BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
80 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
#BUGUN
#SIZ_HAMISHA_YODIMIZDASIZ

12 iyun - Xorazmning asl farzandi Shakarjon Yusupovna Xo‘janiyozova tavallud topgan kun...

Opa bugun hayot bo‘lganlarida 69 yoshni qarshilayotgan bo‘lar edilar...

Taniqli jamoat va davlat arbobi Shakarjon Xo‘janiyozova 1955 yil 12 iyunda Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. Sh.Xo‘janiyozova 1977 yilda Qishloq xo‘jaligiga irrigasiya va meliorasiya muhandislarini tayyorlash Toshkent davlat institutini tamomlagach, o‘z mehnat faoliyatini 1977 yilda Bog‘ot tumanidagi Narimonov nomli jamoa xo‘jaligida oddiy hisobchi sifatida boshladi.

Keyin shu tumandagi № 6 o‘rta maxsus kasb – hunar bilim yurtida direktor o‘rinbosari, keyin direktor, tumandagi Narimonov jamoa xo‘jaligida partiya tashkiloti kotibi, keyin Bog‘ot tumani va Xorazm viloyatlarida turli darajadagi lavozimlarda mehnat qildi.

Jumladan, Bog‘ot tuman hokimi, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, Xorazm viloyati hokimining tashkiliy, iqtisodiyot va ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari, Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimlarida mehnat qildi.

Shakarjon Xo‘janiyozova davlat va xalq oldidagi fodokorona mehnatilari uchun davlatimiz tomonidan «Mehnat shuhrati», «Fidokorona mehnatlari uchun» ordenlari va «O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi» faxriy unvoni va boshqa qator davlat mukofotlari bilan mukofotlangan.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Xo‘janiyozova Shakarjon Yusupovna vafoti munosabati bilan xorazmliklarga ta’ziyanoma yo‘llagan edi.

Shakarjon Xo‘janiyozova oxirgi damlarigacha o‘z faoliyati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida amalga oshirilayotgan O‘zbekistonning siyosiy, ijtimoiy — iqtisodiy hayotini chuqur isloh qilish va yangilash, hududlarning mutanosib taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan keng miqyosli, ko‘lamdor islohotlarning mazmun — mohiyatini chuqur anglab, ularni targ‘ib va hayotga tadbiq qilishda alohida o‘rnak va faollik namunalarini ko‘rsatdi.

Shakarjon Yusupovna Xo‘janiyozova qayerda, qaysi lavozimda ishlamasin oddiy va kamtarin, xushmuomala va ziyoli inson bo‘lib qolaverdi.

BOGʻOTNING ASL FARZANDI, BETAKROR RANBAR AYOL SHAKARJON XO‘JANIYOZOVA HAMISHA QALBIMIZDA VA YURAGIMIZDA BARHAYOTDIR.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bog‘ot tumanidagi “Navbahor” mahallasida qum-shag‘al (SHPS) yotqizish ishlari boshlandi
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#SHUKRONALIK
Bog‘ot tumanida Prezidentimiz topshiriqlariga ko‘ra og‘ir turmush sharoitida yashayotgan 531 ta oilalarning uy-joylari ta’mirlanmoqda.
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Jarayon
#Hokim_va_yoshlar_uchrashuvi

Bog‘ot tumanida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bandligini ta’minlash, muammolarini joyida tezkor hal etish maqsadida tuman hokimi Jahongir Nazarov 1- sektor hududida joylashgan Gulzor hamda Qorabog‘ mahallasi yoshlari bilan uchrashdi.

Tuman rahbari har bir murojaat qilgan yoshning taklif va muammolarini tingladi.

O‘tgan muloqot davomida tuman hokimi tomonidan ularning o‘qish va mehnat faoliyatlarini davom ettirishlari, davolanish, ishga joylashishlar, qobiliyatlarini yuzaga chiqarish uchun chora-tadbirlar belgilandi, ayrim muammolarga joyida amaliy yordamlar berildi. Qabul davomida yoshlarning taklifiga ko‘ra eng chekka “Gulzor” MFYdan “Xorazmtex” korxonasiga qatnab ishlayotgan yoshlar uchun avtobus qo‘yildi, internet tezligi oshirilishini so‘rab qilgan murojaatlari hamda tadbirkorlikni boshlayotgan yoshlar murojaatlarining yechimi bo‘yicha tegishli rahbarlarga topshiriqlar berildi. Bu borada ishlar tizimli davom etmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#MEDIA_REJAGA_ASOSAN
#MEDIA_TUR

Xorazm viloyati hokimi hamda viloyat AOKA tasdiqlagan media-rejaga ko‘ra Bog‘ot tumanidagi “Istiqlol” bolalar oromgohida Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi 4-yo‘nalishiga asosan “Tumanda o‘quvchi yoshlarni oromgohlarda sog‘lomlashtirish jarayoni bilan tanishuv” mavzusida media-tur o‘tkazildi.

Media-tur ishtirokchilari oromgohda yaratilgan imkoniyatlar va sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. Media-turda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Xorazm viloyati Kengashi ma’naviy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri Bekzod Ro‘zmetov tumanidagi oromgohlar haqida axborot berdi. Media-tur davomida o‘quvchi-yoshlardan jurnalistikaga qiziqishlari kuchli bo‘lgan yoshlar bilan qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi. Oromgoh rahbari Rustam Raximov media-tur ishtirokchilarini yotoqxona, “Kitoblar olami” xonasi, “Million dasturchilar izdoshlari” xonasi, spot zal, oshxonadagi sharoitlar bilan tanishtirdi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#SEMINAR

“SUVGA BO‘LGAN MUNOSABAT O‘ZGARMAS EKAN, HOSILDORLIKNI OSHIRISH HAQIDA GAP HAM BO‘LISHI MUMKIN EMAS”
Shavkat Mirziyoyev

Joriy yilning aprel oyida o‘tkazilgan suv xo‘jaligini isloh qilish suv tejovchi texnologiyalarni o‘rnatishni rag‘batlantirishga bag‘ishlangan Prezident selektori topshiriqlari asosida bugun Bog‘ot tumanidagi agrar soha, suv xo‘jaligi hamda bank xodimlari uchun Suv xo‘jaligi vazirligi, Irrigasiya va qishloq xo‘jaligi instituti, Agrobank ATB tomonidan “Suvchilar maktabi” o‘quv kursi seminari o‘tkazildi.

Bugun fermer xo‘jaliklarining ommaviy ravishda zamonaviy sug‘orish metodlariga o‘tish jarayonida by yangi tizimni o‘rnatish bilan mahsulotlar yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni qay tarzda amalga oshirish bilan bog‘liq yechimini kutayotgan ilmiy-texnologik moliyaviy muammolarni o‘rganish haqida Turkiyadan kelgan mutaxassislar va professorlar seminar-trening o‘tkazdilar, ishtirokchilar bir piyola choy ustida o‘zaro fikr almashishlar.
@bogottumanihokimligikanali