BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
79 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Tibbiyotdagi_islohotlar

AHOLINING UZOGʻI YAQIN BO‘LDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini  yaratib berishdan iborat. Fuqarolarni bugungi kunidan, hayotidan rozi qilishda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati muhim ahamiyatga ega.

Bugun Bog‘ot tumanidagi 3-sektor hudududa joylashgan Sahovat mahallasida  aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti o‘z faoliyatini boshladi.

Tibbiyot maskanining ochilishida 3- sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i E.Ahmedov ishtirok qildi.

Bir so‘z bilan aytganda qishloq aholisining uzog‘i  yaqin, mushkuli oson bo‘ldi.

Endilikda  sahovatliklar 15-20 km uzoq tuman markaziga bormasdan balki  mahallaning o‘zida birlamchi tibbiy muolajalarni olishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Tadbirda qishloq aholisi, jamoatchilik, shifokorlar qatnashdilar. Nuroniylar Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildirib, yurt tinchligini tilab, duoga qo‘l ko‘tardilar.

Tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada  yaxshilash, davolanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati
@bogottumanihokimligikanali