BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
88 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
#MEDIA_REJAGA_ASOSAN
#OCHIQ_MULOQOT
#YOSHLAR_BILAN

Bog‘ot tumani hokimligi faollar zalida kuni kecha Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasining 7 ta ustivor yo‘nalishlari, shuningdek yoshlar yetakchilari tomonidan tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar yuzasidan “Yoshlarga oid Davlat siyosatining hududlarda amalga oshirilishi bo‘yicha reyting tizimi tahlili” mavzusida yoshlar yetakchilari, tuman hokimligi axborot xizmati bilan birgalikda joriy yilning 7-iyun kunida media-rejaga ko‘ra berilgan e’lon bo‘yicha ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Yoshlar yetakchilarining ish faoliyati samaradorligining reyting tizimi tahlillari bilan Yoshlar agentligi Bog‘ot tumani bo‘limi boshlig‘i Otajon Matniyazov barchani tanishtirdi va 30-iyun Yoshlar kuni bilan samimiy tabrikladi.

Muloqotda eng faol 5 nafar yoshlar yetakchilarining axboroti tinglandi va ularning ishlari ommalashtirildi, galdagi rejalar belgilab olindi, yoshlar yetakchilari bahs-munozaralar bilan ochiq muloqotda faol qatnashdilar.
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#OCHIQ_MULOQOT

Bog‘ot tumanida “Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

Oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida idoralararo hamkorlikni yaratishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbisari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullayeva, adliya, ichki ishlar bo‘limlari, tuman tibbiyot birlashmasi, FHDYO hamda tumanda faoliyat yuritayotgan sud organi rahbarlari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotda oilaviy ajrimlarning oldini olish, reproduktiv xizmatlar sifatini oshirish, ota-onalik mas’uliyati, oilalarni ixtiyoriy rejalashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirildi.
Shundan so‘ng Ishchi guruh xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

Bog‘ot tumani hokimlugi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#OCHIQ_MULOQOT

Bog‘ot tumanida “Sog‘lom oila - sog‘lom jamiyat” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi

Oilalarda ma’naviy muhitni mustahkamlash, ajrimlarning oldini olish hamda “Sog‘lom oila – sog‘lom jamiyat” tamoyili asosida idoralararo hamkorlikni yaratishga qaratilgan ochiq muloqot tashkil etildi.

Ochiq muloqotda Bog‘ot tumani hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i D.Abdullayeva, adliya, ichki ishlar bo‘limlari, tuman tibbiyot birlashmasi, FHDYO hamda tumanda faoliyat yuritayotgan sud organi rahbarlari ishtirok etdilar.

Ochiq muloqotda oilaviy ajrimlarning oldini olish, reproduktiv xizmatlar sifatini oshirish, ota-onalik mas’uliyati, oilalarni ixtiyoriy rejalashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.

Seminar davomida ishtirokchilar tomonidan ham fikr-mulohazalar bildirildi. Shundan so‘ng Ishchi guruh xotin-qizlar bandligini ta’minlashga qaratilgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali