Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.5K subscribers
13K photos
1.92K videos
12 files
5.78K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Сингапурга давлат ташрифи доирасида олий даражадаги тадбирлар – ушбу мамлакат Президенти Ҳалима Яқуб ва Бош вазири Ли Сянь Лун билан музокаралар бўлиб ўтди.

В рамках государственного визита Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева в Сингапур состоялись мероприятия на высшем уровне - переговоры с Президентом этой страны Халимой Якуб и Премьер-министром Ли Сянь Луном.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🚌 Xorazm viloyatida 9 ta yo'nalishda jamoat transporti qatnovi yo'lga qo'yildi

Noqulay ob-havo sharoitida aholiga bir maromda sifatli transport xizmati ko‘rsatish, yo‘nalishlarda harakat oqimi uzviyligini taʼminlash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni ijobiy hal etish maqsadida Qo'shko'pir, Gurlan, Bog'ot, Yangariq va Xiva tumanlarida qo'shimcha yo'nalishlar tashkil etildi.

🚏Xususan, Qo'shko'pir tumani markazi–Oshoqqal'a mahallasi, Qo'shko'pir tumani markazi–G'ozovot qishlog'i, Boshqirshix qishlog'i–Yangibozor markaziy shifoxonasi, Gurlan tumani markazi–Marg'ubot qishlog'i, Gurlan tumani markazi–Ziyokor mahallasi, Gurlan tumani markazi–Moyli mahallasi, Qalajiqal'a qishlog'i–Bog'ot tuman markazi, Yangiariq tuman markazi–Chiqirchi qishlog'i, Xiva dashyoq bozori–Pirnaxoz mahallasi yo'nalishlarida avtobus va mikroavtobuslar harakati belgilangan jadval asosida amalga oshirilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati
#Andijon_viloyati

❄️ Anomal sovuq sharoitida hududlarda jamoat transporti harakati uzluksizligini ta`minlash borasida zarur choralar ko‘rilmoqda

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

Viloyat transport boshqarmasi tomonidan yo‘nalishlarda avtobus va mikroavtobuslar qatnovini uzluksiz tashkil etish nazoratga olingan.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Samarqand_viloyati

Viloyat transport boshqarmasi xodimlari tomonidan aholiga transport xizmatini ko‘rsatuvchi yo‘nalishli taksi haydovchilari o‘rtasida yo‘llarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

Tadbir davomida transport vositalarining texnik holatiga jiddiy e’tibor qaratilib, yo‘lovchi tashish uchun qo‘yilgan talablar ijrosini ta’minlash, korxonalarning tender talab va shartlariga rioya qilgan holda faoliyat olib borishi nazorat qilinmoqda.

Shuningdek, tashuvchilar tomonidan yo‘l kira narxlarining asossiz ravishda oshirib yuborish holatlarining oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Surxondaryo_viloyati

🚌 Yurtimizda hukm surayotgan izg‘irin ob-havo sharoitida jamoat transporti, ayniqsa, avtobuslar qatnovi muntazamligini ta’minlash, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yish bo’yicha zarur choralari ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

🚍Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug ‘ullanuvchi korxonalar tomonidan viloyatdagi barcha jamoat transportlari yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar olib borilayapti.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |