Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.9K subscribers
13.6K photos
1.98K videos
12 files
5.99K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Туркий давлатлар ташкилотининг навбатдан ташқари саммитидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на внеочередном саммите Организации тюркских государств

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the Extraordinary Summit of the Organization of Turkic States

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Shaharlararo yo‘nalishlarda qo‘shimcha avtobus qatnovlari tashkil etilmoqda

Transport vazirli Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan fuqarolarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, yo‘lovchilarni o‘z vaqtida manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yishni tashkil etish, shuningdek, dam olish kunlarida ichki turizmni rivojlantirish maqsadida “Uzautotrans service” korxonasining “Toshkent” avtovokzalidan kunlik tasdiqlangan grafik asosida qatnovchi reyslaridan tashqari qo‘shimcha qatnovlarni tashkil etmoqda.

Xususan, 14–19 mart kunlari jami 34 ta qo‘shimcha reyslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

16-mart kuni Qorako‘l (1 ta), Uzun (2 ta), Xiva (4 ta), Termiz (3 ta) shaharlariga qo‘shimcha 10 ta reys tashkil eitildi.

Eslatib o‘tamiz, talab yuqori bo‘lgan yo‘nalishlarda yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, yana qo‘shimcha reyslar tashkil qilinadi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
‼️ MILLIY TASHUVCHILAR DIQQATIGA

2023-yil 13-martdan Rossiya va Gruziya chegarasida ishlab turgan yagona “Yuqori Lars” (Верхний Ларс) nazorat-o‘tkazish punktida infratuzilmalarni rekonstruktsiya qilish ishlari boshlanishi munosabati bilan yuk avtotransport vositalari harakatlanuvchi yo‘laklarning aksariyati yopildi.

Ayni damda nazorat-o‘tkazish punktida yuk mashinalari uchun tashkil etilgan 11 ta yo‘lakdan faqatgina 6 tasi faoliyat ko‘rsatmoqda. Ushbu yo‘laklar orqali yuk tashuvlari revers rejimida amalga oshirilmoqda.

Shu munosabat bilan milliy tashuvchilar O‘zbekistondan Gruziya, Ozarbayjon va Turkiyaga yuk tashuvlarini amalga oshirishni rejalashtirganda yuqoridagi jihatni e’tiborga olishlarini so‘rab qolamiz.

Qo‘shimcha ma’lumot: Hozirda Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida Yarag-Kazmalyar, Taxirkend-Kazmalyar, Novo-Filya nazorat-o‘tkazish punktlari faoliyat ko‘rsatmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Fakt 24 | Toshkent shahriga olib kelinayotgan 1000 ta avtobus uchun haydovchilar tayyorlanmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Hashar_2023

Hashar hamjihatlik, obodlik va yaratuvchanlik ramzi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishiga muvofiq Navro‘z umumxalq bayramini munosib nishonlash hamda muborak Ramazon oyini qarshi olishga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida tashkil etilgan umumxalq hashari mamlakatimiz bo‘ylab davom etmoqda.

“Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilayotgan umumxalq hasharida Transport vazirligi mehnat jamoasi hamjihat bo‘lib, erta tongdan faol ishtirok etmoqda.

Hashar kuni mamlakatimizda keng quloch yozgan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida poytaxtimizning Shayhontohur tumanidagi 19-maktab hovlisida mevali daraxtlar bog‘i yaratildi.

Ushbu hududga hashar davomida 4 xil turdagi (olma, o‘rik, gilos, bodom) 200 tup mevali daraxt ko‘chatlari ekildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Президент Шавкат Мирзиёев Янги Тошкент шаҳрига тамал тоши қўйиш ва янги қуёш электр станцияларини барпо этиш лойиҳаларига старт бериш маросимларида ҳамда "Яшил макон" лойиҳаси доирасида дарахт экиш тадбирида иштирок этди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял участие в церемониях по запуску строительства города Новый Ташкент, старту реализации новых солнечных электростанций, а также в мероприятии по посадке деревьев в рамках проекта "Яшил макон"

#Mirziyoyev #marosim #YangiToshkent #energetika #Yashilmakon

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter