Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.17K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik

Transport logistika sohasida Ozarbayjon bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab olindi

Ozarbayjon Respublikasining Raqamli rivojlanish va transport vaziri o‘rinbasari Raxman Gummatov hamda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamraisligida ikki mamlakat o‘rtasida transport va tranzit yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Transkaspiy xalqaro transport koridori hamda 6 davlat (Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston) temir yo‘l tuzilmalari ishtirokida tashkil etilgan CASCA+ multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, tashuv jarayonlarida qulay sharoitni yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston yuklarini Poti va Batumi portlari orqali uzluksiz tashuvlarini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda

Joriy yilning 15–17 - fevral kunlari Transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov boshchiligidagi Ishchi guruhning Gruziyaga tashrifi davomida mamlakat Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vazirligi, “Gruziya temir yo‘llari” AJ, Poti va Batumi portlari rahbariyati, portdagi xususiy terminal vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazdildi.

Gruziyaning Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Guram Guramishvili bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekistonning eksport va import yuklarini Gruziya portlari orqali Yevropa va Amerika qit’asi davlatlariga tashuvlarini uzluksiz tashkil etish masalalari muhokama etildi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Fransiya milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti mutaxassislari ishtirokida o‘quv kurslari tashkil etildi

Fransiya Fuqaro aviatsiyasi Bosh Boshqarmasi hamkorligida Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti (ENAC) tomonidan “O‘zaviatsiya” agentligida o‘quv kurslari o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning 20–24 - fevral kunlari davomida tashkil etilayotgan ushbu o‘quv kurslarida “O‘zaviatsiya” agentligining 12 nafar inspektorlari ishtirok etishmoqda.

O‘quv kursi Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti katta o‘qituvchisi Pierre Roselini tomonidan “Inspektor tekshiruvlarini o‘tkazish” (“Audit SMS techniques”) yo‘nalishi bo‘yicha olib borilmoqda.

Mazkur o‘quv kursi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan “Fuqaro aviatsiyasi sohasida texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv”ga asosan tashkil etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

BAAning aviatsiya sohasi kompaniyalari bilan hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev BAAga amalga oshirgan xizmat safari davomida mamlakatning aviatsiya sohasi korxonalari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari yuzasidan qator uchrashuvlar o‘tkazdi.

Emirates Engineering vitse prezidenti, Dubay Aviatsiya agentligi direktori, BAA Aviatsiya rahbari o‘rinbosari ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarda mamlakatlarimiz o‘rtasida tuzilgan Aviatsiya bitimining yangi izohini IKAOning yangi talablari bo‘yicha ishlab chiqish, o‘zaro amalga oshirilayotgan parvozlar geografiyasini kengaytirish, Uzbekistan Airways Technics xodimlarini va Transport Universiteti talabalarini BAA o‘quv dasturlariga qabul qilish va malakasini oshirish bo‘yicha hamkorlik o‘rnatishga kelishib olindi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

PSA International kompaniyasi bilan transport va logistika sohasida hamkorlikda loyihalar amalga oshiriladi

Bugun Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Sinagapurning PSA International Pte Ltd kompaniyasi mintaqaviy vitse-prezidenti Mayk Formosa bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Videokonferensaloqa shaklida o‘tkazilgan uchrashuvda transport va logistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish bo‘yicha masalalar muhokama etildi.

Muzokaralar davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib oldilar:

- Raqamli savdo va logistika platformasi tizimini joriy etish;

- O‘zbekiston Respublikasida quruq portlar va logistika infratuzilmasini rivojlantirish va yangilarini birgalikda qurish;

- transport-logistika markazlarini qurishda tajriba almashish va o‘zbek mutaxassislarini ushbu sohada Singapurda malakasini oshirish va boshqalar.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

“O‘zaviatsiya” agentligi inspektorlari Fransiya Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti sertifikatlarini oldi

Joriy yilning 24-fevral kuni “O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov Fransiyaning O‘zbekistondagi elchisi Oreliya Bushez xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil noyabr oyida Fransiyaga amalga oshirgan oliy darajadagi tashrifi doirasida imzolangan “Fuqaro aviatsiyasi sohasida texnik hamkorlik to‘g‘risidagi Kelishuv” ni amalga oshirish
bo‘yicha kelgusidagi rejalar muhokama etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilar Fransiya Fuqaro aviatsiyasi Bosh Boshqarmasi hamkorligida Milliy fuqaro aviatsiyasi bilim yurti (ENAC) tomonidan “O‘zaviatsiya” agentligida o‘tkazilgan o‘quv kurslarining yakuniga bag‘ishlangan rasmiy Sertifikatlar topshirish tadbirida ishtirok etishdi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

«Standard Chartered» transport sohasidagi investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Buyuk Britaniyaning «Standard Chartered» banki eksport bo‘yicha rahbari Faruk Muhammad bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport sohasida amalga oshirilayotgan yirik investitsiya loyihalarini moliyalashtirish masalalari muhokama etildi.

F.Muhammad yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda katta tajribaga ega «Standard Chartered» kredit mablag‘lari va pudrat tashkilotlarini jalb etgan holda O‘zbekistonda transport va yo‘l xo‘jaligi sohasidagi loyihalarni amalga oshirishga qiziqish bildirayotganini ma’lum qildi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Litva Elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev va Litva Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi (qarorgohi Ostona shahrida) Gintautas Vasyulis o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇰🇿 O‘zbekiston va Qozog‘iston shaharlari o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni ko‘paytiriladi

Joriy yilning 2 - mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston va Qozog‘iston Respublikalari aviatsiya ma’muriyatlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev hamda Qozog‘iston Respublikasi Fuqaro aviatsiyasi qo‘mitasi raisi Talgat Lastayev rahbarligida bo‘lib o‘tgan muzokaralarda fuqaro aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, kelishilgan yo‘nalishlarda muntazam avia qatnovlar sonini ko‘paytirish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Mo‘g‘uliston o‘rtasida transport-logistika sohasidagi
hamkorlik rivojlantiriladi

Bugun, 9-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Transport vaziri Ilhom Mahkamov Mo‘g‘uliston tashqi ishlar vaziri Batmunx Batsetseg xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada kuchaytirish, turizm, savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.

Xususan, tomonlar mamlakatlarimiz o‘rtasida avtomobil transportida yuk tashuvlarini yo‘lga qo‘yish, bunda milliy tashuvchilar uchun qulay sharoitlarni yaratish, ikki davlat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni tashkil etish orqali yo‘lovchi va yuk tashuvlarini rivojlantirish yuzasidan fikr almashdi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

🇺🇿🇹🇲Turkmaniston bilan transport sohasidagi
hamkorlik istiqbollari muhokama etildi

Joriy yilning 10-mart kuni Turkmanistonning Ashxobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilhom Mahkamov Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi transport va kommunikatsiyalar agentligi raisi Mammetxan Chakiyev bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook |Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 15-mart kuni Transport vazirligida Xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida mamlakat transport sohasini isloh qilish bo‘yicha Ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Mamlakat platformasi” mexanizmi doirasida tashkil etilgan yig‘ilishda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki vakillari mamlakatimiz transport sohasi korxona va tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish doirasida transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning borishi hamda Ishchi guruhning 2023 - yilgi Ish rejasi muhokama etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Estoniya bilan transport sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Estoniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Toomas Tirs boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama etishdi.

Xususan, Estoniya tomoni mamlakatlarimiz o‘rtasida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish, temir yo‘l transporti mutaxassislarini o‘qitish, logistika xizmatlari ko‘rsatishni raqamlashtirish yo‘nalishida ishlashga katta qiziqish bildirdi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Transport va logistika sohasida Litva bilan
hamkorlik rivojlantiriladi

Bugun, Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Litva Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari Yulius Skachkauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda transport va logistika sohasida ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Xususan, mamlakatlarimiz o‘rtasida muntazam yo‘lovchi va yuk aviatashuvlarini yo‘lga qo‘yish, avtomobil transportida va temir yo‘llari orqali xalqaro yuk tashuvlarini rivojlantirish, Litva portlari va logistika markazlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish bilan bog‘liq jihatlar ko‘rib chiqildi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Litva bilan qo‘shimcha ruxsatnoma balankalari almashishga kelishildi

Litva Respublikasi transport va kommunikatsiya vaziri o‘rinbosari Yulius Skachkauskas boshchiligidagi delegatsiya vakillarining O‘zbekistonga tashrifi doirasida xalqaro avtomobil tashuvlari bo‘yicha qo‘shma komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda bugun dunyoda kuzatilayotgan geosiyosiy jarayonlarda yuklarni yetkazib berish zanjiri uzluksizligini ta’minlash, bunda milliy tashuvchilarga yanada qulay sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi.

Uchrashuvda tomonlar may oyi boshida tranzit va uchinchi mamlakatlarga/mamlakatlardan yuklarni tashish uchun qo‘shimcha ravishda ruxsatnoma balankalarini almashishga kelishib oldi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Hamkorlik memorandumi imzolandi

Transport vaziri Ilhom Maxkamov Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasining (DAQ) yangi saylangan raisi Oleg Storchevoy boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda fuqaro aviatsiyasi parvozlar xavfsizligini ta’minlash, aviatsiya sohasida kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirishda o‘zaro hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Shuningdek, 2023-yilning 17-29 may kunlari bo‘lib o‘tadigan ICAO auditiga tayyorgarlik va uni o‘tkazishda DAQ tomonidan amaliy yordam sifatida qo‘mita raisi o‘rinbosari A.Zaykoning konsultant sifatida auditda qatnashish masalasi ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida Davlatlararo aviatsiya qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi o‘rtasida “Aviatsiya hodisalarini tekshirish va ularning oldini olish to‘g‘risida” hamkorlik memorandumi imzolandi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Yuridik bo'lim boshlig'i S.Gafarov boshchiligidagi delegatsiya Turkiya Transport va infratuzilma vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yo'nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Turkiya tajribasi o‘rganilmoqda.

Shuningdek, sohaga doir qonunchilik-hujjatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi delegatsiyasi Belarus Respublikasi Transport va kommunikatsiya vazirligi vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda avtomobil transporti sohasida yo‘lovchi va yuk tashishni litsenziyalash, xalqaro tashuvlarga ruxsatnomalar berish, raqamli nazorat hamda yo‘nalishsiz taksi faoliyatini tartibga solish, soha kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Belarus tajribasi va qonunchilik hujjatlari bilan yaqindan tanishishdi.

Transport vazirligi delegatsiyasi Minsk shahar va Minsk viloyat Transport inspeksiyasi boshqarmalariga tashrif buyurib, Belaruslik hamkasblar tajribasini o‘rganishdi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Xalqaro_hamkorlik

Termiz shahrida “Belarus – Rossiya – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Afg‘oniston – Pokiston” multimodal transport yo‘lagini rivojlantirish bo‘yicha transport idoralari rahbarlarining ko‘p tomonlama uchrashuvi o‘z ishini boshladi.

Onlayn va oflayn rejimda o‘tkazilayotgan uchrashuvda Belarus transport va kommunikatsiya vaziri birinchi o‘rinbosari Valeriy Verenich, Rossiya Federatsiyasi transport vaziri o‘rinbosari Dmitriy Zverev, Qozog‘iston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Maksat Kaliakparov, O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri Ilxom Maxkamov, Pokiston temir yo‘llari vaziri o‘rinbosari Ali Shax Sayid Mazxar, Afg‘oniston transport vaziri Hamidulla Oxunzoda ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbir 2023-yil noyabr oyida Toshkent shahrida imzolangan Memorandumni amalga oshirishning mantiqiy davomi bo‘lib, Transafg‘on koridori bo‘ylab yuk tashishni rivojlantirish bo‘yicha yechimlarni birgalikda izlashdan iborat.

Batafsil
#Xalqaro_hamkorlik

O‘zbekiston va Polsha transport sohasida nazorat organlari o‘rtasidagi hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi, “Raqamli transport” markazi va Transport tadqiqot markazi xodimlaridan iborat delegatsiya shu kunlarda Polsha Respublikasida bo‘lib turibdi.

Tashrif davomida Polsha avtotransport inspeksiyasi xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazildi va polshalik hamkasblarning vazn va hajm parametrlari, haydovchilarning mehnat va dam olish rejimiga amal qilishi, shuningdek, xalqaro yuk tashish va xavfli yuklarni tashish uchun ruxsatnomalarni tekshirish jarayoni bo‘yicha tajribasi o‘rganildi.

Tomonlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Transport nazorati inspeksiyasi va Polsha avtomobil transporti inspeksiyasi o‘rtasidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |