Ўзбекистон Республикаси Транспорт вазирлиги
10.6K subscribers
14.1K photos
2.04K videos
13 files
6.18K links
O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi rasmiy sahifasi

Ishonch telefoni – 1167
Manzil - Toshkent shahri, Zulfiyaxonim ko’chasi, 3-uy
email - info@mintrans.uz
vebsayt - www.mintrans.uz
youtube.com/@mintransuz
instagram.com/transport_vazirligi
Download Telegram
#rasmiy_munosabat

Telegram ijtimoiy tarmog`ida joylashtirilgan post yuzasidan RASMIY MA`LUMOT!

Joriy yilning 12-yanvar kuni, "Kо дну" telegramm kanalida “Toshshahartransxizmat” AJning tasarrufidagi avtobuslar yo`nalishga bir yarim barobar kam chiqqanligi haqida tanqidiy post joylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ quyidagilarni ma`lum qiladi:
🔹O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida, havo haroratining -20 dan ortiq darajaga keskin pasayishi natijasida yangi harid qilingan katta rusumli avtobuslar dvigatel havo tizimining yaxlab qolganligi oqibatida texnik nosozliklar vujudga kelganligi aniqlandi. Ushbu holatni bartaraf etilishi yuzasidan avtobuslarga tezkor servis va joriy taʼmir xizmatlari ko‘rsatishni talab darajasida tashkil etish uchun zavod mutaxassislari bilan hamkorlikda avtobuslarning texnik ko‘rsatkichlari ko‘rib chiqilib, nosozliklar bartaraf etilishi taʼminlandi.

Yuqoridagi ko‘rsatib o‘tilgan sabablarga ko‘ra, avtobuslarni o‘z vaqtida yo‘nalishlarga chiqarilishi bo‘yicha 30-35 daqiqa vaqt mobaynida kechikishlar bo‘ldi. Soat 8:35 da barcha yo‘nalishlar bo‘yicha rejaga asosan avtobuslar chiqarilishi taʼminlandi.

🔹Bundan tashqari, gidrometeorologiya xizmati markazi maʼlumotiga asosan, O‘zbekiston hududiga sovuq havo oqimi kirib kelishi natijasida, havo haroratining -20 dan ortiq darajaga keskin pasayishi mumkinligini hamda avtomobil yo‘llaridan foydalanish qoidalariga ko‘ra, yo‘llarda avtobus yo‘nalishlari harakati keskin sekinlashishini inobatga olgan holda, yo‘lovchilarning transport xizmalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida, 2023-yil 12-yanvar kuni, “Toshshaharyo‘lovchitrans” AJ tomonidan MAN RR3 (sayyohlik) rusumli jami 20 ta avtobuslar ajratilib, 101-sonli “Darhon mahallasi – Buyuk Ipak yo‘li metrosi” va 110-sonli “FOOD ITY savdo majmuasi – TTZ ASHB” mavjud, shuningdek “TTZ ASHB – TTZ bozori - Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi orqali), “TTZ ASHB” – Chimyon bekati – Akademshahar - “Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (M.Ulug‘bek ko‘chasi orqali), “Akademshahar bekati (M.Ulug‘bek haykali) – Buyuk Ipak yo‘li metrosi - Mashinasozlar metrosi”, “M.Ulug‘bek tuman IIBB (ROVD) - TTZ ASHB” (Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi orqali), “Agrar Universiteti (Selxoz) – Buyuk Ipak yo‘li metrosi” (T.Malik, M.Ulug‘bek ko‘chalari orqali) avtobus yo‘nalishlariga chiqarilganligini ma`lum qilamiz.

✍️“Toshshahartransxizmat” AJ Axborot xizmati

🌐Bizlarni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | Web-site