Муҳаммад Акбар Азим 🔻
601 subscribers
376 photos
65 videos
136 links
• Сизлар билан хатоларимни тузатиб бораман, иншааллоҳ!
• Таклиф, эътироз, шикоят, танқидлар, хуллас, мурожаат учун: @qalb_orqali_bot

• Ҳанафий | Мотуридий

• Диний саволларингиз бўлса, ЎМИ фатво ҳайъатидан сўрашингиз мумкин: +998781503344
Download Telegram
Дўстим Др.Ҳиматуллоҳ Раҳматовдан 6 ойликдан 1 ёшгача бўлган болаларга овқат бериш бўйича тавсиялар:
Фузайл ибн Иёз роҳимаҳуллоҳ шундай деди: «Ҳозир шундай замонки, унда тилингни тий, ўрнингни бил, қалбингни муолажа қил, маъруф (ҳақ)ни ол, мункар (ботил)ни қўй».

Муҳаммад Алий Муҳаммад Юсуф таржималари
Аёл киши ўзини турмуш қуришга таклиф қилиши

Шайх Ибн Боз роҳимаҳуллоҳ айтади:
«Агар аёл кишининг бирорта солиҳ кишида рағбати бўлса, унга: «Ҳой фалончи, мен сизни Аллоҳ учун яхши кўрдим. Отам орқали мени никоҳингизга олишингизга қаршилик йўқ», — деса ҳам муаммо йўқ».
****

Раббим! Марҳаматинг ҳар жонзотгадир,
Неъматинг дўсту ёр, ёву ётгадир!
Лекин жаннатларинг – мангу боғларинг
Тавбакор қалб билан келган зотгадир!...

(Қоф, 32-33-34).

Мирзо КЕНЖАБЕК
Бир нарсани ўйлаб қолдим, бирор нотўғри амал туфайли иймондан ажраш мумкинлиги ҳақида кайсики аҳли илм огоҳлантирар экан, албатта: «ким фалон амални қилса, иймондан ажрайди ва хотини талоқ бўлади», — дея никоҳга путур етишини қўшиб зикр қилади, демак, мўмин киши иймонидан кейин солиҳа аёлини бой бериши иккинчи катта мусибати бўлар экан.
Кимдир сизни жуда яхши кўрса, у ўзини охиригача камситади. Кейин эса бирданига абадий кетиши мумкин.

© А.Пушкин
• • •

Ёлғон — Фарҳодлар тоғ ошаётгани,
Ёлғон — Ширинлар деб қон ёзган қалам.
Ёнимда бўлмай ҳам яшаётганинг,
Йўқ бўла туриб ҳам борлигинг — алам.

Муҳаббат, менимча, қилмоқда ҳазил,
Унга қизиқмасдек гўё истагим:
Поёни васлингга боғланган манзил —
Ишонмоқчи бўлган ёлғиз эртагим.

Ҳа, сен туғилгансан асрлар оша,
Мен-да азалларнинг ҳайратимасми,
Думалоқ ер узра бир вақтда яшаб,
Топишолмай кетсак ғалатимасми?!


#Хайрулла_Ҳамидов
Forwarded from Yaxshi qarz | Baqara, 245
Assalomu alaykum va rahmatulloh!

Azizlar, bir oilaga sizning koʻmagingiz judayam zarur. Nazokat ayaning 5 nafar farzandi bor, turmush oʻrtoqlari vafot etgan. Oilada boquvchi shu ayol edi, lekin Nazokat aya uy-roʻzgʻor tashvishida ogʻir ishlarda ishlab bel va yelkasidan grija orttirib olganlar, operatsiya uchun imkonlari yoʻq, qolaversa, uylari ijara, undan ham qarzga kirib qolishgan. Ushbu oilaning oʻzini tiklab olishi uchun 20 mln soʻmdan koʻproq miqdorda pul zarur.

Zakot yoki yordam pulini shaxsan oʻzlariga bermoqchi boʻlganlarni ular bilan bogʻlab beramiz.

Qoʻshimcha savollar uchun @Yaxshiqarz_admin ga murojaat qilishingiz mumkin.

Karta raqamlari:
Xalq banki (Humo) 9860080356304230

Xalq banki (Humo)
9860080309234393

Nazokat Khodjamuratova nomida.

@yakhshiqarz
Forwarded from Yaxshi qarz | Baqara, 245
Yaxshi qarz | Baqara, 245
Assalomu alaykum va rahmatulloh! Azizlar, bir oilaga sizning koʻmagingiz judayam zarur. Nazokat ayaning 5 nafar farzandi bor, turmush oʻrtoqlari vafot etgan. Oilada boquvchi shu ayol edi, lekin Nazokat aya uy-roʻzgʻor tashvishida ogʻir ishlarda ishlab bel…
Yoqlama qilib olamiz 🙂
Har kunlik yaxshi qarz masalasi bo‘yicha sizlarni bezovta qilyapman.
Xo‘sh, ko‘pchilikka shuni eslatmoqchiman: ehson posti bir marta yuborilgan bilan tugamaydi — u davom etayotgan bo‘lsa, har kim cho‘ntagidagi ozgina himmati bilan yordam berishi mumkin.

Kuniga 10 ming so‘m bo‘lsa ham — kifoya. Kerakli summa yig‘ilguncha harakatdan to‘xtamaymiz.

@yakhshiqarz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Yaxshi qarz | Baqara, 245
Yaxshi qarz | Baqara, 245
Yoqlama qilib olamiz 🙂 Har kunlik yaxshi qarz masalasi bo‘yicha sizlarni bezovta qilyapman. Xo‘sh, ko‘pchilikka shuni eslatmoqchiman: ehson posti bir marta yuborilgan bilan tugamaydi — u davom etayotgan bo‘lsa, har kim cho‘ntagidagi ozgina himmati bilan yordam…
Masalan, hozirda 4 mln so‘m yig‘ilgan bo‘lsa, bu taxminan 400 nafar obunachidan o‘rtacha 10 ming so‘mdan tushganini bildiradi. Ya’ni siz faqat bir kun yubordim — bo‘ldi deb o‘ylamang.

Bu shunday kanal — maqsadga yetmagunimizcha harakat qilishimiz kerak.
Birlik bo‘lsa, hamma narsaga erishish mumkin. Ishoning, sizning kichik hissangiz ham juda katta savobga sabab bo‘ladi.

@yakhshiqarz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Another me
Moliyaviy savodxonlikni moliyaviy inklyuzivlikka taʼsirini oʻrganish boʻyicha olib borilayotgan tadqiqotimizga oʻz hissangizni qoʻshing. Soʻrovnomada ishtirok eting. Bu atigi 5 daqiqa vaqt oladi. Rahmat. https://forms.gle/GPgfnBHkAc94dHFz8
Менга 9 дақиқа кетди, 5 дақиқа эмас. 😄

Сўровнома жиддий, аҳоли ўртасидаги молиявий саводхонликни ўрганиш учун шу соҳа вакиллари тарафидан тузилган.

Ҳеч кимга зарари йўқ, давлат билан аҳоли ўртасини яхшилашга хизмат қилади деб ўйлайман.
Алий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Набий ﷺга салавот айтмагунча барча дуонинг ижобат бўлиши тўсиб турилади».

Имом Байҳақий ривояти
Forwarded from Yakun
Assalamu alaykum va rahmatulloh!
Salomatmisizlar?

Dunyoda ham oxiratda ham filiali bor bir bank bor bu — Ehson Sadaqa bankidir.
Siz unga bu dunyoda omonat qo’yasiz va oxiratda qaytarib olasiz. Mana shu bankga mablag’ qo’yish vaqti keldi.

Bugun sizlarga haqiqiy ehsonga muhtoj bo‘lgan bir oilaning holatini yetkazmoqchimiz.
5 farzandning Onasi bo’lgan, bir Opamiz bugun siz azizlarning yordamingizga muhtojlar. Ko’krak sohasida tez o’suvchan, o’ta og’ir darajada o’simta turi aniqlangan.

Rak o’simtaning eng og’ir darajasida ekanlar. Zudlik bilan himiya olib chet elda davolanish kerak ekan. Bunga esa oilada mablag’ yetarli emas.
Bu oila bugun siz-u bizning e’tiborimizga, mehrimizga, yordamimizga muhtoj.

Rasululloh ﷺ marhamat qiladilar:

“Kim bir musulmonning dunyoviy mushkulini yengillatsa, Alloh unga Qiyomat kuni mushkulini yengillashtiradi.”
(Muslim rivoyati)

Azizlar!
Bu farzandlar yetimlikni tatib bo‘lishgan…
Endi Onasiz ham qolmasinlar.
Bugun biz qo‘l cho‘zmasak — ertaga kech bo‘lishi mumkin.


Davolanish uchun yetmayotgan summa — 20 million so’m!


9860120151383706
Humo

5614681913320945
Uzcard

4916990325154968
Uzum card

4790912216468431
Visa

Qo’shimcha savollar, isbotlar, yanada ko’proq ma’lumot kerak bo’lsa @azxariy_bot'ga yozib qoldirishingiz mumkin!
Forwarded from Yakun
Juda bir sust holatimiz, endigina 200 ming atrofida yig’ilibdi. To’g’ri 20 million katta summa. Lekin biz birlasha olsak albatta uddalay olamiz. Ehsonda miqdor tushunchasi yo’q. Har kim o’z imkonidan kelib chiqib ehson qilaveradi, yoki yaqinlariga dalolat qilib ham ehsonga o’z xissalarini qo’shsa bo’ladi.

Ximmatni balandroq qilaylik. Zero olganimiz emas, berganimiz biznikidir!

9860120151383706
Humo

5614681913320945
Uzcard

4916990325154968
Uzum card

4790912216468431
Visa
Ўзимни шу уч масканда хотиржам ҳис қиламан:
• масжид;
• уй;
• кутубхона.
Forwarded from Mahbubiy | محبوبى
Muhabbat kuch talab qilmaydi, birgina e’tibor talab qiladi. Chunki kuch bilan olingan narsa vaqtincha, e’tibor bilan topilgan narsa esa qalbga singib boradi.

Shuning uchun ham haqiqiy sevgi baland shiorlarda emas, balki oddiy, lekin samimiy e’tibor ichiga yashiringan bo'ladi. Muhabbatni katta ishlar emas, e'tibor yashnatadi..
Доимо «яхши бўлган» ҳолимиздан эмас, ҳақиқий аҳволимиздан хабар бера оладиганимиз шахсларга муҳтож бўламиз баъзан.

Алишер Султонхўжаев саҳифаларидан
***
Кутганинг сенга ҳам интизор бўлса,
Сен уни севгандек севолмаса ҳам –
Севса, туйғулари беғубор бўлса,
Аросат даштида чекмасанг алам.

Тизилмаса, майли, йўлингда ҳурлар,
Фақат бир нурчеҳра кутса нигорон.
Бағишламаса ҳам шаънингга шеърлар,
Энг тоза сўзларин айласа эҳсон...

Аммо бу ҳаётдир – синов бозори,
Ҳаммаси тескари, барчаси ғалат.
Сен суйган маҳлиқо бошқанинг зори,
Парво қилмаганинг сенга битар хат.

Бу аҳли дунёни тушунай қандай,
Мудом насияга алишгай нақдни.
Кўнгил кўнгил билан ўчакишгандай,
Бахтдан тўйганларга илинар Бахтни...

2012

© Беҳзод Фазлиддин