Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.2K photos
2.05K videos
13 files
6.21K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#Jarayon

Diagnostika ishlari amalga oshirilmoqda

Transport sohasi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti xodimlari tomonidan Toshkent viloyati Qibray tumani hududidan o‘tuvchi (uzunligi 15 km bo‘lgan yangi yo‘nalish bo‘yicha Qibray shahrini aylanib o‘tish) avtomobil yo‘lining 0-6 km qismi 4-bosqich Baytqo‘rg‘on QYFga shaxobcha qurish obyektida diagnostika ishlari amalga oshirilmoqda.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Jarayon

Mamlakatimiz hududi bo‘ylab xorijiy tashuvchilar tomonidan avtomobilda xalqaro tashuvlarni O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi boshqarma boshlig‘i M. Yusupov boshchiligidagi ishchi guruh O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi mutasaddilari bilan hamkorlikda "Yallama" va "Sirdaryo" nazorat-o‘tkazish punktlarida xorijiy davlat tashuvchilari o‘rtasida tushuntirish ishlarini olib borishmoqda.

Xususan, 2024-yil 1-martdan boshlab xorijiy tashuvchilar tomonidan uchinchi davlatlardan O‘zbekiston Respublikasi hududiga yuklarni yukni jo‘natish davlati bo‘lmagan boshqa davlat hududida o‘tkazish yo‘li bilan qayta yuklash va qayta ulash orqali amalga oshiriladigan avtomobil transportidagi tashishlar faqat O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organi tomonidan beriladigan “uchinchi davlatga/dan” ruxsatnoma blankalari orqali amalga oshirilishi lozimli tushuntirilmoqda.
#Jarayon

Aholiga sifatli transport xizmatini ko‘rsatishni tashkil etish, tashuvlarda belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishni ta’minlash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Samarqand viloyat hududiy bo‘limi tomonidan viloyat hududida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Unda inspektorlar tomonidan haydovchilarga yo‘lovchilarga transport xizmatini ko‘rsatishga qo‘yilgan talablarga to‘liq rioya etish hamda yo‘lkira narxlarini asossiz oshirib yubormaslik yuzasidan tushuntirish berilmoqda.

Shuningdek, tegishli ruxsatnomaga ega bo‘lmasdan aholiga pullik transport xizmatini ko‘rsatuvchi haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |