Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11.4K subscribers
15.1K photos
2.16K videos
13 files
6.52K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев ёшлар бандлигини таъминлаш ва бўш вақтини мазмунли ташкил этиш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам обеспечения занятости и содержательной организации досуга молодежи.

#Mirziyoyev #yigilish #yoshlar #qullabquvvatlash

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Uzbekistan Airways Pekinga haftalik aviaqatnovlar sonini oshiradi

2023-yilning 22-fevralidan boshlab Uzbekistan Airways Toshkentdan Pekinga har hafta ikki marta muntazam aviaqatnovlarni amalga oshiradi.

Aviakompaniya parvozlarni muntazam ravishda haftasiga ikki marta seshanba va chorshanba kunlari bajaradi.

Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy www.uzairways.com sayti, shuningdek, “UzAirways” mobil ilovasi, Uzbekistan Airways Sales orqali yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.



O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Polshaning «LOT Polish Airlines» kompaniyasi Varshava va Toshkent o‘rtasida muntazam reyslarni yo‘lga qo‘ymoqchi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
"Qamchiq" dovonidan fuqarolarni olib o'tish uchun maxsus poyezdlar harakati yo'lga qo'yildi

Ma'lumki, "Qamchiq" dovonida qor ko'chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli, 15-fevral kuni soat 22:40 dan A-373 xalqaro avtomobil yo'li avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Shu sababli fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish shtabi tuzilib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, "O'zbekiston temir yo'llari" AJ hamkorligida fuqarolarga 5202-sonli "Ohangaron – Angren – Pop" yo'nalishida maxsus poyezd reysi tashkil etildi va bugun soat 05:20 da “Ohangaron”, “Angren”, “Orzu” temir yo'l bekati va vokzallaridan "Pop" vokzaligacha 200 nafardan ortiq yo'lovchi poyezdda evakuatsiya qilinmoqda.

Shuningdek, 5201-sonli "Pop – Angren" yo'nalishida ham fuqarolarni dovondan evakuatsiya qilish ishlari davom ettiriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xalqaro_hamkorlik

Transport logistika sohasida Ozarbayjon bilan hamkorlikni rivojlantirish yo‘nalishlari belgilab olindi

Ozarbayjon Respublikasining Raqamli rivojlanish va transport vaziri o‘rinbasari Raxman Gummatov hamda O‘zbekiston Respublikasi transport vaziri o‘rinbosari Abdusamat Mo‘minov hamraisligida ikki mamlakat o‘rtasida transport va tranzit yuk tashuvlari masalalari bo‘yicha Qo‘shma ishchi guruhining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig‘ilishda Transkaspiy xalqaro transport koridori hamda 6 davlat (Ozarbayjon, Gruziya, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Turkiya, O‘zbekiston) temir yo‘l tuzilmalari ishtirokida tashkil etilgan CASCA+ multimodal transport yo‘lagi orqali yuk tashuvlari hajmini oshirish, shuningdek, infratuzilmani rivojlantirish, tashuv jarayonlarida qulay sharoitni yaratish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Xorazm_viloyati

Aholi murojaatlari — doimiy eʼtiborda

Viloyat transport boshqarmasi tomonidan yo‘lovchilarga qulay va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, aholidan kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish masalasiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Hududlarga biriktirilgan mas’ul xodimlar tomonidan har bir murojaat o‘rganilib, yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar bilan hamkorlikda yangi yo‘nalishlarda jamoat transporti qatnovi yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xususan, Hazorasp tumani “Munis Xorazmiy” mahallasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan o‘z mahallasi hududida avtobus qatnovini tashkil etish bo‘yicha kelib tushgan murojaatlar boshqarmaning tegishli xodimlar tomonidan o‘rganilib, ijobiy hal etildi.

O‘rganish natijasiga asosan “Munis Xorazmiy MFY – Hazorasp buyum bozori" yo‘nalishida avtobus qatnovi tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurash dolzarb vazifa

Transport vazirligi va uning idoraviy mansub tashkilotlari xodimlari faoliyatida korrupsiyaviy huquqbuzarliklarga murosasizlik va ularni sodir etishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida vazirlikning Komplaens nazorat xizmati tomonidan tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati transport boshqarmasi xodimlari bilan korrupsiya jinoyati va uning oqibatlari mavzusida uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik Komplaens nazorat xizmati boshlig‘i B.Qoraboyev jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish o‘ta dolzarb masala ekanligini garchi uni bajarish doirasida mas’ul idoralar belgilangan bo‘lsada, uning to‘laqonli ro‘yobga chiqishi uchun har bir fuqaro o‘zida mas’uliyat his etsa, qo‘yilgan maqsad va muddaolar yechimi paydo bo‘lishini ta’kidladi.


Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |