Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.8K subscribers
13.9K photos
2.01K videos
13 files
6.09K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
​​Til – milliy tafakkur ramzi va taraqqiyot asosi

Har bir millat o‘z ona tilini asrab-avaylashga, til orqali o‘z tarixi, madaniyatini saqlab, kelgusi avlodlarga yetkazishga harakat qiladi. Zero, tilni millat yaratadi, millat yashnatadi. 21-oktabrni O‘zbek tili bayrami sifatida keng nishonlash ona tilimizga bo‘lgan ehtiromimiz aslida.

Ushbu sananing shodiyona qilinishidan maqsad tilimizni millat ruhi sifatida qadrlash, uni avlodlarga sofligicha yetkazishdan iboratdir. Transport vazirligida bo‘lib o‘tgan “O‘zbek tili - milliy o‘zligimiz va mustaqil davlatchiligimiz timsoli” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ham ayni shu mavzuda so‘z yuritildi.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 34 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda o‘zbek teatr va kino san’atining ko‘zga ko‘ringan vakillaridan “Shuhrat” medali sohibi Mirolim Qilichyev hamda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Shuhrat“ medali sohibi Dilnoza Kubayeva ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, til nafaqat muloqot vositasi, balki eng avvalo milliy barhayotlik ramzi. Shu bois uning nufuzini oshirish, sofligini saqlash va asrab avaylash qaysi kasb sohibi bo‘lishdan qat’i nazar har birimizning ma’naviy burchimizdir.
​​“Global dengiz Hindiston” sammitida transport vaziri o‘rinbosari ishtirok etdi

Joriy yilning 17-19 oktabr kunlari transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan “Global Maritime India Summit-GMIS 2023” global sammitida ishtirok etdi.

J.Choriyev o‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasining jahon transport-logistika tarmoqlariga integratsiyalashuvini chuqurlashtirish va milliy transport tizimi salohiyatini oshirish O‘zbekistonni 2030-yilgacha rivojlantirish strategiyasida transport sohasidagi ustuvor yo‘nalishlardan biri ekanligini aytib o‘tdi.

Shuningdek, O‘zbekiston yuk tashish geografiyasini kengaytirish, yo‘nalishlarni diversifikatsiya qilish va xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish tarafdori ekanini bildirdi. Ushbu yo‘nalishda “Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston” hamda transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish muhim ahamiyatga ega ekanligini taʼkidladi.

Tadbir doirasida J.Choriyev Hindiston portlar, dengiz, suv yo‘llari va turizm davlat vaziri Shri Shripad Naik, Hindiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Meenakshi Lexi, Belarus Respublikasi transport va kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari S.Dubinoy va Turkmaniston dengiz va daryo yo‘llari agentligi direktori R.Jepbarov bilan muzokaralar o‘tkazdi.
QADRING BALAND BO‘LSIN, ONA TILIM !

Transport vazirligi jamoasi barcha yurtdoshlarimizni bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etadi.

Milliy o‘zligimiz, g‘urur-iftixorimiz timsoli bo‘lgan Ona tilimiz mangu yashasin!


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Rasmiy izoh

Joriy yilning 23 - oktabr kuni soat 09:46 lar atrofida Toshkent metropoliteni Yunusobod yo‘lining Shaxriston bekati aylanma yo‘lidan harakatga chiqishi lozim bo‘lgan 64-sonli harakat tarkibining havo kompressorida texnik nosozlik holati aniqlangan.

Holat yuzasidan tezkor ko‘rilgan chora - tadbirlar natijasida ushbu harakat tarkibi soat 10:17 da harakatlana boshlagan. Bu esa, yo‘nalishda belgilangan vaqt intervallari uzayishiga olib kelgan.

Hozirgi vaqtda poyezdlar belgilangan jadvalga asosan harakatlanmoqda.



23 октября 2023 года 9:46 утра на оборотном пути станции метро «Шахристон» был обнаружен технический дефект в воздушном компрессоре подвижного состава №64.

В результате оперативных мер, принятых в связи с этой ситуацией, поезд начал движение через 31 минуту. Это привело к увеличению интервала движения на данном направлении.

В настоящее время поезда следуют по установленному расписанию.
​​RASMIY IZOH

Joriy yil 23-oktabr kuni Toshkent shahrining bir nechta asosiy ko‘chalarida olib borilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari sababli harakat cheklanishi transport vositalari oqimining qayta taqsimlanishiga olib kelib, boshqa ko‘chalardagi mavjud oqimga qo‘shimcha yuklama hosil qildi.

Natijada shahardagi umumiy harakat tezligi, yig‘ilib qolgan qo‘shimcha oqim hisobiga keskin tushib ketdi. Bu holat esa o‘z navbatida barcha ko‘chalarda transport vositalari harakat tezligining pasayishiga olib keldi.

Аyni shu jihat Toshkent shahri jamoat transporti avtobuslar harakatiga ham salbiy ta’sir ko’rsatdi.

Xususan, Alisher Navoiy, Labzak, Sag‘bon, Saqichmon, Mehrjon, Kichik halqa yo‘li, 8-mart, Shota Rustaveli, Bobur, Oybek, Arnasoy, Istiqbol, Muqimiy-Nukus hamda Nurafshon aylanma ko‘chalari orqali harakatlanuvchi 70 dan ortiq avtobus yo’nalishlarida kuning tig‘iz paytida qatnov vaqti hamda oraliq interval vaqtlariga rioya etish imkoni bo‘lmadi.
Qatar transport vaziri o‘rinbosari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 23 - oktabr kuni Transport vaziri Ilxom Maxkamov hamda Qatar Davlati Transport vaziri o‘rinbosari Hamad Iso Abdullo o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasida transport sohasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish bilan bog‘liq jihatlar muhokama etildi. Xususan, transafg‘on temir yo‘li qurilishi loyihasini amalga oshirishda Qatar Davlati ishtirokini taʼminlash yuzasidan fikr almashildi. Uchrashuv davomida mazkur loyiha yuzasidan “O‘zbekiston Temir yo‘llari” AJ vakillari ishtirokida taqdimot o‘tkazildi.

Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida "Qatar airways" aviakompaniyasi tomonidan Doxa – Toshkent – Doxa yo‘nalishida aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish masalasi ko‘rib chiqildi.

Batafsil

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
“O‘zaviatsiya” agentligi delegatsiyasi IСAO seminarida ishtirok etmoqda

“O‘zaviatsiya” agentligi direktori Tohir Nazarov boshchiligidagi delegatsiya 23-25 – oktabr kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash davlat dasturini ishlab chiqish” mavzusidagi IСAO seminarida ishtirok etmoqda.

Seminar doirasida «O‘zaviatsiya» agentligi direktori IСAOning Yevropa va Shimoliy Atlantika Byurosi hamda Turkiya aviatsiya maʼmuriyati rahbari bilan muzokaralar o‘tkazdi.

Muzokaralar fuqaro aviatsiyasi havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash davlat dasturini IСAO tavsiyalariga muvofiq takominlashtirish hamda Turkiya aviatsiya maʼmuriyati bilan ushbu masalada hamkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlandi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TransLogistica Uzbekistan 2023 koʻrgazmasiga roʻyxatdan oʻting va shaxsiy bеyjingizni oldindan oling!

☑️ #Logistika va #transport sanoatining asosiy koʻrgazmasiga borishga shoshiling.

1-3 noyabr kunlari “O‘zekspomarkaz”da siz yetakchi xalqaro transport-logistika kompaniyalari mutaxassislari bilan yuzma-yuz uchrashishingiz va zamonaviy texnologiyalari bilan tanishishingiz mumkin,

‼️Ro'yxatdan o'tish havola orqali ↙️
http://bit.ly/Trans_reg_Uz

____

Зарегистрируйтесь на выставку #TransLogistica Uzbekistan 2023 и получите свой персональный бейдж заранее!

☑️ Успейте попасть на главную выставку #логистической и #транспортной отрасли.

Уже 1-3 ноября в "Узэкспоцентре", Вы сможете вживую встретиться со специалистами ведущих международных транспортно-логистических компаний, которые ознакомят Вас с лучшими технологиями современности.

‼️Регистрация по ссылке ↙️
http://bit.ly/Trans_reg_Ru


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
​​Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda ishlash huquqini olish uchun tender o‘tkaziladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 - yil 6 - dekabrdagi “Avtomobil transportida yo‘lovchi tashish yo‘nalishlari bo‘yicha ochiq tenderlarni elektron tarzda tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 738-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlar bo‘yicha navbatdagi ochiq tender joriy yilning 24 - noyabr sanasida bo‘lib o‘tadi.

Tenderga qo‘yilgan lotlar:

VSh – 715-sonli Samarqand sh. – Buxoro sh. ikki tomondan
VSh – 732-sonli Buxoro sh. – Qarshi sh. ikki tomondan
VSh – 748-sonli Urganch – Nukus Nukus sh. tomondan
VSh – 778-sonli Toshkent sh. – Paxtaobod. Paxtaobod tomondan
VSh – 789-sonli Toshkent – G‘ijduvon ikki tomondan
VSh – 945-sonli Shahrisabz sh. – Urganch sh. Shahrisabz sh. tomondan
VSh – 1129-sonli Bulung‘ur avtostantsiyasi – Kamar ikki tomondan
VSh – 1132-sonli Beruniy – Urganch sh. ikki tomondan
VSh – 1174-sonli Shirin – Bekobod ikki tomondan
VShYT – 745-sonli Toshkent sh. – Paxtakor. Toshkent sh. tomondan
VShYT – 797-sonli Toshkent sh. – Jizzax. Toshkent sh. tomondan
VShYT – 810-sonli Toshkent sh. – Zarbdor. Toshkent sh. tomondan

Tenderda qatnashish uchun takliflarni taqdim etish jarayonlari e-tender.uztrans.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Тендер на право осуществления деятельности на междугородних-межобластных маршрутах

В целях обеспечения исполнения постановления Кабинета Министров Республики Узбекистан от 6 декабря 2021 года № 738 “О мерах по электронной организации открытых торгов на пассажирских маршрутах автомобильного транспорта” 24 ноября текущего года состоится очередной открытый тендер по междугородним-межобластным маршрутам.

Лоты тендера:

№ ВШ – 715 г.Самарканд – г. Бухара в обе стороны
№ ВШ – 732 г.Бухара – г.Карши в обе стороны
№ ВШ – 748 Ургенч – Нукус со стороны г.Нукус
№ ВШ – 778 г.Ташкент – Пахтаобод со стороны Пахтаобод
№ ВШ – 789 г.Ташкент – Гиждуван в обе стороны
№ ВШ – 945 г.Шахрисабз – г.Ургенч со стороны г.Шахрисабз
№ ВШ – 1129 автостанция Булунгур – Камар в обе стороны
№ ВШ – 1132 Беруний – г.Ургенч в обе стороны
№ ВШ – 1174 Ширин – Бекабад в обе стороны
№ ВШЙТ – 745 г.Ташкент – Пахтакор со стороны г.Ташкент
№ ВШЙТ – 797 г.Ташкент – Джизак со стороны г.Ташкент
№ ВШЙТ – 810 г.Ташкент – Зарбдор со стороны г.Ташкент


Процесс подачи заявок на участие в тендере осуществляется через веб-сайт e-tender.uztrans.uz.
Shahrisabz aeroportida fuqaro aviatsiyasi yo‘lga qo‘yiladi

Bu haqda Qarshi shahrida davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida Qashqadaryo viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishda aytib o‘tildi.

1 - yanvardan boshlab Shahrisabz aeroportiga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.

Toshkent – Qarshi yo‘nalishida aviareyslar haftasiga 2 martadan 7 martaga oshiriladi.

Natijada, aviachiptalar narxi 2 barobar arzonlashadi, xorijiy va mahalliy sayyohlar oqimi esa 3 barobar ko‘payadi.
“Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi

Yig‘ilishda mutasaddilarga “Taxtaqoracha” dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirish topshirildi.

Kelgusi yilda “Taxtaqoracha” dovonida yangi tonnel va yo‘l qurish loyihasi boshlanadi. Xitoylik investorlar bilan birga Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 kilometr yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlanadi.

Shuningdek, “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu” yo‘lining Qashqadaryodan o‘tgan 100 kilometr qismini ta’mirlashga 122,5 million dollar jalb qilinadi.

Umuman, kelgusi yilda xorijiy sayyohlarni 500 mingtaga yetkazish vazifasi qo‘yildi.