Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
13.1K photos
1.93K videos
12 files
5.82K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
Hurmatli yo`lovchilar, o`quvchi va talabalarning qishki ta'til davri 2023-yilning 23-yanvar sanasigacha uzaytirilishi munosabati bilan talabalarga shuni ma'lum qilmoqchimiz:

Chegirma asosida xarid qilingan chiptalarni temir yo’l chiptaxonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin.
Chipta 100% qiymatda qaytariladi.

Chiptalarni qaytarishda:
Elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz sayti orqali "Chiptalarni qaytarish" bo`limidan foydalanasiz. Chiptani qaytarishga rozilik bildirganingizdan so`ng, chipta summasi 24 soat ichida chipta xarid qilingan plastik kartangizga qaytariladi.

Temir yo`l chiptaxonalaridan xarid qilingan chiptalarni qaytarishda chiptaxonalarga murojaat qilishingiz va chipta summasini to`liq olishingiz yoki boshqa sanadagi poyezdga chiptani almashtirishingiz mumkin.

Talabalarga eslatib o`tamiz, chiptalarni 23-yanvar sanasigacha 50% chegirma asosida xarid qilishingiz mumkin!

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

️Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun

👉🏻
Кириллда
👉🏻Статья на русском
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Singapurning PSA International kompaniyasi bilan transport va logistika sohasida hamkorlik bitimi imzolandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Singapurga davlat tashrifi doirasida Transport vaziri Ilhom Maxkamov va PSA International kompaniyasi bosh direktori Van Chi Fo o‘rtasida muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralarda tomonlar transport va logistika sohasida o‘zaro manfaatli hamkorlikni o‘rnatish masalalarini muhokama etishdi hamda quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilishga kelishib olishdi.

- raqamli savdo va logistika platformasi tizimini joriy etish;

- mamlakatimizda quruq portlar va logistika infratuzilmasini rivojlantirish hamda yangilarini birgalikda qurish;

- transport-logistika markazlarini qurishda tajriba almashish va o‘zbek mutaxassislarini ushbu sohada Singapurda malakasini oshirish va boshqalar.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Сингапурга давлат ташрифи доирасида Ли Куан Ю номидаги Давлат сиёсати мактабига ташриф буюрди ва ишбилармон доиралар вакиллари билан учрашув ўтказди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев в рамках программы государственного визита в Сингапур посетил Школу государственной политики имени Ли Куан Ю и провел встречу с представителями деловых кругов.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
“Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yildi

Qishki ta’til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan “Toshkent – Termiz – Toshkent” yo‘nalishiga qo‘shimcha 1 ta reysga qatnovlar qo‘yildi. Poyezd harakat jadvali quyidagicha.

2023-yilning 21-yanvar kuni 158-sonli “Toshkent – Termiz” yo‘nalishi:

Toshkent 21:42 – Termiz 11:41

2023-yilning 22-yanvar kuni 157-sonli “Termiz – Toshkent” yo‘nalishi:

Termiz 15:10 – Toshkent 05:42

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Qashqadaryo_viloyati

Noqulay obhavo sharoitida hududlarda jamoat transporti qatnovi muntazamligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayapti. Qatnov uzluksizligini ta’minlashdagi asosiy masala, shubhasiz, yo‘lovchi tashuvchi transport vositalarining yonilg‘i materiallari bilan kafolatli ta’minlanishi hisoblanadi.

Anomal sovuq tufayli tabiiy gazni birinchi galda aholiga yetkazib berishni tashkil etish maqsadida yurtimizdagi barcha AGTKShlar faoliyati vaqtincha to‘xtatildi.

Viloyat hokimligi ko‘magida yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarni doimiy yonilg‘i bilan ta’minlash maqsadida alohida gaz to‘ldirish shohobchalari ajratildi.

Natijada yo‘lovchi oqimi katta bo‘lgan viloyat markazi va shahar atrofi yo‘nalishlarida avtobuslar va mikroavtobuslar qatnovi barqarorligiga erishilmoqda.

18-yanvar holatiga viloyat bo‘yicha 138 ta avtobus, 12 ta mikroavtobus yo‘nalishlarga chiqarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
XALQARO POYEZDLARGA YANGI YO‘NALISH QO‘SHILDI

2023-yilning 2-fevral sanasidan 369/370-sonli “Toshkent — Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishida yangi xalqaro poyezd o‘z harakatini boshlaydi va uning harakat jadvali quyidagicha:

369-sonli “Toshkent — Novosibirsk” yo’nalishi:

Toshkent 16:05 — Novosibirsk 04:58

(Fevral oyida 2, 10, 18, 26-kunlari
Mart oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 31-kunlari
Aprel oyida 4, 8, 12-kunlari
May oyida 6, 14, 31-kunlari
Iyun oyida 4, 12, 20, 28-kunlari
Iyul oyida 6, 14, 22, 31-kunlari
Avgust oyida 8, 16, 24-kunlari
Sentabr oyida 2, 6, 26-kunlari
Oktabr oyida 12, 24, 28-kunlari
Noyabr oyida 2, 6, 10, 14, 18, 22, 26, 30-kunlari
Dekabr oyida 4-kuni)

370-sonli “Novosibirsk — Toshkent” yo‘nalishi:

Novosibirsk 10:42 — Toshkent 05:32

(Fevral oyida 5, 13, 21-kunlari
Mart oyida 1, 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari
Aprel oyida 3, 7, 11, 15-kunlari
May oyida 9, 17-kunlari
Iyun oyida 3, 7, 15, 23-kunlari
Iyul oyida 1, 9, 17, 25-kunlari
Avgust oyida 3, 11, 19, 27-kunlari
Sentabr oyida 5, 9, 29-kunlari
Oktabr oyida 15, 27, 31-kunlari
Noyabr oyida 5, 9, 13, 17, 21, 25, 29-kunlari
Dekabr oyida 3, 7-kunlari)


Eslatib o‘tamiz, ushbu yo‘nalish qatnovi 2020-yilda pandemiya sababli to‘xtatilgan edi.

IZOH: Qo‘shimcha ma'lumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo‘l chiptaxonalari hamda ma'lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin. Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temir yo‘l chiptaxonalaridan, balki elektron tarzda ushbu havola orqali xarid qilishingiz mumkin: chipta.railway.uz

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

️Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Uzbekistan Airways
Uzbekistan Airways talabalar uchun respublika bo’ylab amalga oshiriladigan ichki aviaqatnovlarga 50% chegirma muddatini 2023-yil 23-yanvarga qadar uzaytirdi. 2023-yil 18-yanvarga qadar chegirma asosida xarid qilingan aviachiptalarni 23-yanvargacha rejalashtirilgan aviaqatnovlarga bepul qayta bron qilishga ruxsat etiladi.

Uzbekistan Airways продлевает период действия 50% скидки для студентов на тарифы по внутриреспубликанским направлениям до 23 января 2023 года. По авиабилетам, приобретенным на основании скидки на рейсы до 18.01.2023 года, разрешается бесплатное переоформление на рейсы, запланированные до 23 января 2023 года.

#uzbekistanairways
🚌 19 - yanvardan xalqaro yo‘nalishlardagi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi

Ob-havo sharoiti hamda harakat yo‘nalishi bo‘ylab avtomobil yo‘llaridagi mavjud vaziyatdan kelib chiqib, joriy yilning 19 - yanvar sanasidan O‘zbekiston Respublikasidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi muntazam avtobus qatnovlari qayta tiklanadi.

19 - yanvar kuni “Toshkent” avtovokzalidan xalqaro yo‘nalishlarda amalga oshiriluvchi avtobus qatnovlari ro‘yxati.

12:00 | Toshkent – Moskva chipta narxi 1011000 so‘m
16:00 | Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 so‘m
16:00 | Toshkent – Ostona chipta narxi 361 000 so‘m
17:00 | Toshkent – Turkiston chipta narxi 111 000 so‘m
18:00 | Toshkent - Qizilo‘rda chipta narxi 161 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Olmaota chipta narxi 200 000 so‘m
18:00 | Toshkent – Bishkek chipta narxi 261 000 so‘m

☎️ Ma’lumot uchun telefon: (71) 207-87-00


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Forwarded from UZBEKISTAN AIRPORTS
​​Moskvadan Goaga uchayotgan samolyot Urganchga qo‘ndi

Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasining AFL236 yoʻlovchi reysi Moskvadan Goa yoʻnalishi boʻyicha uchayotgan vaqtida, mast holatda zoʻravonlik qilgan yoʻlovchi sabab Urganch xalqaro aeroportidagi muqobil aerodromga kelib qo’nishga majbur bo’ldi. Ekipaj samolyot bortiga militsiya hodimlarini so’ragan.

Bortida 356 yo‘lovchi bo‘lgan Boeing 777-300 samolyoti mahalliy vaqt bilan 20:29 da favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Zo'ravon yo'lovchi reysdan olindi. Yaqin soatlarda havo kemasi Urganchdan manzil aeroportiga parvozini davom ettiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda “Xorazm – Toshkent yoʼnalishidagi avtobuslar manziliga vaqtida yetib borolmayaptimi?”, “Xorazmdan Toshkentga yoʼlga chiqqan avtobus 24 soatda Samarqandga bordi” mazmunida e’lon qilingan video murojaatlar yuzasidan RASMIY IZOH

Xorazm viloyati transport boshqarmasi tomonidan 2023-yil 16-yanvar kuni tegishli tashkilotlar bilan birgalikda avtovokzal (avtostansiya), avtobus va mikroavtobuslarda yoʼlovchi tashish xizmatini koʼrsatayotgan tashuvchilar ishtirokida yigʼilish oʼtkazilgan bo’lib, unda asosan yoʼl kira tariflarini sun`iy oshirish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik, qatnovlar muntazamligini ta`minlash hamda qo‘shimcha avtobus va mikroavtobuslar yo‘nalishlarini tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Urganch avtovokzalidan viloyatlararo yoʼnalishlarda avtobus qanovlariga sotilgan chiptalar boʼyicha yoʼlovchilarni oʼz manzillariga yetkazish choralari koʼrilishi yuzasidan tegishli topshiriqlar berilgan.

Yuqorida koʼrsatilgan tushuntirish ishlariga qaramasdan joriy yilning 17-yanvar kuni soat 15:00 da Urganch avtovokzalidan “COMFORT AUTO HAMKOR” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan “Tender kontrаkti” da koʼrsatilmagan YUTONG rusumli, davlat raqam belgisi 10 940 DSA va “Tender kontrаkti” da koʼrsatilgan YUTONG rusumli, davlat raqam belgisi 01 197 QJA boʼlgan avtobuslar “Urganch – Toshkent” yoʼnalishi boʼyicha 102 ta yoʼlovchi bilan harakatlangan.

Natijada avtobuslar 18-yanvar kuni soat 05:30 larda Navoiy viloyatida gaz yonilg‘isi tugashi, ushbu hududdagi AGTKShlar ishlamayotgaligi sababli qatnovlarni oxiriga yetkazishning imkoni boʼlmagan.

Vujudga kelgan muammoni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan Navoiy va Samarqand viloyati transport boshqarmalari bilan hamkorlikda yoʼlovchilar “SАMO” mehmonxonasiga vaqtinchalik joylashtirildi.

18-yanvar soat 10:27 larda dizel yonilgʼisida harakatlanuvchi avtobuslarni jalb qilgan holda Toshkent shahri yoʼnalishi boʼyicha harakat yoʼlga qo‘yilib yo‘lovchilar oxirgi manzilga yetkazildi.

Yo’lovchilar tomonidan ko’rilgan zarar tashuvchi korxona tomonidan qoplash bo’yicha choralar ko’rildi.

Bunday holatlar qayta takrorlanmasligi boʼyicha Urganch avtovokzali masʼullari qat’iy ogohlantirildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Temir yo’l vokzallarida xavfsizlikni ta’minlash” hamda “O`zbekistonda anomal sovuq ob-havo tufayli qishki ta'til kunlari uzaytirilgani munosabati bilan talabalar uchun chegirmali chiptalar” bo`yicha "O`ztemiryo’lyo‘lovchi" AJ tomonidan izoh:

Temir yo`l vokzallari panjaralar bilan o’ralishi va xavfsizlikni ta’minlash jarayonlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.11.2011-yildagi 314-sonli qarori asosida temir yo’l transportida xavfsizlik talablarini bajarilishini ta’minlash maqsadida maxsus qurilmalar bilan jihozlangan.

Respublikamizda kuzatilayotgan anomal sovuq ob-havo sharoitini hisobga olgan holda yo`lovchilar uchun vokzal hududida va yo`lovchi poyezdlarida barcha qulayliklar yaratilgan. Qishki ta'til kunlari uzaytirilishi munosabati bilan talabalarning oliy ta'lim muassasalariga yetib borishlari uchun chegirmali chiptalar muddati uzaytirildi va qo’shimcha yo`lovchi poyezdlar qatnovlari hamda qo`shimcha vagonlar ulandi.

🚉“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ matbuot xizmati

Telegram 🌐Website 🖤YouTube 📷Instagram 📒Facebook
📨Murojaat uchun
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🛣 Ayrim hududlarda transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi

Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha respublika maxsus komissiyasining 3-sonli bayoni 2023-yil 17-yanvar kuni tasdiqlandi.

Mazkur bayonning 1-ilovasiga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar hamda viloyatlarning ayrim hududlarida transport vositalarining yuqori harakat tezligi soatiga 60 kilometr etib belgilandi.

Batafsil


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yangiliklar 24 | Jamoat transporti xizmati sifatini yaxshilash chora-tadbirlari


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
ZAMON | Talabalar uchun 50 foizlik chegirma muddati uzaytirildi


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |