MedPro Team
1.93K subscribers
464 photos
55 videos
96 files
64 links
Tibbiyot talabalarining kundalik blogi
Kitoblar https://t.me/MedicalHub_Uzbekistan
Ingliz tili uchun https://t.me/EnglishMastery_hub
Online do'kon : https://t.me/med_store_uzbekistan
Murojaat uchun : @GulomovMuhammadali
Download Telegram
MedPro Team
Nafaqat askorbin kislotasi Hatto Glukoza ham endi retsept bilan beriladi.
Hozircha Toshkent va tanlab olingan tuman(shahar)larda ekan
2
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
Protein kukunlari haqida

Bu fikrlarimga nisbatan qarshilik bo’ladi va bu normal holat.

Men nega yoshlar protein kukunlarini iste’mol qilmasliklari haqida shifokor sifatida yozmoqchiman.

Protein kerakmi o'zi?
Tavsiya etiladigan kundalik protein miqdori har 1kg tana vaznga 0,8g. Misol 80kg odamga kuniga 100g protein iste’mol qilish tavsiya etiladi. Ayrim mutaxassislar buni 2g/kg gacha olib chiqish kerak deyishadi.

Bodybuilding bilan jiddiy shug’ullanuvchilar uchun tavsiya etiladigan miqdor 1,4-2,2g/kg atrofida.

Tanamiz uchun protein kerakligi borasida hech qanday tortishuv yo’q. Ammo bu kukundan bo’lishi shart emas. Qanchalik oson bo’lmasin, qanchalik uni reklama qilishmasin kukun ichish shart emas.

Proteinga bo'lgan ehtiyojni ovqatdan olish mumkin. Tvorog, sut, tuxum, pishloq, no'xat, go'sht va hok.


Nega protein kukuniga nisbatan skeptik fikrdaman?
Qiziq bir tarixiy voqea.
Bundan 3-4 yil oldin O’zbekistonda bir Guangjo degan xitoy klinikasi rosa mashhur bo’lgan edi. Odamlarimiz yoppasiga borishdi. Marketing sabab rosa uchdi u klinika. Xitoy tibbiyoti deb rosa reklama qilishdi.

Oradan 1-2 yil o’tdi. IIB bosdi. Ma’lum bo’lishicha xitoylik tabiblar aptekadan oddiy prednizolon yoki boshqa turdagi arzon dorilarni olib, ularni maydalab, paketga solib o'zbek bemorlarga an’anaviy dori sifatida qimmatga sotishayotgan ekan.

Prednizolon bu steroid. Qisqa muddatda hamma dardga davodek ta’sir qiladi. Kayfiyat ko'tariladi, quvvat oshgandek bo'ladi. Og’riqlar yo’qoladi. Odam o’zini yengil his qiladi.

Ammo steroid qabul qilishni juda ko’p zararli ta’sirlari bor. Inson gormon va immun sistemasini izdan chiqarib tashlaydi.

Yana bir kuzatuv
Ko’pchilik bilsa kerak. COVID dan keyin 25-35 yoshdagi odamlarda chanoq bo’g’imiga protez qo’yish ko’paydi. Shaxsan meni 3 ta kursdoshim protez qo’ydirdi. Bu yoshda chanoqqa protez qo’yish normal emas. Protez qo’yish 70dan keyin bo’ladi.

Nega unday bo’ldi? Sababi COVID paytida qisqa muddatda bemorga yengillik berish uchun prednizolondan pala-partish foydalanilgan.

Mexanizmi qanday bo'lgan? Steroid bo’gimda o’sadigan tog’ay to’qimani o’sishdan to’xtatadi. Natijada koksartroz degan kasallik rivojlanadi. Yechimi o’sha bo’gimni sun’iysiga almashtirish.

Endi protein kukunlariga qaytsak
Bu bozor nazorat qilinmagan bozor. Hattoki oziq-ovqat sifati ustidan o’ta qattiq nazorat yo’lga qo’yilgan Norvegiyada ham protein kukuni ishlab chiqaruvchisiga rasmiy talab yo’q. Bozorga chiqariladigan mahsulot oldindan tekshiruvdan o’tishi talab etilmaydi.

Nazariy jihatdan men Norvegiyada Xitoydan protein kukunlarini import qilib sotishim mumkin. Mahsulotlarni oldindan laboratoriyadan o’tkazishim shart emas. Ammo Norvegiyaga kartoshka yoki pishloq olib kelib sotishim yaxshigina nazorat qilinadi. Qiziq holat.

Bodybuilding maqsadi muskul chiqarish. Muskul chiqarish eng tez yo’li bu anabolik steroid qabul qilish.

Endi oddiy savol...
Deylik men protein ishlab chiqaraman, mahsulotlarimni tekshirishga talab yo'q, anabolik steroid juda arzon, o'ta samarali. O'z kukunlarimga steroid qo’shmasligimga yagona sabab bu vijdonim xolosmi? Steroid bo'lsa natija zo'r bo'ladi, sotuv uchadi. Nima qarshilik qiladi menga?

Bu fikr aslida yangilik emas. Ayrimlar anabolik steroidlarni kukunga qo'shishlari oldindan ma'lum.

Bu haqida ko’p gapiriladi. Ilmiy tekshiruvlar natijalari aytiladi (1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, …). Ammo marketing shovqini ostida bular barchasi e’tibordan chetda qoladi.

Indiada 20-30 yoshlilar protein kukuni sabab chanoq protezi operatsiyasi ko'paygani haqida ham gapirilgan edi.

Men hozir protein kukunida bo’lishi mumkin bo’lgan anabolik steroid haqida gapirdim xolos. Ko’p holatlarda og’ir metallar bo’lishi ham isbotlangan. Undan tashqari protein kukuni tarkibida protein umuman bo’lmasligi ham bor narsa.

Biz oddiy iste’molchi sifatida tarkibini tekshira olmaymiz.

Shuning uchun azizlar proteinga bo’lgan ehtiyojni tabiiy ovqatdan qoplagan yaxshiroq. Yetarlicha olsa bo'ladi.

Better safe than sorry.

Bek Olimjon
14.12.25
Norvegiya
4👍4🔥3👏2🥰1🗿1
Gepatitlar.

@MedPro_Team
🔥21👍1👏1🐳1
UW_2024_Endocrine,_Diabetes_&_Metabolism_6_blocks_OCR.pdf
276.1 MB
Uworld cases(2024)

Endocrinology, Diabetes and Metabolism.

@MedPro_Team
👍2🔥211👏1💯1🏆1👀1
MedPro Team pinned «Endokrinologiya bo‘yicha har bir tibbiy personal uchun birdek zarur bo‘ladigan konspektlar ro‘yxati Gipofiz gormonlari umumiy (rasm) Retseptor yo‘llari Gipofizning orqa bo‘lagi Gipofizning oldingi bo‘lagi Oksitotsin Antidiuretik gormon (Vazopressin) Prolaktin…»
A practical approach to nutrition in people with cirrhosis.pdf
1.1 MB
Jigar sirrozi bilan bemorlarda oziqlantirish qoidalari.

@MedPro_Team
3🔥3👍1👏1
Deinsulinisation in type 2 Diabetes.pdf
580 KB
Qandli diabet 2-tipi bilan bemorlarni deinsulinizatsiya qilish (asta sekin insulinni kamaytirib borib , o‘rniga alternativ preparatlar bilan insulinga qaramlikni yo‘qotish ).

@MedPro_Team
3🔥2👍1👏1🏆1👀1😎1
SSV Standart va protokollar bo‘yicha umumiy jamlanma.rar
1.4 GB
Sog'liqni Saqlash Vazirligi tarafidan tasdiqlangan barcha davolash standartlari va protokollari.

@MedPro_Team
👏21👍1🔥1🐳1👀1
🔰Ozaman deb sog'likdan kechmang.

Bugun faqat ovqatlanish tartibini yo'lga qo'yish haqida gaplashamiz jismoniy harakatlar to'g'risida emas.

To'g'ri ozishning asosiy xalqaro tamoyillari (JSST tavsiyasiga ko'ra):

* Sekin ozish: haftasiga 0,5–1 kg dan oshmasligi
* Och qolmaslik: kaloriyani keskin kamaytirmaslik
* Muvozanat: oqsil + foydali yog‘ + murakkab uglevod
* Barqarorlik: doimiy qila oladigan ovqatlanish ratsioni

1️⃣ O‘rtacha kaloriya ratsioni (eng xavfsizi)

Kunlik 1400–1800 kkal (bo‘y, vazn, faollikka qarab)

Tarkibi:

* 🥩 Oqsil: 25–30% (tuxum, baliq, tovuq, loviya)
* 🥑 Yog‘: 25–30% (zaytun yog‘i, yong'oq moylari)
* 🍚 Uglevod: 40–45% (grechka, suli, jigarrang guruch)

Afzalligi:
✔️ Gormonal muvozanat buzilmaydi
✔️ Teri va sochlar zarar ko‘rmaydi
✔️ Uzoq muddatli natija


2️⃣ Xalqaro tavsiya etiladigan dieta:

Ko‘p iste’mol qilinadi:

* Sabzavotlar 🥦
* Mevalar 🍎
* Baliq 🐟
* Zaytun yog‘i
* Dukkaklilar

Kam iste’mol qilinadi:

* Shakar
* Qovurilgan ovqat
* Oq non

Afzalligi:
✔️ Yurak va gormonlar uchun eng foydali
✔️ Stresssiz ozish
✔️ Ayollar uchun eng mos


3️⃣ Past glikemik indeksli ratsion (gavdadagi yog'lar uchun)

Nima yeyiladi:

* Suli, grechka
* Tuxum
* Sabzavot
* Qatiq, yogurt

Nima cheklanadi:

* Shirinliklar
* Oq non
* Gazli ichimliklar

Afzalligi:
✔️ Qorin va bel yog‘i tezroq ketadi
✔️ Qand darajasi barqaror


4️⃣ 3 mahal + 1–2 mahal yengil tamaddi (eng osoni)

Misol:

* Nonushta: tuxum + sabzavot
* Tushlik: tovuq, baliq + grechka
* Kechki ovqat: salat + oqsil
* Tamaddi: meva yoki yong‘oq

Afzalligi:
✔️ Ochlik bo‘lmaydi
✔️ Ishlaydiganlar uchun qulay


⛔️QAT’IYAN TAVSIYA ETILMAYDI

* 1000 kkaldan kam dietalar
* Faqat suv yoki meva
* Tabletkalar va “tez ozdiruvchi” choylar
* Ovqatning hazmini tosuvchi mahsulotlar

@MedPro_Team
3👍2🔥2👏1🤩1🐳1
Kisspeptin

Tavsifi: Kisspeptin (KISS1 geni tomonidan kodlanadi) – gipotalamusdagi (ARC va AVPV yadrolarida) ishlab chiqariladigan neyropeptid. U metastaz suppressori sifatida kashf etilgan, ammo keyinchalik reproduktiv funktsiyada markaziy rol o'ynashi aniqlandi. ( https://www.sciencedirect.com/topics/biochemistry-genetics-and-molecular-biology/kisspeptin )
Mexanizmi: Kisspeptin reseptori (KISS1R) orqali GnRH neyronlarini rag'batlantiradi, bu esa gipofizdan LH va FSH chiqarishini kuchaytiradi. Natijada, testosteron/estrogen sintezi va gametogenez faollashadi. Neurokinin B (NKB) bilan birgalikda Gipotalamus-gipofiz-gonad o'qini boshqaradi.
Rivojlanishdagi roli: Pubertatni boshlaydi (GnRH pulsatsiyasini faollashtiradi). Mutatsiyalar (masalan, KISS1R yetishmovchiligi) gipogonadotropik gipogonadizmga olib keladi.

@MedPro_Team
🔥21👍1
Kisspeptin

@MedPro_Team
1👍1🔥1
Jinsiy sistema embriologiyasi.

@MedPro_Team
👍21
Anti-Myuller gormonining laborator tahlillari (Anti Müllerian hormone)

@MedPro_Team
🔥31👍1👏1
O'tkir jigar yetishmovchiligi

@MedPro_Team
2🔥2👍1
Orxidometr.

Tanner bosqichlariga qarab urug'don o'lchamlari

@MedPro_Team
1👍1🔥1
INSL3 (Insulin-like factor 3 - avval relaxin‐like factor deyilar edi)

INSL3 — Leydig hujayralari tomonidan ishlab chiqariladigan peptid gormon bo‘lib, erkak embrional rivojlanishida testislarning tushishi (descensus testis) jarayonida muhim rol o‘ynaydi.

Asosiy vazifasi:
Testis tushishining transabdominal bosqichini ta’minlaydi
Gubernakulum rivojlanishini rag‘batlantiradi

Qachon muhim?
Fetal davrda — asosiy rol
Neonatal minipuberty davrida — Leydig hujayra yetilishi belgisi
Kattalarda — Leydig hujayra funksiyasining tonik (barqaror) markeri

Testosterondan farqi:

Testosteron → pulsatil sekretsiya

INSL3 → pulsatsiyasiz, barqaror sekretsiya
Shu sababli Leydig hujayra massasini baholashda foydali

Klinik ahamiyati:

INSL3 ↓ → kriptorxizm xavfi

INSL3 bilan davolanmaydi, u biomarker hisoblanadi

@MedPro_Team
2🔥1
Energy drinks , hypertension , stroke BMJ.pdf
740.6 KB
Energy drinks, hypertension and stroke.

Energetik ichimliklar , gipertenziya , insult.

@MedPro_Team
🔥32
''Melatonin o'zi nimaga kerak?!🤔

➡️Epifiz bezidan ajralib chiqadigan bu gormon, inson uyqu sistemasini nazoratga soladi va miyada ''biologik soatni shakllantirib'' turadi.

Insonning uyqusi normal bo'lishi uchun uning organizmida melatonin yetarli miqdorda bo'lishi muhim ya'ni ''melatonin ko'p - uyqu ko'p'' shaklida bo'lish kerak.

Melatonin ko'zga yorug'lik tushmagan paytda ko'p ajraladi ya'ni tunda. Yuqori ishlab chiqarilish dozasi soat 2⁰⁰ atrofida bo'ladi va yorug'lik paydo bo'lgungacha davom etadi. Shuning uchun uyqu paytini eng kamida 22⁰⁰ - 4⁰⁰ gacha tashkillash kerak.

Olimlar tomonidan melatoninning anemiyaning oldini oluvchi va miya ishemik shikastlanganda neyronlarni himoya qiluvchi xususiyati aniqlandi. Shuningdek, ushbu gormonning kamayishi va turli surunkali kasalliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik isbotlandi. Masalan, Garvard sog‘liqni saqlash markazi boshqa institutlar bilan birgalikda 750 nafar ayol ishtirokida tadqiqot o‘tkazdi. Natijaga ko‘ra, melatonin darajasi qanchalik past bo‘lsa, 2-toifa qand kasalligi rivojlanish xavfi shuncha yuqori bo‘ladi.

👉Melatonin miqdorini me’yorda ushlab turish uchun, avvalo, kun tartibini va ovqat rejimini yo'lga qo'yish juda muhim. Bundan tashqari yana spirtli ichimliklar va tamakidan voz kechish, mikroelementlar va vitaminlar yetishmovchiligini o‘z vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish lozim. Kun davomida jismoniy faol bo‘lish kerak.
❗️23:00 dan kechikmay uxlashga harakat qilish va uyqudan bir soat avval gadjetlardan foydalanmaslik uyqungizni 💯 normaga solishning yo'lidir.

@MedPro_Team
3🔥2
2🔥1