Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
11K subscribers
13.5K photos
1.96K videos
12 files
5.93K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Temir yo‘l uchastkalarida poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlash yo‘lida

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev raisligida “Toshkent-Samarqand-Qarshi” yo‘nalishidagi temir yo‘l uchastkasida harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Idoralararo komissiyaning navbatdagi sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Sayyor yig‘ilish davomida Toshkent markaziy temir yo‘l vokzalidan harakatini boshlagan 126-diagnostika laboratoriyasi orqali “Toshkent-Samarqand-Qarshi” yo‘nalishidagi yuqori tezlikdagi poyezdlar harakatlanadigan temir yo‘l uchastkalarida harakat xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar, mavjud kamchiliklar nazorat qilib chiqildi.

Batafsil
2024-yilning 20-mart kunidan boshlab “Andijon – Xonobod – Andijon” yo‘nalishidagi shaharlararo yo‘lovchi poyezdi harakati yo‘lga qo‘yildi.

Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

6385-sonli "Andijon – Xonobod" yo‘nalishi

Andijon 10:30 — Xonobod 12:43


6386-sonli "Xonobod — Andijon" yo‘nalishi

Xonobod 14:15 — Andijon 16:30
#Xorazm_viloyati

Yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlashda haydovchilar mas’uliyatini oshirish


Xorazm viloyati transport boshqarmasi va viloyat IIB Jamoat xavfsizligi xizmati yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tashkilot va korxona haydovchilari o‘rtasida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Targ‘ibot tadbirlari davomida viloyat hududida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi har bir transport vositasining yo‘nalishlarga chiqishdan oldin texnik ko‘rikdan, haydovchilarning esa tibbiy ko‘rikdan o‘tishi bo‘yicha belgilangan me’yorlariga to‘liq amal qilinishini ta’minlash zarurligi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yo‘nalishlarda harakatlanish davomida haydovchilarning yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga to‘liq rioya etishi, yo‘llarda tartib va intizom bilan harakatlanish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
#Samarqand_viloyati

Profilaktik-targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, bayram kunlarida yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketish holatlarining oldini olish yuzasidan Transport vazirligi tomonidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Samarqand viloyati transport boshqarmasi xodimlari tomonidan shaharlararo-viloyatlararo avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchi tashuvlari faoliyati bilan shug‘ullanuvchi haydovchilar o‘rtasida profilaktik-targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Unda haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga qat’iy amal qilib, yo‘lovchi tashish qoidalariga to‘liq rioya qilgan holda harakatlanishi hamda yo‘l kira narxlarini sun’iy ravishda oshirmaslik yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.
Harakat xavfsizligini ta’minlashda korxona rahbarlari va haydovchilari mas’uliyatini oshirish dolzarb masala

Bugun “Toshshahartransxizmat” AJ majlislar zalida Toshkent shahri aholisiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi avtobus saroyi filiallari va yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi boshlig‘i Jamshid Karimov raisligida o‘tkazilgan yig‘ilishda aholiga namunali transport xizmati ko‘rsatish sifatini yaxshilash, tashuv jarayonlarida xavfsizlikni ta’minlash bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.

Batafsil
DIQQAT BU MUHIM!

Joriy yilning 21–24-mart kunlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) server qurilmalarini Raqamli hukumat markazining Maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga koʻchirish boʻyicha tashkiliy-texnik ishlar amalga oshiriladi.

Shu munosabat bilan 2024-yil 20-mart soat 21:00 dan Transport vazirligining

🔹E-tender.mintrans.uz

🔹dazvol.mintrans.uz

🔹uztrans.uz (ijtimoiy transport kartalarini berish xizmati davlat xizmati)

🔹st.uztrans.uz (statistika tizimi)

🔹eiis.mintrans.uz (yagona integrallashgan axborot tizimi) tizimlari faoliyati vaqtinchalik toʻxtatiladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari !

🌸 2024-yil 21-24-mart kunlari "Navro'z" bayrami nishonlanishi munosabati bilan, poytaxtimizning bir qancha bog' va mazillarida bayram tadbirlari, sayllar o'tkazilishi belgilangan.

Ushbu sayilgohlarga oilangiz, yaqinlaringiz, hamkasblaringiz yoki do'stlaringiz bilan quyidagi avtobus va elektrobuslar xizmatlaridan foydalangan holda tashrif buyurishingiz mumkin.

🚌 Bayram kunlari transportlar harakati ko'payishini inobatga olgan holda, shaxsiy avtomobilda harakatlanishdan voz kechib, jamoat transportidan foydalanishingizni taklif etamiz.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Аэропорт «Коканд» в Ферганской области принял первый технический рейс, запущено железнодорожное сообщение Андижан-Ханабад


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida bayramona sport tadbirlari

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan vazirlik markaziy apparati xodimlari o‘rtasida stol tennisi hamda varrak yasash va uchirish bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi.

“Olam nurga to‘lsin sen bilan, Navro‘z!” shiori ostida o‘tkazilgan bellashuv g‘oliblar “Eng chiroyli varrak”, “Eksklyuziv varrak”, “Eng yuqori uchgan varrak” kabi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Eksportyor korxonalar vakillari va tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Mamlakatimiz eksport salohiyatini oshirish va eksport qiluvchi korxonalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, milliy mahsulotlarning tashqi bozorlardagi raqobatbardoshligini mustahkamlash hamda tadbirkorlarning muammo va takliflarini bevosita o‘rganish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Transport vaziri Ilhom Maxkamov hamda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori Ibrohim Ergashev rahbarligida o‘tkazilgan uchrashuvda eksport jarayonlarida transport va logistika masalalari, korxonalar faoliyati davomida duch kelayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.

Uchrashuvda ko‘rilgan masalalarning yechimi yuzasidan ishchi guruh tashkil etan holda aniq takliflarni ishlab chiqishga kelishib olindi. Eksportyor korxonalarga amaliy yordam berish va mavjud muammolarga yechim topishga qaratilgan bu kabi muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazilishi belgilandi.
🌸 Navro‘z – yangi kun, yil boshi, yangilanish va yasharish bayrami!

Qadimiy qadriyatlarimiz tarovati – yangilanish, yasharish fasli, bahor bayrami bo‘lmish Navro‘z ayyomi bilan Transport vazirligi jamoasi va barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etamiz!

Navro‘z – rizq-ro‘z, shodlik ayyomi!

Hammamiz uchun sevimli va qadrli bo‘lgan ushbu ayyom jumlai olamga, yurtimizga, shaharlarimizga xayrli va barakali, qutlug‘ kelsin!

Navro‘z ayyomingiz muborak!