Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.9K subscribers
13.6K photos
1.98K videos
12 files
5.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
#Hashar_2023

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan umumxalq hashari mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Transport vazirligi mehnat jamoasi hamjihat bo‘lib, erta tongdan faol ishtirok etmoqda.

Hashar kuni mamlakatimizda keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida poytaxtimizning Shayhontohur tumanidagi 19-maktab hovlisida mevali daraxtlar bog‘i yaratildi.

Ushbu hududga hashar davomida 4 xil turdagi (olma, o‘rik, gilos, bodom) 200 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |