Medical Upgrade
36 subscribers
7 photos
42 files
11 links
Tibbiy adabiyotga õzbekcha nazar.

Tibbiyotga oid kitob, maqola va yangiliklar tarjimasi.

@akmaljon_najimov
Download Telegram
ANTIDIABETICS.png
7.2 MB
Antidiabetik dorilar

Bemor holatini hisobga olgan holda antidiabetik dorilarni tanlash infografikasi

2-tip diabetni davolashda insulin, metformin, sulfonilmochevinalar (SU), SGLT-2 ingibitorlari (SGLT-2-I), dipeptidil peptidaza-4 ingibitorlari (DPP-4-I), glyukagonsimon peptid-1 agonistlari (GLP-1-RA), tiazolidindionlar (TZD) hamda alfa-glyukozidaza ingibitorlari (AGI) qoʻllaniladi.
🔥2👍1
👍2
Nobel2024.pdf
315.1 KB
Tibbiyot boʻyicha 2024-yilgi Nobel mukofoti haqida qisqacha izoh
👍2
Diabet diagnostikasi 🤩
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5
GI-GL.png
6.3 MB
EEH - enteroendokrin hujayra
CCK - xolesistokinin
YYU - Yuqori yogʻ-uglevodli dieta
1🔥1
ReCET – Telegraph.pdf
1.9 MB
👍31🔥1
So'nggi paytlar tarjima uchun qo'l bormayapti. Shunday bo'lsa ham, quyidagi ikkita qiziq maqola bilan bo'lishmoqchiman (o'zbek tilidagi qisqacha xulosasi bilan).
Ikkalasi ham Nature'dan.
Medical Upgrade
d41586-025-00053-y.pdf
Havo ifloslanishi va bosh miya zararlanishi: Ilm-fan nimani ko‘rsatmoqda

So‘nggi tadqiqotlar havo ifloslanishining miya salomatligiga salbiy ta’sirini ko‘rsatib, uni demensiya, depressiya, xavotirlik, psixoz va kognitiv buzilishlar bilan bog‘lamoqda.

O'tkazilgan tadqiqotlarda, hatto past darajadagi ifloslanish ham miya uchun zararli ekanligi aniqlandi, ayniqsa bolalar, qariyalar va kam daromadli mamlakatlar aholisi ko'proq xavf ostida qolyapti.

Havodagi PM2.5 va PM10 kabi zarrachalar, azot oksidlari va ultramayda zarrachalar qondan yoki hid bilish (olfactory) nervlari orqali bosh miyaga yetib borib, yallig‘lanish va oksidativ stressni keltirib chiqarishi mumkin. Ushbu yallig‘lanish jarayoni miya faoliyatini buzadi va Alzheimer kabi kasalliklarni tezlashtirishi, neurodevelopmental (bosh miya shakllanishi) yoki qarilik bilan bog'liq buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Laborator va epidemiologik tadqiqotlarda havoni ifloslantiruvchi moddalar aynan qanday yo'llar orqali miyaga zarar yetkazishi o‘rganilmoqda. Ammo havoning ifloslanishi murakkab jarayon ekanligi va unda ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta'sirining ham borligi tadqiqotchilar uchun qiyinchilik tug‘dirmoqda. Ekspertlarga ko'ra, havoni ifloslantiruvchi omillar ichida eng neyrotoksik moddalarni aniqlash va ular bo'yicha regulatsion chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun mazkur tadqiqotlarga ko‘proq neyrobiologlarni va moliyaviy resurlarni jalb qilish zarur.

Havo sifatini yaxshilash nevrologik salomatlikka ham ijobiy ta'sir ko'rsatishi isbotlangan.
Bundan ko'rinib turibdiki, havo sifatini nazorat qilish jamiyat salomatligini asrashda o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.

P.S. Toshkentdagi havo sifatini tekshirib ko'riylar keyin ))
Medical Upgrade
s41587-024-02528-1.pdf
Tadqiqotchilar lipid nanozarracha, liposomalar, DNK origami va adenovirus vektori (AAV) kabi turli nano-tashuvchilarni (nanocarriers) ishlab chiqdilar. Nano-tashuvchilar terapevtik moddalarni (m-n, dori, mRNK vaksinani) ma’lum to‘qima yoki hujayralarga yetkazish uchun mo‘ljallangan.

Ammo nano-tashuvchilarni tayyorlash bilan birga, ularni organizm bo'ylab tarqalishini ham kuzatish zarur.
Buning uchun deep-learning texnologiyasi asosida Single Cell Precision Nanocarrier Identification, qisqacha SCP-Nano deb nomlangan ilg‘or dastur ishlab chiqildi.

Tadqiqotchilar ushbu dastur yordamida nano-tashuvchilar sichqon tanasi bo‘ylab hujayra darajasida qayerga yetib borganini kuzatdilar. Juda past dozada bo'lishiga qaramasdan (axir nano zarra haqida gap ketmoqda), qancha nano-tashuvchilar qaysi to‘qima va hujayraga borganini aniqlash, ularning samaradorligi hamda nojo‘ya ta’sirlarini o‘rganishga muvaffaq bo'lishdi.

Nano-tashuvchilar tibbiyotda katta imkoniyatlar berishi mumkin, jumladan:

1. Dorini targetli yetkazish (Targeted drug delivery): nano-tashuvchilar dori moddalarini to'g'ridan-to'g'ri zarur hujayralarga yoki to'qimalarga yetkazib berishga yordam beradi. Bu, dorining samaradorligini oshiradi va yon ta'sirlarni kamaytiradi.

2. Nazorat ostidagi ta'sir: nano-tashuvchilar dorilarni aniq vaqt oralig'ida va kerakli miqdorda ajratishi mumkin, bu esa davolash jarayonini oson boshqarishga, bemor uchun moslashtirishga yordam beradi.

3. Kimyoviy va biologik barqarorlik: nano-tashuvchilar dorilarni tashqi ta'sirdan himoyalab, ularning kimyoviy yoki biologik barqarorligini uzoqroq muddat saqlashga yordam beradi, bu esa dorining yaroqlilik va samaradorlik vaqtini uzaytiradi.

Hozircha bu usullarning barchasi eksperimental xarakterda bo'lib, klinik amaliyotda qo'llashdan oldin ko'plab izlanishlarni talab qiladi. Biroq, shu narsa aniqki, tibbiyotning keyingi taraqqiyoti nano-tibbiyot bilan bog'liq. Chunki tibbiyot borgan sari umumiy yondashuvdan, xususiy, bemorga orientatsiyalangan, ya'ni personalized medicine tomon ilgari surmoqda va ushbu jarayonda nano-texnologiya keng imkoniyatlar eshigini ochadi.
Dunyo bo'ylab taxminan 60 million odam yurak yetishmovchiligi bilan yashaydi va og'ir yurak yetishmovchiligiga duchor bo'lganlarning yarmidan ko'pi bir yil ichida vafot etadi. Yurak transplantatsiyasi 1% dan kam bemorlarga nasib etadi. Sun'iy qon haydovchi qurilmalar esa qimmat va invaziv jarrohlikni talab qiladi.
Nature maqolasida ushbu muammoga atalgan umidbaxsh yangi usul haqida soʻz boradi.

https://telegra.ph/Zaif-yurakni-o%CA%BBzak-hujayrali-yamoqlar-bilan-davolash-01-30
👏2👍1🔥1💯1