Metsenat.uz
529 subscribers
66 photos
5 videos
72 links
Metsenat.uz platformasi homiy tashkilot va oliy oʻquv yurtlarida oʻqishda moddiy yordamga muhtoj boʻlgan talabalarni bogʻlab turuvchi koʻprik vazifasini oʻtaydi.

Texnik nosozliklar bo'yicha - @commeta_support
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Metsenat.uz loyihasining asosiy axborot hamkori bo‘lmish UzReport telekanalida navbatdagi reportaj.

Reportajda IT-Park Uzbekistan va Bandlik va mehnat vazirligi tomonidan 1400 kishi uchun e'lon qilingan grant haqida IT-Park direktori Farhod Ibragimov batafsil ma'lumot berdi.

Ushbu grant haqida qo‘shimcha ma'lumotni quyidagi saytlardan olishingiz mumkin:
👉 futureskills.uz
👉 metsenat.uz

IT sohasiga qiziquvchilar, shoshiling, grantga ariza topshirishning oxirgi muddati: 15-fevral!

👉 Rus tilidagi reportaj


@metsenatuz
"Yoshlar ta'lim granti" loyihasi doirasida 203 nafar talabaning shartnoma mablag'larining 50%igacha qismi to'lab berildi

🔰 Yoshlar ishlari agentligi, O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Mehrli qo'llar xayriya tashkiloti hamkorlikda "Yoshlar ta'lim granti" loyihasini e'lon qilgandi.

✔️ metsenat.uz platformasi orqali kelib tushgan 1570 ta arizalar ichidan eng munosib 203 nafar (36 nafari chin yetim, 3 nafari nogiron, 11 nafari mehribonlik uyi bitiruvchilari, 153 nafar boquvchisini yo'qotgan) talabalarga 2020-2021-o'quv yili uchun jami 475 mln 834 ming so‘m miqdorda, stipendiyasiz hisoblangan shartnoma mablag'larining 50% igacha qismi beg'araz qoplab berildi.

🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi jamoasi talabalarning kelajakda yetuk kadr bo'lib, yurtimiz rivojiga hissa qo'shishiga ishonch bildiradi. O'qishlarida omad tilaydi!

Telegram sahifamiz👉@yoshlaragentligi
Bugun oʻzbek millatining ulugʻ siymosi Alisher Navoiyning tavallud topgan kuni.

Balki xabaringiz bordir, balki yoʻq, Alisher Navoiy oʻz zamonasining eng mashhur metsenatlaridan biri boʻlgan. Ulugʻ bobomiz taʼlimni, sanʼat va madaniyatni, shoir va yozuvchilarni doim qoʻllab-quvvatlagan, madrasalar qurish va taʼmirlashda bosh-qosh boʻlgan, ilm-fan jamoatchiligining yigʻilishlarini tashkil qilgan va doimo ularga yordam qoʻlini choʻzgan.

Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi barchamizga muborak boʻlsin!

@metsenatuz
Project Managers IT kompaniyasi eʼlon qilgan grant sohiblari aniqlandi

🔽 Grant talablarini bajargan quyidagi 5 nafar talabalar kompaniya tomonidan eng munosib deb topildi:

• Alibekov Ozodbek
• Azbergenova Ayzada
• Isoqov Jasurbek
• Kamolov Murtazo
• Narzullayev Azizbek

Har bir gʻolibga keyingi 10 ish kuni ichida kontraktlarini qoplash uchun 4 000 000 soʻm miqdoridagi mablagʻ toʻlab beriladi.

ℹ️ Eslatib oʻtamiz, Project Managers kompaniyasi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti va viloyatlardagi barcha filiallarining talabalariga grant eʼlon qilgan edi.

@metsenatuz
Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun

Bobur doimo ilm-fan taraqqiyoti uchun yetakchi metsenatlardan boʻlgan. Boburiylar sulolasi asoschisi hattoki oʻz jangchilarini ilmli boʻlishi uchun imkoniyatlar eshigini ochib bergan.

Buyuk davlat boshqaruvchisi va yetuk adib Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 538 yilligi barchamizga muborak boʻlsin!

@metsenatuz
Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan eʼlon qilingan ijtimoiy grant boʻyicha maʼlumot

2020-yilning 21-dekabr kuni metsenat.uz platformasida 6 ta yoʻnalish boʻyicha innovatsion loyihalarni moliyalashtirish uchun ijtimoiy grant eʼlon qilingandi. Grantga 214 nafar talabalardan arizalar kelib tushgan.

Jami 182 ta loyiha nizom talablariga mosligi aniqlandi. Shundan neft va gaz, kimyo sanoati yoʻnalishida 13 ta, energetika yoʻnalishida 28 ta, qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat sanoati yoʻnalishida 64 ta, suv xoʻjaligi va ekologiya yoʻnalishida 14 ta, fan va taʼlim yoʻnalishida 40 ta hamda IT texnologiyalar yoʻnalishida 23 ta loyiha nizomda talablariga muvofiq keladi.

32 ta ariza nizom talablariga mos kelmaganligi uchun koʻrib chiqilmasligi belgilandi. Ularning 6 tasi nizomda koʻrsatilmagan yoʻnalishlarda boʻlsa, qolgan 26 ta arizaga loyihalar ilova qilinmagan.

Hozirda 182 ta loyihalar texnik ekspertizadan oʻtkazilib, ishchi guruhlar tomonidan oʻrnatilgan tartibda oʻrganib chiqilmoqda.


@metsenatuz
❗️ Qishloq xo‘jaligida yoshlarning innovatsion loyihalari tanlovi

Grant nomi: “Qishloq xo‘jaligida yoshlarning innovatsion loyihalari”

Metsenat: Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasi.

📍 Qaysi hudud uchun: Loyihalar respublikaning 13 ta hududi (Toshkent shahridan tashqari) kesimida qamroviga alohida eʼtibor qaratiladi.

👩🏻‍⚕️ Soha: Qishloq xo‘jaligi.

👥 Necha kishiga beriladi: 100 nafar.

🤷‍♂️ Gʻolibni tanlashda nimalarga qaraladi: Ishtirokchi 40 yoshdan oshmagan bo‘lishi va imtiyozli shartlarda yer maydoniga ega bo‘lishi lozim. 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan ishtirok eta oladi. Tanlov bo‘yicha loyihalar joriy yilning 8-mart sanasiga qadar qabul qilinadi. Tanlov doirasida har bir loyiha uchun 50 mln. so‘mgacha pul mablag‘lari ajratiladi.

Kelib tushgan loyihalar har hafta ekspertlar tomonidan baholanadi va eng yaxshi 25 tasi tanlab olinadi. Tanlov yakuni bo‘yicha eng yaxshi 100 ta loyiha tanlab olinadi.

Batafsil maʼlumot: metsenat.uz/uz/grants/70?type=grant

@metsenatuz
Bo'lg'usi jurnalist-talabalar uchun ajratilgan Kun.uz granti g'oliblari aniqlandi!

💡Xabaringiz bor, Kun.uz nashri tomonidan Metsenat.uz platformasida jurnalistika sohasida tahsil olayotgan talabalarni moddiy jihatdan qo'llab-quvvatlash maqsadida jami 58mln so'mga teng grant e'lon qilingan edi.

📑 Grant yakuniga ko'ra 150 nafar talaba Metsenat.uz platformasida ro'yxatdan o'tdi.

👏Barcha talablarga to'la javob bergan 20 nafar g'olib talaba saralab olindi.

Grant g'oliblari bilan tanishamiz:
1
. Zokirjonov Samadjon
2. Akramov Shahriyorxon
3. Sulaymonova Umida
4. Burxonov Ravshan
5. To'xtavulova Munisa
6. Sadirdinova Xolidaxon
7. Norbekova Malika
8. Rahimboyeva Ziyoda
9. Maxkamboyeva Gulasal
10. Karimova Maxbira
11. Kemalova Araylim
12. Mardonov Anvar
13. To'rayev Sardor
14. Qadirova Lobar
15. Elmurodova Gulasal
16. Iskandarova Ma'rifat
17. Karimova Maftuna
18. Mamatqulova Dilnoza
19. Haydarov Elyor
20. Ergasheva Sevinch

☝️Eslatib o'tamiz, g'olib deb topilgan talabalarning har birining stipendiyasiz to'lov-kontraktining 50%i miqdorida qoplab beriladi.

🎉Kun.uz nashri g'oliblarni erishgan yutuqlari bilan qutlaydi hamda ularga kelajakda yetuk jurnalist bo'lib yetishishlarini tilaydi!

👉 @metsenatuz
Forwarded from Talabalar murojaatlari
Bir qayiqchining kichik qayigʼi bor ekan. Qayiqning ikki eshkagi boʼlib, ularning birida “niyat”, ikkinchi eshkakda esa “harakat” deb yozilgan ekan. Qayiqqa mingan odamlar bu yozuvlar sababini soʼrasa, qayiqchi shunday javob berar ekan:

“Аgar men faqat “niyat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam, u holda qayiq bir joyda aylanib qolaveradi.
Аgar faqat “harakat” deb yozilgan eshkakni harakatlantirsam ham, qayiq bir joyda aylanaveradi. Аgar ikkalasini baravar aylantirsam, shundagina qayiq manzilga yetadi.

Inson ham faqat niyat qilsa-yu, harakat qilmasa, bir joyda aylangan qayiq kabi manzilga yetmaydi. Maqsadga yetish uchun avval “niyat” va “harakat” boʼlishi kerak

📖 Ta’lim yangiliklari kanaliga a’zo bo‘ling:
👉 @urfon
❗️ Metsenat.uz loyihasida yapon tilida o'qiyotgan filolog-talabalar uchun 36 mln soʻmlik stipendiya eʼlon qilindi

Metsenat: Reiwa Japanese School

👉 metsenat.uz/uz/grants/17?type=stipend

📍 OTM: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Samarqand davlat chet tillari institutida yapon tili filologiyasi sohasida tahsil olayotgan 1,2 va 3-kurs talabalar uchun.

👩🏻‍⚕️ Soha: Yapon tilida oʻqiyotgan talabalar uchun

👥 Qay tartibda beriladi: 12 nafar talabaga 10 oy davomida 300 000 so'mdan

🤷‍♂️ Gʻolibni tanlashda qaysi jihatlar eʼtiborga olinadi:
Ehtiyojmandligi, til bilish darajalar, ijtimoiy hayotda faolligi, Toʻlov-kontrakt asosida o'qishi, belgilangan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtishi

Hujjatlar 23-aprelgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirganlar 23-may sanasida sohalari boʻyicha imtihon topshiradilar.

“Reiwa Japanese School yapon tilini o’qitadi va Yaponiya ta’lim dargohlariga o’qishga yuboradi”

@metsenatuz
❗️ Bugun metsenat.uz loyihasida yapon tilida o'qiyotgan filolog-talabalar uchun 36 mln soʻmlik stipendiya uchun ariza to’ldirishning so’ngi kuni.

Metsenat: Reiwa Japanese School

👉 metsenat.uz/uz/grants/17?type=stipend

📍 OTM: O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Samarqand davlat chet tillari institutida yapon tili filologiyasi sohasida tahsil olayotgan 1,2 va 3-kurs talabalar uchun.

👩🏻‍⚕️ Soha: Yapon tilida oʻqiyotgan talabalar uchun

👥 Qay tartibda beriladi: 12 nafar talabaga 10 oy davomida 300 000 so'mdan

🤷‍♂️ Gʻolibni tanlashda qaysi jihatlar eʼtiborga olinadi:
Ehtiyojmandligi, til bilish darajalar, ijtimoiy hayotda faolligi, Toʻlov-kontrakt asosida o'qishi, belgilangan imtihondan muvaffaqiyatli oʻtishi

Hujjatlar 23-aprelgacha qabul qilinadi.

Hujjat topshirganlar 23-may sanasida sohalari boʻyicha imtihon topshiradilar.

“Reiwa Japanese School yapon tilini o’qitadi va Yaponiya ta’lim dargohlariga o’qishga yuboradi”

@metsenatuz
Bugun xotira va qadrlash kuni

🎗Bugun Ikkinchi jahon urushi qurbonlari xotirasi yodga olinadigan kun. Oʻzbekistondagi har bir oila va xonadon taqdiri shu kun bilan bogʻlangan, deyarli hammaning otasi yoki bobosi urushda bevosita yoki bilvosita qatnashgan.

🌿 Zamonimiz tinchligi, musaffo osmonimiz uchun yurtimizning mard oʻgʻlonlari oldida umrbod qarzdormiz

@metsenatuz
❗️Metsenat.uz: Tibbiyot, pedagogika va oliy diniy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalar uchun grant

Grant nomi: BTS Express "Ilm uchun"

👉 https://metsenat.uz/uz/grants/71?type=grant

Metsenat: MChJ "BTS Express Cargo Servis"

📍 Qaysi hudud uchun: barcha hudud talabalari uchun

🏫Qaysi OTM talabalari uchun: barcha OTMlar uchun

👩🏻‍⚕️ Qaysi soha uchun: Tibbiyot, pedagogika sohalari, oliy diniy ta’lim muassasasi

🎓Qaysi daraja uchun: bakalavr

Qaysi ta'lim shakli uchun: kunduzgi

💰Qaysi to'lov shakli uchun: to'lov-kontrakt

📶 Qaysi bosqich (kurs) uchun: 1,2,3

💵 Grant summasi: 3 mln so'mdan (jami 39 mln so'm)

#⃣ Grantlar soni: 13 ta

🤷‍♂️ Gʻolibni tanlashda qaysi jihatlar eʼtiborga olinadi: o’zlashtirish ko’rsatkichlari yuqori bo’lgan yetim, ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor talabalar hamda mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga ustunlik beriladi

Ariza topshirishning so'nggi kuni: 30-may

Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon
Metsenat.uz'da navbatdagi stipendiya g‘oliblari aniqlandi

Metsenat.uz loyihasi doirasida «Reiwa Japanese School» oʻquv markazi tomonidan yapon tilida oʻqiyotgan filolog-talabalar uchun jami 36 mln soʻmlik stipendiya tanlovi eʼlon qilingan edi.

🔽 26-may kuni «Reiwa Japanese School» oʻquv markazi tomonidan stipendiya uchun daʼvogar talabalar ishtirokida imtihon boʻlib oʻtdi. Imtihon natijasiga koʻra, quyidagi 6 nafar talabalar oʻquv markazi tomonidan eng munosib deb topildi:

Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Shodiyorov Otabek Shermamatovich;
Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti talabasi Abdubotirova Munira Abdurasul qizi;
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Usmonov Siddiq Sobir oʻgʻli;
Toshkent davlat yuridik universiteti talabasi Norboyeva Guljahon Shavkat qizi;
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Muxammedvaliyeva Muslima Abdusattor qizi;
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi Bakirova Sadoqatxon Elmurod qizi.

Har bir gʻolibga kelgusi 10 oy davomida 300 ming soʻm miqdorida stipendiya berib boriladi.

👏 Metsenat.uz jamoasi barcha gʻolib talabalarni chin qalbdan tabriklaydi.

Ma’lumot uchun: tez kunda Samarqand viloyati hokimligining stipendiyasi g‘oliblari ma’lum qilinishi kutilmoqda.

Kanallarimiz:
👉@metsenatuz
👉@urfon