Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.7K subscribers
14.3K photos
2.06K videos
13 files
6.24K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
💐 Tabiatning uyg‘onish ayyomi — Navro‘zi olam muborak bo‘lsin!

Navro‘z har bir oilaga, har bir xonadonga baxt va farovonlik keltirsin! Barcha yaxshi umidlarimiz va orzularimiz amalga oshsin!
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Наврўз умумхалқ байрамига бағишланган тантанали маросимдаги табрик нутқи

Приветственное слово Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на торжествах, посвященных всенародному празднику Навруз

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"Humo Arena" мажмуасида Наврўз тантаналари бўлиб ўтди. Байрам тадбирида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев иштирок этиб, халқимизни самимий табриклади.

В комплексе "Humo Arena" состоялись торжества по случаю Навруза. Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в праздничном мероприятии и сердечно поздравил народ нашей страны.

#Mirziyoyev #bayram #Navruz #tantana

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Navro‘z – qadim qadriyatlar tarovati

Azal-azaldan yurtimizda keksalar e’zozda bo‘lib, ularga alohida hurmat va ehtirom ko‘rsatib kelinadi. Bu yoshlar zimmasidagi mas’uliyat va farzga aylangan desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Zero, nuroniylarni ulug‘lash ularning pand-nasihatlarini, duosini olish milliy qadriyatlarimizning bir qismi.

Qadimiy qadriyatlarimiz tarovati – yangilanish, yasharish fasli, bahor bayrami bo‘lmish Navro‘z ayyomi munosabati bilan Transport vazirligi birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi tashabbusi bilan yurtimiz transport tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilgan bir guruh yolg‘iz qariyalar holidan xabar olinib, sovg‘a-salomlar ulashildi.

Bunday e’tibor va g‘amxo‘rlik har bir keksa nuroniyga kuch-g‘ayrat, shijoat bag‘ishlaydi. Qolaversa, yoshlarni milliy an’analarimizga sadoqat va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda bu kabi tadbirlar o‘ziga xos ibrat maktabi vazifasini o‘taydi, – deydi vazirlik birlashgan kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi F. Norxo‘jayev.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент: Ҳар кунимиз Наврўздек гўзал, Наврўздек файзли ва мазмунли бўлсин!

Президент: Пусть каждый наш день будет прекрасным, как Навруз, благословенным и мудрым будет, как Навруз!

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ayni daqiqalarda Qo‘qon aeroportining rasmiy tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
To‘yga to‘yona...

Yurtimizda Navro‘z bayrami shukuhi kezib yurgan shu kunlarda mamlakatimiz transport infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarning samarasi o‘laroq Qo‘qon aeroportining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Shu munosabat bilan bugun Toshkent – Qo‘qon – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha Silk avia kompaniyasi ATR 72 samolyotida ilk aviaqatnovni amalga oshirdi. Ilk parvozni kutib olish marosimi Qo‘qon aeroportining ochilish tantanalariga ulanib ketdi.

Tantanali marosimda Farg‘ona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Transport vaziri Ilhom Maxkamov, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi, “Uzbekistan airways” va “Uzbekistan airports” kompaniyalari rahbarlari, shuningdek, nuroniylar, yoshlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qo‘qon aeroporti foydalanishga topshirildi

Qo‘qon aeroporti rekonstruksiya qilingandan so‘ng bugun tantanali tadbir bilan foydalanishga topshirildi.

Aeroportining rekonstruksiya ishlari uchun jami 156 mlrd. so‘m mablag‘ sarflandi, bundan 40 mlrd. so‘m 100 kishiga mo‘ljallangan, umumiy foydalanish maydoni 900 kv.m. bo‘lgan yangi yo‘lovchi terminalining qurilishi uchun, 107 mlrd. so‘m uchish-qo‘nish yo‘lagini 2000 metrgacha uzaytirish uchun yo‘naltirildi.

Batafsil