BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
88 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Jarayon
#Inson_qadri_uchun

O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TMOQDA

Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan mamlakatimizda ilk bor “O‘qituvchi va murabbiylar salomatligi oyligi” bo‘lib o‘tmoqda.

Ushbu aksiya doirasida Bog‘ot tumani tibbiyot birlashmasida tashkil qilingan tadbirlarda 500 dan ziyod soha fidoyilari ishtirok etdilar.

Ular belgilangan tartibda EKG, UTT tekshiruvlaridan,  20 dan ziyod tor soha mutaxassislari ko‘rigidan o‘tishdi. 45 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan ayollar uchun ko‘chma mammografiya tekshiruvlari tashkil qilindi.

Ko‘chma oftalmomobilda 50 dan ziyod fuqarolarning ko‘rish bilan bog‘liq muammolari tekshirilib, zarur tashxislar qo‘yildi.

Ko‘ngillilar uchun ko‘chma qon markazida qon donorligini amalga oshirish imkoni yaratildi.

Salomatlik ko‘rsatkichida muammosi bor o‘qituvchi va murabbiylar tuman, viloyat va respublika darajasidagi davolash-profilaktika muassasalariga yo‘naltirildi.
Viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari v.b. U.Abdullayev tibbiy ko‘rik jarayonlari bilan tanishib, o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotda bo‘ldi.

Bog‘ot tumani TTB bosh shifokori o‘rinbosari Barno Saidova

BOG‘OT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI
@bogottumanihokimligikanali
Forwarded from Muxabbat Abdullayeva
#Tibbiyotdagi_islohotlar

AHOLINING UZOGʻI YAQIN BO‘LDI

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi – inson qadrini ulug‘lash, xalqimiz uchun munosib turmush sharoitlarini  yaratib berishdan iborat. Fuqarolarni bugungi kunidan, hayotidan rozi qilishda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati muhim ahamiyatga ega.

Bugun Bog‘ot tumanidagi 3-sektor hudududa joylashgan Sahovat mahallasida  aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish punkti o‘z faoliyatini boshladi.

Tibbiyot maskanining ochilishida 3- sektor rahbari, tuman IIB boshlig‘i E.Ahmedov ishtirok qildi.

Bir so‘z bilan aytganda qishloq aholisining uzog‘i  yaqin, mushkuli oson bo‘ldi.

Endilikda  sahovatliklar 15-20 km uzoq tuman markaziga bormasdan balki  mahallaning o‘zida birlamchi tibbiy muolajalarni olishlari uchun imkoniyat yaratildi.

Tadbirda qishloq aholisi, jamoatchilik, shifokorlar qatnashdilar. Nuroniylar Prezidentimizga cheksiz minnatdorlik bildirib, yurt tinchligini tilab, duoga qo‘l ko‘tardilar.

Tumanda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada  yaxshilash, davolanuvchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish bo‘yicha tizimli ishlar davom etmoqda.

Bog‘ot tumani hokimligi matbuot xizmati
@bogottumanihokimligikanali