#Infografika
🚌 Poytaxt misolida avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etmoqda
Tahlillarga ko‘ra bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda o‘rtacha 4,3 ta yo‘lovchi, bitta avtobusda esa o‘rtacha 580 ta yo‘lovchi tashilmoqda.
O‘tkazilgan transport makromodeli tahlillariga ko‘ra poytaxtdagi mobil aholining kunlik harakatlanish (qatnov) soni o‘rtacha 9 mln.tani tashkil etib, shundan 6 mln qatnov transportda amalga oshiriladi.
Transportda amalga oshirilayotgan qatnovlarning 1,7 mln.tasi (28 foiz) jamoat transporti, 4,3 mln.tasi yengil avtotransport hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.
Poytaxtning transport vositalari doimiy harakatlanadigan asosiy 73 ta ko‘chasining uzunligi 472 kmni tashkil etib, o‘rtacha 380-400 mingta avtotransport harakatlanishiga mo‘ljallangan.
Hozirda shaharda kun davomida o‘rtacha 1 millionga yaqin avtotransport harakatlanmoqda. Bu yo‘llarda bir vaqtda harakatlanish sig'imidan 2 barobar ko‘p.
Тelegram|Facebook|Instagram|YouTubе| Linkedin|

🚌 So‘nggi 2 yilda poytaxtdagi avtobuslar soni 2 barobarga, harakat tarkibining o‘rtacha sig‘imi esa 74 % ga oshdi
Birgina 2023-yilda shahar jamoat transporti harakat tarkibini mukammal yangilash maqsadida 1 000 dona avtobus xarid qilindi.
2023-yilda poytaxtning barcha turarjoy mavzelarini to‘liq qamrab olish, jamoat transporti tizimini va uning barcha turlarini uzviy bog‘lagan holda xizmat ko‘rsatishni tashkil etish maqsadida tubdan yangi yo‘nalishlar tarmog‘i ishlab chiqildi.
Ushbu yo‘nalishlar tarmog‘i 4 turdagi 167 ta yo‘nalishdan iborat.
Bugungi kunda avtobuslar ilmiy asoslangan holda yangi tashkil etilgan yo‘nalishlar tarmog‘ida tasarruf etilmoqda.
Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |

🚧 Toshkent shahar transport infratuzilmasini rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar
2023-yilda Toshkent shahrida avtobuslar uchun 48,2 km alohida ajratilgan yo‘laklar tashkil etildi.
🚌 Ushbu alohida yo‘laklarda bir kunda 16 ming avtobus qatnovlari bajarilib, ularda qariyb 600 ming yo‘lovchi tashilmoqda.
Paxtakor, Beruniy, Rohat, Choshtepa, Qipchoq, Sergeli metro bekatlari yonida zamonaviy transport-o‘tish bog‘lamalari qurildi.
Ushbu transport-o‘tish bog‘lamalariga 50 ta avtobus yo‘nalishi bog‘lanib, kunlik 192 ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatilmoqda.
🚏Toshkent shahrida mavjud 396 ta avtobus oraliq bekati tartibga keltirilib, bekatlarda yo‘lovchilar uchun to‘siqsiz va xavfsiz muhit yaratildi.
Tirbandligi yuqori bo‘lgan chorrahalarni geometrik parametrlari qaytadan o‘rganib chiqilib, 40 ta chorraha rekonstruksiya qilindi.

Respublikada jamoat transporti faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlar
Bugungi kunda Respublika bo‘yicha 3903 ta yo‘nalishlar mavjud bo‘lib, shundan 3094 tasi faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, 809 ta yo‘nalish talabgor mavjud bo‘lmaganligi bois faoliyati to‘xtatilgan.
Mavjud yo‘nalishlarning 774 tasi (621 faoliyat ko‘rsatayotgan) shahar, 2756 ta (2184) shahar atrofi, 282 ta (198) viloyat hududi shaharlararo va 91 ta (91) shaharlararo yo‘nalishlardan iborat.
Yo‘nalishlarda 38 926 ta avtotransport vositalari faoliyat ko‘rsatib, shundan 5 506 tasi avtobusga to‘g‘ri keladi.
2023-yilning yanvar – sentabr davrida respublika bo‘yicha jami 166 ta ochiq tender o‘tkazilib, ularda 1847 ta yo‘lovchi tashish bo‘yicha yo‘nalishlari joylashtirildi.
Hisobot davrida 28 ta avtobus va 48 ta yo‘nalishli taksi, jami 76 ta yangi yo‘nalish tashkil etildi. Ushbu yo‘nalishlarda 141 ta avtobus, 75 ta mikroavtobus va 304 ta “Damas” rusumli avtomobillar aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

🚌Toshkent jamoat transporti bosqichma-bosqich to‘liq “yashil transport” tizimiga o‘tkaziladi
“Toshshahartransxizmat” AJ avtobus saroyi filiallarida 2 017 dona harakat tarkibi mavjud bo‘lib, shundan 672 donasi dizel yoqilg‘isida (33 %), 1 020 donasi tabiiy gaz yoqilg‘isida (50 %), 324 donasi elektr energiyasida (17 %) harakatlanadi.
2022–2023-yillarda sotib olingan avtobuslarning 58,7 foizi siqilgan tabiiy gazda, 21,4 % foizi elektr energiyasida harakatlanadi.
Natijada, harakat tarkibining o‘zidan chiqadigan zararli moddalar miqdori 2022-yilda 5,1 ming tonnani, 2023-yilda 4,8 ming tonnani tashkil etilishiga erishildi.
2024–2030-yillarda qo‘shimcha 1 200 dona elektrobus xarid qilish va avtobuslarni tabiiy gaz yoqilg‘isiga o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
2024-yilda harakat tarkibini 200 dona elektrobus bilan yangilash orqali zararli moddalar miqdorini yillik 4,6 ming tonnagacha kamayishiga erishish rejalashtirilgan.

«Tramvay va trolleybus transportida yo‘lovchilarni tashish tizimi samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Hukumat qarori (664-son, 15.12.2023-y.) qabul qilindi.
Qarorda tramvay va trolleybus transporti faoliyati samaradorligini oshirish va uning tizimini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

Yangi yil bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetib olishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi soha tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shimcha chora - tadbirlarni amalga oshirmoqda.
✈️Xususan, aviatsiya yo‘nalishida amaldagi muntazam qatnovlardan tashqari joriy yilning 23-dekabridan 29-dekabrigacha bo‘lgan davrda "Uzbekistan airways" aviakompaniyasi tomonidan qo‘shimcha 17 ta aviaqatnov amalga oshiriladi.
🛫 “Humo air” aviakompaniyasi tomonidan Toshkent – Urganch – Toshkent, Toshkent – Nukus – Toshkent, Toshkent – Qarshi – Toshkent hamda Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishlarida qo‘shimcha 7 ta reys bajariladi.

🚆Temir yo‘l transportida yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘shimcha 58 ta reys yo‘lga qo‘yiladi.
“Toshkent – Urganch – Toshkent”, “Toshkent – Andijon – Toshkent”, “Toshkent – Termiz – Toshkent”, “Toshkent – Buxoro – Toshkent”, “Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent” yo‘nalishlarida qatnovchi yo‘lovchi poyezdlarga qo‘shimcha to‘rttadan vagon ulanadi.
Natijada 50 240 nafar yo‘lovchini qo‘shimcha tashish imkoniyati yaratiladi.

🚌 Toshkent shahrini boshqa viloyatlar bilan bog‘lovchi 44 ta shaharlararo yo‘nalishlarda 276 ta avtobuslar biriktirilgan.
2023-yilning 20 – 31-dekabr hamda 2024-yilning 1– 7-yanvar kunlari 381 ta qo‘shimcha reyslar orqali 18 669 ta yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatiladi.
🚏 “Toshkent” avtovokzalidan jami 14 ta yo‘nalishda 290 ta reys, “Abu Saxiy” avtovokzalidan jami 7 ta yo‘nalishda 91 ta reys bajariladi.

2030-yilga qadar mamlakatimizda aviaqatnovlar soni 4 karra oshiriladi
Joriy yilda reyslar soni 20 foizga oshiriladi. Buxoro, Namangan, Urganch va Andijon aeroportlari xususiy boshqaruvga berilib, modernizatsiya qilinadi.

Xorazm viloyati transport infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi
Urganch va mamlakatimizni boshqa shaharlariga aviachipta narxini arzonlashtirish uchun 30 milliard so‘m subsidiya beriladi.
Urganchdan Termiz, vodiy viloyatlari, Samarqand, Buxoro hamda Sankt-Peterburg, Madrid, Frankfurt, Pekin va Urumchiga aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.
“Urganch – Xiva” trolleybus qatnovi oraliq vaqti 2 karra qisqaradi, Urganchdan Xiva va Xonqaga elektrobus qatnovi tashkil etiladi.
Urganch aeroporti boshqaruvi va modernizatsiyasiga xususiy sherik jalb qilinadi.

Avtomobil transportida yuk va yo‘lovchi tashuvlari sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar
2024-yil yanvar–mart oylarida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat yo`nalishida o`tkazilgan reyd tadbirlarida aniqalangan huquqbuzarliklarning 2023-yilning shu davriga nisbatan qiyosiy tahlili.