Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.3K photos
1.95K videos
12 files
5.9K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Yangi xalqaro transport va tranzit yo‘lagini barpo etish bo‘yicha muhim hamkorlik

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi tashabbusi bilan Qozog‘iston – Turkmaniston – Eron – Turkiya Respublikalarining transport vazirligi hamda temir yo‘l sohasi vakillari o‘rtasida videokonferentsaloqa shaklida uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda “Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa” xalqaro transport yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzolash bilan bog‘liq jarayonlarni jadallashtirishga qaratilgan muhim masalalar muhokama etildi.

Tomonlar “Xitoy – Qozog‘iston – O‘zbekiston – Turkmaniston – Eron – Turkiya – Yevropa” xalqaro transport koridorini rivojlantirish barcha uchun birdek manfaatli ekanligini, ushbu yo‘lak tranzit tashuvlari va mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aloqalarini rivojlantirish uchun yangi imkoniyatlar ochishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Koreya bilan hamkorlikda aerokosmik unversitet tashkil etish istiqbollari muhokama etildi

12-oktabr kuni Transport vaziri o‘rinbosari I.Abdugafarov Koreya aerokosmik universiteti prezidenti Hee-Young Hurr boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashdi.

Uchrashuvda so‘nggi yillarda mamlakatimizda fuqaro aviatsiyasi sohasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida sohada professional kadrlarga bo‘lgan talabning keskin ortib borayotganini inobatga olgan holda universitet bilan o‘zaro hamkorlikda o‘quv kurslarini tashkil etish masallari muhokama etildi.

Jumladan, Toshkent davlat transport universiteti bilan birgalikda Koreya aerokosmik universiteti filialini tashkil etish, davlat va xususiy sektor aviatsiya sanoati xodimlari uchun qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish yuzasidan fikr almashildi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
"Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston" temir yo‘l loyihasi muhokama qilindi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vazirligi hamda ikki mamlakat temir yo‘l kompaniyalari vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Transport vazirining birinchi o‘rinbosari M.Omarov hamda Qirg‘iz Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari I.Bariyev rahbarligida o‘tkazilgan vidokonferentsaloqa shaklidagi uchrashuvda tomonlar “Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” temiryo‘li qurilishi loyihasini moliyalashtirish modeli masalasini muhokama etishdi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🚌 Jamoat transporti - qulay tanlov!

🔸Siz ham dam olish kunida shahrimizda joylashgan ajoyib bog’larga yaqinlaringiz bilan tashrif buyurishda quyidagi avtobus yo’nalishlaridan foydalanishingiz mumkin:

🌳Navro’z bog’i: 57, 78, 97;
🌳Yangi O’zbekiston: 190, 50, 151;
🌳Ashxabod bog’i: 28, 72, 96, 30, 80, 21, 14, 44, 18, 1, 16;
🌳G'ofur G'ulom bog’i: 33, 150, 2, 75, 84, 94, 98;
🌳G’alaba bog’i: 65, 82, 85, 118, 120;
🌳Hayvonot bog’i: 19, 63, 115.

Dam olish kuningiz maroqli o’tsin!


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yo'l qurilishiga xususiy sektor jalb qilinadi

“Yo'l xo'jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-330, 10.10.2023y.) qabul qilindi

🔰Qarorga ko'ra, 2024-yil 1-yanvardan:

avtomobil yo'llarida bajariladigan ish turlari qurish va rekonstruksiya qilish, ta'mirlash hamda saqlashdan iborat bo'ladi;

loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, yo'l-qurilish ishlarini amalga oshirish, shuningdek, ularni qabul qilib olishda hajm va sifat ko'rsatkichlarini nazarda tutadigan tizim (“hajm uslubi”) joriy etiladi;

avtomobil yo'llarini qurish va rekonstruksiya qilish ishlari yakunlangan obyektlarning asosiy konstruktiv elementlari bo'yicha kamida uch yillik kafolatli xizmat qilish muddati joriy qilinadi;

yilning harorat yuqori bo'lgan vaqtlarida avtomobil yo'llarida yuk tashuvchi transport vositalari va avtopoezd (tirkama)larning (maxsus transport vositalaridan tashqari) harakatlanishiga mavsumiy cheklovlar o'rnatiladi.

▶️ Xalqaro ahamiyatdagi M39 “Toshkent – Termiz” avtomobil yo'lining “Toshkent – Chinoz” yo'nalishidagi 817 – 827 km qismini ilg'or xorijiy texnologiyalar va zamonaviy xalqaro standartlar asosida syement-beton qoplama qurgan holda rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshiriladi.

🗓 2025-yil 1-yanvardan yangidan boshlanadigan yo'l-qurilish obyektlarida loyihani muhandislik boshqarish va texnik nazorat qilish ishlari autsorsing shartlari asosida Xalqaro muhandislar-konsultantlar federasiyasi (FIDIC) amaliyoti va hujjatlariga muvofiq mustaqil tashkilotlar, shu jumladan xususiy sektor tomonidan amalga oshiriladi.

📁 2023-yil 31-dekabrgacha Davlat byudjeti mablag'lari hisobidan avtomobil yo'llari, ko'priklar va sun'iy inshootlarni loyihalashtirish (shu jumladan, texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish), qurish va rekonstruksiya qilish bo'yicha loyiha-qidiruv hamda qurilish-pudrat tashkilotlarini “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida baholash mezonlari takomillashtiriladi.

Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llari bo'yida yashil hududlarni barpo etish doirasida Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibidagi “O'zyo'lko'kalamzorlashtirish” davlat muassasasining hududiy bo'linmalari Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tasarrufiga o'tkaziladi.

🗒 2024-yil 1-yanvardan tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog'iston Respublikasi va viloyatlarda uzunligi 20 kmgacha bo'lgan umumiy foydalanishdagi avtomobil yo'llarini ekspluatasiya qilish ishlariga autsorsing asosida xususiy sektor jalb qilinadi.

🏢 Avtomobil yo'llari qo'mitasi tarkibida quyidagilar tashkil etiladi:

🔹“O'zyo'lko'prik” klasteri va uning hududiy filiallari;

🔹“Avtomobil yo'llari texnik holati tahlili va harakat xavfsizligi markazi” davlat muassasasi.

📄 2024-yildan xo'jaliklararo qishloq avtomobil yo'llari, shaharlar, shahar posyolkalari, qishloqlar va ovullar ko'chalarini qurish, rekonstruksiya qilish va ta'mirlash uchun byudjet mablag'lari faqat “Mening yo'lim” dasturi orqali ajratiladi.
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бутунжаҳон туризм ташкилоти Бош Ассамблеяси 25-сессиясидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на 25-й сессии Генеральной Ассамблеи Всемирной туристской организации

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the 25th session of the General Assembly of the World Tourism Organization

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
​​​​Keksa yoshdagi yo‘lovchilar uchun aviachiptalariga 25% chegirma 

60 yoshdan oshgan erkaklar va 55 yoshdan yuqori ayollar uchun turizm oyligi munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 1-noyabrdan boshlab 30-noyabrga qadar amalga oshiriladigan barcha ichki aviaqatnovlarning ekonom-klassi uchun (T-klass va undan yuqori) aviachiptalarining amaldagi narxiga 25% chegirma taqdim etadi.

Chegirmali aviachiptalarni Uzbekistan Airways Sales filiali yoki O‘zbekistonda joylashgan aviakompaniya agentlaridan xarid qilishingiz mumkin. Aviachipta sotib olayotganda yoningizda pasport yoki ID karta bo‘lishi kerak.

25% скидка на авиабилеты для пожилых пассажиров

В честь месяца туризма для мужчин старше 60 лет и женщин старше 55 лет авиакомпания Uzbekistan Airways  дарит 25% скидку от тарифов экономического класса (от T-класса и выше) на период с 1 по 30 ноября на внутриреспубликанские рейсы.

Скидка предоставляется в филиале Uzbekistan Airways Sales или у агентов авиакомпании на территории Узбекистана. При покупке авиабилета необходимо иметь паспорт или id карту.
​​“Flynas” aviakompaniyasi Namangandan Jiddaga qatnovlarni amalga oshirishni boshladi

16 - oktabr kuni “Flynas” aviakompaniyasi havo kemasi ilk bor Jiddadan Namangan xalqaro aeroportiga kelib qo‘ndi.

An’anaga muvofiq havo kemasi aeroportda suv arkasi hosil qilingan holda kutib olindi. Aviakompaniyaning A 320 Neo rusumli havo kemasi ilk bor Jidda – Namangan – Jidda yo‘nalishida parvozni amalga oshirdi.

Aviakompaniya tomonidan Jidda – Namangan – Jidda yo‘nalishidagi parvozlar haftaning dushanba, chorshanba va juma kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Авиакомпания “Flynas” начала выполнять рейсы из Намангана в Джидду

16 октября самолёт авиакомпании “Flynas” совершил первую посадку в международном аэропорту города Наманган из Джидды.

По традиции воздушное судно встретили в аэропорту водяной аркой. Авиакомпания на воздушном судне A 320 Neo впервые осуществила рейс по маршруту Джидда-Наманган-Джидда.

Рейсы по маршруту Джидда – Наманган – Джидда авиакомпания планирует выполнять по понедельникам, средам и пятницам.
"Luxury Train Cruising": "O'zbekiston temir yo'llari" AJ, Turizm qo'mitasi va "ARSENALE Group" sayyohlik poyezdini ishga tushirish to'g'risida memorandum imzoladilar

Bugun, 2023-yil 17-oktabr kuni Jahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasining 2023-yil 16-20-oktabr kunlari Samarqand shahrida bo'lib o'tgan yubiley 25-sessiyasi doirasida "O'zbekiston temir yo'llari" AJ va Italiyaning "ARSENALE S. P.A." kompaniyasi o'rtasida birinchi loyiha bo'yicha o'zaro tushunish va hamkorlik to'g'risida Memorandum imzolandi O'zbekistonda Luxury Train Cruising sayyohlik poyezdi ishga tushiriladi.

«Luxury Train Cruising»: АО «Узбекистон темир Йуллари», Комитет туризма и «ARSENALE Group» подписали меморандум о запуске туристического поезда

Сегодня, 17 октября 2023 года, в рамках Юбилейной 25-й сессии Генеральной ассамблеи Всемирной туристской организации ООН, проходящей в Самарканде с 16 по 20 октября 2023 года, был подписан Меморандум между АО «Узбекистон темир Йуллари» и итальянской компании «ARSENALE S.p.A.» о взаимопонимании и сотрудничестве по первому проекту запуска туристического поезда Luxury Train Cruising в Узбекистане.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Maxsus reportaj | Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev sayyohlar uchun transport sohasida yaratilayotgan sharoitlar hususida to‘xtalib o‘tdi


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Xalqaro yo‘nalishlarda parvozlar geografiyasi kengaytirilmoqda

2023 - yilning yanvar-sentabr oylarida yurtimiz aeroportlarida 59 700 ta havo kemalariga hamda 7 290,5 ming yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi.

Istanbul, Dubay, Frankfurt, Seul kabi xalqaro aeroportlardan O‘zbekiston shaharlariga parvozlar hajmi keskin oshirildi.

Istanbuldan Toshkent, Farg‘ona, Samarqand, Buxoro va Urganch aeroportlariga haftalik parvozlar chastotasi 14 tadan 64 taga;

Dubaydan Toshkent, Farg‘ona va Samarqand xalqaro aeroportlariga haftalik parvozlar chastotasi 6 tadan 28 taga;

Seul va Toshkent yo‘nalishidagi aviaqatnovlar 8 tadan 14 taga;

Toshkentdan Frankfurt xalqaro aeroportiga parvozlar 1 tadan 4 taga oshirildi.

O‘zbekistonga keluvchi xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish, ularga tanlash imkonini taqdim etish maqsadida “Uzbekistan airways” AJ Turkish airlines, Air Baltic, Malaysian airlines, Korean air,  Lufthansa, Delta, China Southern airilines aviakompaniyalari bilan Interline va Code Share shartnomalarini imzoladi.
Mahalliy yo‘nalishlarda aviaqatnovlar soni ortmoqda

Rezident aviakompaniyalar tomonidan mahalliy yo‘nalishlarda haftasiga 236 ta qatnov amalga oshirilmoqda.

Qatnovlarni bajarishda aviakompaniyalar ulushi:

Uzbekistan airways – 55,9 %, Silk Avia – 32,4 %, Qanot Sharq – 3,6 %, Humo Air – 3,6 %, Centrum air – 2,7 %, Panorama air – 1,8%.

Увеличивается количество авиарейсов по местным направлениям

Авиакомпании-резиденты выполняют 236 рейсов в неделю по местным направлениям.

Доля авиакомпаний в выполнении рейсов:

Uzbekistan airways – 55,9 %, Silk Avia – 32,4 %, Qanot Sharq – 3,6 %, Humo Air – 3,6 %, Centrum air – 2,7 %, Panorama air – 1,8%.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Aviatsiya faoliyatini samarali tashkil etishga oid qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Prezident qarori (PQ-337, 16.10.2023 y) qabul qilindi

Qarorga ko'ra, quyidagilar amalga oshiriladi:

🔹 “SILK AVIA” MCHJ ustav kapitalidagi “Uzbekistan Airports” AJning 100 foiz ulushini uning brendini saqlab qolgan holda “Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MCHJ ustav kapitaliga o'tkaziladi;

🔹“Uzbekistan Airports” AJning 3 ta “ATR72-600” rusumli havo kemasi “SILK AVIA” MCHJga beg'araz o'tkaziladi;

🔹“SILK AVIA” MCHJ faoliyatini samarali tashkil etish va rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish doirasida “ATR72-600” rusumli havo kemalari soni oshiriladi;

🔹“Uzbekistan Airways” AJ tarkibidagi “Uzbekistan Helicopters” MCHJ zimmasiga mahalliy aviaqatnovlarning sonini oshirish, parvozlar geografiyasini kengaytirish, yangi yo'nalishlarni yo'lga qo'yish hamda “ATR72-600” rusumli havo kemalari parkini rivojlantirish vazifalari yuklanadi.
​​Turkiya Respublikasi Davlat aeroportlari bosh boshqarmasi taklifiga binoan “O‘zaeronavigatsiya” Markazi DUK delegatsiyasi Istanbul shahriga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida korxona faoliyati va yangi aeronavigatsiya birlashmasining SOCEA ( State Organisation Coordination Europe and Asia) loyihasi yuzasidan taqdimot namoyish etildi. Ushbu hamjamiyatning yaratilishi parvozlar xavfsizligini yaxshilash, ilg'or tajriba va amaliyotlarni almashish bo'yicha sa'y-harakatlarni birlashtirishga qaratilgan. Hozirda Turkiya va Ozarbayjon davlatlari SOCEA tashkilotining a’zolari hisoblanadi. Muloqot chog‘ida tomonlar hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Tashrif yakunida delegatsiya vakillari HHB dispetcheri va muhandis-texnik xodimlar faoliyati, havo harakatini boshqarish minorasining texnik jihozlanishi, Istanbul havo bandargohining turli vaziyat va inqirozlar bo’yicha aeroport boshqaruv markazi bilan yaqindan tanishishdi.

По приглашению Главного Управления Государственных Аэропортов Турецкой Республики делегация ГУП Центр Узаэронавигация прибыла в Стамбул.

Во время встречи была представлена презентация по деятельности предприятия и перспективному проекту нового аэронавигационного объединения SOCEA (State Organisation Coordination Europe and Asia). Создание данного сообщества имеет целью объединение усилий в деле повышения безопасности полетов, обмен лучшим опытом и практикой. На данном этапе членами SOCEA являются Турция и Азербайджан. В ходе диалога стороны обсудили перспективы совместного развития и сотрудничества.

В заключении визита делегация Узбекистана ознакомилась с работой диспетчерского и инженерного состава, техническим оборудованием вышки УВД, а так же ситуационно-операционным и кризисным центром управления аэропортовыми операциями воздушной гавани Стамбула.
#Munosabat

Ijtimoiy tarmoqlarda "Novza bekatida poyezdlar to‘qnashib ketdi" mazmunidagi xabarlar tarqalmoqda.

Holat yuzasidan Toshkent metropoliteni quyidagilarni ma’lum qiladi:

Toshkent metropolitenida bugungi kunda hech qanday poyezdlar o‘rtasida to‘qnashuv hamda bu kabi nosozlik holatlari kuzatilgani yo‘q.

Shu o‘rinda ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan bu kabi tasdiqlanmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so‘raymiz hamda bunga qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik mavjudligini eslatib o‘tamiz.

"Toshkent metropoliteni" DUK



В социальных сетях распространяются сообщения о столкновении поездов на станции "Новза".

По этому поводу Ташкентский метрополитен сообщает следующее:

В Ташкентском метрополитене не наблюдалось никаких столкновений поездов или других неисправностей.

В связи с этим просим пользователей социальных сетей не распространять непроверенную информацию.

ГУП "Тошкент метрополитени"
20 - oktabr Xalqaro havo harakatini boshqarish dispetcherlari kuni

Transport vazirligi jamoasi «O‘zaeronavigatsiya» Markazi DUK xodimlarni Xalqaro havo harakatini boshqarish dispetcherlari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Parvozlar muntazamligi va xavfsizligini taʼminlash, yo‘lovchilar va yuklarning belgilangan manzilga o‘z vaqtida yetkazilishi sizning mashaqqatli va o‘ta masʼuliyatli mehnatingiz samarasidir.

Fursatdan foydalanib barcha HHB dispetcherlariga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik tilaymiz.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |