Jigar transplantatsiyasi bo'yicha NEJM maqolasi (15.11.2023)
https://telegra.ph/Jigar-transplantatsiyasi-08-13

Telegraph
Jigar transplantatsiyasi
Jigar transplantatsiyasi 60 yil oldin birinchi marta amalga oshirilgan va bugungi kunga kelib, ogʻir jigar xastaligiga ega bemorlar uchun standart davolash usuliga aylangan. Ammo, ushbu amaliyot bemor uchun, tibbiyot xodimlari va jamiyat uchun haligacha murakkab…
❤3
COVID-19 asosan o'tkir xavfli virusli infeksiya sifatida qabul qilinadi. Ammo, pandemiyadan so'ng ham, dunyo bo'ylab kamida 60 milliondan ortiq odamda long Covid, o'zbekcha aytganda, cho'zilgan Covid mavjud.
#LongCovid
#LongCovid
❤3
Long Covid❗️
NEJM maqolasi (31.07.2024)
https://telegra.ph/Long-COVID--Cho%CA%BBzilgan-COVID-08-16

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegraph
Long COVID | Choʻzilgan COVID
Covid-19 pandemiyasi dunyo boʻylab 7 million odamning hayotiga zomin boʻlgan xavfli, oʻtkir infeksiya epidemiyasi sifatida xotirada qoldi. Ammo, pandemiya toʻlqinidan soʻng, COVID-19 yana millionlab odamlarda “long Covid” (choʻzilgan Covid) deb nomlanuvchi…
❤2
Medical Upgrade
Long Covid❗️ NEJM maqolasi (31.07.2024) https://telegra.ph/Long-COVID--Cho%CA%BBzilgan-COVID-08-16 #LongCovid
COVID-19 pandemiyasi boshlanganiga 4 yildan koʻp vaqt oʻtdi, ammo, haligacha millionlab odamlar SARS-CoV-2 infeksiyasining uzoq muddatli oqibatlaridan aziyat chekishda davom etmoqda.
Minglab ilmiy maqola va tezislarning “long Covid (choʻzilgan Covid)”, “post-oʻtkir COVID-19”, “surunkali COVID-19” yoki “post-COVID-19 holati” kabi sarlavhalar bilan chiqishiga qaramasdan, aksariyat shifokorlar haligacha choʻzilgan Covidni qanday aniqlash va davolashni bilishmaydi.
Ushbu noaniqlikning sabablariga quyidagilar kiradi: kasallikni taʼriflashdagi xar-xillik; bir nechta taxminiy patofiziologik mexanizmlarning mavjudligi; kasallik diagnostikasi, monitoringi va tadqiqoti uchun ishlatilishi mumkin boʻlgan yagona, umum kelishilgan va qulay biomarkerning yoʻqligi; vaqt oʻtishi bilan kasallik kechishidagi oʻzgarishlar (m-n, virus evolyutsiyasi, vaksinatsiya, yangi dorilar tufayli).
Muammoning qanchalik dolzarbligini ushbu mavzuga atalgan maqolalarning ulkan hajmi va yangi maqolalarning chiqish tezligidan ham payqash mumkin. Hozirgi kunda olib borilayotgan virusologik, immunologik va boshqa fundamental ilmiy tadqiqotlarga qaralganda, choʻzilgan Covid diagnostikasi va terapiyasi boʻyicha klinik jihatdan muhim yutuqlarga erishishga oz qoldi. Ular asosan reabilitatsion terapiya modeliga asoslanib, bemor simptomlarini yengillashtirish va funksional holatini yaxshilashga qaratilgan boʻladi.
Rasmda long Covid (choʻzilgan Covid) patologiyasi, klinikasi va menejmentining qisqacha mazmuni aks ettirilgan.
The Lancet jurnali maqolasidan (17.08.2024)
https://doi.org/10.1016/S0140-6736(24)01136-X

❤3👍2
Long Covid (The Lancet).png
2.1 MB
Long Covid | Choʻzilgan Covid
patologiyasi, klinikasi va menejmentining qisqacha mazmuni‼️
(The Lancet journal)
#LongCovid
patologiyasi, klinikasi va menejmentining qisqacha mazmuni
(The Lancet journal)
#LongCovid
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤3🔥1
Medical Upgrade
Long Covid (The Lancet).png
Inglizcha manbalarda "davolash" atamasidan ko'ra "management (menejment)" termini ko'proq qo'llaniladi. Chunki menejment bemor parvarishida kengroq yondashuvni o'z ichiga oladi.
Ya'ni, kasallik menejmenti deyilganda nafaqat kasallikni bevosita davolash (dori buyurish, jarrohlik amaliyotini o'tkazish), balki boshqa muhim jihatlarni ham qamrab olish tushuniladi:
• Profilaktik chora-tadbirlar: kasallik kuchayishi va qaytalanishining oldini olish.
• Patient education (bemorlarni o'qitish): bemorga uning kasalligini tushuntirish va uyda o'ziga xizmat qilishni o'rgatish.
• Qayta tibbiy ko'riklar va monitoring: qayta ko'riklar va testlar yordamida bemor holatini dinamik kuzatish va zaruratga qarab terapiyani o'zgartirish.
• Hayot tarzini o'zgartirish: bemor sog'lig'ini yaxshilovchi dieta, jismoniy mashqlar va turmush tarzining boshqa o'zgarishlarini tavsiya etish.
• Palliativ yordam: o'ta og'ir kasalliklarning simptomlari va stressini yengillashtirish, garchi ularni davolash imkoni bo'lmasa ham.
Menejmentdan farqli ravishda, "Davolash" atamasi faqat mavjud kasallikni bartaraf etish yoki yengillashtirishga qaratilgan tibbiy aralashuvni anglatadi xolos.
P.S.
"Management" ayrim o'zbek manbalarida "kasallikni boshqarish" deb ham tarjima qilingan (o'zim ham shunday qilganman oldin, lekin endi menejmentdan foydalanishga o'tdim).
Ya'ni, kasallik menejmenti deyilganda nafaqat kasallikni bevosita davolash (dori buyurish, jarrohlik amaliyotini o'tkazish), balki boshqa muhim jihatlarni ham qamrab olish tushuniladi:
• Profilaktik chora-tadbirlar: kasallik kuchayishi va qaytalanishining oldini olish.
• Patient education (bemorlarni o'qitish): bemorga uning kasalligini tushuntirish va uyda o'ziga xizmat qilishni o'rgatish.
• Qayta tibbiy ko'riklar va monitoring: qayta ko'riklar va testlar yordamida bemor holatini dinamik kuzatish va zaruratga qarab terapiyani o'zgartirish.
• Hayot tarzini o'zgartirish: bemor sog'lig'ini yaxshilovchi dieta, jismoniy mashqlar va turmush tarzining boshqa o'zgarishlarini tavsiya etish.
• Palliativ yordam: o'ta og'ir kasalliklarning simptomlari va stressini yengillashtirish, garchi ularni davolash imkoni bo'lmasa ham.
Menejmentdan farqli ravishda, "Davolash" atamasi faqat mavjud kasallikni bartaraf etish yoki yengillashtirishga qaratilgan tibbiy aralashuvni anglatadi xolos.
P.S.
❤3
ANTIDIABETICS.png
7.2 MB
Antidiabetik dorilar
Bemor holatini hisobga olgan holda antidiabetik dorilarni tanlash infografikasi
2-tip diabetni davolashda insulin, metformin, sulfonilmochevinalar (SU), SGLT-2 ingibitorlari (SGLT-2-I), dipeptidil peptidaza-4 ingibitorlari (DPP-4-I), glyukagonsimon peptid-1 agonistlari (GLP-1-RA), tiazolidindionlar (TZD) hamda alfa-glyukozidaza ingibitorlari (AGI) qoʻllaniladi.

🔥2👍1
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤5
Smart insulin va 1-tip diabetli bemorlar uchun o'zak hujayrali terapiya: 2024-kuz mavsumidagi asosiy tadqiqotlar
https://telegra.ph/Smart-insulin-va-o%CA%BBzak-hujayra-transplantatsiyasi-2024-kuz-mavsumidagi-asosiy-tadqiqotlar-11-17

Smart insulin va oʻzak hujayra transplantatsiyasi: 2024-kuz mavsumidagi asosiy tadqiqotlar
“Aqlli” insulin tomon yana bir qadam Yangi turdagi “smart” insulin erta-bosqich tadqiqotlarda umidli natijalarni qayd etmoqda. Hayvonlarda sinab koʻrilganda, ushbu insulin, qachonki hayvon qonida glyukoza darajasi yuqori boʻlganda ishlab (”on”), glyukoza…
GI-GL.png
6.3 MB
EEH - enteroendokrin hujayra
CCK - xolesistokinin
YYU - Yuqori yogʻ-uglevodli dieta
CCK - xolesistokinin
YYU - Yuqori yogʻ-uglevodli dieta
❤1🔥1
So'nggi paytlar tarjima uchun qo'l bormayapti. Shunday bo'lsa ham, quyidagi ikkita qiziq maqola bilan bo'lishmoqchiman (o'zbek tilidagi qisqacha xulosasi bilan).
Ikkalasi ham Nature'dan.
Ikkalasi ham Nature'dan.