Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
14K photos
2.03K videos
13 files
6.14K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Toshkent_viloyati

🚌 Parkentdan “Mashinasozlar” metro bekatiga ekspress avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Toshkent viloyatidan poytaxtga 9 ta yo‘nalishda ekspress avtobus qatnovini tashkil etish bo‘yicha belgilangan reja doirasida Parkent shahridan yo‘lovchilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri metro bekatiga yetkazib qo‘yuvchi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etildi.

🚍Mazkur ekspress avtobus Parkent avtoshohbekatidan Yangi O‘zbekiston bog‘i orqali "Mashinasozlar" metro bekatiga qadar harakatlanadi.

Yo‘nalishda qatnovlarni tashkil etish maqsadida “Parkent ATS” MChJ tomonidan 5 ta yangi ISUZU NP 26 avtobuslari sotib olindi. Yo‘nalishga jami 8 dona avtobus biriktirilgan.

🚏 Qatnovlar tonggi soat 5:50 dan boshlanadi. Avtobuslar 15 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. Qatnov davomida ekspress avtobus faqatgina Yangibozor avtoshohbekatida to‘xtab o‘tadi.

Masofasi 35 km bo‘lgan ushbu yo‘nalishda yo‘lkira narxi 6000 so‘m etib belgilangan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev hamda boshqa mas’ullar ishtirokida viloyat bo‘ylab jamoat transporti xizmatining yangi tizimini joriy etish muhokama qilindi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Toshkent_viloyati

⚡️Respublikamizning barcha hududlarida “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davom etmoqda.

🔹Mazkur oylik doirasida Transport nazorati inspeksiyasi YHXB xodimlari bilan hamkorlikda yuk tashishda belgilangan me’yorlarga qat’iy amal qilish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

📌Jumladan, "Chinor" YPX maskanida o‘rnatilgan tarozida kun-u tun nazorat tadbirlari olib borilib, belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanib kelayotgan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

🚛 Yuk avtomobili haydovchilaridan og‘ir vaznli va katta hajmli yuklarni tashishda belgilangan me’yor talablariga rioya qilishlarini so‘raymiz.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

⚡️Respublikamizning barcha hududlarida “Biz avtomobil yo‘llari tarmog‘ining soz holatda saqlanishi tarafdorimiz” shiori ostida nazorat oyligi tadbirlari davom etmoqda.

🔹Mazkur oylik doirasida Transport nazorati inspeksiyasi YHXB xodimlari bilan hamkorlikda yuk tashishda belgilangan me’yorlarga qat’iy amal qilish yuzasidan targ‘ibot-tashviqot va nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

📌Jumladan, "Chinor" YPX maskanida o‘rnatilgan tarozida kun-u tun nazorat tadbirlari olib borilib, belgilangan me’yordan ortiqcha yuk bilan harakatlanib kelayotgan haydovchilarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalariga asosan bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Toshkent_viloyati

Nazorat reyd tadbirlari

🚕 Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan hududlarda reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

👮Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.

🚕 В целях организации предоставления безопасных и качественных транспортных услуг пассажирам, обеспечения осуществления пассажирских перевозок в соответствии с законодательством Республики Узбекистан на основании лицензий и других разрешительных документов, Инспекцией по надзору в сфере транспорта, в регионах проводятся рейды.

👮В ходе рейдовых мероприятий составляются административные протоколы в отношении лиц, осуществляющих деятельность по перевозке пассажиров без лицензии.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Toshkent_viloyati

🚌 Chekka qishloq hududlaridan tuman markazlariga avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yilmoqda


Toshkent viloyatida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanayotgan 19 ta korxonaga «Toshshahartransxizmat» AJdan olib kelingan kichik sig‘imli ISUZU rusumli 160 dona avtobuslar berilgan.

Hozirda ushbu avtobuslardan 105 tasini yo‘nalishlarga joylashtirish natijasida jamoat transporti bilan qamrab olinmagan 25 ta yo‘nalishda 110 ta aholi yashash punktida avtobuslar faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

🚌 Отдаленные сельские местности соединяются автобусными сообщениями с районными центрами

160 автобусов ISUZU небольшой вместимости, привезенных из АО "Тошшахартрансхизмат", были переданы 19 предприятиям, осуществляющим пассажирские перевозки в Ташкентской области.

В настоящее время из 160 автобусов, 105 курсируют в 110 населенных пунктах по 25 маршрутам, которые ранее не были охваченны общественным транспортом.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |