Metsenat.uz
565 subscribers
66 photos
5 videos
72 links
Metsenat.uz platformasi homiy tashkilot va oliy oʻquv yurtlarida oʻqishda moddiy yordamga muhtoj boʻlgan talabalarni bogʻlab turuvchi koʻprik vazifasini oʻtaydi.

Texnik nosozliklar bo'yicha - @commeta_support
Download Telegram
​​MetsenatUz'da e’lon qilingan ilk stipendiya g‘oliblari aniqlandi

Metsenat.uz loyihasi doirasida Samarqand hokimligi tomonidan Samarqand viloyatida joylashgan OTMlarda tahsil olayotgan magistrlar uchun stipendiya tanlovi eʼlon qilingan edi.

🔽 Kuni kecha Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov Yoshlar festivali doirasida o’tkazilgan “Hokim va yoshlar” uchrashuvida Samarqand hokimligi tomonidan e’lon qilingan stipendiya g’oliblarini taqdirladi.

❗️Dastlab 10 nafar talabaga stipendiya berilishi e’lon qilingan edi, keyinchalik hokimlik tashabbusi bilan kvota 20 nafarga oshirildi.

👥 Demak, quyidagi 20 nafar magistrlar Metsenat tomonidan eng munosib deb topildi:

Suyarova Zilola Sirliboyevna (SamDTI)
Hamdamova Charos Hamdamovna
(SamDChTI)
Samadov Aziz Ilhomovich
(SamDU)
Shukrullozoda Roza Shukrullo qizi
(SamDU)
Fayzullayev Xurshid Ismatillo o‘g‘li
(SamDChTI)
Hamidov Munis Musinovich
(SamDU)
Fayzullayeva Sevara Botirali qizi
(SamDChTI)
Ibragimov Zamonali Yusuf o‘g‘li
(SamVMI)
Xayriyeva Madina Ilhomovna
(SamDChTI)
Qayumov Shahzod Baxtiyor o‘g‘li
(SamDChTI)
Elmurzayev Farrux Asliddin o‘g‘li
(SamISI)
Meliyev Xudoyor Toshqobil o‘g‘li
(SamDU)
Mardiyeva Nigora Istam qizi
(SamDU)
Sayfiyev Sherzod Shavkat o‘g‘li
(SamDU)
Qalandarov Siroj Uktam o‘g‘li
(SamDAQI)
Abdusaidov Bahoviddinxon Samariddin o‘g‘li (SamVMI)
Bo‘riboyev Rustam
(SamDU)
Nizomov Oxunjon Azim o‘g‘li
(SamDTI)
Normuhamedova Feruza Shavkatjon qizi (SamDU)
Qosimov Sayfiddin Jahongir o‘g‘li
(SamVMI)

💰Har bir gʻolibga kelgusi 6 oy davomida 1 million soʻm miqdorida stipendiya berib boriladi.

👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.


Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
MetsenatUz'da navbatdagi grant g‘oliblari aniqlandi

Metsenat.uz loyihasi doirasida Venkon Group MChJ tomonidan «Greener.Sun» - quyosh energiyasiga oid loyihalar uchun taʼlim granti eʼlon qilingan edi.

🔽Arizalarni o’rganib chiqish natijasida quyidagi 4 nafar talabalar Metsenat tomonidan eng munosib deb topildi:

Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabasi Isoqov Jasurbek Jumanazar o'g'li;
O’zbekiston Milliy Universiteti talabasi Sirojiddinov Azizbek;
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Ochilov Sur’at;
Toshkent davlat texnika universiteti talabasi Xudoyberdiyev Nodirbek Noʼmonjonovich.

💰
Har bir gʻolibga 5 million so’m miqdorida grant beriladi.

👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.


Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
​​MetsenatUz’da e’lon qilingan Qashqadaryo viloyati hokimligining innovatsion loyihalar uchun ijtimoiy granti g’oliblari aniqlandi

Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan viloyatda joylashgan OTMlar talabalari uchun 6 ta yo’nalishda innovatsion loyihalar uchun ijtimoiy grant tanlovi eʼlon qilingan edi.

ℹ️ Maxsus komissiya arizalarni ko’rib, moliyalashtirishga munosib deb topilgan g’oyalar uchungina mablag’ ajratishga qaror qildi.

🔽 Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzayev Yoshlar festivali doirasida grant g’oliblarini taqdirladi.

👥 Demak, natijalar quyidagicha:

Marhabo Kazakova (QarDU) — 100 000 000 so’m;
Siroj Turapov (QarDU) — 90 000 000 so’m;
Gulshoda Xo‘janova (QMI) — 60 000 000 so’m;
Mirqosim Fayzullayev (QMI) — 15 200 000 so’m.

♻️ Viloyat hokimligi tez orada bu kabi ijtimoiy grantlar tanlovini yana davom ettirishi haqida ma’lum qildi.

👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.


Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
​​MetsenatUz'da e’lon qilingan ta’lim granti g‘oliblari aniqlandi

Metsenat.uz loyihasi doirasida "BTS Express Cargo Servis" tomonidan tibbiyot, pedagogika va oliy diniy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarga "Ilm uchun" granti eʼlon qilingan edi.

🔽 Metsenat tomonidan arizalar ko’rib chiqilib, eng munosiblar g’olib deb e’lon qilindi.

👥 Demak, quyidagi 13 nafar talabalar grantga sazovor bo’ldi:

Tursunaliyeva Niluzar Baxtiyorjon qizi (FarDU)
Mamadaliyev Otabek Nazirjonovich (O’zXIA)
Xolbayeva Mahliyo Umar qizi (TTA Urganch filiali)
Akbaraliyeva Jumagul Sobirjon qizi (ADU)
Xasanova Rohila (TDChPI)
Dehqonov Lazizbek Otabek o’g‘li (TTPI)
Yo'ldashev Nematillo O'tkirali o'g’li (TDPU)
Abdullayev Abdulaziz Abdug'ofur o'g'li (O’zMU)
Toshpo’latov Abdulaziz Urayimjon o’g'li (ADU)
Bozorov Shahzod Shavkatovich (O’zDJTU)
Abdullayev Ramazon Murodulla o’g’li (TerDU)
Sultonov Farid Ilyos o'g'li (BuxDU)
Mustapaeva Nargiza Maratovna (NDPI)

💰Har bir gʻolibga 3 mln so`m miqdorida grant beriladi.

👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.

Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
Metsenat.uz loyihasi “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.

2020-yil oktyabr oyida talabalarga ta’lim granti va stipendiyalar ajratishga yordam berish maqsadida asos solingan loyiha doirasida bugungi kungacha jami 10 ta grant va 3 ta stipendiya e’lon qilindi.

Metsenat.uz jamoasi ushbu “Tahsin” mukofotini yoshlarga moddiy ko’mak berishni niyat qilgan barcha hamkor metsenatlar va homiy tashkilotlarga berilgan e’tirof deb hisoblaydi. Chunki ilmga investitsiya kiritmoqchi bo’lgan har bir inson va tashkilot tahsinga loyiq!


Kanallarimiz:
@metsenatuz
@urfon
Diqqat! Metsenat loyihasida stipendiya dasturi e’lon qilindi

Stipendiya nomi: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati stipendiyalar dasturi

👤Metsenat: Uzbekistan GTL mas’uliyati cheklangan jamiyati

📌Sintetik suyuq yoqilg‘i ishlab chiqarish zavodi uchun kadrlar tayyorlash dasturini kengaytirish, iqtidorli talabalarni moddiy va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi "Uzbekistan GTL" mas’uliyati cheklangan jamiyati 2021-2022 oʼquv yili uchun III stipendiyalar dasturini e‘lon qiladi.

🔖 Necha kishiga beriladi: 12 nafar

🔰Qaysi ta'lim yo'nalishi uchun?
Stipendiya kimyo-texnologiya, biologiya, mashinasozlik, ekologiya, metrologiya yo’nalishida kunduzgi ta’limda tahsil olayotgan 3 va 4-bosqich bakalavr talabalari hamda 1 va 2-bosqich magistrantlari uchun beriladi.
👉 Qo`shimcha ma`lumot uchun

🔖 ISHTIROK ETISH SHARTLARI

📍Stipendiya miqdori 3 bazaviy hisoblash miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda oyma-oy 10 oy davomida to’lab boriladi.

🔖Bakalavr va magistraturaning oxirgi bosqichida tahsil olayotgan talabalar uchun stipendiyaning 10 oylik summasi 7 oy davomida oyma-oy to’lab boriladi.

Hujjatlar 15-oktabrgacha qabul qilinadi. Shundan so’ng ichki imtihon orqali g’oliblar aniqlanadi.

📲 ONLAYN ARIZA YUBORISH
https://imkon.uz/metsenat/110

@metsenatuz
Forwarded from Xushnudbek.uz
❗️Контрактда ўқиётан талабалар учун XushnudbekUz канали таълим гранти эълон қилади

Хабарингиз бор, 1 йил аввал MetsenatUz лойиҳасини бошлаган эдик. Лойиҳадан асосий мақсад таълимга инвестиция киритиш, эҳтиёжманд талабаларга илм олишлари учун моддий кўмак бериш, жамиятда меценатлик (ҳомийлик) маданиятини шакллантириш эди. Тома-тома кўл бўлур деганидай, 1 йил давомида жами 5 млрд сўмдан ошиқроқ қийматдаги таълим гранти ва стипендиялар эълон қилинди.

Биз бу лойиҳани тўхтатмоқчи эмасмиз, бор куч ва имкониятларимиз билан ушбу лойиҳани ривожлантириш устида бош қотиряпмиз. Бугун мамнуният билан MetsenatUz лойиҳасида навбатдаги таълим грантини эълон қиламиз.

XushnudbekUz Телеграм канали номидан жорий қилинган таълим грантида 35 нафар талабага 3 млн сўмдан, жами 105 млн сўмлик маблағлар тўлаб беришни ният қилдик.

Балки бу катта сумма эмасдир, балки кимларгадир ярим йиллик контрактини қоплаш учун ҳам етмас, лекин имкон қадар эҳтиёжманд толиби илмларга ёрдам бўлади, деган умиддаман.

ℹ️ Маълумот: ушбу грант учун ажратилаётган маблағлар XushnudbekUz каналида эълон қилинган рекламалар ҳисобидан қопланади.

📲
ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

Таълим гранти ҳақида маълумот:

Қайси ОТМлар учун:
Барча давлат, нодавлат, диний таълим муассасалари учун
Қайси босқич учун: бакалавриатнинг барча босқичи
Қайси таълим шакли учун: кундузги, сиртқи ва кечки
Қайси жиҳатларга устунлик берилади: ўзлаштириш кўрсаткичи юқори, ижтимоий ҳимояга муҳтож, етим ва чин етим, ногиронлиги бор талабалар.
Квота сони: 35 нафар (бунинг 10 нафари ТДЮУ талабалари учун)
Таълим гранти миқдори: 3 млн сўм (жами 105 млн сўм)
Ариза топширишнинг сўнгги куни: 31 октябрь

📲 ОНЛАЙН АРИЗА ТОПШИРИШ

P.S.: электрон тизим тўлиқ янгилангани учун, мабодо ҳужжат топширишда техник муаммо ёки тушунмовчилик бўлса, изоҳларда ёзиб қолдиришингиз мумкин.


👉 @xushnudbek 👈
Forwarded from Imkon.uz
Imkon.uz sayti orqali grantga ariza topshirish

imkon.uz platformasi Metsenat bo'limi talabalarga grant va stipendiyalar e'lon qilishda davom etmoqda. Quyidagi qo'llanma orqali arizangizni qoldiring.

1️⃣ imkon.uz saytiga mavjud login parolingiz orqali kiring. Ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, Gmail, Facebook, Vkontakte, Yandex.mail, Apple ID orqali yoki quyida Ro'yxatdan o'tish tugmasi yordamida ro'yxatdan o'ting.

2️⃣ Mening profilim'ga kiring va Kontakt ma'lumotlari qismini to'ldiring. So'ng shu yerdan Imkon ID olishingiz kerak. Buning uchun so'ralgan ma'lumotlarni e'tibor bilan kiriting.

4️⃣ Endi chap menu'dagi Metsenat bo'limi orqali o'zingizga kerakli grantni tanlang. Ariza topshirish tugmasini bosish orqali grantga ariza topshiring.

P.S. Arizani to'ldirayotganingizda e'tiborli bo'ling, ma'lumotlar to'g'riligini albatta tekshiring!

❗️Bir turdagi grantlarga ariza topshirish uchun siz to'lov-shartnoma asosida o'qiyotgan bo'lishingiz lozim.

Savol va takliflaringiz bormi: @Imkon_support_chat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️IT sohasida oʻqimoqchi boʻlganlarga 1 yarim milliard soʻmlik taʼlim granti eʼlon qilindi

Yaqinda Toshkent viloyatida “Astrum” IT akademiyasi oʻz faoliyatini boshladi.

Albatta, bu kabi akademiyalarda oʻqishni va IT sohasida yetuk mutaxassis boʻlib, yaxshi daromad topishni koʻpchilik xohlaydi. Ammo oʻqish tekin emas, moddiy imkoniyati yoʻqlar bunaqa akademiyalarda oʻqishni orzu ham qilib oʻtirmaydi.

Shu sababli Yoshlar ishlari agentligi MetsenatUz loyihasi bilan hamkorlikda “Astrum” IT akademiyasida oʻqishni niyat qilgan yoshlar uchun taʼlim granti eʼlon qiladi.

Buning uchun jami 1,5 milliard soʻm mablagʻ ajratiladi. Bu mablagʻ 100 nafar yoshlarning har biriga oʻqish uchun 15 million soʻmgacha grant berishga yoʻnaltiriladi.

❗️Arizalar @yoshlargrant_bot orqali 14-noyabrga qadar qabul qilinadi.

@metsenatuz
Forwarded from Imkon.uz
📣 XushnudbekUz telegram kanali granti g'oliblari e'lon qilindi

Siz natijasini kutgan Metsenat.uz loyihasi doirasida g‘oliblarga pul o‘tkazish ishlari boshlandi.

☑️ Talabalar uchun eʼlon qilingan taʼlim grantida 25 nafar g‘oliblar tanlab olindi. Ular bilan bog‘lanib, har biriga 3 mln so‘mdan, jami 75 mln so‘m pul o‘tkazish ishlari start oldi.

Bundan sal oldinroq g'olib 10 nafar Toshkent davlat yuridik universitet talabasiga ham grant summasi to'lab berilgan edi.

Grantda qatnashgan 750 nafarga yaqin talabalarning barchasiga ishonch uchun rahmat. Eng quvonarlisi, ariza yuborganlar orasidan yana 200 nafarga yaqin ehtiyojmand talabalarning to‘lov-kontraktiga «Talabaga madad» loyihasi orqali moddiy ko‘mak olib berishga yordamlashilmoqda.

@imkon_uzbekistan
🎉 Metsenat.uz loyihasi 1 yoshda

O’tgan vaqt mobaynida talabalar va yoshlar uchun turli grant va stipendiyalar e’lon qilindi.

Quyida Metsenat loyihasining 1 yillik natijasini ko'rishingiz mumkin:

- 13 ta turli yo’nalishlardagi ta’lim grantlari;
- 4 ta stipendiyalar;
- 1963 nafar talabalar uchun.


E’lon qilingan grant va stipendiyalarning umumiy miqdori 6 milliard 868 million so’m.

™️ Shuningdek, 2021-yil iyul oyida Metsenat.uz loyihasi “Tahsin” mukofoti bilan taqdirlandi.

Metsenat jamoasi kelgusi yillarda ham yoshlarga imkoniyatlar yaratib berishni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Shu o’rinda loyihamiz orqali talabalarga moddiy ko’mak bergan barcha homiylarga hamda bizning axborot hamkorlarimiz — UzReport telekanli, Kun.uz, Daryo.uz, Xabar.uz, Zarnews.uz nashrlari, FM Avtoradio va xayrixoh blogerlarga minnatdorlik bildiramiz.

@metsenatuz
Forwarded from Imkon.uz
Xushnudbek telegram kanali granti g'oliblari to'liq saralandi!

📜 G'oliblar ro'yxati bilan imkon.uz platformasi orqali tanishishingiz mumkin. Ishtirokchilar va tashkilotchilarga o'z minnatdorchiligimizni bildiramiz.

Kelib tushgan 743 ta arizadan 35+3 kishiga belgilangan grant summasi taqdim etildi.

🖥 Navbatdagi metsenatlik loyihalarini kuzatib boring. Shuningdek, Imkon.uz Grantlar bo'limi orqali dunyo bo'ylab grant va stipendiyalar yutib olishingiz mumkin.

G'oliblar ro'yxati 👉https://bit.ly/3E9cigv

🔹 Imkon.uz - ijtimoiy rivojlanish asosiy maqsadimiz.

@imkon_uzbekistan