Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.5K subscribers
13K photos
1.93K videos
12 files
5.79K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
Download Telegram
#Surxondaryo_viloyati

🚌 Yurtimizda hukm surayotgan izg‘irin ob-havo sharoitida jamoat transporti, ayniqsa, avtobuslar qatnovi muntazamligini ta’minlash, yo‘lovchilarni o‘z manzillariga xavfsiz yetkazib qo‘yish bo’yicha zarur choralari ko‘rilmoqda.

Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxonalar transport vositalari belgilangan AGTKSh larida yoqilg‘i bilan ta’minlanib, erta tongdan o‘z yo‘nalishlarida faoliyat yuritishga chiqarilmoqda.

🚍Yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug ‘ullanuvchi korxonalar tomonidan viloyatdagi barcha jamoat transportlari yo‘nalishlarida qatnovlar amalga oshirilmoqda.

Viloyat transport boshqarmasi inspektorlari tomonidan harakati xavfsizligini ta’minlash va yo‘lkira narxlarining asossiz oshib ketmasligi bo‘yicha doimiy profilaktik tadbirlar olib borilayapti.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
#Surxondaryo_viloyati

Shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda qatnovlarni to‘liq amalga oshirish choralari ko‘rilmoqda

Sovuq ob-havo sharoitida aholiga uzluksiz ravishda transport xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlash, ayniqsa, shaharlararo-viloyatlararo yo‘nalishlarda avtobus qatnovlari to‘liq bajarilishi yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.

Xususan, Termiz – Toshkent, Denov – Toshkent va Uzun – Toshkent yo‘nalishlarida yo‘lovchi oqimidan kelib chiqqan holda belgilangan jadvaldan tashqari qo‘shimcha qatnovlar tashkil etilmoqda.

Qatnovlar barqarorligini ta’minlash maqsadida viloyat hokimligi bilan hamkorlikda avtobuyslarni yonilg‘I bilan uzluksiz ta’minlash yo‘lga qo‘yildi.

“Uzautotrans service” korxonasi tomonidan joriy yilning 18–24 yanvar kunlari viloyatdan Toshkent shahriga jami 45 ta qatnov bajarilib, 2200 nafardan ortiq yo‘lovchilar o‘z manziliga yetkazildi.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

🚌 Surxondaryo viloyatda aholiga ko‘rsatilayotgan transport xizmatlari sifatini oshirish, yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, shahar jamoat transporti tizimini takomillashtirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Viloyatda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari tomonidan harakat tarkibini yangilagan holda yo‘lovchilarga qulay va xavfsiz xizmat ko‘rsatishni tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.


O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi Axborot xizmati


mintrans.uz | Telegram | Facebook | Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

Transport boshqarmasi xodimlari viloyat YHXB bilan hamkorlikda yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash, yo‘l kira narxlarining asossiz oshirib yuborish holatlarining oldini olish maqsadida qo‘shma reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

🚌 Termiz shahrida jamoat transporti tizimi rivojlantirilmoqda

Shahridagi mavjud 11 ta yo‘nalishda 140 dan ortiq avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgan.

Mazkur yo‘nalishlarda yo‘l xaqi to‘lovlarini elektron shaklda transport kartalari orqali amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Surxondaryo_viloyati

👮Nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda

Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasi Avtomobil transportida nazorat Surxondaryo viloyat hududiy bo‘limi tomonidan Termiz shahrida nazorat tadbirlari olib borilmoqda.

Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
#Surxondaryo_viloyati

Yo‘lovchilarga sifatli va xavfsiz transport xizmatlarini ko‘rsatish holati muhokama etildi

Viloyat transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarlarining harakat xavfsizligini ta’minlash borasidagi mas’uliyati, korxona haydovchilarining yo‘l qoidalariga qat’iy rioya etishi hamda yo‘nalishlarda tender shartnomalarida belgilangan tartibda harakatlanishini ta’minlash masalalari borasida so‘z bordi.

Batafsil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

Avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibli tashkil etish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Surxondaryo_viloyati

Avtomobilda yo‘lovchi tashish faoliyatini tartibli tashkil etish bo‘yicha reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda

🚕 Yo‘lovchilarga xavfsiz va sifatli transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil etish, yo‘lovchi tashuvlarini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq litsenziya va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar asosida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida Transport nazorati inspeksiyasi tomonidan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda.

👮Reyd tadbirlari davomida litsenziyasiz yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanib kelayotgan shaxslarga nisbatan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilmoqda.


Тelegram | Facebook | Instagram | YouTubе | Linkedin |