Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.18K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қорақалпоғистондан Хоразм вилоятига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл из Каракалпакстана в Хорезмскую область с рабочей поездкой.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Урганч шаҳрида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирокида Халқ депутатлари Хоразм вилояти кенгашининг сессияси бўлиб ўтди.

В городе Ургенче с участием Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева состоялась сессия Хорезмского областного Кенгаша народных депутатов.

#Mirziyoyev #Xorazm #sessiya #tashkiliymasala

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Xorazm_viloyati

10 ta yangi “JAC SUNRAY” rusumidagi mikroavtobuslar olib kelindi

🚌 Xorazm viloyatida aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, "XORAZM SUPER MEDICAL" xususy korxonasi tomonidan 10 ta JAC SUNRAY usumli yangi mikroavtobuslar sotib olindi. Natijada korxonada qo‘shimcha 20 ta yangi ish o‘rni yaratildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_viloyati

🌨 Noqulay ob-havo sharoitida aholining transportga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida viloyat transport boshqarmasi tomonidan jamoat transporti harakati uzluksizligini ta’minlash maqsadida barcha zaruriy chorlar ko‘rilmoqda.

Bugungi kunda viloyat bo‘yicha jami yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari soni 232 ta bo‘lib, shundan, 108 tasi avtobus va 124 tasi yo‘nalishli taksilarni tashkil etadi.

🚏Ushbu yo‘nalishlardan 140 tasi qishloqlararo hamda qishloqlarni tuman markazi bilan bog‘lovchi va 71 tasi tuman markazlarini viloyat markazi bilan bog‘lovchi yo‘nalishlardir.

🚌 Urganch va Xiva shaharlarida 21 ta yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, ushbu yo‘nalishlarda 117 ta avtobuslar aholi xizmatida.

Mazkur yo‘nalishlar orqali kuniga 270 mingdan ortiq yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatilmoqda.
#Xorazm_viloyati

Nazorat - profilaktika tadbirlari o‘tkazilmoqda

Transport nazorat inspeksiyasi xodimlari tomonidan yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, o‘quv yili boshlanishi arafasida talabalarni manzillariga o‘z vaqtida yetib borishini ta'minlash, yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketish holatlarining oldini olish maqsadida barcha avtovokzal, avtoturargohlarda nazorat - profilaktik tadbirlar o'tkazilmoqda.

Tadbirlar davomida haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga, sanitariya talablariga, mehnat va dam olish tartibiga, avtomobil transportida yo‘lovchilar va yuklarni tashish qoidalariga rioya etilishi nazorat qilinmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_viloyati

2023-yilda viloyatda tadbirkorlar tomonidan 121 ta yangi mikroavtobuslar sotib olindi.

Mazkur avtotransport vositalarni yo‘nalishlar bilan ta'minlash maqsadida 6 ta yangi yo‘nalish tashkil qilindi.

Urganch – Gurlan”, “Urganch – Shovot”, “Xiva dehqon bozori – Sayot qishlog‘i” yo‘nalishlaridagi “Damas” rusumli avtotransport vositalari mikroavtobuslarga almashtirildi.

“Urganch – Hazorasp”, “Urganch – Xonqa”, “Urganch – Qo‘shko‘pir” yo‘nalishlardagi eskirgan avtotransportlar yangilanib, qatnovlar soni oshirildi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xorazm_viloyati

Jamoat transporti faoliyati uzluksiz davom etmoqda

Viloyatdagi mavjud 135 ta jamoat transporti yo‘nalishlarida jami 538 ta (336 ta avtobus va 202 ta mikroavtobus) avtotransport vositalar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Ushbu yo‘nalishlar orqali kunlik 305 446 ta yo’lovchilarga jamoat transportlarida foydalanish imkoniyati mavjud. Jamoat transportlarining uzluksiz harakatlanishi Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan kunlik nazoratga olingan.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Президент Шавкат Мирзиёев Хоразм вилоятига келгач, дастлаб Қорақалпоғистоннинг Амударё туманига бориб, Амударёдаги янги кўприкнинг очилиш маросимида иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев по прибытии в Хорезмскую область посетил Амударьинский район Каракалпакстана, где принял участие в церемонии открытия нового моста через Амударью.

#Mirziyoyev #safar #Xorazm #kuprik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Xorazm_viloyati

Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchilar mas’uliyatini oshirish


Xorazm viloyati transport boshqarmasi va viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va korxona haydovchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir transport vositasining yo‘nalishlarga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan, haydovchilarning esa tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha belgilangan me’yorlariga to‘liq amal qilinishini ta’minlash zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yo‘nalishlarda harakatlanish davomida haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etishi, yo‘llarda tartib va intizom bilan harakatlanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
#Xorazm_viloyati

⚡️ Hududlarda “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davom etmoqda.

👮‍♂️Mazkur oylik doirasida Transport nazorati inspeksiyasi avtomobil va suv transportida nazorat Xorazm viloyati hududiy bo‘limi viloyat YHXB xodimlari bilan hamkorlikda katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining yo‘llarda harakatlanishida vazn va hajm parametrlari bo‘yicha belgilangan me’yorlarga qat’iy amal qilishini ta’minlash yuzasidan targ‘ibot-tashviqot va nazorat tadbirlarini olib borishmoqda.

🚛 Nazorat tadbirlari davomida yuk avtomobili haydovchilariga me’yordan ortiq yuklarni tashimaslik, yuk tashish qoidalariga to‘liq amal qilish va harakat davomida boshqa avtotransport vositalariga xalaqit qilmagan holda harakatlanish lozimligi tushuntirilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |