BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
88 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
#TARIXIY_DAQIQALAR
#YANGI_BADIIY_FILM
#FOTOREPORTAJ

HIND KINOREJISSYORI UMESH MEHRA BOGOTDA O‘ZBEKKINO AGENTKIGI BILAN HAMKORLIKDA TARIXIY FIL’M OLISHNI DAVOM ETTIRMOQDA

Xorazm viloyati hokimligi tashabbusi bilan Pahlavon Mahmud hayoti va ijodiga bag
ishlab «Xiva langari» badiiy filmini suratga olishga ishlari davom etmoqda.

Ushbu filmning postanovkachi rejissyori, Ozbekistonda xizmat korsatgan madaniyat xodimi Hamidulla Hasanov va taniqli hind kinorejissyori Umesh Mehra tumanimizdagi Qalajiqqal’aga tashrif buyurib tarixiy jarayonlarni tasvirga olmoqda.

Bogot tuman hokimligidan kino jarayonlari olinish ishlariga mas’ul qilib tayinlangan tuman Ma’naviyat bolimi rahbari San’atbek Rajabov, mehmonlarni amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi.

Ma’lumki, Umesh Mehra ozbek va hind kinoijodkorlari hamkorligida suratga olingan «Ali bobo va qirq qaroqchi», «evgi afsonasi», «Ovchi» kabi filmlarda rejissyorlik qilgan.

«Xiva langari» filmi ham hind kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olinayotgani chin do‘stlik ramzidir.

Ayni kunlarda filmning asosiy voqealari tasvirga olinadigan Ichonqal’a va Qal’ajiqqal’asida dekorasiyalarni qurish ishlari yakunlandi va kino shaharcha ijodkorlar bilan gavjum bo‘lyapti.

AZIZ ZAMONDOSHIM!

BOG‘OT TUMANIDA RESPUBLIKADA YAGONA BO‘LGAN KINOSHAHARCHAMIZDA SIZNI HAM KUTIB QOLAMIZ.

Bog
ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bogottumanihokimligikanali
#JARAYON
#FOTOREPORTAJ

BOG‘OT TUMANIDAGI “SAHOVAT” MAHALLASIDA "OBOD XONADON", "OBOD KO‘CHA" HAMDA "OBOD MAHALLA" DASTURI DOIRASIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR KO‘LAMI MAHALLANI FAYZLI VA CHIROYLI MASKANGA AYLANTIRMOQDA

Bog‘ot tumani hokimligi axborot xizmati
@bоgottumanihokimligikanali
#SEMINAR_JARAYONI
#FOTOREPORTAJ

☑️ “BIR HUDUD -- BIR MAHSULOT” TAMOYILI AMALDA

Bugun Bog‘ot tumanida dehqon xo‘jaliklarining kooperatsiyasi - hamkorlik faoliyatini kuchaytirish hamda ilg‘or tajribalarni almashish borasida ko‘rgazmali amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, palatadagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Aktam Haitov Bog‘otlik agrar soha vakillariga soha rivoji bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

Mazkur tadbir Bog‘ot tumani hokimligi, O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, O‘simliklar himoyasi va karantini agentligi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Bog‘ot tumanida “Bir hudud - bir mahsulot” tamoyili asosida dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish borasidagi ishlar, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish tajribalari namoyish etildi.

“Azimboy, Azamat, Azizbek” fermer xo‘jaligi dala shiyponida seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Bunda Bog‘ot tumani misolida dehqon xo‘jaliklarini sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash, eksportchi - agregatorlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama etildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-373son qaroriga muvofiq
dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, kooperatsiya tamoyillari asosida eksportbop ekinlarni oqilona joylashtirish, kafolatli xarid qilish masalalari tushuntirildi.

Кamolbek Ro‘zmatov,
Bog‘ot tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi raisi

@bogottumanihokimligikanali