Kisspeptin
Tavsifi: Kisspeptin (KISS1 geni tomonidan kodlanadi) – gipotalamusdagi (ARC va AVPV yadrolarida) ishlab chiqariladigan neyropeptid. U metastaz suppressori sifatida kashf etilgan, ammo keyinchalik reproduktiv funktsiyada markaziy rol o'ynashi aniqlandi. ( https://www.sciencedirect.com/topics/biochemistry-genetics-and-molecular-biology/kisspeptin )
Mexanizmi: Kisspeptin reseptori (KISS1R) orqali GnRH neyronlarini rag'batlantiradi, bu esa gipofizdan LH va FSH chiqarishini kuchaytiradi. Natijada, testosteron/estrogen sintezi va gametogenez faollashadi. Neurokinin B (NKB) bilan birgalikda Gipotalamus-gipofiz-gonad o'qini boshqaradi.
Rivojlanishdagi roli: Pubertatni boshlaydi (GnRH pulsatsiyasini faollashtiradi). Mutatsiyalar (masalan, KISS1R yetishmovchiligi) gipogonadotropik gipogonadizmga olib keladi.
@MedPro_Team

❤2🔥2👍1
INSL3 (Insulin-like factor 3 - avval relaxin‐like factor deyilar edi)
INSL3 — Leydig hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan peptid gormon bo‘lib, erkak embrional rivojlanishida testislarning tushishi (descensus testis) jarayonida muhim rol o‘ynaydi.
Asosiy vazifasi:
Testis tushishining transabdominal bosqichini ta’minlaydi
Gubernakulum rivojlanishini rag‘batlantiradi
Qachon muhim?
Fetal davrda — asosiy rol
Neonatal minipuberty davrida — Leydig hujayra yetilishi belgisi
Kattalarda — Leydig hujayra funksiyasining tonik (barqaror) markeri
Testosterondan farqi:
Testosteron → pulsatil sekretsiya
INSL3 → pulsatsiyasiz, barqaror sekretsiya
Shu sababli Leydig hujayra massasini baholashda foydali
Klinik ahamiyati:
INSL3 ↓ → kriptorxizm xavfi
INSL3 bilan davolanmaydi, u biomarker hisoblanadi

❤4🔥1
''Melatonin o'zi nimaga kerak?!🤔
➡️Epifiz bezidan ajralib chiqadigan bu gormon, inson uyqu sistemasini nazoratga soladi va miyada ''biologik soatni shakllantirib'' turadi.
Insonning uyqusi normal bo'lishi uchun uning organizmida melatonin yetarli miqdorda bo'lishi muhim ya'ni ''melatonin ko'p - uyqu ko'p'' shaklida bo'lish kerak.
Melatonin ko'zga yorug'lik tushmagan paytda ko'p ajraladi ya'ni tunda. Yuqori ishlab chiqarilish dozasi soat 2⁰⁰ atrofida bo'ladi va yorug'lik paydo bo'lgungacha davom etadi. Shuning uchun uyqu paytini eng kamida 22⁰⁰ - 4⁰⁰ gacha tashkillash kerak.
✅Olimlar tomonidan melatoninning anemiyaning oldini oluvchi va miya ishemik shikastlanganda neyronlarni himoya qiluvchi xususiyati aniqlandi. Shuningdek, ushbu gormonning kamayishi va turli surunkali kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlandi. Masalan, Garvard sog‘liqni saqlash markazi boshqa institutlar bilan birgalikda 750 nafar ayol ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Natijaga ko‘ra, melatonin darajasi qanchalik past bo‘lsa, 2-toifa qand kasalligi rivojlanish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.
👉Melatonin miqdorini me’yorda ushlab turish uchun, avvalo, kun tartibini va ovqat rejimini yo'lga qo'yish juda muhim. Bundan tashqari yana spirtli ichimliklar va tamakidan voz kechish, mikroelementlar va vitaminlar yetishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish lozim. Kun davomida jismoniy faol bo‘lish kerak.
❗️23:00 dan kechikmay uxlashga harakat qilish va uyqudan bir soat avval gadjetlardan foydalanmaslik uyqungizni 💯 normaga solishning yo'lidir.

❤5🔥2👏1
Seknidazol (Secnidazole) — 5-nitroimidazol guruhiga mansub antiprotozoy va anaeroblarga qarshi dori vositasi.
Ta’sir doirasi:
▫️ Entamoeba histolytica (amebiaz)
▫️ Giardia lamblia (giardioz)
▫️ Trichomonas vaginalis (trixomoniaz)
▫️ Anaerob bakteriyalar (Bacteroides, Clostridium va b.)
Qo‘llanilishi:
✔️ Amebiaz (ichak/jigar)
✔️ Giardioz
✔️ Trixomoniaz
✔️ Bakterial vaginoz
✔️ Anaerob infeksiyalar
Afzalligi:
Uzoq yarim parchalanish davri → ko‘pincha 1 martalik qabul yetarli
Davolash kursi qisqa
Effektivligi yuqori (Bakterial vaginoz uchun 2grlik bir kunlik doza , metronidazolening 500mg × 2 mahallik dozasizga nisbatan effektivligi yuqoriroq 60.1%- 59.5%)
Alkogol bilan qabul qilish mumkin emas
Disulfiramga o‘xshash reaksiya chaqiradi
Metronidazoldan farqi:
Seknidazol kamroq qabul qilinadi, lekin samaradorligi yuqori.
Allmed PRO спаравочник лекарств | Секнил: https://allmed.pro/drugs?search=Секнил

❤6
2025-yil yakuni
@MedPro_Team da qolganingiz uchun tashakkur.
Kelgusi yilda kanaldan qanday postlar kutmoqdasiz?
Kommentlarda fikringizni ulashing.👇👇👇

❤3🔥2👏1
Amerika tireoid assotsiatsiyasining qalqonsimon bez kasalliklarini davolash bo‘yicha yangi ko'rsatmalari:
1- Agar levotiroksin dozasiga bo'lgan talab(masalan 100mkg lik doza normada foyda berishi kerak lekin , effekt siz kutgandan pastroq bo‘lsa) kutilganidan ancha yuqori bo'lsa, oshqozon-ichak kasalliklari haqida o'ylab ko'rish kerak, masalan:
- Helicobacter pylori bilan bog'liq gastrit;
- atrofik gastrit yoki
- seliakiya
agar bunday buzilishlar aniqlansa va samarali davolansa, qalqonsimon bez funksiyasi va levotiroksin dozasini qayta baholash tavsiya etiladi.
.
2- Estrogen va androgenlarni qabul qilishni boshlash yoki to'xtatishdan so'ng qon zardobidagi TSH darajasini barqaror holatda qayta baholash kerak, chunki bunday dorilar levotiroksinga bo'lgan ehtiyojni o'zgartirishi mumkin.
3- Tiroksin metabolizmi va tiroksin yoki triiodotironinning deiodinatsiyasiga ta'sir qiluvchi tirozin kinaza ingibitorlari (CML- chronic myeloid leukemia da Rx sifatida ishlatiladigan dorilar - Imatinib , Dasatinib) kabi vositalarni qo'llash boshlanganda plazma TSH ni qayta baholash kerak.
.
4- Fenobarbital, fenitoin, karbamazepin, rifampin va sertralin kabi dori-darmonlarni qabul qilish boshlanganda qon zardobida TSH darajasini nazorat qilish tavsiya etiladi.(bu dorilar odatda T3/T4ni jigarda parchalanishini kuchaytirib yuboradi)
5- Levotiroksinning boshlang'ich dozasini tanlashda bemorning vazni, yog'siz tana vazni, homiladorlik holati, gipotiroidizm etiologiyasi, TSH darajasi, yoshi va umumiy klinik kontekst, shu jumladan yurak kasalligi mavjudligini hisobga olish kerak. Klinik holatga mos keladigan plazma TSH ga erishish maqsad qilingan daraja ham hisobga olinishi kerak.
6- Qalqonsimon bez gormonlari bilan davolashni boshlang'ich to'liq almashtirish yoki qisman almashtirish sifatida boshlash mumkin, maqsadga erishish uchun plazma TSH miqdori kuzatib boriladi va dori miqdorga qarab titrlanadi.
7- Tana vaznidagi sezilarli o'zgarishlar, qarish va homiladorlik paytida dozani o'zgartirish kerak; TSHni har 4-6 haftada tekshirib , kerakli dozani titrlab turish kerak..
.
8- Plazma TSH darajalarining mos yozuvlar diapazonlari keksa populyatsiyalarda (masalan, > 65 yosh) yuqoriroq bo'ladi, shuning uchun dozani tanlashda TSH ning yuqoriroq holatini maqsad qilish kerak.
@MedPro_Team
1- Agar levotiroksin dozasiga bo'lgan talab

👍3⚡1❤1🔥1👏1
Shamollash ("gripp bo'p qopman" deyilganda nazarda tutiladigan kasallik) - odatda har qanday odam yiliga bir marta bu kasallik bilan kasallanadi.
- Katta yoshdagi odamlar o'rtacha 2-4 marta kasal bo'lishadi
- Yosh bolalar odatda 6-8 marta kasal bo'lishadi.
Ikkilamchi infeksiya tushmasa antibiotik terapiya talab qilinmaydi. Odatda 5-7 kunda bemor tuzalib ketadi. (Lekin shu vaqt davomida yotoq rejmi talab qilinadi).
Yetarli miqdorda suyuqlik ichish asosiy davolash taktikasi hisoblanadi . Isitma chiqsa Parasetamol yoki Ibuprofen tavsiya qilinadi.
Qiziq fakt: katta odam agar yosh boladan infeksiyani yuqtirsa , katta odamdan yuqtirganiga qaraganda kuchliroq kasallanadi , kasallik jiddiyroq kechadi.

1🔥3❤2