Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.18K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazilmoqda

Transport vazirligi huzuridagi Transport muammolarini o‘rganish markazi tashabbusi bilan Toshkent davlat transport universiteti, Tabiat resurslari vazirligi Toshkent shahar boshqarmasi, IIV JXD Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan hamkorlikda avtotransport vositalarining atrof-muhitga ta’sirini baholash bo‘yicha tadqiqot tadbiri o‘tkazilmoqda.

Tadbirdan ko‘zlangan maqsad shahar ko‘chalarida harakatlanayotgan avtotransport vositalaridan chiqayotgan zararli gazlar miqdori va tarkibini o‘rganish va kelgusida avtotransport vositalarining atrof-muhitga salbiy ta’sirini kamaytirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.

Kelgusida ushbu tadbir qamrovini kengaytirish va avtotransport vositalaridan atmosferaga chiquvchi chiqindi gazlar miqdorining doimiy nazoratini olib borish ko‘zda tutilgan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook |Instagram|
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Республикаси Президенти Режеп Таййип Эрдоғаннинг таклифига биноан Туркий давлатлар ташкилотининг фавқулодда саммитида иштирок этиш учун 15-16 март кунлари амалий ташриф билан Анқара шаҳрида бўлади.

По приглашению Президента Турецкой Республики Реджепа Тайипа Эрдогана Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев 15-16 марта посетит с рабочим визитом город Анкару для участия в чрезвычайном саммите Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #sammit #TDT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
2023 йил 1 апрелдан бошлаб Тошкент метрополитенининг тўлиқ фаолият кўрсатиши вақти давомида пенсия олувчиларга бепул хизмат кўрсатилади. Бу ҳақда Президентнинг тегишли қарори (ПҚ-94, 15.03.2023й) қабул қилинди.

Бунда, Тошкент метрополитенининг мазкур бандда кўрсатилган хизматларни кўрсатиш эвазига олинмай қолган даромадлари Ўзбекистон Республикаси Давлат бюджети маблағлари ҳисобидан қоплаб борилади.

🔻Ўзбекистоннинг ягона расмий ахборот агентлиги

Тelegram  | Facebook | InstagramYou Tubе
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев БМТ Инсон ҳуқуқлари бўйича Олий комиссари Фолькер Туркни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял Верховного комиссара ООН по правам человека Фолькера Тюрка.

#Mirziyoyev #qabul #BMT #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Navoiy_viloyati

Navoiy shahri jamoat transporti tizimi va infratuzilmasini takomillashtirish bosh rejasi ishlab chiqilmoqda

Navoiy viloyati transport boshqarmasida “Navoiy shahrida jamoat transporti faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish hamda takomillashtirish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Matbuot anjumanida Navoiy shahrida transport tizimini takomillashtirish, transport bosh rejasini ishlab chiqish bosqichlari, transport oqimi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Batafsil

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 15-mart kuni Transport vazirligida Xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirokida mamlakat transport sohasini isloh qilish bo‘yicha Ishchi guruhning birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

“Mamlakat platformasi” mexanizmi doirasida tashkil etilgan yig‘ilishda Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo infratuzilma investitsiya banki, Islom taraqqiyot banki vakillari mamlakatimiz transport sohasi korxona va tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etishdi.

Yig‘ilishda 2022-2026 yillarda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarga erishish doirasida transport sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning borishi hamda Ishchi guruhning 2023 - yilgi Ish rejasi muhokama etildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | 1 - apreldan Toshkent metrosi pensionerlarga to‘liq bepul xizmat ko‘rsatadi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |