BOG‘OT TUMANI HOKIMI MATBUOT KOTIBI / MUXABBAT ABDULLAYEVA
90 subscribers
1.05K photos
101 videos
135 links
БОҒОТ ТУМАНИДА ОЛИБ БОРИЛАЁТГАН ИСЛОҲОТЛАР БИЛАН СИЗЛАРНИ ТАНИШТИРИБ БОРАМАН
Download Telegram
#SEMINAR_JARAYONI
#FOTOREPORTAJ

☑️ “BIR HUDUD -- BIR MAHSULOT” TAMOYILI AMALDA

Bugun Bog‘ot tumanida dehqon xo‘jaliklarining kooperatsiyasi - hamkorlik faoliyatini kuchaytirish hamda ilg‘or tajribalarni almashish borasida ko‘rgazmali amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari, palatadagi Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Aktam Haitov Bog‘otlik agrar soha vakillariga soha rivoji bo‘yicha batafsil ma’lumotlar berdi.

Mazkur tadbir Bog‘ot tumani hokimligi, O‘zbekiston fermer dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashi, O‘simliklar himoyasi va karantini agentligi tomonidan tashkil etildi.

Seminarda Bog‘ot tumanida “Bir hudud - bir mahsulot” tamoyili asosida dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tashkil etish borasidagi ishlar, eksportbop mahsulotlarni yetishtirish tajribalari namoyish etildi.

“Azimboy, Azamat, Azizbek” fermer xo‘jaligi dala shiyponida seminar kun tartibidagi masalalar yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.

Bunda Bog‘ot tumani misolida dehqon xo‘jaliklarini sifatli urug‘liklar bilan ta’minlash, eksportchi - agregatorlar bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish masalalari ham muhokama etildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-373son qaroriga muvofiq
dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish bilan oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini oshirish, kooperatsiya tamoyillari asosida eksportbop ekinlarni oqilona joylashtirish, kafolatli xarid qilish masalalari tushuntirildi.

Кamolbek Ro‘zmatov,
Bog‘ot tumani Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa er egalari Kengashi raisi

@bogottumanihokimligikanali
ALISHER NAVOIY - SHE’RIYAT MULKINING SULTONI

Bugun Bog‘ot tumanidagi 4-son Musiqa va san’at maktabida tuman hokimligi, tuman Axborot-kutubxona markazi hamda tuman Ma’naviyat bo‘limi hamkorligida buyuk bobomiz, she’riyat mulkining sultoni, o‘zbek tilining asoschisi Alisher Navoiyning 583 yilligiga bag‘ishlangan kecha bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimizda uchinchi Renessans poydevori qo‘yilayotgan hozirgi davrda Navoiy asarlari milliy g‘oya atrofida jipslashishga, yurtimizda kechayotgan yangilanish jarayonlariga daxldorlik hissi bilan yashashga undayapti. Umuman, mutafakkir bobomiz ko‘plab asarlarida har bir insonni bilimli, hunarli bo‘lishga undab, olimlikning foydalarini hayotiy misollar asosida ko‘rsatib bergan.

Davlatimiz rahbari raisligida 5 fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ijtimoiy sohalardagi ustuvor vazifalar muhokama qilinar ekan, yoshlar ta’lim-tarbiyasi, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi masalasiga ham urg‘u berilgani xalqimizni juda xursand qildi. Axir besh asr muqaddam Alisher Navoiy bobomiz ham o‘z asarlarida ayni shu masalani badiiy talqin qilgan, ertangi kunimiz egalari baxtu saodati uchun kuyungan. Buyuk alloma orzularining bugungi ro‘yobi har birimizni masrur qiladi.

Tarixda buyuk insonlar ko‘p o‘tgan.  Ammo  Alisher Navoiydek o‘zining butun hayotini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligi va farovonligini ta’minlashga, obodonchilik ishlariga, adabiyotga bag‘ishlaganlari kam.
Hayotda ko‘rib turibmizki, kimdir qisqa umrini mazmunli o‘tkazib, elga nafi tegadi. Kimdir esa mazmunsiz umr kechiradi. Alisher Navoiy ta’kidicha, har bir inson umrining bahori — yigitligini ilm-hunar egallashga safarbar etmog‘i lozim.

Bugun tadbirda Bog‘otlik yoshlar Alisher Navoiy asarlarini tarannum etish bilan birga, she’riyat mulkining sultoni kitoblaridagi ta’lim-tarbiya, xalqparvarlik, mardlik, hamjihatlik, mehnatsevarlik g‘oyalari haqida yanada ko‘proq ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

BOGʻOT TUMANI HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI