Medical Upgrade
36 subscribers
7 photos
42 files
11 links
Tibbiy adabiyotga õzbekcha nazar.

Tibbiyotga oid kitob, maqola va yangiliklar tarjimasi.

@akmaljon_najimov
Download Telegram
Medical Upgrade
Long Covid❗️ NEJM maqolasi (31.07.2024) https://telegra.ph/Long-COVID--Cho%CA%BBzilgan-COVID-08-16 #LongCovid
COVID-19 pandemiyasi boshlanganiga 4 yildan koʻp vaqt oʻtdi, ammo, haligacha millionlab odamlar SARS-CoV-2 infeksiyasining uzoq muddatli oqibatlaridan aziyat chekishda davom etmoqda.

Minglab ilmiy maqola va tezislarning “long Covid (choʻzilgan Covid)”, “post-oʻtkir COVID-19”, “surunkali COVID-19” yoki “post-COVID-19 holati” kabi sarlavhalar bilan chiqishiga qaramasdan, aksariyat shifokorlar haligacha choʻzilgan Covidni qanday aniqlash va davolashni bilishmaydi.
Ushbu noaniqlikning sabablariga quyidagilar kiradi: kasallikni taʼriflashdagi xar-xillik; bir nechta taxminiy patofiziologik mexanizmlarning mavjudligi; kasallik diagnostikasi, monitoringi va tadqiqoti uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan yagona, umum kelishilgan va qulay biomarkerning yoʻqligi; vaqt oʻtishi bilan kasallik kechishidagi oʻzgarishlar (m-n, virus evolyutsiyasi, vaksinatsiya, yangi dorilar tufayli).

Muammoning qanchalik dolzarbligini ushbu mavzuga atalgan maqolalarning ulkan hajmi va yangi maqolalarning chiqish tezligidan ham payqash mumkin. Hozirgi kunda olib borilayotgan virusologik, immunologik va boshqa fundamental ilmiy tadqiqotlarga qaralganda, choʻzilgan Covid diagnostikasi va terapiyasi boʻyicha klinik jihatdan muhim yutuqlarga erishishga oz qoldi. Ular asosan reabilitatsion terapiya modeliga asoslanib, bemor simptomlarini yengillashtirish va funksional holatini yaxshilashga qaratilgan boʻladi.

Rasmda long Covid (choʻzilgan Covid) patologiyasi, klinikasi va menejmentining qisqacha mazmuni aks ettirilgan.

The Lancet jurnali maqolasidan (17.08.2024)
https://doi.org/10.1016/S0140-6736(24)01136-X
#LongCovid
3👍2
Long Covid (The Lancet).png
2.1 MB
Long Covid | Choʻzilgan Covid
patologiyasi, klinikasi va menejmentining qisqacha mazmuni ‼️
(The Lancet journal)
#LongCovid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3🔥1
Medical Upgrade
Long Covid (The Lancet).png
Inglizcha manbalarda "davolash" atamasidan ko'ra "management (menejment)" termini ko'proq qo'llaniladi. Chunki menejment bemor parvarishida kengroq yondashuvni o'z ichiga oladi.

Ya'ni, kasallik menejmenti deyilganda nafaqat kasallikni bevosita davolash (dori buyurish, jarrohlik amaliyotini o'tkazish), balki boshqa muhim jihatlarni ham qamrab olish tushuniladi:

Profilaktik chora-tadbirlar: kasallik kuchayishi va qaytalanishining oldini olish.

Patient education (bemorlarni o'qitish): bemorga uning kasalligini tushuntirish va uyda o'ziga xizmat qilishni o'rgatish.

Qayta tibbiy ko'riklar va monitoring: qayta ko'riklar va testlar yordamida bemor holatini dinamik kuzatish va zaruratga qarab terapiyani o'zgartirish.

Hayot tarzini o'zgartirish: bemor sog'lig'ini yaxshilovchi dieta, jismoniy mashqlar va turmush tarzining boshqa o'zgarishlarini tavsiya etish.

Palliativ yordam: o'ta og'ir kasalliklarning simptomlari va stressini yengillashtirish, garchi ularni davolash imkoni bo'lmasa ham.

Menejmentdan farqli ravishda, "Davolash" atamasi faqat mavjud kasallikni bartaraf etish yoki yengillashtirishga qaratilgan tibbiy aralashuvni anglatadi xolos.

P.S.
"Management" ayrim o'zbek manbalarida "kasallikni boshqarish" deb ham tarjima qilingan (o'zim ham shunday qilganman oldin, lekin endi menejmentdan foydalanishga o'tdim).
3
JOINT PAIN.png
114 KB
Boʻgʻim ogʻrigʻi
3
Table - joint pain.png
832.5 KB
Jadval: boʻgʻim ogʻrigʻi
3
ANTIDIABETICS.png
7.2 MB
Antidiabetik dorilar

Bemor holatini hisobga olgan holda antidiabetik dorilarni tanlash infografikasi

2-tip diabetni davolashda insulin, metformin, sulfonilmochevinalar (SU), SGLT-2 ingibitorlari (SGLT-2-I), dipeptidil peptidaza-4 ingibitorlari (DPP-4-I), glyukagonsimon peptid-1 agonistlari (GLP-1-RA), tiazolidindionlar (TZD) hamda alfa-glyukozidaza ingibitorlari (AGI) qoʻllaniladi.
🔥2👍1
👍2
Nobel2024.pdf
315.1 KB
Tibbiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti haqida qisqacha izoh
👍2
Diabet diagnostikasi 🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
GI-GL.png
6.3 MB
EEH - enteroendokrin hujayra
CCK - xolesistokinin
YYU - Yuqori yogʻ-uglevodli dieta
1🔥1
ReCET – Telegraph.pdf
1.9 MB
👍31🔥1
So'nggi paytlar tarjima uchun qo'l bormayapti. Shunday bo'lsa ham, quyidagi ikkita qiziq maqola bilan bo'lishmoqchiman (o'zbek tilidagi qisqacha xulosasi bilan).
Ikkalasi ham Nature'dan.
Medical Upgrade
d41586-025-00053-y.pdf
Havo ifloslanishi va bosh miya zararlanishi: Ilm-fan nimani ko‘rsatmoqda

So‘nggi tadqiqotlar havo ifloslanishining miya salomatligiga salbiy ta’sirini ko‘rsatib, uni demensiya, depressiya, xavotirlik, psixoz va kognitiv buzilishlar bilan bog‘lamoqda.

O'tkazilgan tadqiqotlarda, hatto past darajadagi ifloslanish ham miya uchun zararli ekanligi aniqlandi, ayniqsa bolalar, qariyalar va kam daromadli mamlakatlar aholisi ko'proq xavf ostida qolyapti.

Havodagi PM2.5 va PM10 kabi zarrachalar, azot oksidlari va ultramayda zarrachalar qondan yoki hid bilish (olfactory) nervlari orqali bosh miyaga yetib borib, yallig‘lanish va oksidativ stressni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu yallig‘lanish jarayoni miya faoliyatini buzadi va Alzheimer kabi kasalliklarni tezlashtirishi, neurodevelopmental (bosh miya shakllanishi) yoki qarilik bilan bog'liq buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Laborator va epidemiologik tadqiqotlarda havoni ifloslantiruvchi moddalar aynan qanday yo'llar orqali miyaga zarar yetkazishi o‘rganilmoqda. Ammo havoning ifloslanishi murakkab jarayon ekanligi va unda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'sirining ham borligi tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ekspertlarga ko'ra, havoni ifloslantiruvchi omillar ichida eng neyrotoksik moddalarni aniqlash va ular bo'yicha regulatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mazkur tadqiqotlarga ko‘proq neyrobiologlarni va moliyaviy resurlarni jalb qilish zarur.

Havo sifatini yaxshilash nevrologik salomatlikka ham ijobiy ta'sir ko'rsatishi isbotlangan.
Bundan ko'rinib turibdiki, havo sifatini nazorat qilish jamiyat salomatligini asrashda o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.

P.S. Toshkentdagi havo sifatini tekshirib ko'riylar keyin ))