Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Jarayon
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi
Bog‘ot tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini joyida tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi Jahongir Nazarov 1- sektor hududida joylashgan Gulzor hamda Qorabog‘ mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.
Tuman rahbari har bir murojaat qilgan yoshning taklif va muammolarini tingladi.
O‘tgan muloqot davomida tuman hokimi tomonidan ularning o‘qish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, davolanish, ishga joylashishlar, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun chora-tadbirlar belgilandi, ayrim muammolarga joyida amaliy yordamlar berildi. Qabul davomida yoshlarning taklifiga ko‘ra eng chekka “Gulzor” MFYdan “Xorazmtex” korxonasiga qatnab ishlayotgan yoshlar uchun avtobus qo‘yildi, internet tezligi oshirilishini so‘rab qilgan murojaatlari hamda tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlar murojaatlarining yechimi bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi. Bu borada ishlar tizimli davom etmoqda.
Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati