shunday ekan, bu toifa doimiy ravishda ijtimoiy tizimlar oqimini taftish etishga, oʻrganishga, toʻgʻri yoʻnalishga solishga harakat qiladi. Tarixga nigoh tashlasak, bunga yaqqol guvoh boʻlish mumkin.

Islomning ilk toʻrt asrida hali siyosiy tizimlar dasturlanmagani, izchil ishlab chiqilmagani bois, ulamolar sinfi hukmdor faoliyatini muttasil taftish etib turgan, tekshirib borgan, ayovsiz tanqid ham qilgan. Vaqt oʻtishi asnosida hammasi tizimga solingach, siyosiy-huquqiy institutlar shakllangach tanqid jarayoni yemirilib bordi. Davlat din vasiyiga, homiysiga aylandi. Koʻpchilik olimlar islom stagnatsiyasini mazkur jarayonning keng yoyilishiga bogʻlashadi. Ayrimlar shundan soʻng inqirozga yuz turganimizni iddao qiladi.

Dastavval mayda soy-jilg'alarning tosh-xarsanglar orasidan sharqirab, oʻynab kattaroq bir irmoqqa quyilishi, bunday irmoqlar bora-bora katta daryo hosil qilishi, u esa oʻz yoʻnalishida sokin va bardavom oqib okeanga quyilishi misolini jamiyat, madaniyat va dinlarning rivojlanish sikliga mengzash mumkin.

18-19-aslardan oʻzini ilmiy inqiloblar vositasida yetarlicha tiklab olgan Yevropa istilo va ishgʻollarni boshladi. Shu asnoda egallagan har yerida oʻzining huquqiy va siyosiy tizimlarini qaror toptirib bordi. Musulmonlarning aynan texnologik taraqqiyotda anchagina ortda qolib ketishi ularning oqibatda dushmanga yengilishiga turtki boʻldi. Alaloqibat, ular oʻsha tizimlarni oʻzga chora boʻlmagani sabab qabul qilishdi. Mana yuz-yuz ellik yildirki mazkur tizimlar ichida yashab kelyapmiz.

Insonning oʻz oʻtmishini, xususan tarixiy dunyoqarashi, diniy tafakkuri, madaniyatini unutishi uchun bir necha avlod vaqt oʻtishi kifoya qiladi. Xuddi shunday boʻldi. Islom tamadduni ummonga quyilgan yirik daryo edi. Biroq koʻp oʻtmay uning irmoqlari oʻzidan uzib qoʻyildi.

Bu yerda eʼtiborga olish kerak boʻlgan nuqtalar bor. Texnologik taraqqiyot bilan aqliy uygʻoqlik, tafakkur borasidagi yutuqlar ayri narsalar edi. Musulmonlarning qulashiga sabab shunchaki texnologik qoloqlikning oʻzi edi.

Yevropa tomonidan ishlab chiqilgan Milliy davlat tizimi yaqin tarixdan beri mavjud boʻlib kelayotgan siyosiy holatni aks ettiradi. Tarixdan (uni tanqid qilishdan) farqli oʻlaroq Milliy davlat tizimi oʻzgarmas, muqim, savol ostiga olib boʻlmaydigan, shak-shubhasiz siyosiy tizim oʻlaroq koʻrilmoqda. Vaholanki, zamonaviy muammolarning butun oʻzagi mazkur siyosiy birlikdan kelib chiqadi.

Bundan oʻzga davlatchilik tizimlarini oʻylab topishga, ishlab chiqishga izn berilmayapti. Islom avvalboshdan taklif qilgan yoʻnalish oʻtmishning bir koʻrinishi boʻldi-qoldi. Professor Voil Hallaq xuddi shunday dalillarni koʻtaradi.

Nainki jamiyatlar, balki butun dunyo tanqid qilmay qoʻydi. Bugun shunday zamonda yashayapmizki, har yerda tanqidiy fikrlash haqidagi va'zlar yangrasa-da, uning tepasidagi hokim va zolim tizimlarni savol ostiga olishga mutlaqo izn yoʻq. Adolatli dunyo qurish haqidagi puxta oʻylangan rejalar, maqsadlar ichi boʻsh safsata va sarobdan boshqasi emas.

Shunday dunyoda yashayapmizki, sen sababchi boʻlmagan muammolar uchun seni aybdor qilishadi. Maqsadingga erishmoq yoʻlidagi harakatingni odamlar tinchligi va farovonligiga qaratilgan jiddiy tahdid deb qabul qiladilar.

Muammolardan chiqishnin yoʻli soflikka, eskilikka qaytish. Yirik bir daryo hosil boʻladigan baland togʻga qiynalib bo'lsa-da chiqib, undagi jilg'adan bir ho'plam ichib koʻrishdir.

@Tafakkur_Chizgilari
👍4
Forwarded from Abdulvohid Zabihulloh
Тажриба сифатида эмас, хулоса ўлароқ айтиш мумкинки, Исломда танаффусга ўрин йўқ. Бу дин ўз мансубларидан мунтазам истиқоматни талаб қилади. Қолаверса бу истиқомат, яъни бардавомлилик банданинг ўз шартлари асосида эмас, Холиқнинг чизган йўли бўйича бўлади. Яъни, киши нафси учун диннинг мақсадига биноан ундан талаб қилинадиган интизомни эгиб, бука олмайди. Шу сабабли ҳам бизда баъзи нарсаларнинг мубоҳлиги билан ўзимизни авраб истиқоматдан чиқиб кетиб қолиш ҳолатлари кўп кузатилади.

Аллоҳ раҳм қилган озчиликдан ташқари аксар инсонлар жидду-жаҳд кўрсатиш ва бунинг меъёрини топа олмайдилар. Бу эса инсон албатта бир тарафга "муккасидан кетиши" кераклигини англатади.

Бир мутафаккирнинг қуйидаги сўзи юқорида айтмоқчи бўлганимни тасдиқлайди деб ўйлайман:

"Исломга кириш, сотувчи ва олувчи ўртасидаги бир келишув, битим демакдир. Бунда Аллоҳ таоло олувчи, мўмин эса сотувчи ўрнидадир. Бу Аллоҳ билан қилинган келишув бўлиб, бундан кейин мўминнинг на ўз жонида ва на молида ҳақи қолади".
👍4
Баъзи неъматлар шахслар кўринишида бўлади!

Абдулқодир Самарқандий ҳафизаҳуллоҳ

@MuhammadAkbarAzim
11
Forwarded from .
Qiziq tendensiya

Islomofob qatlam odatda Islomni “ayollarga zulm qiluvchi din” deb taʼkidlashadi, lekin qiziqarli tomoni shundaki, ateizmning choʻqqisida boʻlgan gʻarb davlatlarida Islomni qabul qilganlarning aksariyati - ayollar. Turli manbalar va tadqiqotlar shuni koʻrsatadi.

t.me/sceftome
😁9
Forwarded from Abdurahmon Meshayan
Iltimos tarqating!
Assalomu alaykum va rohmatulloh
Esingizda bo’lsa hech kimi yo’q bir bemor singlimizga hayriya uyushtirgandik. Allohni izni bilan kerakli mablag’ to’plangandi. Bugun yana shu singlimiz yordamga muhtoj. Ahvoli og’ir, sahar kasali kundan-kunga vujudini yemirib boryabdi(bundan avvalroq operatsiya bilan barmog’ini kesishgan edi). Ahvoli kundan kunga yomonlashib boryabdi.  Davolanishi uchun hozir yetmayotgan mablag’ 30 mln

Shu singlimizga yordam qilaylik azizlar. Ko’pchilikka hech narsa emas. Ba’zida bir o’tirishda nafsimiz uchun  100, 200 mingni ko’rdim demaymiz. Doimiy sarflaydiganimiz kundalik harajatlar ichida Bir insonning hayotda qolishi uchun ham yordamingizni ayamang, iltimos sizdan

Qancha tushganini bilib turish, hisobini berish uchun o‘zimning karta raqamimni qoldiraman:

9860 0101 1355 7218
MIrzaubaydullayev Davronbek

Telefon raqamim:
99-988-94-65
👍2
Усмонли халифалигида оила қодекси

Усмонли халифалиги даврида оила қуриш ёши 18-25 оралиғи экан. Агар кимдир бу ёшда оила қуришдан бош тортса, уни оила қуришга мажбурлашар экан.

Фуқарода оила қуришга тўсиқ бўладиган касаллик аниқланса, у касалликнинг ҳам давоси бўлмаса, оила қуришдан соқит қилинар, агар даволанадиган бўлса, даволаб кейин оила қуриши таъминланар экан.

25 ёшдан ўтган фуқаро (қиз ёки йигит) шаръий сабаб туфайли оила қуришдан бош тортса, унинг маошидан ёки тижоратидан маълум миқдорда пул ушлаб қолинар, у пулларни зироат банкида сақланиб, уйланиш ёшига етган фақирларнинг тўйларига сарфланар экан.

Агар бўйдоқ бирор жойда ишлайдиган бўлса, уни ишдан бўшатишар, уйланмаса умуман ҳукумат ишига олинмас экан.

18-25 ёш оралиғида уйланган лекин камбағал оила фарзанди бўлса, унга давлат томонидан маълум гектар ер ажратилиб берилар экан.

Агар оила қурган ёшлар саноат ёки тижорат билан шуғулланишни исташса, уларга сармоя учун 3 йил давомида узиб тўлаши учун, муқобилсиз (фоизсиз) 100 усмонли жунайҳи берилар экан.

Агар 25 ёшда оила қурган йигитнинг ота-онасига қарайдиган укаси бўлмаса, у ҳарбий хизматга (армияга) жалб қилинмас экан. Худди шу тарзда қизнинг ота-онасига қарайдиган укаси бўлмаса, қизнинг эри ҳам ҳарбий хизматга жалб қилинмас экан.

25 ёшгача оила қурганларнинг 3 нафар фарзанди ҳукумат ўқишларида бепул таълим олар экан. Агар фарзандлар 3 тадан кўпроқ бўлса, уларнинг таълим олишига ҳар бири учун 13 ёшига қадар, йилига 100 жунайҳдан тўлашар экан.

Эркак бирор сабаб юзасидан сафарга ёки четга чиқадиган бўлса, аёлини ҳам ўзи билан бирга олиб борар экан. Агар аёли боришга қодир бўлмаса, эр бошқа шаҳарда бошқа аёлга уйланиши шарт экан. Агар эр қайтиб келса, икки аёлини ҳам бир жойда жамлаши шарт экан.

© Араб тилидан Абдуллоҳ Раҳимбоев таржимаси

Ажойиб-а! ))
#Оила

@MuhammadAkbarAzim
4
Баъзида болаликдаги ҳеч нарсани ўйламай эрта ухлаб қолган дамларимни соғинаман…

#Ҳиссиёт_олами
😢8
Яҳудийлар 11 ой ичида сўнгги 50 йилдаги урушларда ўлган болалардан кўра кўпроқ болаларни ўлдирди…
😢13